ائلچین ELÇİN

تورک دیلی و ادبیاتی

لسان الطیر، علیشیر نوایی 1. بؤلوم Lison ut-Tayr, Alisher Navoiy I- qism

+0 بگندیم

Lison ut-Tayr (I- qism)

lison ut-tayr (II- qism)

Alisher Navoiy


 Kungillar Hamrozi

   Galaktikamizning er shari degan jahonida odamlar olami, hayvonlar olami, qushlar olami, hashoratlar olami va boshqa olamlar bor. Shu olamlar orasida bolalar olamiga ko’proq yaqini qushlar olami bo’lsa ehtimol. Shuning uchun bo’lsa kerakki, 9—10 yoshlardagi Alisher Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» («Qush nutqi») nomli dostonini juda yoqtirib qoldi va muttasil shu doston takroriga ruju’ qildi. «Lisonut-tayr»ning quyidagi parchasida yosh Alisher ta’lim olgan maktabda o’quvchilar o’qiyotgan muqaddas diniy va dunyoviy badiiy asarlar ko’zga tashlanadi, Talabalar saboq takroridan yo kalomullohni takrorlash mashqidan toliqqanlarida ustoz yoshlarning xotirasini mustahkamlash uchun qiziqarli kitoblar mutolaasiga rag’batlantirar ekan. Ularning biri Sa’diy Sheroziyning «Guliston», ikkinchisi ushbu sharq axloqi otasining «Bo’ston» kitoblarini o’qishga kirishar ekan, Alisherning sodda qalbi «Mantiqut-tayr»ga mayl etadi. Bu moyillik shu darajaga etadiki, u boshqa kitoblarga qaramay qo’yadi:

Yodima mundoq kelur bu mojaro,

Kim tufuliyat chog’i maktab aro,

Kim chekar atfoli marhumi zabun,

Har tarafdin bir sabaq zabtig’a un.

Emgonurlar chun sabaq ozoridin,

Yo «Kalomulloh»ning takroridin.

Istabon tashxisi xotir, ustod

Nazm o’quturkim ravon bo’lsun savod.

Nasrdin ba’zi o’qur ham doston:

Bu «Guliston» yanglig’u ul — «Bo’ston».

Menga ul holatda tab’i bulhavas,

«Mantiqut-tayr» aylab erdi multamas,

Topti sokin-sokin ul takrordin

Soda ko’nglum bahra ul guftordin.

Tab’ ul so’zlarga bo’lg’och oshno,

Qilmadi mayl o’zga so’zlarga yano.

Odat etdim ul hikoyatlar bila,

Qush maqolidin kinoyatlar bila

Chun birar so’zdin topib tab’im kushod,

Topsam erdikim nedur ondin murod,

Zavq ko’p xushhol etar erdi meni,

Sharhi oning lol etar erdi meni.

Navoiy taassurotlarini endi nasriy bayondan davom ettiramiz: «Shu ahvolda ko’p vaqt u bilan mashg’ul bo’lib, bu daftarga e’tiqodim tobora ortar edi. Shundan so’ng, men kishilar bilan ulfat bo’lishdan qochdim, Bu kitob xilvatdagi eng qadrdon sirdoshim bo’lib qoldi. Natijada kishilarning yashash tarzlari va harakatlari tab’imga malol kela boshladi, Oqibat bu kitobga bo’lgan ishqim meni shu xil shaydolik sari etakladi. Bu savdo meni devona bir holga solib, men, uzlat eshigini ochay va bu olamning bema’ni elidap qochay, dedim. Bolalar mendagi bu holatni anglagach, g’avg’o-to’polon ko’targancha uni ota-onamga etkazishdi. Ota-onam mening bu holatimdan vahimaga tushdilar. Ular: «Bu otashin so’zni uning yosh, xom tab’i ko’tara olmaydi. Bu asar unga og’irlik qilib, u jinni bo’lib qolishi mumkin. Keyin uni tuzatib bo’lmaydi», degan xayolga bordilar. Ular bu kitobni qo’limdan tortib olib, uni bir joyga yashirdilar va ko’nglimni u bilan mashg’ul bo’lishdan mahrum etdilar. Menga uni o’qishni qat’iy man’ qilishib, «Mantiqut-tayr» ustida fikrlashni taqiqlab qo’ydilar, ota-onam, shoyad tez fursatda o’g’limiz bu ahvoldan qutulib, o’ziga kelib qolar, degan umidda edilar. Lekin bu asar menga yod bo’lib qolgan edi, Uni doimo yashirincha takrorlab yurar edim. Ko’nglim qush tili bilan sirdosh bo’lib, undan boshqa so’zga maylim oz edi».

Darhaqiqat, kuchli lirizm bilan sug’orilgan, yodlash uchun juda qulay — ravon yozilgan «Mantiqut-tayr»ni Alisher boshdan-oyoq yodlab oldi. Butun boshli bir dostonni yodlab olish hozirgi kishilar uchun juda bir favqulodda hodisa tuyuladi. To’g’ri, Alisherning yoshiga nisbatan olsak, bu g’ayrioddiy holat. Madaniyat gullab-yashnagan Hirotda, 20 yil davomida 400 dan ortiq shoir etishgan shaharda havaskor shoir ustozdan izn olish uchun 25 ming bayt she’r yod bilishi lozim edi... Chunonchi Badriddin Hiloliy ikki «Xamsa»ni yod bilardi. Alisher bu sohada o’zbek va tojik tillaridagi asarlarni yodlashda mislsiz qobiliyat va qunt egasi edi.

Hamma asarlar: dostonlar, devonlar ham Alisher Navoiy uchun bir bo’ldi-yu, «Mantiqut-tayr» ham bir bo’ldi. U «Xamsa» dostonlariga javob yozdi. Kamol Xo’jandiy, Hofiz Sheroziy, Sa’diy Sheroziy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiylar g’azallariga tatabbu’lar bitdi. «Mantiqut-tayr» esa, unga umrbod yo’ldosh bo’ldi. Uning bosh g’oyasi — vahdati vujud (vujud yagona»ligi) va tajalliy (asl moyaning olamdagi zuhuroti) Alisher Navoiy ma’naviy hayotining mag’zini tashkil etdi. Buni atroflicha tadqiq etishni «Lisonut-tayr» falsafasini tushuntirishdan boshlagan ma’qul ko’rinadi.

«Lisonut-tayr» dostonidagi bosh qoliplovchi hikoya: jahon qushlarining yig’ilishib martaba va fazilatlariga ko’ra joy talashishlari voqeasidan tortib, qushlarning Hudhud yo’lboshchiligida Simurg’ni izlab etti vodiydan (Talab, Ishq, Ma’rifat, Istig’no, Tavhid, Hayrat, Faqru Fano) o’tishlari va Simurg’ni topolmay, Simurg’ — Simurg’ni izlashga chiqqan si murg’ (o’ttiz qush)ning o’zi ekanligini bilishlarida ham; dostondagi Shayx San’on qissasi va o’nlab hikoyalaridan chiqadigan xulosa ham bitta: olam — borliq ollohning zuhuridan iboratdir. Qushlar (odamlar) Simurg’ni izlab (ya’ni xudoga etishish uchun) yo’lga chiqadilar. Xudo izlashga umr sarflaydigan darveshlar etti riyozat bosqichidan (Talab, Ishq, Ma’rifat, Istig’no, Tavhid, Hayrat, FaqruFano) o’tadilar va ruhga aylangach, xudo bilan qovushadilar. Go’yo Olloh — quyoshdir, olamdagi barcha narsa va odamlar — uning nur zarralaridirlar. Tug’ilish — zarraning quyoshdan uzilib, nurga aylanib ketishi; o’lim esa—zarraning asliga qaytib quyosh bag’riga etishidir.

