ائلچین ELÇİN

تورک دیلی و ادبیاتی

لسان الطیر، علیشیر نوایی 2. بؤلوم Lison ut-Tayr, Alisher Navoiy II- qism

+0 بگندیم

Lison ut-Tayr (II- qism)

Lison ut-Tayr (I- qism)

Alisher Navoiy

  

LXXVII

 Iskandarning elchilikka borg’oni hikoyati

«Bir kun Iskandar bu oyin ayladi,

Elchilikka o’zni ta’yin ayladi.

Aylyali Simurg’ni ul nomvar,

Ul kabutardekki bo’lgay nomabar.

Bordi ul kishvarg’akim borg’ay rasul,

Ayladi onda rasulona nuzul.

Dedi elga budur Iskandar so’zi,

Turfa bukim, erdi Iskandar o’zi.

Elchilardek so’z bayon aylar edi,

Uzi o’z hukmin ayon aylar edi.

El ne bilsunlarki, Iskandardur ul,

Yo’qki, qosid, hokimi kishvardur ul.

Yetkurub ahkomi noma’dudni,

Elga qosid ko’rguzub maqsudni.

Xalqning mingdin biri bilmay bu hol,

Qim nedur bu parda naqshida xayol.

Sen dog’i shahdin qilursen nukta go’sh,

Sog’inursen lek noqilni suro’sh».

Bildilar qushlar chu bu guftorni,

Akgladilar pardada asrorii.

Bori maqsudig’a ruxsat toptilar,

Komu matlubiga ulfat toptilar.

Oshno so’zlar bila ul peshvo,

Qildi ul begonalarni oshno.

Qildilar bori yana okdin savol,

K-ey hidoyat amrida sohib kamol.

Biz guruhebiz base zoru za’if,

Jism zoru jon nizoru tan nahif.

Ish azimu, yo’l yiroqu, xavf — ko’p,

Nechuk o’lg’oy azmimiz bu yo’lda jo’p.

LXXVIII

Qushlarning yo’l kayfiyatin Hudhuddin savoli va oning javobi

Berdi Hudhud qavmga mundoq javob

Kim: «Bu yanglig’ onglangiz royi savob.

Kim bu yo’lda ishqdur kulli sifat,

Ishq ahlidin yiroqdur maslahat.

Qimki oshiqdur — anga jondin ne bok,

Kufr olib bermak imondin ne bok.

Gar kerak oshiqqa o’z jononidin,

Sahl erur kechmak jahonu jonidin.

Jon erur oshiq yo’lida saddi roh,

Uylakim bo’lg’oy birov yo’linda choh.

Fard erur oshiq tanu jondin dog’i,

Lqlu hushu kufru imondin dog’i.

Ishq olamso’z erur, jonso’z ham,

Shavq o’tidin kufru imonso’z ham.

Oshiq o’lg’on kechti nangu nomdin,

Millatu imondinu islomdin.

Lozimi ishq o’ldi shavqu so’zi dard,

Barq yanglig’ po’yai getinavard.

Kimga dardu ishq mustavlidurur,

Tarki jon etmak anga avlidurur.

Kimki jonon sori oning royi bor,

Jong’a ofat etsa ne parvoyi bor.

Ishq ishi g’am shomi dardu so’zdur,

Sham’ anga ohi jahonafro’zdur.

Dard keldi ishq so’zidin nishon,

Dard bo’lmay oshiq o’lmas jonfishon

Mutribo, tuz bir surudi dardnok,

Soqiyo, bedardlig’din men halok.

Dard jomin tut meni zor etgudek,

Ishq dardi ko’ngluma kor etgudek.

To oni no’sh aylabon jondii kechay,

Aqlu hushu dinu imondin kechay.

Kufr dayri ichra ma’vo aylayin,

Azmi zunnoru chalipo aylayin.

Piri dayr ollida aylab o’zni mast,

Kuydurub mushaf, bo’loyin butparast.

Ishq dayri ichra aylab o’zii xos,

Jonni imon nangidin aylay xalos.

Dayr aro asmoi noqus aylayin,

But sujudinda zaminbo’s aylayin.

Belga mahkam bog’labon zungyurni ,

Uzdin aylay shodmon kufforni».

LXXIX

Hikoyat

Shayx San’on vosili dargoh edi,

Ko’ngli g’ayb asroridin ogoh edi.

Ka’bada avtod ila aqtob aro,

Uyla erdikim nabi ashob aro.

Xalq irshodiga rosix erdi ul,

Ka’bada shayxul-mashoyix erdi ul.

Ostonining gadoyi shohlar,

Qullug’ig’a muftaxir ogohlar.

Har duokim qilsa bir g’amgin uchun,

Qo’l ochib xayli malak omin uchun.

Chehrai maqsud oning o’trusida

Jilva aylab ko’ngliniig ko’zgusida.

To’rt yuz olida ashobu murid,

Har bir andog’kim Junaydu Boyazid,

Charxi a’log’a shukuhidin shikast,

Arshi a’zam himmati ollinda past,

Dudi ofatdin qarorsa olame,

Yerubon etgach duosidin dame.

Kimki bo’lsa bir baloga mubtalo,

Ul duo qilg’och, bo’lub daf’i balo.

Voridoti arshdin payg’omdek,

Voqeoti vahy ila ilhomdek.

Harna ko’rsa voqea ta’bir anga,

Ko’rgani-o’q yuzlanib bir-bir anga.

Necha tun bir tush anga ko’rguzdilar,

Rishtai sabru qarorin uzdilar.

Uyg’onib holiga istig’for edi,

Yumsa ko’z ul tushga-o’q takror edi.

Kim matofi erdi bir begona bum,

Aylasa ma’lum, ul bum erdi Rum.

Onda bir dayr ichra erdi zoru mast,

Mastlikdin dayr elidek butparast.

Chun bu tush bo’ldi mukarrar, ganji roz —

Dedi: «Bo’lmas bu balodin ehtiroz.

Kimsaga ma’vo haramdur yo kunisht,

Ko’rmay o’lmas ulcha bo’lsa sarnavisht.

Botroq ul kishvarg’a azm etmak kerak,

Har qayon tortar qazo — ketmak kerak.

Chunki bo’lsa bizga ul ma’vo nasib,

Boshimizg’a harna kelsa, yo nasib».

Qildi chun o’z holig’a nazzorae,

Toimadi bormoqdin o’zga chorae.

Yuz haramga qo’ydi sohib inqito’,

Qildi yuz oshub ila tavfi vido’.

Qildi chun ming huzn ila tavfi haram,

Rum iqlimi sari qo’ydi qadam.

Toptilar ashob chui ogohlig’.

Ul safarda qildilar hamrohlig’.

Yo’lni qat’ aylar edi piri tariyq,

To’rt yuz ahli tariyq erdi rafiq.

Shayxning ko’nglig’a savdolar tushub,

Kim ani zoe’ qilurg’a yovushub.

Har zamon bir iav’ o’lub andeshasi,,

Yo’q bajuz andesha oning peshasi.

Holida ashob tag’yir anglabon.

Hush ila sabrini bir-bir anglabon.

Xoslar aylab savol ul holdin,

Voqif o’lmay ul g’arib ahvoldin.

Kim savolekim qilib, toimay javob,

Shayxtin ko’prak alarda iztirob.

Bu sifat yo’l qat’ etib maqsad sari,

Qaysi maqsad — shiddati behad sari.

To qadam qo’ydilar ul kishvarg’a tez,

Shayx ko’nglunda vale yuz rustaxez.

Har nafas bir buq’ani aylarda sayr,

Mar’i o’ldi nogahon bir turfa dayr.

Toqi oning charx toqi birla juft,

Juftu toqi ichra ko’p rozi nuhuft.

Toshi anduhu baliyat tog’idin,

Kirpichi dardu balo tufrog’idin.

Zebu koshisig’a yuz tarhi taab,

Ko’rguzub yuz nav’ naqshi bulajab.

G’urfalardin fitnalar nazzoragar,

Qilg’oli bechorau, yo’q choragar.

Ishq aynidin yoruq har ravzani,

Lek ul ravzan balolar maekani.

Kunguridin raxnalar imon sari,

Ishq shayiining namudori bari.

Ta’biya har kungurida toshlar,

Ishq tig’idin kesilgan boshlar.

Ahli din boshig’a parron qilg’ali,

Olam uzra sangboron qilg’ali.

Fitna xayliga mamar darvozasi,

Fitnagar toqi sipehr andozasi.

Halqai zanjirida yuz ming funun,

Halqai savdou zanjiri junun,

Ishq o’tidin onda yuz otashkada,

Har birida yuz tuman savdozada.

Dayr uzra tiyra dudi hay’ati

Zohir aylab kufru isyon zulmati.

Dayr mundoq ko’rmayin to qildi sayr,

Kufru imon ahlig’a bu eski dayr.

Shayx jismidin borib ul erda tob,

Ko’nglini betoqat aylab iztirob.

Za’f mustavli bo’lub har dam anga,

Jilva aylab o’zga bir olam anga.

Nozir erdi har taraf oshuftavor,

Bir taraf tushti ko’zi beixtiyor.

Manzare, ondin osilg’on bir tutuq,

Bir quyoshqa ul bo’lub qavsi ufuq.

Yeldin ul burqa’ chu bo’ldi bartaraf»

Ul quyosh anvori tushti har taraf.

Ne quyoshkim, yuz quyosh devonasi,

Husni sham’i davrida parvonasi.

Paykari ruhi musaveardin misol,

Ruhg’a har lahza ondin o’zga hol.

Hur suratlig’ parizodi ajab,

Guljabinlig’ sarvi ozodi ajab.

Ruhni oshufta aylab hay’ati,

Yuz ajab suratga solib surati.

Suratidin munfail huru pari,

Tal’atidin oftobi xovari.

Yuzi nurafshon, sochi zulmatfishon,

Nuru zulmat kufru imopdin nishon.

Yuz uza zulfin chu mushkafshon qili

Zulmat ichra nurni pinhon qilib.

Sochi nur ahlig’a zulmat olami,

Ahli savdoning savodi a’zam.i.

— Qoshi savdoyi ulusqa yangi oy,

Yangi oy devonag’a hayratfizoy.

Qoshi toqi ichra ofatlig’ ko’zi,

Dayr toqida aningdekkim o’zi.

Kirpigi ko’z davrasida har taraf,

Fitna xaylidin ko’zi davrida saf.

Ko’zki bo’ldi xoli oning ostida,

Nuqta yozilg’on baloning ostida.

Ul balo ostida, yuz ustida xol,

Ikkisining nuqtasidin bil misol.

G’ayb sirridin berib og’zi nishon,

Uzi g’ayb ahlidek, ammo benishon.

La’li joni xastalarning marhami

Nutqida Isoi Ruhulloh dami.

Ul mufarrih moyasi yoqut o’lub,

Bu nafasdin xasta jong’a qut o’lub,

Ham zanaxdonida yuz ming jon asir,

Chohida yuz Yusufi Kan’on asir.

Zulfidin solsa chiqorurg’a kamand,

Ko’prak aylab bu kamand ul elni band,

Tavqi g’abg’ab ul zaqan ostida nun,

Obihayvopg’a hubob, ammo nigun.

Ham qadining naxlig’a jon jilvasi,

Ham xiromi obihayvon jilvasi.

Ko’z bila la’li ajab san’at tuzub,

Har pecha ul o’lturub, bu tirguzub.

Jismu gulgun ko’ngloki gul uzra gul,

Ko’rmagidin tobsiz yuz ming ko’ngul.

Ko’pglak uzra necha hulla rang-rang,

San’atida jon chekib Rumu Farang.

Hulla rangi nechakim qotil bo’lub,

Atridin yuz jon yana hosil bo’lub.

Kofiri qotil ko’ziga barcha kom,

Buki — din ahlig’a solg’on qatliom.

Kimki aylab sochi zunnorin xayol,

Dinu imopini aylab poymol.

Husnu lutfi jon aro er tutqudek,

Bir ayoq suv birla balkim yutqudek.

Shu’lai husni solib davrong’a o’t,

Otashin la’lidin ammo joig’a o’t.

Topib otashgoh ishqin ahli hush,

Porsoso’zandau zuhhodkush.

Qasr uza bu shakl ila tarso qizi,

Bal quyosh ayvonida Iso qizi.

Shayx ko’ngliga choqilg’och o’yla barq,

Shu’la daryosig’a joni bo’ldi g’arq.

Asradi o’zni ko’p istig’for etib,

Og’zida «Lohavl»pi takror etib.

Sho’x ochqoch shu’lai ruxsorini,

Urtadi «Lohavlu» istig’forini.

Vo’lmish erdi jismi tufroqqa nigun,

Bir dam ul uyga aso bo’ldi sutun.

Orqasin qo’ydi dame devorg’a,

Hayrat aylab ul g’arib osorg’a.

Ham aso, ham jismig’a etti shikast,

Holidin bordiyu bo’ldi erga past.

Tushti joni pokfarjomig’a ishq,

Kirdi qondek etti andomig’a ishq.

Goh behol erdi, goh o’z holida,

Lol o’lub ashob aning ahvolida.

Hayrat aylab bir-biriga boqibon,

Bosh quyi aylab, ovuchlar qoqibon.

Holig’a oqshomg’acha hayron qolib,

Balki o’z holig’a sargardon qolib.

Tun savodi qildi chun kunni qaro,

Zulmati kufr ul sifatkim dayr aro.

Ul qaro kun boshiga kelgan qori,

Ro’zgori ham qaro tobe’lori —

Qoldilar mug’ dayrining tufrog’ida»

Qaysi tufrog’kim, baliyat tog’ida.

Shayxning olig’a keldi o’yla kun,

Kim kishi ko’rmaydur andog’ tira tun,

Ko’kka yoyib pardai idborlar,

Haryon axtardin qoqib mismorlar.

Charx ashkin oqizurg’a dud etib,

Ko’kning atrofini qiyrandud etib.

Topnbon gardun taharrukdin farog’,

Uridin tebraimay ul yanglig’ki tog’.

Charx dard ahlig’a bedod aylabon,

Tog’-tog’ anduh ijod aylabon.

Dahrni ul tog’larda yoshurub,

Yuz tumai ming toshlar ham yog’dur>b.

Ko’zlarin gardun qilib axtarfishon,

Shayx ahvolig’a motamdin nishon.

Barcha dahr ahlig’a bu motamsaro —

Kiydurub oniig azosida qaro.

Shayx mazlumu giriftoru nahif,

Tushmagan ish boshig’a tushgan zaif.

Ishqi zolim zulmidin zoru nizor,

Dayr tufrog’ida yotib xoru zor.

Ishq yoqib jism ila jonig’a o’t,

Kufr solib dinu imonig’a o’t.

Ashk aro yotib, vale og’zi qurub,

Ko’ngli o’ti shu’la og’zidin urub.

Ishq aylab ro’zgorin ham qaro,

Tun xud aylab yo’qu borin ham qaro.

Yuz balo jonig’a chui bo’ldi nasib,

Der edi holig’a yig’lab ul g’arib.

Kim: «Bo’lar har lahza ranj afzun mapga,

Ne edikim qilding, ey gardun, manga!

Ofiyatdin ishq sori boshlading,

Yuz yonar o’t ichra olib toshlading.

Ko’zga avval ko’rguzub mehri munir,

Yoshurub, g’am shomig’a qilding asir.

Qaysi shomi g’amki, ko’k javfi aro,

Ofarinish orazin qilding qaro?

Do’zaxi g’am dudi olamni tutub,

Shu’lasin ko’nglum o’tidin yorutub,

Olloh! Olloh! Ne kechadur bu kecha!

Sa’b mundog’, yo rab, o’lg’aymu kecha?!

Utkaribmen ko’p suubat kechalar,

Qo’rmadim mundog’ uqubat kechalar!

Tun emas — do’zax o’tining dudidur,

Ye falakning ohi qiyrandudidur.

Bo’yla tun, yo rab, namudor o’lmasun,

Anda hech odam giriftor o’lmasun.

Bilmon, oyo tun balosinmu deyin,

Manga tushgan kun balosinmu deyin!

Jismu a’zovu havosu aqlu hush

Ishqdii bo’ldilar andog’ pardapo’sh.

