Muqaddima
Takallum ahli xirmanining xoʻsha chini va soʻz, durri samini maxzanining amini va nazm gulistonining andalibi nagʻma saroyi, yaʼni Alisher almutaxallas bin-Navoiy... mundoq arz qilurkim, soʻz durredurkim, aning darʼyosi koʻnguldur va koʻngul mazharedurkim, jomii maoniyi juzv va kuldur. Andoqki, darʼyodin gavhar gʻavvos vositasi bila jilva namoyish qilur va aning qiymati javharigʻa koʻra zohir boʻlur. Koʻnguldin dogʻi soʻz durri nutq sharafigʻa sohibi ixtisos vasilasi bila guzorish va oroyish koʻrguzur va aning qiymati ham martabasi nisbatigʻa boqa intishor va ishtihor topar. Gavhar qiymatigʻa nechukki, marotib usru koʻpdur, hattoki, bir diramdin yuz tumangacha desa boʻlur.
Qitʼa:
Injuni olsalar mufarrih uchun,
Ming boʻlur bir diramgʻa bir misqol.
Bir boʻlur hamki, shah quloqqa solur:
Qiymati mulk, ibrasi amvol
آردینی اوخو/ Ardını oxu