Riyozat bosqichlarining ma’nosi nima? So’fiy (xudo jamoli shaydosi, ya’ni xudo fidoyisi) Talab yo’liga kiradi. Xudoni topishni istaydi. U talabda shunchalik izchil va fidoyiki, muttasil olloh Ishqida band bo’ladi. So’ng «Olloh nima?» degan masalani hal etishga urnnadi va Olloh haqida bilim — ma’rifat hosil qiladi. Ollohning husn va ma’no jihatdan mislsiz vujud ekanligini bilgach, u o’zining oliy tilagiga etib, qanoat hosil qiladi. Istig’no — ehtiyojsizlikdir. So’fiyga husn va ma’no jihatdan olloh o’zi kifoya qiladi. Ollohning hamma sohada tengsiz va yakkayu yagona (Tavhid) ekanligi unga kashf bo’ladi, Borliq, barcha go’zalliklar va eng yuksak aql-tamiz faqat ollohda va undangina yog’ilishi, uning asllarning asli, o’zaklarning o’zagi, moyalarning moyasi ekanligi; faqat u hamisha borligi, yakka-yagona ekanligi so’fiyni Hayratga soladi. Bu hayrat shunchalik kuchliki, endi uning aqlida, ko’nglida va ko’zida faqat xudo jilvalanadi va o’sha jilvadan hayratlanish nihoyasiga etmaydi. Shu hayrat manbai uchun u hamma narsadan: boylik, davlat, kishilar o’zligidan voz kechadi: xudo fidoyisi o’z izlanishlarining cho’qqisiga etib jisman Olloh uchun faqirlikni tan olib, fano bo’ladi. Foniy — fano bo’lgan kishidir. Ya’ni so’fiylik termini bilan aytsak, Alisher o’ziga ikkinchi taxallus qilib olgan so’z — tasavvufda eng oliy kamolot bosqichiga etgan kishidir.

Dostondagi ana shu bosh falsafiy masala Shayx San’onning, sevgi qissasida qisqaroq bo’lsa-da, yaqqol ifodalangan. Majnun al-haq, ya’ni Olloh devonasi nomi bilan mashhur bo’lgan hikoyada esa, Ollohning odam uchun o’zi bilmasa ham mehribonligi, uning g’amini eyishi aks ettiriladi. Majnun al-haq xudo uyiga (Ka’ba) borish uchun eshakda yo’lga otlangan. Qorong’i tushdi. Yomg’ir boshlanib jala quydi. Devona eshakni qoldirib, o’zi vayronadan panoh izladi va eshakka qarab turishni Ollohdan so’radi. Anchadan so’ng yomg’ir tindi. Tun qop-qorong’i. Majnun al-haq tashqari chiqib, eshagini topolmaydi. Ko’kka boqib, eshagimni senga ishongan edim, saqlamabsan, deb ginaxonlik qiladi. Birdan chaqmoq chaqilib, Majnun al-haq o’tlab yurgan eshagini ko’radi...

Ateistlarni, ateizm ruhida tarbiyalangan zamonamiz adabiyotshunoslarini mutasavvuflar va zohidlar orasidagi ayirma hayratga soladi. Ular mutasavvuflarning zohidlarga tanqidiy munosobatlarini ko’r-ko’rona ateistik qarashlar deb uqtirishga shoshiladilar. Ana shu tariqa Alisher Navoiy va Mashrabning ateistik qarashlari haqida qator-qator maqolalar yozildi va tadqiqotlar e’lon qilindi. Ateizm — ateos—ya’ni xudoga zid degan lug’aviy ma’no bor. Xudo fidoyilari bo’lgan tasavvuf ahlini xudoga qarshi fikrlarini yig’ish va buni isbotlash ilm deb atalib keldi...

Inqilobdan keyingi va turg’unlik yillaridagi ilmiy metodologiya o’zining ilmiy zaifligi bilan, haqiqatga nisbatan yolg’onligi bilan juda uzoq yashadi...

Xo’sh, zohid va mutasavvuf orasidagi farq nimada? Zohid — o’z umrini toat-ibodatga bag’ishlagan, din talablarini so’zsiz ijro etishga qaratgan odam. Mutasavvuf esa, xudo jamoli va ishqi fidoyisi. Zohid toat-ibodat bilan shug’ullanar ekan, u dunyodagi jannat uchun tagjoy to’layotgandek bo’ladi va bu dunyoda ham yashashni unutmay: boylik orttirish va aysh-ishratga imkoni boricha erishishga harakat qiladi. Tasavvuf ahli zohidlarning jannatga nisbatan va boylikka bo’lgan tamagirliklarini yoqtirmaydilar.

So’fiylar nazarida zohidlar go’yo xudo bilan savdo-sotiq qiladilar, shartnoma tuzadilar: biz bu dunyoda diniy talablaringni hammasini bajaramiz. Sen u dunyoda jannatdan bizga joy berasan. Tasavvuf oqimiga mansub kishilar esa, xudo talablarini o’zlaricha tushunadilar. Ular baqadri imkon din ahkomlariga bo’yinsunadilar. Biroq asosiy maqsadlari xudo visoliga etishishdan iborat, xolos. Oliy orzu ana shu. Ular do’zax va jannatni inkor etmaydilar. Faqat aytadilarki, menga jannat ham, do’zax ham kerakmas. Menga faqat xudo kerak. Chunki uning yodi bilan men do’zaxga tushsam ham uning azoblarini sezmayman, jannatga tushsam ham xudo ishqi bilan behisht rohatlarini o’zimda tuymayman. So’fiylar yodida va tilida faqat va faqat xudo nomlari takrorlanadi, yashaydi. Tasavvuf ahlining shiorini Mashrab bir misrada yaxshi ifodalagan edi:

Bir xudodin o’zgasi barcha g’alatdur, Mashrabo!

Tasavvuf ta’limoticha, olam: yulduzlar, oy, quyosh, odamlar, hayvonlar, qushlar, kapalaklar va boshqa jami iarsalar xudoning zuhurotidan iborat. Go’yo xudo o’z qudratini iamoyish etish uchun o’z husnini olamdagi narsalarda ifodalagan. Mislsiz aqlini mutafakkirlarda, mislsiz husnini go’zal qiz va yigitlarda namoyish etgan. Shuning uchun Laylini sevgan Majnun Laylida Olloh yuzini ko’rgan... Shayx San’on tarso sanamga ko’ngil berib, Ka’badan voz kechib, qur’onni o’tda yoqib, otashparastlar ibodatxonasida o’t yoqib yurganida, ya’ii islomga qarshi xatti-harakatlarini uchiga chiqarganida u xudo husni fidoyisi edi: tarso sanamda Olloh husniga mahliyo bo’lgan va hamma narsadan uning uchun voz kechgan edi. Ya’ni tarso sanamda olloh husni tajalliy etgan edi, jilva qilgan edi.