Kim degaysenkim biri mavjud emas,

Ishq bedodida juz iobud emas.

Paykarimda oncha yo’q tobu tavon,

Ashkdek ko’yida bo’lg’uncha ravon.

G’lnima quvvat yo’q oicha urg’oli,

Tosh uza g’am fartidin sindurg’oli.

Ko’z qoni ul oy yuziga solg’uchi

Ul quyosh anvoridin iur olg’uchi.

Yuz qani surtarg’a ul dargohg’a,

Qul tazarru’ aylagandek shohg’a!

Qo’l qani ko’ksumg’a xoro urg’udek,

Boshima tufrog’lar sovurg’udek!

Hush qoni aylaguncha o’zii zabt,

Bermaguncha yo’l dimog’ uyiga xabt.

Qoni aql etguncha ish tadbirini,

Qilg’uchi vayron ko’ngul ta’mirini?

Qoni sabr etguncha dardim chorasin,

Ye davo qilg’uncha bag’rim porasin?-

G’am eguncha holima qoni ko’ngul,

Kim erur holo o’luk soni ko’ngul.

Bir nafas urguncha bori jon qani,

Kim ko’nguldek ham topa olmon ani.

Manga bu yo’l ne balolig’ yo’l edi,

Har nekim andin batar yo’q — ul edi,

Kosh hargiz bo’lmag’ay erdim tirik,

Umrni ko’rguncha bu yanglig’ irik.

Netti etsa erdi bir barqi xatar,

Qo’ymasa erdi vujudumdin asar.

Do’stlar, netti madad etkursangiz,

Jam’ o’lub men zorni o’ltursangiz

To qutulsa dahr orimdin mening

Dahr eli afg’onu zorimdin mening.

Jonima, ashob, tig’i qatl urung,

Kuydurub, haryon kulumni sovurung.

To jahonda bo’yla rasvo bo’lmayin,

Bir o’lay, yuz qatla hardam o’lmayin!»

Holig’a ashob hayron yig’labon,

Hardam oning dardidin qon yig’labon.

Bo’lubon jam’ ul guruhi mustamand.

Shayxqa har bir berib bir nav’ pand.

Shayx alarning pandini fahm etmayin,

Nukta ma’nisig’a dog’i etmayin.

Aql mezoni bila qildi xitob,

Ishq tavrida topib ondin javob.

Biri deb: «K-ey murshidi arbobi din;

Xoki rohiig surmai ahli yaqin.

Kimsa yo’linda bo’lur bu voridot,

Uzni zabt etgan topar xayru najot».

Dedi: «Ey farzad, de o’zluk qani,

Toki men ham zabt qilg’ayman ani».

Biri debkim: «Bu erur shayton ishi,

Zikr ila ondin topar maxlas kishi».

Shayx deb: «Jam’iyat anda shart erur,

Men parishonman — ne xosiyat berur».

Biri deb: «K-ey muqtadoi ahli roz,

Bu balo daf’iga vojibdur namoz».

Shayx debkim: «Urma bu ma’nnda dam,

Gelbadurmen, telbaga yo’qtur qalam».

Biri debkim: «Qo’p, tahorat aylagil,

Elga toatqa ishorat aylagil».

Shayx deb: «Yo’q ko’z yoshimdin o’zga suv,

Qon kelur hardam bog’irdin ko’zga suv».

Biri debkim: «G’usli pok aylab ko’ngul,

Forig’ et g’amdinki — budur to’g’ri yo’l».

Shayx debkim: «G’arqai bahri fano —

Bo’lmisham, mendin na istarsan yano?»

Biri deb: «Tasbehingg’a mashg’ul bo’l,

Bu parishon holdin ma’zul bo’l» .

Shayx deb: «Tasbeh uzdi torni,

Chekti ando rishtai zunnorni».

Biri deb: «Misvokka qil iltijo,

Og’zinga solib ketur sunnat bajo».

Shayx deb: «Misvok agar qilsam havas,

Ajzu hayrat barmog’i og’zimda bas».

Biri deb: «Sahve agar tutti vujud,

Uzrig’a tufrog’ o’pur qilg’il eujud».

Shayx debkim, oqizib qon yoshni,

«Olmog’umdur bu eshikdin boshni».

Biri debkim: «Rumg’a bo’ldi safar,

Ka’bani qilmoq kerak emdi maqar».

Shayx debkim: «Onda qilg’onni talab,

Munda topdim, ie chekay ul yon taab».

Biri debkim: «Yuzlanib sahro sari,

Vaqtidur azm aylasa Batho sari».

Shayx debkim: «Munda toptim oni man,

Rum borida netay Bathoni map».

Biri debkim: «Chun safar bo’ldi tamom,

Aylamak xushtur vatan sori xirom».

Shayx debkim: «Go’iyokim zul-minan

Bizga dayr etkandurur asli vatan».

Biri debkim: «Chun mashoyixqa bu ish —-

Yetsa, bizga etgay asru sarzanish».

Shayx debkim: «Yo’q alar birla ishim

Kim xarobot ichradur istar kishim».

Biri debkim: «Vajdu holoting qani?

Zuhd ila pokiza avqoting qani?»

Shayx debkim: «Dayr aro holot erur,

Kim tufayli o’yla yuz avqot erur.

Ul kecha ul qavm urub yuz pechu tob,

Shayx ahvolig’a aylab iztirob.

Ta’na aylab, Shayx parvo etmayin,

Pandlar aytib biriga etmayin.

To sahar dayr ahli g’avg’o aylabon,

Ahli din holin tamosho aylabon.

Hazl etib din ahli oyini bila,

Ko’p mubohat aylab o’z dini bila.

Ahli din birla tamasxurlar qilib,

Uz tariqita tafoxurlar qilib,

Teng tutub andeshai gumroh ila,

Lot losin loi illalloh ila.

Ul ulusg’a bu shaqovat bir sari,

Dayr ahlidin shamotat bir sari.

Shayx ashobi bila ashobi dayr,

Xoh shar’din nukga aytib, xoh xayr.

Shayx dayr ashobig’a imdod etib,

Garchi dii ahlig’a xijlatlar etib.

Tong yoruq bo’lg’uncha mundoq tira hol,

Ul musulmonlarg’a etkurdi malol.

Chun yorug’luq tiralig’ni qildi past,

Choldilar noqus xayli butparast.

Charx ko’rguzdi quyosh anvorini,

Uylakim tarso qizi ruxsorini.

Dayr ahlig’a uzaldi mojaro,

Shayx ishqi birla ahvoli aro.

Kufr aro tushti ajab jam’iyate,

Dayr ahli millatig’a quvvate.

Din elining xijlati haddin oshib,

Shayxni tashlab, uyotdin torqoshib.

Shayx mahzal bo’ldi dayr atfolig’a,

Kim kularlar erdi oning holig’a.

Ul g’aribu oshiqu zoru qari,

Yo’l uza yotib ko’zi manzar sari.

Bosib o’tgan el qilib izo anga.

Yo’q vale yuz onchadin parvo anga.

Mehnatidin g’oyibu hozirg’a rahm,

Shiddatidin mo’’minu kofirg’a rahm.

Lek tarsozodai ofoqso’z,

Shayxni ul nav’ qilg’on tiraro’z.

Din tariqidin mubarro aylagan,

Kufr dayri ichra rasvo aylagan.

Pardadin aylab nazar zori sari,

Yeshurun boqib giriftori sari.

G’aflat aylab chun ko’rub pomolini,

Uziga kelturmay oning holini.

Qasdi dinu g’orati jon aylabon,

Lek o’zni go’lu nodon aylabon.

Furqatidin Shayx joni o’rtanib,

Balki paydou nihoni o’rtanib.

Kunduz — oqshomg’ocha bag’ri chok-chok

Kecha tong otquncha furqatdin halok.

Har nafas bir oydin ortib mehnati,

Bu edi bir oyga tegru holati.

Chunki haddin o’tti ranju dardanga,

Tufroq o’ldi jismi g’amparvard anga,

Kofiri zolimsirishti ishzagar

Yena ul manzardin o’ldi jilvagar.

Ut solib olamg’a husnu nozidin,

So’rdi o’z aftodasining rozidin —

Kim: «Ayo islom eliga rohbar,

Dinu islom ahlig’a irshodgar.

Chun sanga Ka’ba tavofi erdi fan,

Dayr eshiginda nedin tuttung vatan?

Seni derlar din eliga dastgir,

Kufr dayrig’a nedin bo’ldung asir?

Manzilida bir kecha ahli safar

Tutsa taskin, tonglasi aylab guzar,

Shayxkim, bir oy sukun fan aylamish,

Dayr tufrog’ini maskan aylamish.

Kufr dayrida bo’lur orom anga,

Zulmat ahlidin ie erkin kom anga?»

Shayx ko’rgach ul jahonoro jamol,

Istimo’ etgach bu ruhafzo maqol.

Jumla a’zosig’a qo’ydi za’f yuz,

Goh eguldi jismi, gohi bo’ldi tuz.

Hush itib, sustaydi o’zdin bexabar,

Jismida qolmay hayotidin asar.

Dayr eli aylab gumonkim, o’ldi ul,

Ming yil o’tganlar bila teng bo’ldi ul,

Bir kecha-kunduz o’luklardek yotib,

Ul sanam holig’a boshin irg’otib.

Holig’a hayrat qilib kuffor ham,

Rahm etib ul qotili xunxor ham,

Keldilar boshig’a ahli kufru din,

Uyla komil ishqig’a deb ofarin.

Boshini tufroqdin aylab biyik,

Qildilar ma’lumkim, ermish tirik.

Ishqidin el ko’ngliga ta’sir o’lub,

Ul sanam holig’a ham tag’yir o’lub.

Qo’ydi maqtuli boshi uzra ayog’,

Xastara maqsud isi tobg’och dimog’.

Ochti ul gulchehra ruxsoriga ko’z,

Ne yuzida rangu, ne og’zida so’z.

Muddate ul nav’ gungu lol edi,

Nukta surmakdin tili behol edi.

Holig’a kelturdi chun zavqi visol,

Kofiri zolim yana qildi savol.

Kim: «Chu so’rduq Shayx holi suratin,

Ongloli deb holati kayfiyatin.

Zarq ila Shayx o’zni behush ayladi,

Nuktadin og’zini xomush ayladi.

Emdi o’z holidadur, berdik javob,

Ulcha biz avval anga qilduk xitob».

Shayx oh urdiyu bo’ldi ashkrez,

Dedi:— «Zy ko’nglumga solg’on rustaxez,

Chun so’rorsen — arz qilmay naylayin,

Ne takalluf birla pinhon aylayin.

Maxfiy asrordin o’tubdur chun bu ish,

Derman emdi, berkitib bag’rimga tish.

Dayr aro bu nav’kim zor o’lmisham,

Ishq bandig’a giriftor o’lmisham.

Har balo jonimg’akim hodis durur

Orazing ko’rmak anga bois durur.

Turfa manzardin chu husnung bo’ldi fosh,

Uylakim, to’rtinchi manzardin quyosh.

Ne tahammul qoldi, ne toqat menga,

Aqlu hush itti hamul soat manga.

Mujmal o’z holimni izhor ayladim,

Seni dardimdin xabardor ayladim.

Choram etsang ham senga oson erur,

Qatl qilsang ham hayoti jon erur.

Uylakim, arz ayladim — holimni bil,

Sen bilursen — qatl qil yo rahm qil».

Dedi sho’x:— Ey murshidi oliy sifot,

Ahli islom ichra yo’q ermish uyot.

Sen kibi islom eliga muqtado,

Ne parishon nuktalar qilding ado?

Ne hayo fahm o’ldi sendin, ne adab,

Sen ajab, degan so’zung sendin ajab.

Kimki bo’lsa ahli ishq, ey peshvo,

Bil ani mahzi adab, koni hayo.

Betahoshi so’z demak mundoq taboh

Tifllardin kelmagay, ey piri roh.

Shayxliq tavrida oting yo’qmudur?

Oq soqolingdin uyoting yo’qmudur?

Chun sanga to’qsonu yuzga etti yosh,

Ham qari demak bo’lur, ham ssni yosh.

Yesh esang, kirmaydurur aqling hanuz,

Qorig’on degay xarifliqtin bu so’z.

Yesh emassan, qoriyu mabhut sen,

Aqlu hushung zoyilu fartut sen.

Ne iboratlar ado qilding degil,

Jinsi insondin bu kelmas bori bil.

Hech shak yo’qtur manga, ey bulhavas,

Kim bu so’zda tilu ko’nglung bir emas.

Ishqni maxfiy tutarlar ahli roz,

Fosh etardin ko’p qilurlar ehtiroz.

Xossa ma’shuq olida qilmoq ayon,

Bo’yla tundu behijob etmak bayon.

Dardi ishq oyini mundog’mu bo’lur,

Zuhd eli tamkini mundog’mu bo’lur?»

Dedi so’zlar mahvashi farrux jamol,

Kim harifin zoe’ etti infiol.

Ko’p xijolat birla Shayxi nomurod

Dedi:—«Ey inson sifatlig’ hurzod.

Ishqkim zoru zabun etmish meni,

Aql olib mahzi junun etmish meni.

El na hush etgay tama’ devonadin,

Ye adab savdo bila afsonadin.

Gar junundin betahoshi so’z dedim,

Afv qilg’ilkim, o’zumda yo’q edim.

Chun nekim sharh ayladim — bor erdi rost,

Mu’tarifmen har ne qilsang bozxost.

Ne takalluf birla so’zlay, ey nngor,

Chun tanim zor o’lmishu ko’nglum figor.

Ulcha bor erdim — dedim so’rg’on zamon,

Necha yoshursam hamondur, so’z hamon.

Chunki oshiq man emasmanu deyin

Yer vasli istamasmanmu deyin!»

Shayx chun degan so’zidin yonmadi,

Uzru afsun jonibi aylonmadi.

Sho’xi sarkash dedi: «Ey, johil sirisht,

Rozi o’lsang, harna o’lsa sarnavisht.

Kim mening vaslim tamanno aylamish,

Ixtiyor etmak keraktur to’rt ish:

May ichib, zunnor olib bo’lg’onda mast,

Kuydurub mushafni, bo’lmoq butparast.

Ishqning bu to’rt erur shukronasi,

Yona ikki ish erur jurmonasi.

Kim zrur bu to’rt takbiri fano,

Ul ikki bu to’rt ifposi yano.

Xukbonlig’ keldi bir yil yonasi,

Bo’lmoq otashgoh o’ti devonasi.

Shayx agar bu dayr aro oshiq esa,

Ishqining da’vosida sodiq esa.

Bu edi shukrona ham, jurmona ham,

Ko’p balolar bormu mundni yona ham,

Gar mening vaslim sanga matlub erur,

Hamnishin bo’lmog’lig’im marg’ub erur.

Bu deganlarni qabul etmak kerak,

Vasl ko’yida nuzul etmak kerak.

Gar harif ermassen ushbu ishga hech,

Yo’lg’a azm et, erta kunni qilma kech».

Dedi Shayx:—«Ey xasta jonim ofati

Urtagan ko’nglumni ishqing hirqati.

Shu’lai shavqung vujudum o’rtagan,

Barqi ishqing toru pudum o’rtagan.

Men g’aribu oshiqu devonaman.

Hushu aqlu sabrdin begonaman.

Neki amr etsa pari ruxsora yor,

Oshiqi devonag’a ne ixtiyor!

Harne matlub o’lsa, hokimsan — buyur,

Qilmasam — tig’i jafo bo’ynumg’a ur!»

Shayx chun so’zni bu erga qildi band,

Qildi sho’xu barcha dayr ahli pisand.

Dayr ichin firdavsoyin qildilar.

Ko’p takalluf birla tazyin qildilar.

To’rida taxt urdilar gardunasos,

Zebu ziynat onda behadu qiyos.

Sho’x tarso chiqti onda shavqnok,

Shayx oni ko’rgach bo’lub har dam halok.

Shayxni kelturdilar majma’ aro,

Qilg’oli imoni ruxsorin qaro.

Bir-biri uzra o’kuldi dayr eli,

Xoh iqomat xayli, xohi sayr eli.

Boda kup-kup onda hozir qildilar,

Nuql ko’p-ko’p dog’i zohir qildilar.

Savti noqusu navoyi arg’unun

Shayx dini motamig’a tortib un,

Bo’ldi sokin har tarafdin bir kashish,

Kim bu nav’ o’lmaydur erdi hargiz ish.

Sho’’la kelturdilar otashgohdin,

Mushaf istab murshidi ogohdin.

Chun muhayyo bo’ldi zunnoru salib,

Qo’pti yuz afsun bila ul dilfireb.

Taxtidin tushti tuman ming noz ila,

Keldi Shayx ollig’a yuz e’zoz ila. '

U.lturub bir gabraki jom etti no’sh,

Kim ko’rub shayx etti tarki aqlu hush<

Bodadin soqiyga yuzlangach tarab,

Yana pur qildi qadahni lab-balab.

Dedi: «Ich lojur’a, ey ulviy janob,

Jur’a qolsa, bilki, ermastur hisob»,

Komu nokom oldi Shayxi ishqboz

Maynikim, tutmish edi ul dilnavoz.

Sochib ashk, ul mayni no’sh aylar chog’i,

Yub ilik islomu imondin dog’i.

Chekti andog’kim, boshidin chiqti dud,

May o’tig’a bo’ldi kul budunabud.

Shayxqa chun tuttilar may necha davr,

Ishq aylay boshladi aqlig’a javr.

Boda chun hushini nokor ayladi,

Muddaoi vasl izhor ayladi.

Sho’xi tarso so’z bu nav’ etti bayon

Kim sharoitdin biri bo’ldi ayon.

Dedi Shayx: «Ey sho’x, ne qoldi — degil,

Harne matlub o’lsa mendin istagil’

Dedi mahvash kufr eli ashrofig’a,

Borcha mohir sheva kufr avsofig’a.

Kufrni imonga taqdim ettilar,

Anga ul millatni ta’lim ettilar.

Xirqai irshoddin uryon bo’lub,

Kimki ul holat ko’rub, giryon bo’lub»

Berdilar may havzi ichra g’usli pok,

G’o’ta urdi shayx ham bevahmu bok.

Kufr eli xil’atlarin etkurdilar,

Shayxqa boshdin-ayog’ kiydurdilar.

Belig’a mahkam tangib zunnorni,

Kofir aylab soliki atvorni,

Chektilar butxonaga xoru dajam,

Mast qildi sajda but olida ham.

Ham mulamma’ xirqani kuydurdilar,

Ham «Kalomulloh»ni o’tqa urdilar.

Ham bo’lub jomi damo-dam birla mast,

Ham qilib mastona o’zni butparast.

Hech rasvoliq jahonda qolmadi —

Kim aning boshig’a gardun solmadn.

Ka’ba piri mushkilin hal qildi ishq,

Dayr atfolig’a mahzal qildi ishq.

Uynabon dayr ichra atfoli farang,

Muqtadoi din bila mastu malang,

Har dam o’zni bilmay ul farxundapay,

Uziga kelgach, tutarlar erdi may.

Masti loya’qil edi ul tunu kun,

Kim ne kun ma’lum o’lur erdi, ne tun.

Oqibat chun ishq tug’yon ayladi,

Bir sahar faryodu afg’on ayladi —

Kim:—«Ayo ko’nglumg’a solg’on iztirob,

Xilqatim ma’murasin qilg’on xarob.

Ishqi chun bunyodi bedod aylagan,

Dinu imonimni barbod aylagan.

Kufr elining dini mundog’mu bo’lur,

Ahdu qavl oyini mundog’mu bo’lur?

Bo’yla el komin ravo qilmoq kerak,

Va’dag’a mundog’ vafo qilmoq kerak?

Harne ko’nglung istadi — surdung manga,

Yuz tuman barqi balo urdung manga.

Qaysi koming erdikim etkurmadim,

Qaysi shartingni bajo kelturmadim,—

Kim vafo vaqti tag’ofuldur ishing,

Vasl ishi ichra takosuldur ishing.

Ham g’aribu ham qari, ham xastamen,-

Kufr zanjiri bila pobastamen.

Qecha-kunduz mayg’a tutmushsen meni,

Va’da qilg’ondin unutmushsen meni.

Uyla da’viga bu nav’ isbotdin

Qo’rqmassanmu Manotu Lotdin?»

Sho’x tarso dedi: «Urma ta’na ko’p,,

Shartnikim qilding, itmomig’a qo’p.

Bo’ldi to’rt ish vaslning shukronasi,

Ikki qolmish ishqning jurmonasi.

Budur ul jurmona, ey faxri izom,

Kim bu dayr atrofida bir yil tamom —

Xotiringni solmayin ikrohg’a,

Kecha o’t yoqqoysen otshgohg’a.

Kunduz o’zni tutmag’aysen notavon,

Qim to’ng’uz kutmakka bo’lg’aysen ravon.

Tunga tegru xukbonlig’ qilg’asen,

Ul jamoatga shubonlig’ qilg’asen.

Yil tugangach qilg’asen azmi visol,

Men muhayyo aylabon bazmi visol.

Kufr oyini bila sur etgamen,

Vasl ila joningni masrur etgamen.

Gar qo’ya olmas esang bu yo’lg’a gom,

Ishq oyinida bo’lsang notamom,

Tark aylab kufru din aylab qabul,

Dayrdin ket, ka’bag’a qilg’il nuzul.

Necha kun aysh etganingni muttasil,

Kim may ichting, men sanga qildim bihil.

Eski kuygan xirqadin sen dog’i kech,

Toru pudidin takallum qilma hech.

Aylasang da’vo baho, sen dog’i ol,

Yo’lda xarj aylarga chun yoningga sol.

Qil gumon har neki ko’rdung — ko’rmading,

Ye havas dayrig’a markab surmading».

Shayx solg’och mahvash alfozig’a go’sh,

Ishq tug’yon aylabon, chekti xuro’sh,

Dedi: «Ey jonimda ishqing shiddati,

Xotirim oromi, ko’nglum quvvati.

Harna komingdur, qulungmen, hukm qil,

Qilmasam, qatlimdin ul dam so’z degil,

Lek mazkur aylama hijron so’zin,

Vasl nuzhatgohidin hirmon so’zin».

Qo’ptiyu dedi: «Surukni kelturung,

Qo’yni cho’pon jonibig’a etkurung.

Ham madad aylab meni gumrohg’a,

Lutf etib yo’lboshlang otashgohg’a.

Qo’yni ham cho’ponga vosil qildilar,

So’ngg’i komin dog’i hosil qildilar.

Shayx kunduz galadin ogoh edi,

Kecha manzilgohi otashgoh edi.

Kecha tong otguncha o’t yoqmoq ishi,

Kufr o’tin ravshan etmak varzishi,

Subh chiqqoch dayrdin noqus uni,

Kim yorur erdi qaro zulmat tuni.

Dud ila kuldin chiqib majnun misol —

Kim junun gulxanga qilg’ay poymol,

Un chekib noqus ohangi bila,

Kufr elining shevau rangi bila,

Kelturur erdi to’nguzlar sori yuz,

Tegrasida yuzdin ortug’roq to’nguz.

Ul bu zulmatqa giriftoru asir,

Qavmu xaylikim edi farmonpazir —

Qildilar ko’p choravu tadbir anga,

Bir sari mo’ qilmadi ta’sir anga.

Maxlasiga toimayin imkong’a yo’l,

Tarqadi majmuu, yolg’uz qoldi ul,

Ka’bada matvori o’ldilar bori,

Har biri borib uyotdin bir sori.

Shayxqa bor erdi bir foniy murid

Ishq jomidin urub hal min mazid.

Soliku qat’ aylagan ko’p marhala,

Hodiy ul azm aylasa har qofila.

Shayx aylar chog’da go’yo azmi Rum,

Anga maskan erdi o’zga marzu bum.

Chun safardin qaytib ul farxunda pay,

Qa’ba azmig’a marohil qildi tay.

Yo’ldin-o’q ko’rguzdi azmi xonaqoh,

Shayx atrofida istay deb panoh,

Xonaqoh erdi xarobu, piri yo’q.

To’rt yuz ahli vara’din biri yo’q.

Yaxshi taftish etti chun ul holni,

Dedilar anga bori ahvolni.

Rum sori Shayxning azm etganin,

Boshig’a andin ne ishlar etganin.

Chun xalifa erdi Shayx ashobig’a,

Kimsalar tarqotti o’z ahbobig’a.

Barchasin jam’ ayladi himmat bila,

So’rdi Shayx ahvolini diqqat bila.

Dedilar tush birla Rum irodini, .

Dayr ila tarso qizi bedodini.

Ishq ichinda beqaror o’lmog’lig’in,

Holida beixtiyor o’lmog’lig’in,

Boda ichmak, rindu mast o’lmog’ni ham,

Tark etib din, butparast o’lmog’ni ham,

Maskan etmak DORI otashgohni,

Utqa ham solmoq «Kalomo’lloh»ni,

Kim nechuk zunnorni tortib turub,

Bog’ladi belig’a to’rt aylandurub.

Kecha otashgoh o’tin holo yoqar,

Bo’ldi chun kunduz to’nguzlarni boqar.

Dedi sohibdardi rindi boxabar:

«K-ey hamiyatda to’nguzlardin batar,

Shayxkim pir erdiyu, sizlar murid,

Borchaga irshodidin behbud umid.

Faqr aro sharti irodat keldi bu —

Dim ne qilsa murshidi farxundaxo’,

Xaylu ashobi tashabbuh aylamak,

Tengriga lekin tavajjuh aylamak.

Gar taalluq bo’lsa, gar taj-rid anga,

Qarne qilsa aylamak taqlid anga,

Siz vafosizlarg’a faqr atvori hayf,

Ahli taqvo xirqau dastori hayf.

Ofiyat vaqti urub lofi gazof,

(Gushti ish chun o’zni tutqaysiz maof.

Shayxingizga bevafoliq boshlabon,

Qiblangizni dayr ichinda toshlabosh

Tengridin yo’q bimu, eldin ham uyot,

Kim bu ish tushqonda qaytib barcha bot.

Kelgasiz o’z muqtadongizni qo’yub,

Xizmatidin, balki shaklidin to’yub.

Uzni tutqoysiz salohandesh ham,

Bir-biringizni debon darvesh ham.

Zuhdu tasbehu ridongizdin uyot,

Kafshu dastoru asongizdin uyot.

Bo’lsa erdi shayxqa sakbonlig’ ish;

Qilsa erdi bir necha it parvarish,

Charxdin etkanda bu yanglig’ jafo,

Ko’rmagaymu erdi itlardin vafo?

Ba’zi itsa, ba’zi qolg’ay erdilar,

Uzni atrofig’a solg’ay erdilar.

Xasmi birla gah tutushqoylar edi,

Motamig’a gah ulushqoylar edi,

Odami bo’lsa vafo andin yiroq,

It vafo bobida andin yaxshiroq.

Sizda gar bo’lsa edi mardonaliq,

Da’viyi ixlos aro farzonaliq,

Shayhqa tushkanda bu yanglig’ balo,

Kim birov ishqig’a bo’ldimubtalo,

Ul o’ziga har jafo qilg’on chog’i,

Vojib erdi qilmoq oni siz dog’i.

Zohir aylab barchangiz bedardlig’;

Ko’rguzub faqr ichra yuz nomardlig’.

Lof aro ermen degan ermu bo’lur

Kelmas ishni ilkidin dermu bo’lur?

Har nekim deb ul so’zi jonlarga qut,

Solib og’zig’a alar muhri sukut.

Qildi chun bu nav’ alarga sarzanish,

Dedi: «O’lturmoq bila ochilmas ish».

Qo’btiyu qildi azimat Rumg’a,

Dinu imonso’z marzu bumg’a.

Ul jamoat ham qilib qo’ldoshliq,

Komu nokom ettilar yo’ldoshliq.

Yettilar chun qat’ etib yozi yabon,

Anda bordilarki shayxi xukbon.

Ne asar islomu imon keshidin,

Ne nishon aqli salohandeshidin.

Oshiqi majnun, maydin mast ham,

Dardi bexudliq bila hamdast ham.

Tonimay ul xayldin qoytardi yuz,

Qildi yuz ul yonki, ul xayli to’nguz.

Soliki rahrav bu ish ko’rgach yurub,

Shayx uchun ko’ngli buzuldi oh urub.

Ashki hasrat to’kti ko’p ruxsorig’a,

Dedi boqib ul jamoat borig’a —

Kim: «Xudo hamdu sanosin aytingiz,

Bu mahalda turmay emdi qaytingiz.

Uyla shayxi murshidi sohib kamol

Xiyra ishq oshubidin bo’lmish ne hol!»

Yenibon shahr ichra topib mu’badi,

Dahr zulm etgan ulusqa maqsadi.

Tengri dargohida rindi pokboz

Kechayu kunduz to’kar erdi niyoz.

Ish anga — qilmoq munojotu duo,

Aylabon shayxig’a maxlas muddao.

Chun bu maqsudig’a sodiq erdi ul,

Sidq ahlig’a muvofiq erdi ul.

Ko’b duo qildi, chu aylab iztirob,

Tengri ham qildi duosin mustajob.

Bir kecha ashki niyoz aylab ravon,

Bo’lmish erdi yig’lamoqtin notavon.

Subh bo’ldi za’fdin behol o’zi,

Ko’z yumub ochquncha yopildi ko’zi.

Ko’rdikim: farxunda nure bo’ldi fosh,

Nur arosidin tulo’’ etti quyosh.

Ne quyoshkim, yuz quyosh hayron anga,

Zarradek mehrida sargardon anga.

Anbiyo xatmi, risolat xotimi,

Sayyidi olam rasuli Hoshimi.

Kim kelur erdi tabassum aylabon,

La’li jonparvar takallum aylabon.

Chun bu nav’ bo’ldi ayon ul ganji roz,

Yerga tushti notavon aylab niyoz:

K-ey risolat mulkida sohib sarir,

Lutf ila aftodalarg’a dastgir.

Hojat ermas hojatim qilmoq bayon,

Kim erur ravshan zamiringg’a ayon.

Dedi yuz ming lutf ila shohi rasul,

K-ey ochilg’on bog’i ummidingg’a gul.

Sidq ila tuz niyyatingg’a ofarin!

Sa’yu oliy himmatingra ofarin!

Oncha zohir aylading ajzu niyoz,

Kim tarahhum birla hayyi korsoz —

Ayladi ajzu niyozingni qabul,

Nolau so’zu gudozingni qabul.

Tengri maxfiy hikmati izhorida,

Sayr dashtida, suluk atvorida

Solik olida qo’yuptur voridot,

Kim o’zin qutqormay ondin yo’q najot.

Shayxingizg’a voride erdi qavi

Ko’rmagan ondoq bu paydo rahravi

Haq najot etti karomat, shod bo’l,

Shukr aylab qoyg’udin ozod bo’l.

Chun sanga yuzlandi ko’p ranju taab,

Haq bo’ lutf aylarga sen bo’ldung sabab.

Sharh qildi chun rasulalloh bu roz,

Shodlig’ ashkin to’kub sohib niyoz.

Chekti ho’yu zoyil o’ldi hush anga,

Ajzdin bo’ldi xirad madhush anga,

Chun nasimi subh esti mushkrez,

Bo’ldi tun mushki uza kofurbez.

Notavonning ko’ngliga yuzlandi hush,

Sekriboi qo’bti, tushub mag’ziga jo’sh.

Chun xudo farzin ado ko’rguzdi tuz,

Qo’btiyu qo’ydi xudovandig’a yuz.

So’rdilar ashobu ogoh bo’ldilar,

Bori ul rahravg’a hamroh bo’ldilar.

Po’ya aylarda edi oshuftahol,

Sabzau suv uzra andoqkim shamol. ,

Qat’ aylab gah nishebu gah faroz,

Ul makong’achaki shayxi ishqboz. .

Shayxqa ham daf’ o’lub gumrohlik,

Yetmish erdi g’aybdin ogohliq.

Gulshani tavfiqdin esgan nasim,

Ko’ngliga ta’sir etib erdi azim. ,

Ham xijolat ashkin aylab oshkor,

Ham chekib ohu nadomatdin sharor.