Tasavvufdagi ana shu o’zak masala—olamning olloh jilvasidan iboratlygi, odamning olloh quyoshining zarrasi ekanligi haqidagi ta’limot Farididdin Attor ijodi, Alisher Navoiy ijodi va Mashrab ijodida o’zak tomir sifatida yashaydi. Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va Mashrab Mansur Hallojning «anal haq» (men xudoman, men xudoning bir zarrasiman) degan ta’limotidan o’sgan mutafakkir mutasavvuflardirlar.

O’rta asrlar adabiyotidagi ishq masalasi hozirgi adabiyotshunoslar uchun chaqib bo’lmaydigan danak bo’lib tuyuladi. Shuning uchun keng kitobxonlarga bu haqdagi tasavvurdan xabar berish lozim deb o’ylaymiz.

Tasavvuf ahli ishqning uch xilini bir-biridan farq etadilar. Birinchisi: haqiqiy ishq yoki ishqi ilohiy: insonning Ollohga muhabbatidir. Ikkinchisi: ma’joziy ishq yoki odamning odamga muhabbatidir. Uchinchisi: pok ishq yoki yuksak ma’naviy kamolot egalarining pok ko’z bilai (g’arazsiz) pok go’zal vujudga boqib pok lazzat olishlaridir.

Shoirlar adabiyotning ramzlar ifodasi uchun qulayligidan foydalanib, o’z asarlarida uch xil ishq haqida ham so’z yurita beradilar. Uquvchi ana shularni o’zi farq eta bilmog’i lozim. Navoiy lirik qahramoni xudo ishqida yonyaptimi, majoziy muhabbatga giriftormi yoki pok muhabbatda o’rtanmoqdami... Gap shundaki, tasavvuf ahli majoziy ishqni inkor etmaydilar. Ular majoziy ishqni haqiqiy ishq yo’lidagi ko’prik deb biladilar va faoliyatlarida pok ishq talablariga rioya qiladilar (go’zal vujuddan hech narsa tama’ qilmaydilar va buni ko’ngillariga ham keltirmaydilar).

So’fiy sevgilisiga ko’igil qo’yganida mahbuba yuzida Olloh jamolini ko’radi, uning nshqida yonarkan, mek olloh ishqida yonyapman deb o’ylaydi, bu yo’lda u jisman va ruhan pok bo’lishga harakat qiladi: mahbubasiga pok nazar bilai boqib, pok lazzat olishni o’ylaydi (quchish, o’pish va boshqa shu kabi istaklarni o’ziga yaqinlashtirmaydi) xolos.

Bu jihatdan Alisher Navoiyning muhabbati qissasi eng yaxshi namunadir. So’fiydan talab qilinadigan birinchi narsa tan va fikr (ko’ngil)ning pokligidir. Tan pokligi—zohiriy bo’lgani uchun, uning, eng yaxshi usuli tozalik va bo’ydoqlikdir. Ko’ngul pokligi — biror vujudga va narsaga nisbatan g’araz saqlamaslik. So’fiy nazarida go’zaldai jismoniy bahramandlik va boylikka hirs—dunyo iflosligiga bulg’anish demakdir. Alisher Navoiy bir umr o’zini tasavvuf talablari — riyozat bosqichlari sinoviga tashladi. Barcha bosqichlarini umr bo’yi o’z boshidan kechirdi: yolg’izlik dahshati va bo’ydoqlik azoblarini bir umr tortib o’zini foniylikka tayyorladi va umrining so’nggi yllarida yaratgan asarlaridan biri — «Lisonuttayr»ni, garchand bu asar o’zbek tilida yozilgan bo’lsa-da, Foniy taxallusi ostida e’lon qildi. U ellik sakkiz yoshida tasavvufning so’nggi bosqichiga etayozganini o’z dostonida taxallusi bilan muhrladi.

«Lisonut-tayr» — o’rta asr xudo izlovchisi uchun yozilgan ilmiy va amaliy dasturdir. Doston esh talaba uchun ta’sirchan va badiiy jihatdan go’zal, o’qimishli asardir. Tasavvufdan xabari bo’lmagan kishilar bundagi qissa va she’riy hikoyalarni dunyoviy adabiyotning yaxshi namunasi sifatida maza qilib o’qiyveradilar va ma’navio’ lazzat topadilar.

Biz «Lisonut-tayr»ning falsafiy mag’izini anglashga urinar ekanmiz, asarni xudo izlovchi dasturi deb tavsiya qilmaymiz. Bu asar o’z ijodkori falsafiy dunyoqarashining badiiy lavhalaridan iborat ekanligini, doston zamondosh yoshlarimizning ma’naviy va hissiy kamolotlariga jiddiy ijobiy ta’sir qiladi, fahm-farosat va chin muhabbat qo’llanmasi bo’ladi, degan yaxshi niyatimizni bildiramiz.

Siz «Lisonut-tayr» dostonidan Alisher Navoiyni qanday diniy va dunyoviy masalalar band etgaii bilan tanishasiz: inson olamga kelgan ekan, hamisha talab yo’liga kirishi, izlanishi, o’z mahbubasi yoki sevgan kasbiga chin muhabbat bilan yondashuvi lozimligi, u haqda to’g’ri bilim hosil qilishi — ma’rifatli bo’lishi kerakligi, kamolotga etish zarurati kabi muhim masalalar sizni chuqur o’ylantiradi.

Shu ma’noda biz «Lisonut-tayr»ni bugungi kunimiz uchun, zamondoshlarimiz uchun zarur kitob degan mulohazadamiz.

Alisher Navoiyning falsafiy, axloqiy, ma’naviy dunyosidan xabardorlikning o’ziyoq bugungi o’quvchi uchun beqiyos ahamiyatga ega.

«Lisonut-tayr» mutolaasi davomida kitobxon qiziq-qiziq hikoyalarga duch kelganidek, qissaga tatigulik «Shayx San’on» sevgi dostoniga ham nazar tashlaydi. Ulardagi voqealarning maroqliligi bir tomonu Navoiy hikmatlari ham bir tomondir. Oltmish yosh bo’sag’asidagi mutafakkir hayotdan, kishilik qismatidan shunday yaxshi hikmatlar — ma’naviy kashfiyotlar qiladiki, ular bugungi kitobxon uchun ohorli fikrlardir.

Ulug’lar o’z kitobxonlariga ko’zgu tutadilar; har bir kishi muallif ko’zda tutgan risoladagi odam darajasidan sinovdan o’tkaziladi. Aytaylik, hozir ko’pchilik tashqi go’zallikka mukkasidan ketishgan. Alisher Navoiy buyuk axloq otasi sifatida nasihat qiladi:

Odam o’lg’on zebi zohirdin demas,

Kimki ondin faxr etar, odam emas.