Tashlab erdi kisvati kufforni,

Uzmish erdi bog’labon zunnorni. ;

Kufr solg’on tira ko’ngliga futur,

Yetkurub erdi hidoyat sham’i nur. . .

Bo’yla holatda etishdi ul guruh

Ko’ngliga etti, alar etgach, shukuh.

Shayxqa tag’yir olor ko’rgan zamon,

Bo’ldilar yuz shukr aylab shodmon.

Dedilar: «K-ey murshidi sohib vusul,

Mujdaki, bo’ldi madadkoring rasul!»

Shayx chun voqif edi ul holdin,

So’z dedi xaylig’a ul ahvoldin.

Quchti istab rahravi farzoiani,

Yakjihatliq bobida mardonani.

Dedi: «Ey farxunda farzandim mening,

Rishtai jonimg’a payvandim mening,

Sidq aro holingni tag’yir etmading.

Yerliq bobida taqsir etmading.

G’zni ne til birla aylay uzrxoh —

Kim bu sidqning uzrini qo’lg’ay ilox»

Sochib ul ham shodmonlik yoshini,

Pir ayog’idin ko’tarmay boshini.

Barcha aylab iztirobu iatiror,

Tobqucha oshufta xotirlar qaror.

Muttafiq bori dedi: «K-ey muqtado,

Chun nasib etti bu davlatni xudo.

Bu xatarliq bumdin ketmak kerak,

Qa’ba vodisig’a azm etmak kerak».

Shayx kiydi xirqa, aylab g’usli pok,

Bo’ldilar aehob bori zavqnok.

Sidq birla aylabon azmi haram,

Bodiya qat’ig’a urdilar qadam.

Shayx chun azm aylabon Batho sori.

Kelduk endi mahvashi tarso sori.

Noz uyqusida erdi ul pari,

Ko’rdi tushkim indi mehri xovari

Sho’hqa etkurdi Isodin payom:

«K-ey vafo bobida xomu notamom!

Shayx San’on murshidi ahli zamon —

Kim sening dayringg’a bo’ldi mehmon.

Mezbonliqning tariqin bilmading,

Uyla mehmong’a nelarkim qilmading.

Dayrning mehmonlig’in tark etti ul,

Mezbonliqqa haramg’a ketti ul.

Bot etib, bo’lg’il musharraf dinig’a,

Uzrung aytib, kir aning oinig’a».

Uyqudin uyg’ondi chun tarso qnzi,

Bo’lmoq istab shayx ayog’ining izi.

Keldi ne qilg’onlari chun yodig’a,

Tushti o’tlar xotiri noshodig’a.

Oh urub qo’btiyu qildi yo’lga azm,

Ka’ba ehromig’a aylab o’zni jazm.

Ashkdin anjum to’kub gardun kibi,

yig’labon Laylivashi Majnun kibn.

Tez borur erdi borg’on sori el,

Eltgandek toza gul bargini el.

Solur erdi gomini beholvash,

Narx aning qilg’onlaridin kinakat.

To biyobon ichra oshti shiddati,

G’olib o’ldi vahmu bimu hayrati.

Za’fu ojizliq anga ko’rguzdi yuz,

Kim nihoyatsiz edi vodiyu tuz.

Dedi: «Ye rab, ojizu sargashtamen.

Ko’zu ko’nglum qonig’a og’ushtamen.

Ojizu bechoradurmen, rahm qil,

Bekasu ovoradurmen, rahm qil.

Garchi juz jurmu gunohim yo’q mening,

Sendin uzga ham panohim yo’q mening».

Yolg’izu bekaslig’ig’a yig’ladi,

Chorasin bilmaslig’ig’a yig’ladi.

Nozaninga oncha shiddat berdi dast,

Kim qilib za’f o’ldi tufrog’ uzra past

Chun yiqildi hushi zoyil bo’ldi pok,

Yetti tufrog’ uzra xoru dardnok.

Kashf bo’ldi Shayxi olijohg’a,

Ham muridi rahravi ogohg’a.

Bo’yla ishkim, qo’ydi yuz mahvash sori,

Qaysi mahvash — ojizu g’amkash sori.

Yendi Shayxu rindi bolodast ham,

Ul guruh ichra balandu past ham.

G’ofil elning har birida yuz xayol,

Kim ne erkin, yo rab, ul yonmoqqa hol.

Toki etti Shayx ila ul ahli roz,

Andakim yotmish edi ud sarvinoz.

Garchi Shayx ul ishda ko’nglin solmadi,

Yig’lamoqni lek asray olmadi.

Nozanin boshin qo’yub qo’ynig’a tez,

Yuzda bo’ldi kirpikidin ashkrez.

Chunki gulbarg uzra sochildi gulob,

Nargis ochildiki, erdi masti xob.

Shayxning qo’ynida ko’rgach boshini,

To’kti ruxsorig’a hasrat yoshini.

Za’fdin ohista chiqti nolasi,

Yuz uza sochib bag’ir pargolasi.

Dedi:— «Ey taqvoshiori dinpanoh,

Qaysi til birla bo’loyin uzrxoh.

Tosh otar tifli laimishum baxt,

Soya solur boshig’a oliy daraxt.

Bosh chekib gulbunda yuz ming no’gi xor,

Gul ochib har xordin abri bahor.

Garchi jurmum haddu poyondin fuzun,

Lutfu ehsoning sening ondin fuzun.

Beadablig’larki qildim, bilmisham,

Afvung oldida siyahro’ kelmisham.

Har nekim qildim, yamon qildim, yamon,

Men yamon, keshim hamop, dinim hamon.

Degay erdim hazratingda necha roz,

Umr o’tar ta’jilu fursat asru oz».

Zohir etti shavqi islomini ham,

Isoi ruhilloh e’lomini ham.

Dedi: «Qildim harza guftorimni bas,

Arz qil imonki, qolmish bir nafas».

Shayx ashk aylab ravon ruxsorig’a,

Arzi imon etti tarso yorig’a,

Oshnoliq.tobqoch imondin nihon,

Oh urub Shayx ollida tobshurdi jon.

Soldi din ahli aro g’avg’o yana,

Chektilar faryodu vovaylo yana.

Kufr ila din ichra fahm o’ldi sabab,

Vul’ajab ish zohir o’ldi, bul’ajab.

Ishq aro bu nav’ o’lur a’juba ko’b,

Ko’rguzub a’jubaliq mansuba ko’b.

Ishq bahredurki yo’q poyon anga.

Har hubobi gunbadi gardon amga.

Olamedur ishq, lekin bas vase’,

Toramedur ishq, lek asru rafe’.

Charxni aylar Suho anda nigun,

Pashsha aylar anda anqoni zabun.

Ishq o’tidin etsa nogoh bir sharar,

Yetkurur yuz barqdin ko’prak zarar.

Bahrdin har qatra aylab behijob,

Dahrni seli balb birla xarob.

Ishq tig’i qilsa yuz ming qatliom,

Ne qasosu ne diyat, ne intiqom.

Ishqdin ko’rgach yuz ofat jonig’a,

Chora tutmoq bo’ldi minnat jonig’a.

Ko’r taajjub ishqning bo’stonidin,

Obu rangi begunahlar qonidin.

Ursa bir kirpik tuman ming jong’a nesh,

Bilki budur hinduyi qotilg’a kesh.

Zoyil aylar nuqtai zoyid misol!

Yuz tuman ko’z mardumin bir turfa xol.

Ishq mulkida gadou shoh bir,

Dayr ichida rahbaru gumroh bir.

Ishq aro dardu balodin o’zga yo’q,

Zulmu bedodu jafodin o’zga yo’q.

Shayxni andoqki shaydo etti ishq,

Olam ahli ichra rasvo etti ishq.

So’ngra mendin solmadi g’avg’osini,

Kimsa ko’ngli mulkig’a yag’mosini.

Holim andin kimsa gar ortuq demas,

Ortuq ermas, bo’lsa ham o’ksuk emas.

Kel, Navoiy, so’zni holo xatm qil,

Ishq aro izhori da’vo qilmag’il.

Bir necha kun o’mrdin tobsam amon,

Sharhi ishqim nazm etay bir doston.

Anda bilgay kimgakim insofdur,

Kim so’zum chinmudurur yo lofdur.

Shayxqa alqissa etti chun farog’,

Dayr ishidin Ka’bag’a aylab yarog’.

Yerni dafn etti ishq ayvonida,

Dinu imon ahli go’ristonida.

Ka’badin andoqki qildi azmi dayr,

Dayrdin ham Ka’bag’a ko’rguzdi sayr.

Tengriga arz etti uzri momazo,

To ani ham yorig’a qo’shti qazo.

LXXX

Qushlar peshvoliqqa qur’a solib, Hudhud otig’a tushgoni

Bu ajab so’zni eshitgach ul guruh,

Keldilar barcha hayotidin sutuh.

Ishq oldi qo’llaridin ixtiyor,

Shavq o’tidin bo’ldi barcha beqaror.

Qat’ etarlar erdi yo’l ondoqki barq,

G’arbdin bir haml alarg’a erdi sharq.

Barcha o’z sa’yi bila ta’jil etib,

Har nafas bir xavfluq vodiy etib.

Bo’lsa ba’zi ul qotig’ yo’lg’a harif,

Bor edi ba’zi dog’i zoru za’if.

Oyrilurlar erdi, qolurlar edi,

Uzni har manzilda solurlar edi.

Qavm orasidaki sardor o’lmadi,

Qavm holidin xabardor o’lmadi.

Qavmning holi parishon bo’lg’usi,

Barcha o’z holig’a hayron bo’lg’usi.

Qo’ynikim suv, o’tqa boshqarmas shubon,

Ul surukni aylagil zoe’ gumon.

Har jamoatqaki yo’qtur peshvo,

Yo’lg’a ermastur qadam qo’ymoq ravo.

Chun yo’l erdi ham qatiqu ham yiroq,

Ul jamoat barcha aylab ittifoq.

Dedilarkim: «Bizga sardore kerak,

Aqloyin hushkirdore kerak.

Kim bori qushlarg’a bo’lg’ay hokim ul,

Qim erurbiz biz zaifu sa’b yo’l.

Rahrave, yo’l mushkilidin ogahe,

Xaylg’a ham rahbaru ham hamrahe».

Soyir qushlar laimu ashrof ham,

Chektilar Hudhudg’a bu ishni raqam.

Chui anga bu ishta urdilar salo,

Ayladi tab’i hukumatdin ibo.

Dedikim: «Men xaylga yo’l boshqoray.

Bilganimcha qavmny olib boray.

O’zga taklif etsangiz molo yutoq,

Bim erur, tushkay oramizda firoq».

Qilmadi Hudhud chu bu ishni qabul,

Uzgalar xud bor edi jam’i jahul.

Ko’rdilarkim, barcha abtar bo’ldi ish,

Qur’a solmoqqa muqarrar bo’ldi ish.

Qur’a solib har birining zotig’a,

Tushti ul dam 'qur’a Hudhud otig’a.

Onga uzr aytur fasona qolmadi,

Yo’q demoqlikka bahona qolmadi.

Chui anga ko’p erdi boridin bilik,

Bay’atig’a berdilar barcha ilik.

Peshvolig’ aylagach Hudhud qabul,

Borchasig’a muddao topti husul.

Dedilar: «Biz tobe’u, sen — peshvo,

Ayloli koming nekim bo’lg’ay ravo.

Sen sipohsoloru, biz barcha — sipoh,

Yo’lda payravbiz, ne qilsang ro’ ba roh».

LXXXI

Vodiy boshig’a etib qushlarni hayrat zabun etib, bir qushning savoli

Chun alarg’a Hudhud o’ldi peshvo,

Yo’lni qat’ aylarg’a qildilar havo,

Urdilar chunkim necha kun bolu par,

Yettilar vodiy boshig’a ul hashar.

Benihoyat vodie bo’ldi padid,

Kim ko’rungach, uzdilar jondin umid.

Mehnat onda haddu g’oyatdin fuzun,

Hajr shomidek nihoyatdin fuzun.

Umr ila jon ofati nazzorasi,

Qat’ qilmoqdin yo’q o’zga chorasi.

Jonlariga tushti havlu haybati,

Kim demaktin ko’proq erdi shiddati,

Vodie erdi xaloyiq etmagan,

Vus’atini hech qush qat’ ztmagan.

Barchaga sustaydi jismu paru bol,

Bir qush ul dam qildi Hudhuddin savol -

Kim, nedin xoli ekin oyo bu yo’l,

Fikr etib mundoq javobin berdi ul.

Kim erur xoli ulus g’avg’osidin,

Shoh izzu johu istig’nosidin.

LXXXII

Hikoyat

Hilvatidin chiqti bir kun Boyazid,

Kim ul erdi qobili hilmin mazid.

Kecha oydin tobidin ravshan edi,

Charx anjum vardidin gulshan edi.

Bahri axzardin kavokib" tobyaok,

Har biri raxshandaliqdin durri pok.

Tortibon afloki oliy borgoh,

Rif’atu vus’at tuzub bu korgoh.

Aql ojiz sayr ila oromida

Hush qosir vaz’ ila andomida.

Bo’yla dargoh ichra piri boxabar,

Ko’rmadi maxluq jinsidin asar.

Necha qildi sa’y ila jo’yandalig’,

Shahru tog’u dasht aro po’yandalig’.

Kimsadin mutlaq nishoie toimadi,

Uzdin o’zga notavone toimadi.

Dedi xoli nedin erkin, yo iloh,

Dard ila shavq ahlidin bu borgoh.

Bunda ul ko’ngliga hotif ayladi,

Jonini bu nav’ voqif ayladi.

Kim erur bu dargahi izzu jalol,

Har kishi yo’l toimag’i yo’q ehtimol.

Shah harimi izzining poyoni yo’q,

Har gado mahramlig’i imkOni yo’q.

Umrlar jon cheksalar ahli talab,

Biri bu davlatqa etmoqdur ajab.

LXXXIII

Vodiy suubatidin qushlar Hudhuddin savolot qilg’oni va oning javob aytmog’i

Nukta bu yanglig’ki surdi rahshinos,

Rohrav qushlarga yuzlandi haros.

Kim nihoyatsiz balog’a tushtilar,

G’oyati yo’q ibtilog’a tushtilar.

Yo’l ko’runur erdiyu poyoni yo’q,

Dardi mufrit erdiyu darmoni yo’q.

Ranj o’ti ko’kka chekar erdi alam,

Arshni kuydurgudek, kursini ham,

Uyla sekrir erdi istig’no eli,

Sing’udek bu gunbadi xazro beli.

Bo’yla yo’lni ul necha aftoda qush,

Jism birla jonlari mehnatqa to’sh,

Qat’ qilmoq qayda bo’lg’ay ehtimol,

Kim xayolin etsa ham bo’lg’ay mahol.

Jonlari chun qolmadi ul bim ila,

Jam’ o’lub borisi yuz taslim ila.

Ko’rguzub Hudhudqa ko’p ajzu niyoz,

Dedilar: «K-ey peshvo-yu sarfaroz.

Chun seni haq bizga qildi muqtado,

Ajzimizni farzdur qilmoq ado.

Sen chu bu yo’ldin erursen barxabar,

Dog’i biz berohlarg’a rohbar.

Bizga mushkullar durur bu azm aro,

Kim erur farz oni qilmoq mojaro.

Har birimiz sanga arz etmak so’zin,

Ranju mehnatdin xalos etmoq o’zin.

Sen borining mushkilin hal aylamak,

Sharhida so’zni mufassal aylamak.

Nukta tafsilida bo’lmoq durfishon,

So’zni soyilga qilib xotirnishon.

Xotiridin shubhani raf’ aylabon,

Ko’nglining majhulini daf’ aylabon.

Jam’ etib ko’nglin bori ashkolidin,

Qutqorib har nav’ mushkil holidin.

Tafriqa qo’ymay ko’ngulda qil uchi,

Kim keraktur tinch yo’l qat’ etkuchi.

Bir nafas bir ma’man ichra o’lturub,

Xayl ko’nglin har xatardin tindurub.

Mushkulin har kim sanga qilsa xitob,

Hallida sen ham anga aytib javob.

Qolmog’ondin so’ig ko’ngullarda xatar,

Hech xotirda xavotirdin asar,—

Jam’ xotir birla qilmoq yo’lg’a azm,

Bu uluq maqsadg’a tutmoq o’zni jazm.

Yo’qsa yo’l bir kun ikki kunluk emas,

Bal kishi poyonig’a ettuk demas.

Bo’yla yo’l qat’ida jam’ o’lmay ko’ngul,

Shubha birla bormori mushkil degul».

Peshvog’a tushti ma’qul ul misol,

Dedi: «Jam’ o’ldik bori ahli savol»,-

Iltimosin xaylning aylab qabul,

Bir biyik manzil topib qildi nuzul.

Qo’ndilar oning bila xaylu sipoh,

Nukta surdi murshidi irfonpanoh.

LXXXIV

Bir qushning savoli

Dedi: «So’rdik kimda bo’lsa mushkile?»

Bo’yla so’z soldi arog’a soyile:

«Kim, ayo bu xayldin bo’lg’on aziz,

Chun senu biz barchamiz bir jinsbiz.

Tengdurur chun borimizg’a bolu par,

Sei nedinsen — boxabar, biz — bexabar?

Bu tafovutni sarosar sharh qil,

Kim nediidur — bizga ravshan aylagil».

LXXXV

Hudhudning javobi

Utruda bu bo’ldi Hudhudning so’zsh

«Kim manga tushmish Sulaymonning ko’zi.

Haq taolokim anga aylab nazar,

Ham rasul aylab edi, ham tojvar.

Jinnu insu vahshu tayr ustida shoh

Aylab erdi oni lutf aylab iloh.

Bo’yla sohib davlati sohibsarir —

Iltifotin topti men yanglig’ haqir.

Ondin o’ldi bu qadar izzat manga,

Bosh uza bu afsari rif’at manga.

Kimga-kim aylar nazar ahli safo,

Ul nazar tufrog’ni aylar kimyo».

LXXXVI

Shayx Najmiddini Qubroning so’zi va itga tushgan ko’zi

«Shayx Najmiddin Kubro-qutbi dahr,

Bir nazardin kimgakim etkursa bahr,

Yerubon nuri viloyatdin ko’zi,

Uzlugidin oyrilur erdi o’zi.

Bu sifatda etti ul erga ishi,

Kim vali bo’ldi ko’zi tushkan kishi.

Sukr vaqti soldi chun bir kun nazar,

Ul nazardin bo’ldi bir it bahravar.

Oshnolig’din etishti choshni,

Tortib itlik siyratidin boshni.

Yuz qo’yub shayx olida qildi niyoz,

Barcha itlar uzra bo’ldi sarfaroz.

Har qayon shahr ichra qilsa erdi mayl,

Itlar erdi girdida andoqki xayl,

Qayda o’ltursa edi itlarga shoh,

Halqa erdi davrida xaylu sipoh.

Chun qazodin boshig’a etti ajal,

Shayx eshiginda qozibon bir mahal —.

Dafn etib qabrin namudor ettilar,

Qabrin insondek padidor ettilar.

Itlar aylab motamida ko’p fig’on,

Qabrining davrida tuttilar makon.

Yuz qo’yub qabrig’a holo ahli roz,

Ko’rguzurlar sidq yuzidin niyoz.

Bu dam ul Xorazmda mavjud erur,

Kishvarekim hokimi behbud erur.

Bo’lmag’ay olamda mundin turfa so’z,

Kim saodat ahli itga solsa ko’z,

Yetkurur itga natija ul nazar,

Zotig’a solur kishilikdin asar.

Itgakim etgay validin tarbiyat,

Qushqa ham tong yo’q nabidin tarbiyat.

Ne kishilik kim inoyatdin nishon,

Nash’ai nuri valoyatdin nishon.

Qushqa ham bo’lsa payambar lutfi tush,

Ne ajab bo’lsa mute’i barcha qush.

Sobiqan ham qissa o’tmish bu qabil,

Sidqig’a ashobi kahf etti dalil.

Chun inoyat aylasa hayyi mujib,

Itgavu qushqa ne tong etsa nasib».

LXXXVII

Yana bir qushning Hudhuddin savoli

Yana bir soyil dedi tortib nafir:

«K-ey bori qushlarg’a sarxaylu amir.

Yo’l qotiqdur, meq zaifu notavoi,

Pashsha Anqog’a bo’la olmas ravon.

Har nafas bu yo’lda yuz mehnatdurur,

Har dam anda yuz tuman shiddatdurur.

Aqbalar onda baliyat tog’idin,

Gardlar ko’zga ajal tufrog’idip.

Yeli o’zni tog’ uza chun etkurub,

Toshni tufrog’ yanglig’ sovurub.

Sherg’a etmas bu yo’l azmig’a zo’r,

Ne qila olg’ay zaifu xasta mo’r».

LXXXVIII

Hudhudning okavobi

Dedi Hudhud: «K-ey nahifi mustamand

Himmating pastu o’zung dunu najand.

Tan nechakim bor esa pastu dijam,

Himmat ar bo’lsa biyik — ondin ne g’am

Chun ki bu ish keldi beshak ishq ishi,

Kimki oshiq ermas, ul ermas kishi.

Chun bino bu ishg’a ishq o’ldiyu bas,

Qayda qilg’ay maylini har bulhavas.

Oshiq elga notavonlig’dur nishon,

Ishqdin bexonumonlig’dur nishon.

Notavonlig’ oshiq elga peshadur,

Balki jon tarki mudom andeshadur.

Boru yo’qdin o’zni foniy aylamak,

Nr ishqin jovidoniy aylamak.

Har kishiga ishqu himmat bo’lsa yor,

Bunyau tan za’fig’a ne e’tibor.

Bor anga ishq ichra jon bermak murod,

Ishq qaydidindurur barcha kushod.

Ishq aro o’lmakdurur maqsud anga,

Jong’a nuqson o’lmog’idin sud anga.

Kimgakim dunyog’adur vobastaliq,

Yetsa ul andeshadin dilxastaliq.

Kimsaga bu za’f mustahsan emas,

Ahli ishq ul za’fni ahsan demas.

Ishqdii har kimga za’fu tob erur,

Ul murod oyinig’a asbob erur.

Ishqdin chunkim murod o’lmak emish,

Bordur o’lmakka yaqin za’f ichra ish,

Za’fki jon tarkiga bo’lg’ay sabab,

Bo’lsa ondin ijtinob erur ajab.

Ishq aro jon tarki chun matlubdur,

Har ne oning boisi marg’ubdur.

Za’fning poyoni bo’lsa tarki jon,

Uyla o’lmakka fido jonu jahon.

Sen jahon mulkida ming yil.bo’ldi tut,

Dardu hasrat birla oxir o’ldi tut.

Bo’lmas ermishsen xud o’lmakdin yiroq,

Bu talabda bore o’lmak yaxshiroq.

Yordin o’lmak agar ummid erur,

Bil hayotedurki ul jovid erur».

LXXXIX

Shayx Abu Said Abul Xayr hikoyati

Mihna shayxikim bu yo’lii qildi sayr,

Yer vaslidin nasibi bo’ldi xayr.

Avvalida ishqning bas zor edi,

Yuz baliyat tig’idin afgor edi.

Za’f toimish erdi istilo anga

Za’fdin ish ohu vovaylo anga.

Ishq barqidin edi jonida o’t,

Ul sharardin jismi vayronida o’t.

Tun anga uyqu-yu kun oromi yo’q,

Ishq anduhidin o’zga komi yo’q.

Kunduz oning zikru fikri yoru bas,

Hajridin da’bi fig’onu zoru bas.

Kecha bo’lmas erdi shahru bog’ aro,

Uzni tortar erdi dashtu tog’ aro.

Ul damanda bor edi vayronae,

Chug’z qasridek buzug’ koshonae.

Onda chohe bor edi behad amiq,

Suyida shaxsi nashot o’lg’on g’ariq.

Osilib ul choh ichinda sarnigun,

Ishq istilosidin zoru zabun.

Tongg’a tegru ish anga ohu fig’on,

Qatra-qatra ko’zidin tomg’uncha qon.

Ulmak istab ishq arovu toimayin,

Ul tamannodin ko’zini yoimayin.

Bu baliyat jismini nol aylabon,

Nolasi jonini badhol aylabon.

Hajr aro yillar bu yanglig’ chekti hol,

To etishti og’zig’a jomi visol.

Ishq aro budur eraplarning ishi,

Ulmayin toimas bu davlatni kishi».

XC

Yana bir qushning Hudhuddin savoli

Dedi bir qushkim:— «Qilibmen ko’p gunoh,

Bu uyatdin asru holimdur taboh.

Zoe’ aylabtu.r meni oludalig’,

Qo’ymas ul yo’lg’a bu g’am farsudalig’.

Chun najosatdin jabindur lavspok,

Anga ne nisbatdurur Simurg’i pok.

Pok vaslig’a keraktur poklik,

Yo’qki, lavsi jurm aro beboklik.

Ul orig’, menda orig’sizlig’ sifot,

Vaslini istarg’a mone’dur uyot».

XCI

Hudhudning javob aytqoni

Dedi Hudhudkim:— «Erursen mu’tarif,

Kim ishing bo’lmish gupohdin munharif.

Dahr xud ermas iqomat manzili,

Kimki bor oxir o’lumdur hosili.

Bu gunah birla gar o’lmak istasang,

Xalq ahvolig’a kulmak istasang.

Bilki bas nodonu g’ofil bo’lg’asen,

Ahli aql olida johil bo’lg’asen.

Bu gunahdin orimoq etting havas,

Ul dog’i oson erur, ey bulhavas.

Tavbadur oni oritmoqqa iloj,

Zulmati isyon aro budur siroj.

Jurm lavsidin kishi ma’sum emas,

Bo’yla ismat kimsaga ma’lum emas.

Odam avlodini qilmaydur iloh,

Uylakim ondin bosh urmaydur gunoh.

Bo’lmasa sendin gunoh, ey bexabar,

Afvu rahmat kimga bo’lg’ay choragar.

Jurmdin ulkim yuzi bo’lg’ay sarig’,

Tavba aylar ul sarig’lig’ni orig’.

Bahri rahmat mavjga kirgan zamon,

Pok o’lursan men kibi yuz ming ravon».

XCII

Odam Safiy alayhissalom hikoyati

«Xayli insonning otosi Bulbashar,

Kim oni xalq etti hayyi dodgar.

Boshiga qo’ydi hidoyat afsarin,

Tojiga tikti nubuvvat gavharin.

Qildilar topqoch bu yanglig’ izzu joh,

Tufrog’in xayli maloyik sajdagoh.

Avji gardun xoki roh o’ldi anga,

Bog’i jannat jilvagoh o’ldi anga.

Bu sifat sofiyvashi oliy hasab,

Kim Safiy keldi anga haqdin laqab.

Chupki taqdir etdi hayyi zuljalol,

Jurmu isyon birla bo’ldi tirahol.

Oncha rif’at birla ul masjudluq —

Ketti-yu bo’ldi ishi mardudluq.

Ko’ksiga rad panjasin etkurdilar,

Ravzai jannatdin oni surdilar.

Yuzqarolig’lar anga aylab nasib,

Tushti Hindiston savodida g’arib.

Qarnlar hijronda erdi ashkrez,

Solib ohu nolasidin rustaxez.

Joni o’rtangan zamon andoqki xas,

Tavba ul holiga bo’ldi choraras.

Bog’i rahmatdin yana esti nasim,

Bo’ldi yuz ming ranju mehnatdin salim.

Tavbasiga dastgir o’ldi qabul,

Ayladi hurmat harimida nuzul.

Ondoq elga etsa bu bandu kushod,

Sen kim o’lg’aysen za’ifi nomurod?

Tavba qilg’il dog’i behbudungg’a et,

Yo’lga aylab azm, maqsudungg’a et».

XCIII

Yana bir qushning Hudhuddin savoli

Yana bir soyil dedi: «K-ey zebi toj,

Menda voqe’dur talavvuiluq mizoj.

Har sifatda keldi tab’im noraso,-

Goh fosiqmen, zamone porso.

Goh matlubum xarobot ahlidur,

Goh marg’ubum muiojot ahlidur.

Gah haram tavfida men yazdonparast,

Dayr ichinda, goh but oldinda past.

Istiqomat yo’qturur holimda hech,

Bu jihatdandur ichimda pech-pech.

Bu talavvuni mizoji shum ila,

Bu sifatliq odati mazmum ila,—

Bo’yla yo’lg’akim kerak yakranglig’,

Uzni toimasmen sahih ohanglig’».

XCIV

Javob

Dedi Hudhudkim: «Bu bema’ni shior

Filhaqiqat barchaning zotida bor.

Kim borig’a hamnafasdur nafsu ruh,

Bastalig’ birdin etar, birdin futuh.

Uldur erkim, salb etib nafsoniyat,

G’olib etgay zotig’a ruhoniyat.

Har kishida bu sharaf bizzot erur,

Ul kishi poku sharif avqot erur.

Gar talavvun bo’lsa zoti shevasi,

Sen kibi bo’lsa tahattuk mevasi.

Bu maraz toimish riyozatdin iloj,

Kim kishiga mustaqim o’lgay mizoj,

Nafsdin har kimgakim bu bim erur,

Chora murshid oldida taslim erur.

Bo’yla illatlarg’a murshiddur tabib',

Kim xaloyiq pir derlar, ey labib.

Tolibi solikka illatlar bo’lur,

Nafs xaylidin mazallatlar bo’lur,—

Kim anga fe’li zamoynmdur laqab,

Mubtalo bo’lur aaga ahli talab.

Pir har birga qilur nav’e davo,

Kim borib illat, tonar tolib Shyfo.

Ul marazlardin bu dog’i biridur,

Kim riyozatlar oning tadbiridur.

Sen dog’i bu ishga o’zni chog’lasang,

Bir qotiqliqqa belingni bog’lasang.

Uyladur umidkim, bir lutfi xos —

Gar tahattukdin seni qilg’oy xalos.

Bu talablardin tarabnok o’lg’osen,

Haq yo’linda rahravi pok o’lg’osen.

XCV

Hikoyat

«Zumrai tahqiq sofiy mashrabi,

Vosili haq Bu Turobi Naxshabiy.

Bir muridi holiga solib nazar,

Zebu ziynatdin topar erdi asar.

Xirqasida vuslalar erdi orig’,

Ranglar onda qizil, yoshil, sorig’,

Mayl ko’p nafsiga ra’nolig’ sori,

Kisvati faqr ichra zebolig’ sori.

Ko’p riyozatlar buyurdi pir anga,

Ul takalluf toimadi tag’yir anga.

Ko’rdikim daf’ o’lmas erdi bu sifat,

Murshidi komil buyurdi oqibat:

Har kun o’z nafsi bila razm aylamak,

Dog’i dorussalxqa azm aylamak.

Bir sabadga qo’yning ich-olotini.—

Solibon ihshou qozurotini,

Bosh uza oni qo’yub, mahkam tutub,

Mehnatu ranjidin oning qon yutub,

Qatralar haryon tomib dastoridin,

Oni o’tkargay Nasaf bozoridin.

Nafsig’a oning etib mundoq inod,

Necha kun bu ish chu topti imtidod.

Xirqasida qolmadi zebolig’i,

Boshidin chiqti bori ra’nolig’i.

Bu mashaqqat qildi chun nafsyn halok,

Murshidi komil buyurdi g’usli pok.

Ul marazdin bo’yla -qutqordi oni,

Ul xatardin bo’yla o’tkordi oni.

To maqomi bo’ldi ayvoni vusul,

Harne matlubig’a yuz qo’ydi husul.

Sen dog’i nafsingg’a qo’y bir nav’ ranj,

To nasibing bo’lg’ay oning muzdi ganj.

Yo’q esa o’zungpi zoe’ bo’ldi tut,

Bu talavvun do’zaxida o’ldi tut».

XCVI

Yana bir kushning Hudhuddin savoli

Dedi bir soyilki: «Ey farxundaxo’,

Nafsi zolimdur manga behad adu.

Har ne amr etsam qilur zohir xilof,

Irtikobidin tutar o’zni ma’of.