Zebi zohir juz tamasxur kelmadi,

Kimsaga ondin tafoxur kelmadi.

O’zini odam hisoblaydigan kishi tashqi go’zallikka intilmasligi kerak. Tashqi go’zalligi bilan faxrlanadigan kishi odam emasdir. Odamlar tashqi go’zallikka mukkasidan ketgan kishini masxara qiladilar. Tashqi go’zallik hech kimga faxr-shuhrat keltirgan emas.

Uz husniga, o’z aqliga o’z-o’zicha yuksak baho beradigan kishilarga esa, quyidagi bayt uzil-kesil ma’iaviy zarba beradi:

Xudparastesen, o’zungning oshiqi,

Xudpisandesen — mazammat loyiqi.

Sen o’zingga o’zing oshiq bo’lgan nusxasan; o’zingga sig’inadigan zotsan. O’zingnigina o’ylaydigan xudbinsan. Bu bilan o’zingni tubanlikka tortasan.

Alisher Navoiy insoniy baxtni shaxs vafodorligida ko’radi. Vafo va sadoqat — oliyjanob insonning bosh fazilatlaridir. Agar odamda vafo bo’lmasa — bu shaxs fojiasidir:

Odami bo’lsa vafo andin yiroq,

It vafo bobida andin yaxshiroq.

Muallif xalqning it sadoqati-vafosi haqidagi tasavvuridan o’rinli foydalanib, uni vafosiz kishiga qarshi qo’ygan. Ko’pchilik uchun, ayniqsa yosh, g’o’r yigitlarga ko’proq xos bo’lgan manmanlik, o’z shaxsiy qudrati va imkoniyatidan lof urishlar nomaqbuldir. Daho shoirimizning bu haqdagi fikri ham lo’nda va uzil-kesildir:

Lof aro ermen degan ermi bo’lur?

Kelmas ishni ilkidin dermu bo’lur?

Ofiyat vaqti urub lofu gazof,

Tushti chun ish, o’zni tutqayeiz maof.

 

Lof urib «Erman!» degan bilan hamma ham er bo’laveradimi? Kishi qo’lidan kelmaydigan ishni qilaman, desa bo’ladimi? Xotirjamlik vaqtida qudratdan lof urib maqtanadigan kishilar, kishi boshiga ish tushganida, o’zlarini chetga oladilar...

Jamiyat chirigan paytlarida kishilik muomalasidagi asosiy xususiyat ikkiyuzlamachilikdai iborat bo’ladi. Turg’unlik yillarida bu usul asosiy muomala usuli bo’ldi. Bir so’zlshshk, fikriy sobitlik, so’z1 va fikr birligi—chin inson uchun bosh dasturdir. Shuning uchun mutafakkirimiz uqtiradiki:

Bir bo’lu, bir ko’r, bir de, bir tila,

Mayl qilma munda ikkilik bila.

Insofsizlik — shaxs zavoli. Insof bo’lmagan joyda kishilar hayoti og’ir kechadi. Insofni donishmand Alisher Navoiy vafo bilan teng qo’yadi va insofsiz odamni odam emas deb e’lon qiladi:

Odamig’a yaxshi ko’p avsof erur,

Lek alarning ashrafi insof erur.

Kimgakim insof yo’q — inson emas,

Munsiz atvorida juz nuqson emas.

Haqiqiy insonda ko’p fazilatlar bo’ladi: lekin bular orasida eng sharaflisi—insofdir. Insofsiz kishi — inson emasdir. Uking atvorida xatodan boshqa narsa yo’qdir. «Lisonut-tayr»ning butun-butun sahifalari nuqul hikmatdan iborat. Misol uchun dostondan bir sahifa matn ko’chiraylik:

«Past elning gar biyikdur himmati,

Bor oning xo’rdida izzu rif’ati.

Gavhar o’ldi himmatu odam — sadaf

Bu sadafqa ul guhardindur sharaf.

Himmat o’lsa, masnadu joh o’lmasun,

Mulku mol onchaki dilxoh o’lmasun.

Kimga yo’qdur naqddin peroyasi,

Bilki himmat bas durur sarmoyasi.

Kimsaga hech ishta gar etmas ilik,

Bok yo’q gar himmati bo’lsa biyik.

Erga himmatdin berur yuz e’tibor,

Johu mulku ganjning ne daxli bor?!

Mol o’lub gar yo’q kishining himmati,

Ma’ni ahli ollida yo’q izzati.

Kimki bo’lg’ay himmati oliy anga

Bar berur bu himmat iqboli anga.

Shahg’a himmat past agar berdi xudo,

Xushroq ondin himmati oliy gado.

Podshahkim bo’lsa himmat ichra past,

Keldi himmatlig’ gadodin zerdast.

Odamining zebi himmatdin durur,

Nafsning ta’dibi himmatdin durur.

Nasriy bayoni: Agar kambag’al kishilarning himmati baland bo’lsa, fe’llari ham shunga yarasha izzat va martabalik bo’ladi. Agar hikmat bir gavhar bo’lsa, insonni sadaf deb hisobla, bu sadafga asl sharaf o’sha gavhar tufaylidir. Agar kishida himmat bor bo’lsa, unga taxt va amalning keragi yo’qdir, mulk va mol-dunyo ham uning ko’ngliga yoqimli tuyulmaydi. Kimning naqd molu mulki bo’lmasa ham himmati bo’lsa bas, shuning o’zi uning uchun katta davlatdir. Zero, himmati baland kishi har qanday ishni bajara oladi. Himmat haqiqiy er kishini e’tiborli qiladi, bunga mansab, mulk va xazinaning hech bir daxli yo’q. Agar insonda mol-dunyo bo’lsa-yu, himmat bo’lmasa, u aqlli kishilar nazdida hech qanday obro’-e’tibor topa olmaydi, Kimki oliy himmat egasi bo’lsa, bu xislati unga iqbol ato etadi. Agar shohga xudo past himmat ato qilgan bo’lsa, unday shohdan oliy himmatli gado yaxshiroqdir. Agar shoh himmat bobida nast bo’lsa, u himmatli gadodan mag’lub bo’ladi.

Insonlardagi go’zallik himmat tufaylidir, yomon nafsning jazosi ham himmatdandir».

Kirish so’zda Alisher Navoiy hikmatlariga to’xtalganimizning boisi bor: sharq adabiyotining birinchi fazilati hikmatga boyligi, unda tafakkur mevalarining ko’pligi va ularning bebaholigidir.

«Mantiqut-tayr» ham «Lisonut-tayr» singari bebaho asardir. Ming afsuski, vul’gar sotsiologizm va adabiy metodologiyaning xato va ojizligi tufayli «Lisonut-tayr»ni o’rgangan akademik V. y. Zohidov Farididdin Attor «Mantiqut-tayr»iga mutlaqo noto’g’ri baho berdi. Faylasuf olim Alisher Navoiyni (shogirdni) Farididdin Attorga (ustozga) qarama-qarshi qo’ydi. V. Zohidovning «O’zbek adabiyoti tarixidan» kitobida, «Mir idey i obrazov Alishera Navoi» monografiyasida va «Ulug’ shoir ijodining qalbi» tadqiqotida «Mantiqut-tayr»ning umumiy goyasi va falsafasi bashariyatga qarshi qaratilgan asar sifatida talqin etilgan.