Bo’yla yo’lda dushman o’lsa ul manga,

Tay nechuk bo’lg’ay bu qattiq yo’l manga»,

XCVII

Hubhudning javobi

Dedi Hudhud: «K-ey zabuni hirskesh,

Nafs zulmi aylagan ko’nglungni resh.

Nafsning mahkumi bo’lg’on tunu kun,

Uzga bu hangomani qilg’oi uzun.

Nafs ne amr etsa bo’lg’on zerdast,

Ul biyiklik qilsa, qilg’on o’zni past.

Urmag’on ul amr qilmay bir nafas,

Hosil aylab har ne ul etgan havas.

Umr oning farmoni birla sarf etib,

Ul tamanno aylagan sori ketib.

Bir eshakdek boshinga afsar urub,

Nafsni o’z orqang uzra mindurub.

Ul qayon sursa, urib gom ul taraf,

Qayda tursa, topib orom ul taraf.

Tifl ekonda xud oning zori eding,

Lahv ila g’aflat giriftori eding.

Chun yigit bo’ldung ham ondin yonmading,

Lahzae o’z holiigga aylonmading.

Qarig’onda xud etishti varzishing,

Fisqu isyonda tamom o’ldi ishing.

Umrung o’tti g’aflatu isyon bila,

Yetti o’lmak yuz tuman armon bila.

Tengri amrin umr o’tub yod etmading,

Sheva juz izlolu ifsod etmading.

Dahr aro yo’q sen kibi zoti ajab,

Umr o’tib o’tkargan avqoti ajab.

To tirik erding — bu erdi g’aflating,

Bo’yla o’lsang, ko’r, ne bo’lg’ay holating»,

XCVIII

Hikoyat

«Podshohe mast edi, bebok ham,

Zolimu g’oratgaru saffok ham.

Nafsi zolim har necha ma’mur etib,

Qilmog’ida ul o’zin ma’zur etib.

Bir kun aylar erdi jomi aysh no’sh,

Ko’rdikim borurlar ikki jandapo’sh.

Bir-biriga ikkisi yoru rafiq,

Hamdamu hamrozu g’amxoru shafiq.

Shah tilab qildi birisidin savol,

Ul birining holidin so’rdi maqol:

«Kim bukim keldi sening hamkisvating

Zohir etkim — anga nedur nisbating?»

Dedi: «Nisbat ikkimizda yorlig’,

Hamdamu hammashrabu hamkorlig’».

Masti g’ofil dedi:— «Ey sohib tariq,

Oytkim, men yaxshiroq yo ul rafiq?»

Dedikim: «Ulcha manga bo’lmish ayon,

Ikkingizning holini aylay bayon.

Chunki bo’ldung ikkisidin barxabar,

Sen o’zung hukm aylagil, ey tojvar.

Sen agarchi bir ulusqa shohsen,

Tengri yo’lunda, vale gumrohsen.

Har ne haq debtur — xilofidur ishing,

Kecha-u kunduz bu bo’ldi varzishing.

Ul agarchi bo’lsa darveshu gado,

Tengrining amrini xub aylar ado.

Haq yo’lidin tashqari qo’ymas qadam,

Balki haq amridin urmas ayru dam.

Sen shoh, ammo nafsqa zoru haqir,

Ul gadou nafsni aylab asir.

To tiriksiz ikkingizga hol — bu,

Ul gado, sen shohg’a minvol — bu.

Ulsangiz, xud shoh — uldur, sen — gado —

Kim, sen erding mast, ul — ahli iqtido»:

Nuktani bu nav’ surgach piri roh,

Seskonib ul uyqudin uyg’ondi shoh.

Mast edi, etti anga hushyorlig’,

Uyqusig’a qo’ydi yuz bedorlig’.

Shohlig’ zarbaftidin yuzlandi or,

Tashlab oni, janda qildi ixtiyor.

Ko’ngliga haqdin etib ogohlig’,

Bildikim, darveshlikdur shohlig’.

XCX

Yana bir qushning Hudhuddin savoli

Dedi bir soyilki: «Iblisi lain

Qasdim aylar, zohir aylab makru kin.

Uz huzurumg’a meni qo’ymas dame,

Kelturur ko’nglumga hardam olame.

Boshima har lahza solur bir xayol,

Kim emas ondin qutulmoq ehtimol.

Chuiki yo’q ondin qutulmog’lig’ menga,

Choradur ma’muri bo’lmog’lig’ manga.

Uyla muztarmen oning vasvosidin,

Kim zabundur aql oning ehsosidin».

C

Javob

Dedi Hudhud:—«Toki nafsingdur qarin,

Anga bor iblis shogirdi kamin,

Nafs oncha ko’nglunga solur g’urur,

Yetkurur oncha zamiringg’a futur.

Kim oni shayton ko’rub hayron qolur,

Vodii hayratda sargardon qolur.

Qaysi ishdinkim etar nafsingg’a kom,

Topar ondin komiii shayton mudom.

Nafs hukmi birlakim qilsang har ish,

Irjayur ul komdin shaytonga tish.

Demakim, shaytong’a bo’lmishmen zalil,

Ul sening nafsingni aylabtur vakil.

Har ne ul qilmoq kerak nafsiig qilur,

Har nekim shayton bilur, ul ham bilur.

Har ne dunyog’a taallo’qdur umur,

Sarbasar shaytong’a doxildur zarur.

Nafsing andoq haqqu mulk etmish ani,

Kim erur darj anda yuz shayton fani.

Nafsing oncha ko’rguzur talbisni,

Kim qilur sharmanda yuz iblisni.

Senki, yor o’ldung bu yanglig’ nafs ila,

Ne uchun shaytondin etkaysen gila».

CI

Hikoyat

Keldi Xaraqoniy qoshig’a bir murid,

Uz suluku toatidin noumid.

Dedikim: «Iblis purfanlik qilur,

Ko’ngluma har ishda rahzanlik qilur,

Ham namozimga etar ondin qusur,

Zikru tasbehimg’a dog’i yuz futur».

Murshidi komil dedi:— «K-ey zulmkesh,

Tig’i javruig birla shayton ko’ngli resh

Onda ham sendin shikoyatlardurur,

Javru zulmungdin rivoyatlardurur.

Der manga qism etmish avvaldin iloh,

Makr ila el holini qilmoq taboh.

Rohzanliq aylamak isyon sari,

Boshlamoq yo’l vodii nuqson sari.

Sen muride aylamishsen tarbiyat,

Kim anga mendin fuzundur bu sifat.

Har qachon keldim bu sharrun-nosg’a,

Kim solay ko’nglini bir vasvosg’a.

Qaysi munkarkim manga maqbul edi,

Ko’ngli, ko’rdumkim, anga mashg’ul edi.

Har taxayyulkim manga erdi mahol,

Xotirida erdi mamlu ul xayol.

Aylamakni sanga talqinlar base,

Bizni shayton qildi tahsinlar base.

Rahmat ushbu makr ila tazviringa,

Kim degay shaytonki: Rahmat piringa».

Dedi: «Shayton aylamish tuhmat manga,

Ul berur har lahvga rag’bat manga».

Dedi shayx: «Asantu bu yanglig’ maosh,

Kim sanga shayton bila bo’lg’ay talosh.

Men aroda bo’lg’amen hukm etkuchi,

Yerg’u aylab, uzrunguzg’a etkuchi.

Ham sanga yuz qatla shaytondin uyot,

Ham anga sen shumi nodondin uyot».

CII

Yana bir qushning Hudhuddin savoli

Dedi bir soyilki: «Ey farrux jamol,

Ko’ngluma behad muhabbat soldi mol.

Ham visoli jonima solur nashot,

Ham unidin ko’iglum aylar inbisot.

Bir nafas gar bo’lmasa ilkimda sim,

Hajridin jonimga bor o’lmakka bim».

CIII

Javob

Dedi Hudhud: «K-ey haqiqatdin yiroq,

Joninga qo’yg’on diram dog’i firoq.

Hirs jomi aylagan ko’nglungni mast,

Sen bo’lub ul mastlig’din zerdast.

Bu ne so’z bo’lg’ayki, zikr etgay kishi,

Kim emas, bu odamiylarning ishi.

Odamiylig’ning bu ishtin ori bor,

Kim bu sichqong’a erur da’bu shior.

Yerni qazmoq aylabon ko’p ehtimom,

Tufroq ichra xoru zor aylab mudom.

Naqb urub uylarga hirsi shumdin,

Jon chekib bu xislati mazmumdin.

Har nafas bir uy sari solib to’shuk,

Iogahon chiqqach kamindan bir mushuk.

Aylab oni sayd ishratlar bila,

Tu’ma aylab hirsu rag’batlar bila.

Yeb sharahdin jismi birla qonini,

It nechukkim siflalar sichqonini.

Ye yilon yanglig’ki, ganj aylab havo,

Yillar o’lg’ay tufrog’ ichra mubtalo.

Charx mundoq aylagay podoshini,

Kim ko’rungach, yonchqoylar boshini.

Ye yilon bo’l yoki sichqon, ey najis,

Muncha xud bordur sening zotingda his.

Kim alarga bo’yla bo’lsa oqibat,

Bilgasenkim yaxshi ermas bu sifat.

Siym sevgonkim, anga pobast o’lur,

Shavqidin oning ajoyib mast o’lur.

Uyladurkim johilu nodon mast,

Siymdin but aylab, o’lgay butparast.

Jahl birla tarki islom aylagan,

Uzga do’zax azmin anjom aylagan.

Toki bo’lg’ay dahr bog’ida tirik,

Ro’zgor andoqki bu yanglig’ irik.

Siym uchun yuz hirsu shaydolig’ bila,

Ulmagay oxir bu rasvolig’ bila.

Men seni sichqon demay, Qorun tutay,

Yo’q yilon, alhaqki, Afridun tutay.

Oqibat borin chu solib ketkasen,

Nettilar ul xaylkim, sen netkasen.

Bu tamannoni chiqarg’il boshdin,

Boshni qutqar bu qattiq toshdin.

Er esang maqsudi asli ko’zlagil,

Har nekim so’zlarsen — ondin so’zlagil.

Qilma ul ishkim etib nuqson sanga,

Oxiri bo’lg’ay vuboli jon sanga».

CXIV

Hikoyat

«Basra shahrida laime bor edi,

Bebasarlig’ fannida dinor edi.

Mayli jam’ aylarga dinoru diram,

Ul sifat g’olibki, Hotamg’a — karam.

Ko’p mashaqqatlar bila duni laim,

Vir-bir uzra jam’ aylar erdi siym.

Onchakim jam’ o’ldi bir maxzan anga,

Yer tubida ayladi madfan anga.

Bovujudi muncha naqd ul dunxisol'

To’nig’a tikmish edi gardun misol —

Beadad maxfiy diramlar hirsi shum,

Kunduz andoqkim falak ichra nujum.

Kim bulardindur manga tan quvvati,

Uylakim tan quvvati — jon sihhati.

Ittifoqo bir kun o’ldi manzili,

Mol savdosig’a daryo sohili.

Suv qirog’inda eb ul moli harom,

Molning savdoda sudidin taom.

Bo’ldi daryoda ilikni yurda xam,

Chun og’irlik qildi bir sori diram.

Tushdi daryog’a laimi dunsirisht,

Chekti qa’riga oni ul fe’li zisht.

Tolpinib ko’p zohir etti iztirob,

Kim birov solg’ay oning sori tanob.

Maxlasig’a mayl ko’rguzguncha xayl,

Ko’prak etti bahrping qa’riga mayl.

Chun og’ir erdi diramdin langari,

Suv tubin tutti sadafdek gavhari.

Siymdin etti bu ofat jonig’a,

Tushti yag’mo maxzani pinhonig’a.

Siym yig’moqqa natija bo’ldi bu,

Sen oning savdosidin ilkingni yu(v)v

Mutlaq oning sori mayl etma yano,

Kim talotumda erur bahri fano».

CV

Yana bir qushning Hudhuddin savoli

Dedi bir soyilki: «Ey ulvi xirom,

Maskanimdur bir bihishtoso maqom.

Har shajar onda kelib to’bi misol,

Har taraf kavsar kibi ravshan zulol.

Suyi ruhafzo, havosi jonfizo,

Sahnida mavjud tanparvar g’izo.

Bog’i jannatdek fazosidur vase’,

Urtada qasri binosi bas rafe’.

Qasr ichi naqqoshlikdin zarnigor,

Toshida naqqoshlig’ gavharnigor.

Qasr aro bir xisrave oromgir,

Surati xush, siyrati xotirpazir.

Bo’yla gulshan ichra manzildur manga,

Bo’yla shohning vasli hosildur manga.

Mensiz ermas bir dam oning majlisk,

Tunu kun menmen rafiqu munisi.

Bu tarablarni qo’yub, aylab havo,

Istamak Simurg’ bo’lg’aymu ravo?!»

CVI

Javob

Dedi Hudhud:—«K-ey xayoling barcha hech,

Sharhida bu qilu qoling barcha hech.

Garchi zebo gulshanu dilkashdurur,

Ko’zga suv birla havosi xushdurur.

Onda to’bivash yig’ochlar jilvasoz,

Gullari yuz lavn birla ishvasoz.

Ham vafosiz keldi nasrinu guli,

Ham baqosiz sarv birla sunbuli.

Chun bahorig’a xazon solur shikast,

Bo’lur ul gullar qaro tufroqqa past.

Qasrini ham charx chun davron qilur,

Xasta oshiq ko’nglidek vayron qilur.

Shoxig’a dog’i jafoi ro’zgor,

Taxta uzra taxtdin berur qaror.

Bog’ig’a gulchehralardek yo’q vafo,

Shoxig’a badmehrlardek yo’q baqo.

Sendin onda kim desun xud, ey za’if,

Bir tikan bargiga ermassen harif.

Er ersang Qofi baqog’a azm qil,

Avjida bir shoh vasli istagil.

Kim bu gulshang’a kamol ondin durur,

Ham xazonu ham zavol ondin durur.

Shohg’a zebu far jamolidin oning,

Azlu favti ham jalolidin oning.

Qasrii obod aylagan ham hikmati,

So’ngra vayron dog’i qilg’on qudrati».

CVII

Hikoyat

«Bir qalandar bor edi mabhutu dang,

Subhu shom oning g’izosi erdi bang,

Tark ahlidek namudori oning,

Jur’adonda lekin asrori oning.

Chun g’izo eb o’zni aylar erdi lol,

Aysh anga qilmoq xayoloti mahol.

Tushti ko’prak bir kun ul nofe’ g’izo,

Muntasbe’ni chekti bir vayron aro.

Takya soldi bir buzug’ devorg’a,

Soyir o’ldi olami asrorg’a.

Ko’rdi o’zni bir nazah gulshanda shod,

Tegrasida jam’ asbobi murod. .

Maskani qasri binosi bas qaviy,

Zebi oping korgohi Monaviy.

Uzi bir taxt ustida Jamshedvash,

Yonida gulchehrai xurshedvash.

Aysh etib ul xisravi oliy maqom,

Topib ul gulchehradin har lahza kom.

Bu xayolot ichra ul koshonada,

Yetmish erdi go’shai vayronada.

Kim buzug’ning go’shasidin bir chayon,

Nishi no’gida ajal zahri ayon.

Chiqti ul vayron tavofin mayl etib,

Sanchar erdi nish haryoikim etib.

No’shlabdin kom olurda harzakesh,

Ul chayondin erniga sanchildi nesh.

Qichqirib qo’pti qalandar beqaror,

Zohir aylab iztirobu iztiror.

Ne gulu gulshan edi, ne qasru taxt,

Ne yonida mahvashi feruzbaxt.

Ul xayoloti topib bori xalal,

Yeb va lekin erniga nishi ajal.

Bildi harne qilg’oni ermish xato,

Qilmadi sude pushaymonlig’ ango.

Sanga ham mutlaq ham adnoq keldi hol,

Yo’l dimog’ingg’a topib fosid xayol.

Chun ajal nishin ebon seskong’osen,

G’aflating uyqusidin uyg’ong’osen.

Har necha qilsang fig’oiu zorlig’,

Qilg’usi yo’q bir sari mo’e osig’.

Onglag’ungkim kimdii o’lmishsen yiroq,

Qolgusi joning aro dog’i firoq».

CVIII

Yana bir qushning Hudhuddin savoli

Yana bir soyil dedi: «K-ey benazir,

Aylamish bir ishq ko’nglumni asir.

Ko’rmasam ma’shuq ruxsorin dame,

Tiyradur ul dam ko’zumga olame.

Bir nafas onsiz qarorim yo’q turur,

Dardu g’amda ixtiyorim yo’q turur.

Rrazi nazzorasi komim mening,

Vaslidin ko’nglumda oromim mening.

Ondoq oning birladur ulfat manga,

Kim erur onsiz gumon shiddat manga.

Qilmasam lahiii zamone istimo’,

Jismdin ruhum qushi aylar.vido’.

Ko’nglum oning furqatining xastasi,

Jonim oning vaslining vobastasi.

Furqatidin jonima bedod erur,

Tunu kun ko’nglum ishi faryod erur.

Oyrila olmasmen ondin bir zamon,

Ondin oyrilmoq hamon, o’lmak hamon.

Ul sanam ishqin nechuk tark etkomen,

Oyrilib ondin qayone ketkomen?»

CIX

Javob

Dedi Hudhud: «K-ey ishing so’zu gudoz,

Solibon ko’nglungga o’t ishqi majoz.

Tushkoning ishqi haqiqiydin yiroq,

Urtagan ko’nglung aro dog’i firoq.

Asli yo’ldin ko’nglung etkon ijtinob,

Far’ sori azmni ko’rgan savob.

Chashmai hayvondin o’tgan xushklab,

Birkadin daf’i atash qilg’on talab.

Durri yaktodin qilib g’ofil ko’ngul,

Jola sori aylagan moyil ko’ngul.

Mehri xovar nuridin qilg’on udul,

Sham’u mash’al partavin etgan qabul.

Surati zohir bila topqon fireb,

Toimag’on ma’ni jamolidin nasib.

Husni zohirniig ne nav’ o’lg’ay ishi,

Yuzda balg’am birla qon oroyishi.

Yuzini vasfin deding huri chigil.

Balg’amu qondin esa oqu qizil.

Husni zohirning vafosi yo’qturur,

Ham sabotu ham baqosi yo’qturur.

Oshiqu shaydo bo’lurg’a arzimas,

Ishqidin rasvo bo’lurg’a arzimas.

Kim anga boqiy emastur xo’bluq,

Oriyatdur shaklida mahbubluq.

Gar bu kundur xo’b, tanglo xo’b emas,

Xo’bkim bu nav’dur, marg’ub emas.

Oni sevkim, husni bo’lg’ay barkamol,

Bo’lmag’ay mumkin quyoshig’a zavol.

Yuz tuman ming sendek o’lsa oshiqi,

Bo’lmag’ay oshiqlig’ining loyiqi.

Bersalar ishq ahli yuz jon har biri,

Husni yuz ming munchag’a qilg’ay gari»,

CX

Hikoyat

«Bor edi shaxse Arastug’a murid,

Halqai darsida ul erdi mu’id.

Aylabon oni hakimi arjmand,

Jumlai shogirdlar ichra pisand.

Anga maxfiy ilmlarni oytibon,

Tifl ekoidin olida ulg’oytibon.

To’rt yuz hikmat elidin a’lam ul,

Barchadin orguq, Arastudin kam ul.

Qo’nglida mundoq xayol aylab hakim,

Kim Skandarga oni qilg’ay nadim.

Kim o’zi bir sorikim qilsa xirom,

Bo’lg’oy ul farzanddek qoyim maqom.

Hikmat ichra nuktai mavzun bila

So’z degay majlisda Aflotun bila.

Borur erdi yo’l bila .bir qatla ul,

Urdi ko’ngliga birovning ishqi yo’l.

Kufr dayridin chiqib mahpaykare,

Kofiri sangindili siyminbare.

Noz ila yuz dinni yag’mo qilg’uchi.

Hikmat ahlin zoru shaydo qilg’uchi.

Ul hakim o’lg’och giriftori oniig,

Ko’nglini ko’rdi ajab zori oning.

Bog’lab oning vaslig’a etmakka bel,

Sa’ylar aylab arog’a soldi el.

Toki ko’p xarj aylabon ajnosu naqd,

Rom etib ul dilraboni qildi aqd.

Emdikim ul but vasli berdi dast,

Kufr ahli yanglig’ o’ldi butparast.

Kecha-yu kunduz ko’z ondin olmayin,

Vola o’ldi safhag’a ko’z solmayin.

Bo’ldi ul mahvashqa andoq shifta,

Kim sabaq bahsidin o’ldi kifta.

Aylabon ustod oning nazzorasi,

Dedi, aylay pand birla chorasi.

Berdi istab ko’p nasihat birla pand,

Bo’lmadi pand ul balog’a sudmand.

Ko’rdi ilmu hikmati zoe’ bo’lur,

Necha yilliq zahmati zoe’ bo’lur.

Necha fikr etti hakimi beiazir,

Ko’rmadi ul ish davosidin guzir.

Maxfiy ondin o’zni tutti chorag’a,

Berdi muhlik dorue mahporag’a.

Kim yiqildi ohu afg’on tortibon,

Dam-badam ul notavonlig’ ortibon.

Choralar qildi yigit — sud etmadi,

Ul sanamdin notavoilig’ ketmadi.

Ojiz o’lg’ach choradin ul dardmand,

Keldi ustod ollig’a zoru najand.

Bosh quyi solib malolatlar bila,

Sharhi hol etti xijolatlar bila.

Ko’rdi chun ustod andoq ehtiyoj —

Keldikim bemorg’a qilg’oy iloj.

Dedikim: «Qo’p, sen bu kun xizmatqa bor,

Tur Skandar hazratida bandavor.

Men mudovo aylayin bemoringa,

Yetkuray sihhat parivash yoringa».

Ul qabul aylab ravoni tutti yo’l,

Sundi ustodi iloj aylarga qo’l.

Mushile soz etti behad zo’rmand,

Berdikim oni sumurdi mustamand.

Dedi mahramlarg’akim, voqif turung,

Tasht eltib ul eshikda o’lturung.

Har nekim xorij bo’lur — to’kmang oni,

Bir ino ichra solib asrang oni.

Chiqqoch oytib so’zlar ul oliy mahal,

Qildi mushil dog’i bunyodi amal.

Qildi yuz majlischa ixroji mavod,

Ulturub erdi eshikda ustod.

Xastaning tobu tavoni qolmadi,

Jismida bir qatra qoni qolmadi.

Balg’amu safrovu savdo birla qon

Daf’ o’lub, bo’ldi sumanbar notavon.

Kechqurun qilg’och yigit azmi visoq,

Dedi donokim:—«Kirib yoringg’a boq!»

Kirgach, istar erdi sho’xi dilkashi,

Ko’rdikim yotmish karihi noxushe.

Tonimay dedi:— «Meniig yorim qann,

Sarv bo’yluq lola ruxsorim qani?»

Eshitib kirdi hakimi kordon,

Aqli kulldek olimi bisyordon,

Dedi: «Topshirgon inoni kelturuig,

Nozaninni oshiqig’a etkurung».

Boribon kelturdilar chun zarfni,

Qim eshitmishtur bu yanglig’ harfni.

Muxtalif axlot ila mamlu edi,

Muhliku makruh lavni bu edi.

Dedi: «Olg’ilkim parizoding budur,

Gul jabiiliq sarvi ozoding budur.

Budur ulkim mubtalo bo’lmish eding,

Oshiqu vola munga bo’lmish eding».

Ul yigit ustoddin bo’ldi xijil,

Ko’rgach oni ustodi muzmahil.

Dedi:— «Ey farzand, ko’rdum ehtiyoj,

Yo’q anga, bilkim — sanga qildim iloj.

Sen dog’i oshiqsanu mahbubung ul,

Zoru shaydo aylagan matlubung ul.

Bo’yla oshiqliqdin, ey oluda zot,

Pok ishq ahli qoshindadur uyot!»

CXI

Yana bir qushning Hudhuddin savoli

Yana bir soyil dedi tortib fig’on:

«K-ey sen o’lg’on voqifi sirri nihon.

Yo’lda jonimga o’lumdin bim erur,

Jon burun manzilda-o’q taslim erur.

Xavf mustavli yaqin behad za’if,

Bo’yla yo’lga naylab o’lg’ayman harif?»

CXII

Javob

Dedi Hudhud: «K-ey nahifi xastadil,

Necha qolg’ung olam ichra — fikr qil.

Kimki keldi — oqibat borg’usidur,

Ko’ksini tig’i ajal yorg’usidur.

Zi hayot o’lmak uchundur oqibat,

Bo’yla tahqiq etti ahli ma’rifat.

Yo’qki orif, kimki yo’qtur o’yla kul,

Bu muhaqqaq amrdin g’ofildur ul.

Ming yil o’yasang dahr aro yo bir zamon,

Kim ajal oxir sanga bermas amon.

Avliyo bu vartag’a bo’lmish asir,

Anbiyog’a bu yurishdin yo’q guzir.

Vahm qilmoqdin qutulmoq yo’qturur,

Qayg’urub ozod bo’lmoq yo’qturur.

Rishva bermak birla yo’q ozodlig’,

Ham qilur tig’i ajal jallodlig’.

Iig’lamoq birlavu yolbormoq bila,

Chora yo’qtur juz bu yo’l bormoq bila.

Zohidu fosiq bila shohu gado,

Qilmayin bo’lmas bu yo’l qat’in ado.

Qo’rqmog’din kimsaga yo’q foida,

G’ayri ko’rmaklik humumi zoida.

Hech nav’ o’lmas chu o’lmakdin guzir,

Avlo ulkim, bo’lg’osen farmonpazir».

CXIII

Hikoyat

«Naqldurkim, avji rif’at kavkabi,

Mehtari a’zam Sulaymoni nabi —

Bir kun erdi taxt uza oromgir,

Olida devu pari farmonpazir.

Jinsi maxluqot insu vahshu tayr,

Ko’rmay oning xizmatidin o’zni g’ayr.

Nofiz ul borig’a farmoni oning,

Om majmu’iga ehsoni oning.

Turmish erdi olida bir ahli hush,

Hush oni aylab tafakkurdin xamo’sh.

Bo’yla holatda etishti bir malak,

Qobizi arvohu jallodi falak.

Qnldi payg’ambarg’a ta’zimu salom,

So’ngra arz ettiki: «Ey faxri kirom!

Asru maxfiydur ilohi hikmati,

Kim erur onda xiradning hayrati.

Bu azizekim qoshingda bu zamon —

Turmish, o’lmaktin anga yo’qtur gumon.

Umrig’a to’lmish ajal paymonasi,

Hukm etmishkim, bo’lub hamxonasi —

Ham bu soat qatl tig’in solg’omen,

Hind iqlimida jonin olg’omen.

Ushbu ishda g’olib o’lmish hayratim,

Dam-badam ortar o’zumga vahshatim».

Ul bu ma’nida takallum deb ravon

Qim nabi olida turg’on notavon.

Keldi er o’ptiu to’kti pas niyoz,

So’ngra dedi: «Yo rasuli sarfaroz

Bu kun o’z holimg’a hayronmen base,

Marg vahmidin parishonmen base.

Chora qilkim bo’lmayin bu mulk aro,

Kim ko’zumni vahm aylabtur qaro.

Yelga amr etti Sulaymon ul nafas —

Qym: «Oni elt andakim — qilg’ay havas!

Qaysi erdakim desa, bergil qaror,

Daf’ qil ko’nglidin oning iztiror».

Yel oni olib uchurdi tundu tez,

Bori a’zosig’a solib rustaxez.

Kim ishorat qildi Hindiston sari,

Onda etgach, o’tmadi ondin nari.

Dedi: «Bu erda manga orom ber,

Kim erur bo’lmoqqa matlubum bu er».

Tushti rokib, bordi raxshi teztak,

Uzni etkurdi bu holatda malak.

Tengri sun’ig’a debon ko’p ofarin,

Oni ham qildi yonolarg’a qarin.

Yel bila hamtaklik etsa gar kishi,

Ruh qabzi keldi Azroil ishi».

CXIV

Yana bir qushning Hudhuddin savoli

Yana bir soyil dedi: «K-ey pokzod,

Jumlai umrimda ko’rmaymen murod.

Doimo g’am birla eltibmen basar,

Shodlig’din menda yo’q ermish asar.

Yo’l borurg’a xotiri xurram kerak,

Dahr ranjidin malolat kam kerak.

Chun meni g’amparvar etmish ro’zgor,

Har zamon bir g’am bila jonim figor.

Ne ko’ngul xushlug’ bila yo’l qat’ etay,

Ko’ngli xushlar qayda ketsa, men ketay».

CXV

Javob

Dedi Hudhud: «K-ey najandi g’amsirisht,

Zotinga g’amdin bahoia sarnavisht.

Bo’yla vodiy qat’ida beishtiboh,

G’amni etmishlar eranlar zodi roh.

Yo’l g’ami kelmish eranlarning ishi,

yo’lda g’amsizni kishi demas kishi.

G’amdin aylarlar eranlar shodlig’,

Bu muqayyadlig’ durur ozodlig’,

G’am eridur mehnatobodi jahon,

Onda har nav’ elga bir g’amdur ayoi.

Olam ahli ko’nglida olam g’ami,

Xud budur ko’prak bani odam g’ami.

Lek alarkim keldilar ahli yaqin,

Yo’l g’amidin keldilar doim hazin.

Kimsaga avvalg’i g’am mamnu’dur,

Odamidin so’ngg’i g’am matmu’dur.

Gar burung’idin esang zoru najand,

Yo’ldin o’zni shod qil, ey mustamand.

So’ngg’idin g’amgin esang — qil shodlig’,

Kim ko’ngul ondin topar obodlig’.

G’amdin aylar shodlig’ ahli vidod

Bor alarg-a nomurod o’lmog’ murod.

Yo’l g’amidur maqsadu maqsud uchun,

Kim er ul g’amii ko’pgul behbud uchun.

Ondakim yo’qtur bu g’am — er ermas ul,

Zod g’amdin topti qat’ etgan bu yo’l».

CXVI

Hikoyat

«Misrda bor erdi oliyhimmate,

Olami ma’nida sohibdavlate.

Ishrat asbobi bori tayyor anga,

Ne xayol etsang yuz ul miqdor anga.

Jannatoso qasr ichinda manzili,

Hurvash mahbub oning hammahmili.

Lek ul oliy sifati pok zot

Bor edi bu barchag’a beiltifot.

Dardu g’am erdi anga yoru nadim,

Hajr zindonida Yusufdek muqim.

Dedilar: «K-ey ko’nglung anduh birla juft,

Bizga ravshan ayla bu rozi nuhuft!

Kim muhayyo bori asbobi nashot,

Kim ko’ngulg’a bo’lg’ay ondin inbisot.

Xotiring nechun dame xurram emas,

G’amdin o’zga ko’nglunga hamdam emas?»

Dedi: «Yo’l ahlig’a zindondur jahon,

Negakim matlubi ko’zdindur nihon.

Ish budurkim aylagay qat’ ushbu yo’l,

Ko’nglining matlubiga etguncha ul.

Kimsa zindonda qachon xurram bo’lur,

Baytul-ehzonda netib beg’am bo’lur.

Menki ayru yordin darmondamen,

Gar Eram bog’idamen — zindondamen.

Bo’lmag’uncha vasl gulzorig’a xos,

Bo’lmag’um g’am xorxoridin xalos».

CXVII

Yana bir qushning Hudhuddin savoli

Yana bir soyil dedi: «K-ey benazir,

Men oning amrig’amen farmonpazir.

Muitazirmen amr ila farmonig’a,

Yo’q muqayyad qahr ila ehsonig’a.

Harne amr etsa —topar mendin husul,

Ul bilur gar rad qilur, yoxud qabul.

Ne buyursa ul ishimdur yozu qish,

Yo’q manga raddu qabuli birla ish.

Amrig’a iqdom odatdur manga,

Chun ado qildim saodatdur manga».