 

 

V. Zohidov Attor va uniig dostoni haqida yozadiki: «Attorning o’zi va u tipdagi tarkidunyochi so’fiylar haqiqiy dunyo bilan, undagi hayot bilan aloqador har qanday masala bilan mashg’ul bo’lishni rad etadilar, har kishining —xoh shohning, xoh aholining bu dunyo ishlari bilan mashg’ul bo’lishi, unda yaxshi hayot yaratib yashash uchun intilishini behuda deb qoralaydilar. «Mantiqut-tayr» va shu tipdagi asarlar shunday asketik, mistik ideyaning baland nuqtasiga ko’tarilgan bo’lib, mistika, asketizm bilan sug’orilgandir.

Navoiyda esa, bunday emas. U «Lisonut-tayr»ni mamlakatning real saodati, xalqning real baxti bilan bog’liq bo’lgan orzular bilan tugatadi, asarning avvalida qo’ygan odil va oqil podsho haqidagi orzusini, ideyasini takrorlash va ifodalash bilan uni xulosalaydi»[1].

Akademik V. Y. Zohidov Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» va Alisher Navoiyning «Lisonut-tayr» dostonlari mohiyatini falsafiy tasavvuf konsepsiyasiga ko’ra talqin qilishga kirishib, Attor borliqni ollohning soyasi, deydi, Navoiy esa, borliq bu ollohdir degan. Shuning uchun ularning qarashlari bir-biriga teskaridir degan fikrni olg’a suradi: «Uttiz qush Hudhuddan: ular bilan Simurr o’rtasidagi munosabatni tushuntirib berishni so’raydilar, Attor Hudhud tilidan qushlarga javob berib aytadiki:

Surati murg’oni olam sarbasar,

Soyai o’st, in bidon, ey bexabar.

Bu bilan Simurg’ (xudo) eng asosiy, oliy borliqdir, erdagi qushlar (odamlar va hokazolar) esa — ana o’sha Simurg’ning ayanchli soyasidirlar, demak, bu qushlar — soyadsrlar, asosiy borliq (voqelik) qimmatiga, ahamiyatiga ega bo’la olmaydilar, zero, asosiy tana (borliq) bilan uning soyasi orasida qanday munosabat bo’lishi mumkin, ularni qanday tenglashtirish mumkin,— demakchi bo’ladi Attor. Shunday bo’lgandan keyin, deydi Attor, qiymatsiz, ayanch soyadan voz kechib, riyozat, uzlat orqali soyalikni tashlash uchun asl «tana»ni axtarishga, «tana»ga aylanishga intilish kerak. O’z «Lisonut-tayr»ini «Mantiqut-tayr»ning «tarjimasi» degan Navoiy shu o’rinda, Attorning yuqoridagi fikriga mohiyat-e’tibori ila zid fikrni o’rtaga tashlaydi. Navoiy aytadiki:

Barcha olam qushlarining surati,

Bilgil, oning soyai purhikmati.

Bu bilan, butun qushlar ahamiyatsiz, ma’nosiz borliq bo’sh soya emaslar, aksincha, ularda xudoning hikmatlari, komilligi zuhur etgandir, demoqchi bo’ladi Navoiy.

Navoiy yana davom etib deydiki, xudo o’z husnini zuhur, javlon ettirmoqchi,- konkret narsalar, tabiat sifatida gavdalantirmoqchi, komillikqa erishmoqchi bo’ldi va u o’zining bu maqsadiga erishdi — xudo husnining, hikmatining mujassamlashgani bo’lgan, uning mazmunining konkretlashgani bo’lgan tabiat (mir’ot) maydonga keldi. Demak, bu tabiat o’z husnini, hikmatini konkret narsalarda aks ettirgan xudoning tajallisidir, demak, bu tabiat — vohid ilohiy mohiyatning, substansiyaning tabiat sifatida ko’ringanidir»[2].

Faylasufimiz tajalli mohiyatini to’g’ri yoritgan. Biroq Attor va Navoiy qarashlarining falsafiy mohiyatini bir-biriga zid qo’ynb jiddiy xatoga yo’l qo’ygan. Ustoz Attor va izdosh Navoiy asarlaridan keltirilgan va bir-biriga qarama-qarshi qo’yilgan baytlarning mazmuni tarjimashunoslik tili bilan aytganda aynan, bir-biriga muvofiq fikrlardir. Chunki Farididdin Attor ham qushlarni ilohiyning soyasi demoqda, Alisher Navoiy ham.

Xullas, qayd etmoqchimizki, Vohid Zohidov, Natan Mallaev, Sharafiddin Eshonxo’jaev, Olimjon Jo’raev va boshqa bu masalaga daxl etgan adabiyotshunoslarning Farididdin Attorning falsafasi, «Mantiqut-tayr»ga doir fikrlari asosan, mohiyat jihatdan mutlaqo xato qarashlardir. Attor o’z dostonida qushlarni goh xudoning soyasi, goh Simurg’ (xudo)ning o’zi deb talqin etadi. «Lisonut-tayr» muallifi ham bu qarashni aynan takrorlaydi va insof yuzasidan o’z asarini Attor dostoniniig tarjimasi ekanligini uqtiradi.

Agar bordiyu, adabiyotshunoslar «Mantiqut-tayr» haqida bildirgan fikrlarida qolmoqchi bo’lsalar, shu fnkrlarning o’zi to’lasincha «Lisonut-tayr» dostoniga tegishli ekanligini hisobga olsiilar. Shundagina, ular o’zlarining qaltis tuhmatlaridan iymanishlari mumkin.

Sof tarjimashunoslik nuqtai nazaridan olib qaragaiimizda ham, tarjimani asl nusxaga qarama-qarshi qo’yish borib turgan mantiqsiz urinish, behuda chiranishdan boshqa narsa emas. Alisher Navoiyning «Lisonut-tayr» dostoni mutaxassis adabiyotshunos, faylasuf va teologlar uchun ham, keng kitobxonlar ommasi uchun ham o’rganishbop va o’qishbop asardir. Undan har bir kishi o’z ma’naviy kamoloti darajasida o’zi uchun va ilm uchun tegishli muhim ma’lumotlarni, hayotiy dasturlarni topa oladilar degan umidimiz bor.

Endi ikki og’iz so’z nashr haqida. Alisher Navoiyning «Lisonut-tayr» dostoni birinchi marotaba eski o’zbek yozuvida tanqidiy tekst holida (nashrga tayyorlovchi Sharafiyalin Eshonxo’jaev! «Fan» nashrnyotida 1965 yilda Toshkentda bosilib chiqdi. Amaldagi yozuvimizda esa, Alisher Navoiy «Asarlar»ining o’n besh jildligining 11-jildi sifatida 1966 yilda bosildi. Bu asarni ham nashrga tayyorlagan olim Sh. Eshoixo’jaevdir. «Lisonut-tayr»ning keyingi ommaviy nashrida jiddiy qisqartirishlar sodir qilingan edi: ollohga hamd, paygambarga ia’t, Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali maqtovi boblari va ayrim boblar nashrdan chetda qolib ketgan edi. Bu nashrda ilmiy tanqidiy tekstdagi mukammallik saqlandi. Shunga muvofiq nasriy bayondagi qisqartirishlar ham to’ldirildi.

Uylaymizki, bugungi kitobxon Alisher Navoiy ijodidan sarak va puchak izlamaydi: dostonning XV asrda yaratilganini, islom mafkurasi va tasavvuf ta’limoti bu asarda aks etganini unutmaydi.

Mulohazamizcha, «Lisonut-tayr» dostoni o’z o’quvchilarini ongli e’tiqod, e’tiqodda sobitlik, oliy maqsadlar uchun to tirik ekan muttasil kurashish taqozosi ruhida tarbiyalaydi. Ana shu ma’noda biz daho Navoiyga ma’nan ta’zim etamiz.

Vahob RAHMONOV

 

Lisonut-tayr (asl matn)

I

 

Bismillohir rahmonir rahim

Jon qushi chun mantiqi roz aylagay,

Tengri hamdi birla og’oz aylagay.

Ulki maxluqot xalloqidur ul,

Ondin o’zga foniyu boqiydur ul.

Sonie’kim chekti chun sun’i qalam,

Ofarinish tarhini qildi raqam.

Aylagach doyir to’quz aflokni,

Qosir etti fahmidin idrokni.

Ko’kni tun, kundin mulamma’ ayladi,

Mehru anjumdin murassa’ ayladi,

Oyni ko’k tirnog’idin qildi misol,

Olg’on ul tirnog’ bir yondin hilod.

Sayrdin gardung’a soldi iztiror,

Yerga oning javfida berdi qaror.

Yer yuzin yomg’ur suvi birla yudi,

Gardu chirki ul yumog’din o’ksudi.

Bahr uza jo’ng ayladi tufrog’din,

Jo’ng uchun langar yosodi tog’din.

Qildi daryog’a buxorin pardapo’sh,

Mehr o’tidin tushmasun deb suvg’a jo’sh.

Oshkor aylab adolat olamin,

Yeb suda mavjud qurtu qush g’amin.

Berdi Nayson yomg’urig’a ul sharaf,

Kim guhar qozg’ondi bazlidin sadaf.

Durg’a berdi ul baho birla rivoj,

Kim sarir ahlig’a bo’ldi zebi toj.

Chun Hamaldin berdi oyini bahor,

Bo’ldi teng mezonda laylu nahor.

Tong nasimin Isooso ayladi,

Bog’ amvotini ehyo ayladi.

Jilvagar qildi chaman zebolarin,

Bog’ aro yoyib chechak ra’nolarin.

Ro’zi etti elge ruhoso shamim.

Kim shajarg’a topti jon azmy ramim.

Ham yorutti subhi kofuri asos,

Ham tuzotti shomni mushkin libos.

Mehrni kunduz duraxshon ayladi,

Oyni sham’i shabiston ayladi

Har g’aroyibkim, yoyib sahro aro,

Ondin ortug’ ko’rguzub daryo aro.

Dasht aro har ne takovar aylabon,

Suvda yuz oncha shinovar aylabon.

Chun quyunni dasht aro aylondurub,

Suvda igrimni dog’i to’lg’ondurub.

Uylakim, dushman yarotib o’tqa suv,

Yelni ham tufroqqa aylab aduv.

Sun’idin ko’rgilki mundoq to’rt zid,

Bo’lib inson xilqatida muttahid.

Ofarinishdin qilib inson g’araz.

Oning aylab xalq ichinda beevaz.

Do’nglin oning maxzani irfon qilib,

Ul tilism ichra o’zin pinhon qilib.

Rozi maxfiy ganj o’lub bu turfa jism,

Sun’idin ul ganj hifzig’a tilism.

Ham tilism ul maxzan uzra, ham amin,

Ofarin sun’ungg’a, ey jonofarin.

Aylaganda rozning ganjini arz,

Ne samo aylab qabul oni, ne arz.

G’ayri insonkim qilib oni qabul...

Ham zalum aylab xitobin, ham jahul.

Chun xaloyiqdin oni mumtoz etib,

«Kuntu kanzan» sirrig’a hamroz etib.

Boshig’a qo’yubhidoyat tojini,

Qismati aylab sharaf me’rojdni

Olam ichra andoq aylab muqtado,

Kim bo’lub xayli malakka peshvo.

Chun malak xaylig’a ul masjud o’lub,

Kimki sarkashlik qilib mardud o’lub.

Ya’ni ul jinnu maloik sarvari,

Taxti farmonida olam kishvari.

Necha ming yil zuhdu toat aylagan,

Amrig’a oning itoat aylagan.

Bir vajab er qolmog’on ofoq aro,

Balki bu kiryosi nili toq aro.

Kimki haq ollinda toat qilmag’on,

Kasbi oyini saodat qilmag’on.

Bu saodatlarg’a topqon dastras,

Urmag’on haq yodidin ayru nafas.

Chun taqarrubda topib dorussurur,

Ko’ngliga ul qurbdin solg’on g’urur.

Bu ajab mazharni ko’zga ilmag’on,

Sajdasin xayli malakdek qilmag’on,

Bo’ynini sunmay ayon etkonda ta’n,

Solibon bo’yni-g’a oning tavqi la’n.

Bo’ynig’a itdek qaloda solibon,

Ko’nglig’a itlik iroda solibon.

Xayli odamg’a aduyi jon bo’lib,

Dushmanu g’oratgari imon bo’lub.

Do’zaxi makru adovatqa qolib.

Ul sharaflar birla andoq peshxayl,

Kim ayon aylab takabbur sori mayl.

To abad mardudu mal’un aylabon,

Ibrati ofoqu gardun aylabon.

PVir ovuch tufrog’din aylab paykari,

Odamiylig’da ajoyib mazhari.

Ham qilib o’z sirri birla ganji roz.

Ham xilofat birla aylab sarfaroz.

Bo’ldi sarkashlikdan oning ofati.

Ajzu tufrog’liq — bu birning rofati.

Birga ul masjudlug’ bergan o’zi,

Birga bu mardudlug’ bergan o’zi.

Ham o’zi ul birni ma’lul aylagan,

Ham o’zi bu birni maqbul aylagan.

Ul ne qildi, bu ne qildi — ul bilur,

Ul bu qilmas, har ne qilsa — ul qilur.

Hikmatidin voqif ermastur kishi,

Bo’lmadi bu ish kishining chun ishi.

Ish erur ulkim, o’zi oni qilur,

Hikmat ulkim ham o’zi oni bilur,

Podshohekim, ango yo’qtur nazir,

Ne shariku ne adilu ne vazir.

Sun’ungga yuz ofarin, ey kirdikor.

G’ayr yo’q sensenki derlar — oni bor.