CXVIII

Javob

Dedi Hudhud: «Xo’b so’zdur bu so’zung,

Xo’broqkim, demagay oni o’zung.

Kimsaga bu yo’lda hayyi loyazol,

Bu tariq ichra nasib etmish kamol.

Kim oning farmonig’a bo’lg’ay mute’,

Keldi bu yo’lda oning johi rafe’.

Amridin chekkon bo’yun mardud erur,

Borgohi izzidin matrud erur.

Na humoyunfol maqbul bandadur,

Kim oning farmonig’a afkandadur.

Amrig’a toat erur komi oning,

Yo’q, bu ishsiz birdam oromi oning.

Lek har necha itoat aylasa,

Amru hukmi birla toat aylasa,

Bu ishi birla mubohot aylamas,

Kibrni jonig’a ofot aylamas.

Toat etsa ozu ko’p yo botu kech,

Bori-yu yo’qi erur ollinda hech.

Bo’lmasa maqbul kirdori oning,

Balki teng bo’lsa yo’qu bori oning.

Qilmasa o’zni tafoxurdin aziz,

Toatig’a ko’rsa qiymat bir pashiz,—

Uldurur go’yi saodat eltgon,

Naf’i taqvou ibodat eltgon.

Bar egan o’z toatu taqvosidin,

Bahravar bo’lg’on bu ish ma’nosidin»,

CXIX

Hikoyat

«Tengri Odamni yaratmasdin burun,

Ruh sham’in tang’a qotmasdin burun —

Kim maloyik xayliga erdi hujum,

Toatu taqvoda odobu rusum.

Borig’a sarvar Azozil erdi bas,

Murshidu mushkillarig’a choraras.

Necha ming yil o’yla toat ayladi,

Tengri amrig’a itoat ayladi —

Kim erur vasfida oning nutq lol,

Aql ollinda erur amri mahol.

Naql mundoqdurki, sathi xokda,

Yona bu oliy to’quz aflokda —

Qolmamishtur sajda qilg’uncha makon,

Kim yuz onda qo’ymamish ul notavon.

Tengri chun Odamni maxluq ayladi,

Uzni oshiq, oni ma’shuq ayladi.

Amr qildikim maloyik sarbasar,

Sajda qilsunkim, budur — xayrulbashar.

Chun maloyikka bu amr etti iloh,

Qildilar Odam janobin sajdagoh.

Ul necha ming yil ibodat aylagan,

Amr ila taqvou toat aylagan.

Chun g’urur etti ishiga oshkor,

Xayl aro rad qildi oni kirdikor.

Ko’nglidin olib ibodat zavqini,

Soldilar bo’ynig’a la’nat tavqini.

Necha ming yil bo’ldikim mardud erur,

Necha ming yillik ishi nobud erur,

Onglakim, bu yo’lda qilmaydur iloh —

Uzni ko’rmaklikdin ortug’roq gunoh.

Uzni ko’rmak — toatin ko’rmakdurur,

Qilg’onin ko’ngliga kelturmakdurur».

CXX

Yana bir qushning Hudhuddin savoli

Yana bir soyil dedi: «K-ey sarfaroz,

Kimki bo’lsa haq yo’linda pokboz.

Naf’i oning ne ekan — izhor qil,

Chun manga mubhamdurur — sharh aylagil

Kim bu yo’lda— men erurmen pokboz.

Borni o’ynabmen to’kub ajzu niyoz».

CXXI

Javob

Dedi Hudhudkim: «Bu ish dushvor erur,

Sahl etar tengri angokim yor erur.

Topsa bu davlatni har oliynihod,

Mundin ortiq yo’qturur bu yo’lga zod.

Ya’ni bu yo’l zodidur bezodlig’,

Zodu to’sha qaydidin ozodlig’.

Lek oning sharti budurkim, rohrav —

Harnekim boru yo’qini jav-bajav.

Toatu zuhdu ziyonu sudini,

Haq yo’lnnda bud ila nobudini —

Jam’ etib solgay fano o’tig’a poq

Kuydurub, kul aylab, oni zavqnok.

Kulii sovurg’ay havog’a sarbasar,

Ul sifatkim qolmag’ay ondin asar.

So’ngra ko’ngliga solib afg’on eli,

Ul chamanga esturub nayson eli.

Qilg’onin mutlaq chiqorg’ay ko’nglidin,

Har ne qilmish erdi — borg’ay ko’nglidin,

Chun vujudin bu sifat qildi adam,

So’ngra bu yo’l azmig’a urg’ay qadam.

Ulki derlarkim, suluk ahliga yo’l

Bir qadamdur yaxshi voqif bo’lsa ul —

Ul qadam budurki, yo’qu-borini —

Urtagaykim, qo’ymag’ay osorini.

Bu qadam qo’yg’och, etar matlubg’a,

Hajr borib, qovushur mahbubg’a».

CXXII

Hikoyat

«Ulki bu yo’lda ishi taslim edi,

Ibi Adham shoh Ibrohim edi.

Haq yo’linda murshidi din erdi ul,

Pokbozu pok oyin erdi ul.

Kim bu yo’lda mulku taxtu kishvarin —

Uynadi, tashlab boshidin afsarin.

Janda kiydi ko’rguzub yuz ming niyoz,

Yo’lg’a tushti shohi rindi pokboz.

Balxdin azmi Nishopur ayladi,

Oni vayron, muni ma’mur ayladya.

Bu makon bo’ldi chu ul gavharga kon,

Yetti yil bir tog’ aro qildi makon.

Onda sulton soyimud-dahr erdi kui,

Ul sifatkim qoyimul-layl erdi tun.

Jam’ etib vodiyda kunduz xasu xor,

Bir quchoq bog’lar edi mardonavor.

Egniga bog’lab borib bozorg’a,

Sotar erdi shom uchun iftorg’a.

Bas riyozatdin hilol o’lmish edi,

Jismi ul yanglig’ki nol o’lmish edi.

Bir kun egnida o’tun, jismida ranj,

Shahrga borur edi ul koni ganj.

To’stilar yo’lini aqtobi zamon,

Qilg’oli oning sulukin imtihon.

Urdi bir yumrug’ biri bo’yniga rust,

Dedi ul faqru fano tavrida chust —

Kim: «Onikim sen tilaysen qoldi ul,

Balxdin men bu taraf tutqonda yo’l».

Dedilarkim: «Notamom ermish hanuz,

Bu o’tun ostida xom ermish hanuz.

Balx oning chiqmaydur ermish yodidin-

Kim bosh urdi xotiri noshodidin.-

Necha yil cheksa bu yanglig’ ranju dard,

Mulkning yodidin o’lg’ay ko’ngli fard».

Iil o’tub yona ul ikki-uch harif,

Toptilarkim borur erdi ul nahif.

Yana bir musht imtihong’a urdilar,

Ozmun shartin bajo kelturdilar.

Chiqmadi bu qatla sultondin nafas,

Mumtahanlar bo’ldilar faryodras.

Dedilar topib ul oyin birla kom —

Kim suluk ichra ishi bo’lmish tamom.

Shukrlar bu ishta ifsho ettilar,

Uzni sultong’a padidor ettilar.

Bir-birig’a hamdamu damsoz o’lub,

Ka’ba azmi qildilar hamroz o’lub.

Shahg’a andin so’ngra itti shohlig’,

Rohravlar etkurub ogohlig’.

G’ayr yodi ko’nglida to bor edi,

Parda yanglig’ mone’i asror edi.

Ko’nglidin bilkull chu zoyil bo’ldi ul,

Parda qo’pqoch peshgahg’a topti yo’l.

Bu fanog’a kimki topti dastras,

Oni derlar pokboz, ey bulhavas».

CXXIII

Yana bir qushning Hudhuddin savoli

Yana bir soyil dedi: «K-ey hushmand,

Menda bordur himmati behad baland,

Gar biyik himmatning elga naf’i bor,

Manga naf’ o’lmoq keraktur oshkor.

Men zaifu himmatim asru qaviy,

So’z bu ma’nida ne aytur ma’naviy».

CXXIV

Javob

Dedi Hudhudkim: «Bu da’vong o’lsa jo’b,

Topqung ondin ushbu yo’lda naf’ ko’p.

Past elning gar biyikdur qimmati,

Bor oning xo’rdida izzu rif’ati.

Gavhar o’ldi himmatu odam — sadaf,

Bu sadafqa ul guhardindur sharaf.

Himmat o’lsa, masnadu joh o’lmasun,

Mulku mol onchaki dilxoh o’lmasun.

Kimki yo’qdur naqddin peroyasi,

Bilki himmat bas durur sarmoyasi.

Kimsaga hech ishta gar etmas ilik,

Bok yo’q gar himmati bo’lsa biyik.

Erga himmatdin berur yuz e’tibor,

Johu mulku ganjning ne daxli bor.

Mol o’lub g’ar yo’q kishining himmati,

Ma’ni ahli olida yo’q izzati.

Kimki bo’lg’ay himmati oliy anga,

Bar berur bu himmat iqboli aiga.

Shahg’a hikmat past agar berdi xudo,

Xushroq ondin himmati oliy gado.

Podshahkim, bo’lsa himmat ichra past,

Keldi himmatlig’ gadodin zerdast.

Odamining zebi himmatdin durur>

Nafsning ta’dibi himmatdindurur.

Last himmat gar topar baxti balaid,

Mudbiri ko’hidek ermae arjmand.

Ming adad qo’y birla muzduri shabon,

Muzd olib qo’ylarg’a bo’lmish posbon.

Chun bo’ridin qo’yg’a etsa tumtaroq,

Ul shabondin onda bir it yaxshiroq.

Ulki ganji boru yo’q himmat anga,

Bu shabonu qo’yg’adur nisbat anga.

Ga.njg’a ul bir nigahbon besh emas,

Uylakim ul qo’yg’a cho’pon besh emas.

Rindi sohib himmatonda chun etar,

Ul surukni bir gadog’a bazl etar.

Rindga himmat bila bo’lsa karam,

Naqdi anjumdur anga xarlsi diram».

CXXV

Hikoyat

«Bo’yla so’z manqul erur axbor aro,

Himmat ahli holidin osor aro.

Kim qiyomatkim erur yovmun-nushur,

Onda har kim qabridin aylab zuhur.

Zohidu fosiq gadou muhtasham,

Arsai mahshar aro qo’yg’oy qadam.

Shayxi Jom ul murshidi oliy maqom,

Zinda Pili mastdek aylab xirom.

Do’zax ahli sori chun qilg’ay guzar,

Solibon ibrat ko’zi birla nazar.

Ko’rgach anda elga gunogun azob,

Himmati bahrig’a tushkay iztirob.

Tengriga izhori hojot aylagay,

Bo’yla oyini munojot aylagay.

Kim ilohiy, ahli do’zaxni tamom,

Harne bo’lg’ay shayxu shobu xoeu omsh,

Borchaning qilg’on gunohin afv qil,

Yorlaqab, lutf aylab ozod aylagil.

Sanga bu lutfu karam oson erur,

Bu ulus boru yo’qi yakson erur.

Gar munga rozi emassen — ber mango,

Uyla jismikim tomug’ bo’lg’ay to’lo.

Gar sanga bo’lsa azob etmak g’araz,

Men bo’lay bu notavonlarg’a evaz.

Rindi sohib himmati oliy janob,

Chun shafoatda bu nav’ etgay xitob.

Bu sifatkim zohir o’lg’ay ko’shishi,

Anga loyiq haqdin o’lg’ay baxshishi.

Chun humoi himmati ochqay qanot,

Yuz tuman ming xalq topqaylar najot».

CXXVI

Yana bir qushning Hudhuddin savoli

Yana bir soyil dedi: «K-ey, poksayr,

Kimsada insof bo’lg’ay, bormu xayr?

Haq manga insof qismat aylamish,

Quti jonim bo’yla ne’mat aylamish.

Bu sifatqa ulki bo’lsa nisbati,

Bormu ul hazratda oning qurbati?»

CXXVII

Javob

Dedi Hudhudkim: «Bu naqledur hasan,

Borcha el olinda mustahsan bu fan.

Odamig’a yaxshi ko’p avsof erur,

Lek alarning ashrafi insof erur.

Kimgakim insof yo’q — inson emas

Munsiz atvorida juz nuqson emas.

Bu sifat keldi eranlarning ishi,

Bo’yla davlatqa etishmas har kishi.

Odam ermas ulki noinsof erur,

Odam insof istamas — ammo berur.

Istamaslar eldin insof ahli haq.

Kim alarga keldi.munsiflig’ sabaq.

Bermay insof, ulki insof istadi,

Uzni noinsof mutlaq ayladi».

CXXVIII

Hikoyat

«Xojai dinparvari oliy nasab,

Kim otiga Porso erdi laqab.

Makka sayrin ollida jazm ayladi,

Ka’bai islomga azm ayladi.

Xoja Bu Nasr erdi xizmatkor anga,

Xodimu farzandu xosu yor anga.

Chun musharraf bo’ldilar maqsudqa,

Shukr zohir aylabon ma’budqa.

Qildilar harneki farz erdi ado,

Xalqning hajjini aylarga duo.

Kim qabul etgay haq aylab ittifoq,

Xojani majmu’ ko’rdilar yiroq.

Olti yuz ming rahnavardi haqshunos,

Xojag’a ko’rguzdilar bu iltimos.

Sohibi «Qudsiya»vu «Faslul-xitob»,

Ul jamoatqa dedi mundoq javob:

«Kim manga bu ishki tortibsiz raqam,

Men xud ondin toshqari qo’ymon qadam.

Gar munga bonsdurur fazlu kamol,

Olami insof aro beqilu qol.

Mendan ansabdur bu ish Bu Nasrg’a,

Kim duo qilg’ay bu ahli asrg’a».

Chun bu yanglig’ oni ta’rif ayladi.

El duosin anga taklif ayladi.

Xojaning insofin ul ehson bila,

El qabul aylab sarosar jon bila.

Xoja Bu Nasr etti minbarni makon,

El duosin aylabon virdi zabon.

Tengri oldida munojot ayladi;

Xalq uchun izhori hojot ayladi.

Xoja minbarning tubin aylab maqom,

Sidq ila omin der erdi bardavom.

Yetgach oxirg’a duo birla savol,

Dedi soyil: «K-ey ilohi zuljalol.

Ko’rmasang loyiq duo oyinini,

Qilmag’il zoe’ oning ominini?»

Olti yuz ming xalqdin chiqti nafir,

Zor yig’lab ham sag’iru ham kabir.

Ofarinlar deb alar avsofig’a,

Ham atovu ham o’g’ul insofig’a.

Mundin ahsan kimsaga yo’qtur sifat,

Onglamas oni juz ahli ma’rifat».

CXXIX

Yana bir qushning Hudhuddin savoli

Yana bir soyil dedikim: «Xayl aro —

Bandag’a gustoxlig’ bormu ravo?

Sidrag’akim keldi oliy shoxlig’,

Gar qushe qilsa ayon gustoxlig’.

Jur’ati janbida bo’lg’aymu uqob,

yo’qsa istig’nog’a bo’lg’aymu hisob?»

CXXX

Javob

Dedi Ho’dhudkim: «Bukim qilding savol,

Sen javobinda bil oning ikki hol.

Kimsakim gustox o’lur shoh ollida,

Ye kerak maxsus dargoh ollida.

Uzlugining qaydidin bo’lg’ay xalos,

Uzga ulluq birla bergan ixtisos.

Harne bu der ul degandekdur yaqin,

Bulluqu ulluq bo’lib raf’ o’rtodin.

Munda zohirda agar jur’atdurur,

Lek ma’ni yo’lidai vahdatdurur.

Yo keraktur ishq savdosida past,

Oshiqi oshuftavu majnunu mast,

Kim muhabbat qilmish o’lg’ay oni zor,

Bo’lg’ay oytur holida beixtiyor.

Ne inod o’lg’ay, ne kibr oida g’araz,

Juz muhabbatkim anga yo’qtur evaz.

Uyla haq mash’ufi bo’lg’ay mutlaq ul,

Kim dey olmag’ay hadise juz haq ul».


آچار سؤزلر : تورکی, تورک دونیاسی, اؤزبکجه, اؤزبک, علیشیر نوایی,