Borsen sen borlig’ zebandasi,

Birliku jabborlig’ arzandasi.

Sendadur ham birliku ham borlig’,

Haylig’u qodirlig’u g’afforlig’.

Bahri g’ufroningg’a tushkan chog’da mavj.

Jurm erur har necha tutqon bo’lsa avj.

II

 

Munojot qoziyul-hojot hazratida o’z taqsirotining sharmandalig’ida va ul uyotdin mazallat tufrog’ig’a sarafkandalig’ida

Ye rab, o’z holimg’a hayronmen base,

Osiyu mastu parishonmen base.

Nafs ma’muri havo mag’lubi ham,

Sidq mardudi safo mankubi ham.

Jonima isyon mayidin mastlig’,

Ko’ngluma fisq ahlig’a pobastlig’.

Yuz havo boshimg’a solib nafsi shum,

Xayli shayton aylabon haryon hujum,

Aylabon ul xayl bo’lg’uncha xabar,

Jonu ko’nglum kishvarin zeru zabar.

Bir taaddipeshalikni xub deb,

Uzni oshiq deb, oni mahbub deb.

Har sitamkim tundxo’edin etib,

Ul chu etgach oh urub, o’zdin ketib.

Otashin la’lidin o’t jonim aro,

Ro’zgorim zulfu xolidin qaro.

Nuktasi nutqum tilin lol aylabon.

Jilvasi aqlimni behol aylabon.

Vaslu hajrin umru marg aylab laqab,

Birdin osoyish topib, birdin taab.

Hajry-anduhida jomi may ichib,

Vasl jomin chun topib jondin kechib.

Onglabon onsiz tiriklikni o’lum.

Jong’a aylab hajrda yuz ushtulum.

Oni fahm aylab hayotimdin murod,

Ondin o’zga kelmayin ko’nglumga yod.

G’ayri yodimdin chiqib furqat chog’i,

Chunki voqifsen, chin aytay men dog’y.

Hajri chun ko’nglumga bedod aylabon

Oni istarga seni yod aylabon.

Ollo-ollo o’lturur sharmandaliq,

Yedima kelsa bu yanglig’ bandaliq.

Yuz qarolig’ oncha bo’lmish jahl aro,

Kim ko’zimga qildi olamni qaro.

Qilmadim umrumda bir rak’at namoz,

Sar-basar mahzi niyoz, ey beniyoz.

Hargiz andoq qo’ymadim tufroqqa bosh,

Kim keraklik bo’lmag’oy boshimg’a tosh.

Bermadim hargiz gadog’a bir diram,

To o’zumni ko’rmadnm sohib karam.

Tutmadim oting qilib farzonaliq,

Sabha eldin osmoyin yuz donaliq.

Bir amal hargiz riyosiz qilmadim,

Zarqsiz hargiz o’zumni bilmadim.

Uylakim mendurmen, inson bo’lmasun,

Yo’qki inson — devu shayton bo’lmasun.

Uz fiolimdin ajab ozurdamen,

Dam-badam afsurdau dilmurdamen.

Bas xijolatdin manga yo’qtur hayot,

Ne uchunkim o’lturur hardam uyot.

Bu marazlar ichrakim o’tti so’zum,

Uz ilojimni qila olmon o’zum.

Bermadim muncha baliyatqa rizo,

Naylagayman sendin o’lg’ong’a qazo.

Gar manga bu dard bedarmon erur,

Lek darmoni sanga oson erur.

Dardima darmon, inoyat aylagil,

Tavbai... komil hidoyat aylagil.

Adlu ehsoningg’a xos etgil meni,

Nafsi zolimdin xalos etgil meni.

Jonda shavqung shu’lasin mavjud qil,

Harne g’ayring ko’ngluma mardud qil.

Onchakim bo’lg’ay badan qaydida ruh,

Qil anga ro’zi shuhudingdin futuh,

Chun bu qushqa rihlat og’oz o’lg’usi,

Gulshani aslig’a parvoz o’lg’usi.

Qush tavajjuh aylasa uchmoq sari,

Tufroq etsa mayl ham tufroq sari.

Chun har ish bobida qilg’ungdur xitob,

Toimag’on chog’da savolingg’a javob.

Boshima etkur meni qo’ymay hazin,

Onikim debsan shafe’ul-muznabin.

III

 

Bu nomag’a saidul mursalin na’ti bila tug’ro tuzmal va shafe’ul-muznabin madhi bila ziynat ko’rguzmak

Anbiyo sarxayli sultoni rusul,

Kim erur oning tufayli juzvu kul.

Ulki Odamdin burun ul bor edi

Ham nabi, ham sohibi asror edi.

Nuri mavjud ofarinishdin burun

Kim edi xalqig’a muddat olti kun.

Qoysi nur, ulkim topib yuz izzu noz,

Ul kelib ma’shuqu, xoliq — ishqboz.

Benihoyat il topib haqdin nazar,

Toki haq mavjud qildi Bulbashar

Bulbashar ruxsori chun tutti jamol

Kavkabi ul nurdin topti kamol.

Chunki ul Havvoga bo’ldi muntaqil,

Jabhasidin mehr erdi munfail.

Shishning topti vujudi chun vuqu’

Ul quyosh qildi jabinidin tulu’.

Bordi ondin mahrami dilbandig’a,

Ondin o’ldi muntaqil farzandig’a.

Juftig’a andin etishti ul sharaf,

Uyla gavhar huqqasi qilg’och sadaf.

Bir-biriga bu sifat tekurdilar,

Toki Abdullohga topshurdilar.

Ul dog’i etkurdi ul dastur ila

To uyi bo’ldi yorug’ ul nur ila.

Toki ul uydin tulu’ etti quyosh,

Orazida ul nubuvvat nuri fosh.

Nur yo’qkim, haq taollo soyasi,

Lojaram o’tti quyoshtin poyasi.

Din livosi kundek o’ldi murtafe’,

Zulmati kufr o’ldi andin muntafe’.

Matla’i bo’ldi oning baytulharam,

Kim falakdin topti oliroq maqom.

Makkada bo’lg’och ul axtar nuri fosh,

Borcha butlar qo’ydilar tufroqqa bosh,

Kufr ahlidin namudor o’ldilar,

Borchasi, ya’ni iigunsor o’ldilar.

Din livosi bo’ldi gardundin biyik,

Shar’i tig’i nassi qoti’din itik.

Tab’i chun bo’ldi risolat rosixi,

Millati bo’ldi milalning nosihi.

Ra’yi chun ko’rguzdi sham’i mu’jizot,

Partavidin ravshan o’ldi koinot.

Lot noqisliq bila bo’ldi taboh,

Zohir o’ldi kufr eliga loiloh.

Andin o’ldi elga illallo ayon,

Qildi afsah nutq ila oni bayon.

Aylagan irsoli illalloh o’zi,

Yenida oning rasulalloh o’zi.

Zoti olam durjida durri samin,

Balki haqdin rahmatan lil olamii.

O’zi pok, azvoj ila avlodi pok,

Zoti pok, ashob ila ahrodi pok.

Anga har dam yuz durudu ming salom,

Olam ahlidin oli yovmul qiyom.

Pok avlodiyu ashobig’a ham,

So’ngra xaddomiu ahbobig’a ham.

IV

 

Ul risolat qofi anqosining balandparvozlig’i va mahbubi haqiqi vaslig’a etib qush tili bila takallum va hamrozlig’i

Ul kechakim, ul shahi gardunmaqom

Kim oni haq istadi gardunxirom.

Ummahoni hujrasida erdi xush,

Dahri dun ashg’olidin osudavash,

Kim etishti olig’a ruhul amin,

Arz etib payg’omi rabbil olamin.

Ilkida erdi buroqi barqxez,

Barq oning birla qila olmay sitez.

Dedikim, ey tengriga joning qarib,

Jism ila ham bo’l erursen chun habib.

Rokib o’lkim, kelturubturmen buroq,

Gardi rohing ayla bu firuza toq.

Chiqti shah raxsh uzra chun mahkum edi,

Hukm qoydin erkoni ma’lum edi.

Chun humoyun markabi qildi havo,

Maqdamidin. charx eli topti navo.

Chun qamarg’a mavkibidin etti qadr,

Ul quyosh tashrifidin oy bo’ldi badr.

Chun ikinchi avj uza urdi alam,

Durfishon bo’ldi Atorudg’a qalam.

Zotidii topqoch sharaf uchunchi sahn,

Zuhra xunyogarlik aylab chekti lahn.

Surdi chun to’rtunchi ayvong’a asos,

Shohi anjum ayladi nur iqtibos.

Soldi chun beshinchi ayvon sori ot,

Nahsi Asg’ar Sa’di Akbar bo’ldi bot,

Sa’di Akbar sori chun qildi guzar,

Topti o’l nuri sa’odatdin nazar.

Qildi chun beshinchi toramg’a ubur,

Hindui mazlum dedi ollohi nur.

Ikki vodi chun yono qildi uruj,

Zohir o’ldi qiblai zotulburuj.

Farridin topti qo’zi qo’chqorlig’,

Savrg’a etti asadkirdorlig’.

Xidmatig’a bog’ladi Javzo kamar,

Bo’ldi saraton rostravliqqa samar.

Arslon itdek oyog’ig’a tushub,

Xo’sha tuxmi dur bo’lurg’a yovushub.

Kaffa jon mezonlig’in aylab ayon,

Zahrini taryoq etib andin Chayoi.

Yoni aylab qoshi ta’zimi hilol,

Maqdamidin Jady o’lub zarrii g’izol.

Dalv olib nuktasydin jon suyi,

Hut topib nutqidin hayvon suyi.

Chun bularg’a bu sharaflar etkurub,

Borchasidin yuqori markab surub.

Arshu kursig’a urub farrux alam,

Bo’lub andin muhtaram lavhu qalam.

Lomakon maydonida javlon qilib,

Ondin ohangi ajab maydon qilib.

Payk ila markab qolib ul sayrdin,

Ikki par tushgan masallik tayrdin.

Chun anosir mehnatidin shod o’lub,

Ham jahon itloqidin ozod o’lub.

Egnidin solib anoniyat to’nin,

Oyirib o’tdin basharlik uchqunin.

Uzni o’zluk qaydidin aylab xalos,

Topib o’zdin o’zgalikka ixtisos.

Yelu tufrog’u o’tu sudin orib,

Ham menu sen ham ulu budin orib,

Borgahi qurb aro topib maqom,

Mayl etib andin yoqinroq ham xirom.

Aylabon chun raf’ etmish ming hijob,

Qolmay o’zga mone’i oning hijob.

Chun mavone’ boru yo’q maslub o’lub,

Ul habib onda etib mahbub o’lub.

Lima’ulloh ostonin yostonib,

Qoba qavsayn ittihodin qozg’onib.

Lo bila mo’ne ham o’zdin solibon

Bu soling’och ne qolur ul qolibon.

Yorutub aynini mozog’albasar,

Raf’ o’lub andeshai fayyulnazar.

Topibon o’l rutbakim toimay kishi,

Kim emas bu ish kishilikning ishi.

Uzluki birla o’zidin yo’q xabar,

Balki o’zu o’zlukidin yo’q asar.

G’ayr osorig’a imkon qolmayin,

Borib o’z ham g’ayri jonon qolmayin.

Ham ko’rub jonon jamolin ko’z bila,

Vaslidin ham bahra topib so’z bila.

Aylabon idrok to’qson ming kalom,

Lek asnosida yuz ming ehtirom.

Osi ummatning gunohin istabon,

Borcha ahvoli tabohin istabon.

Har ne istab hayyi mutlaqdin topib,

Haq tilab haqdin tilab haqdin topib.

Hosil aylab ulcha imkoni murod.

Qoytib ul me’rojdin masruru shod.

Vaslidin masrur o’lub ul borgoh,

Buyrug’idin muntazam bu korgoh.

Borg’onida bor edi durri shigarf,

Lek yong’onda kelib daryoi jarf,

Tarfatul’ayn ichra anglab bilgani,

Turfakim bir onda borib kelgani,

Uzga olamdin yonib tutqoch maqom,

Berdi bu olam ishiga intizom.

Biz nechakim osiyu gumrohbiz,

Bok yo’q chun munchadin ogohbiz.

Kim oningdek homiyu zoti rafe’,

Jurmumizg’a bo’lg’usi tongla shafe’.

Ye rab, ul kunkim, shafe’ o’lg’oy rasul»

Kimnikim ul istasa qilg’ung qabul.

Yuz tuman ming ahli isyonu gunoh,

Topqusi rahmat etib fazli iloh.

Bo’lg’usi ul-xayl aro Fopiy dog’i,

Qilmog’oysen noumnd oni dog’i.

V

 

Amiral mo’’minin Abu Bakri Siddiq raziallohu anhu ta’rifida

Ulki sultoni rasulning yoridur,

Soni’i isnayn azxumo filg’oridur.

Sodiqu siddiqu hamrozi oning,

Har yomon-yaxshida damsozi oning,

Ul edi olam eliga rahnamun,

Keldi chun valsobiqun assobiqun.

Muqtadoi zumrai tahqiq ul.

Sobiq islom ahlig’a sodiq ul,

G’or aro yorig’a aylab jon nisor,

Yeri oning otin aylab yori g’or.

Ganjkim g’or ichra pinhonlik qilib.

Ajdahodek ul nigahboilik qilib.

G’or zulmotida tortib chunki ranj,

Topib onda Xizr suyi birla ganj.

Ganj xud ganji ilohi yonida

Kim kelib pinhon jahon vayronida.

Bas nedur gar toimadi obi hayot,

To jahon bo’lg’oy tirik qolmog’lig’ ot.

Chun yilondin zaxm oyog’ig’a etib,

Obi hayvon no’shi oni daf’ etib.

Urnig’a oni rasul aylab imom,

Oy bo’lub xurshidg’a qoim maqom.

Chun bo’lub xurshidg’a voqe’ g’urub,

Din uyi ul oy furug’idin yorub.

Yo rab, ul oy sham’i to yavmul hisob

Olmasun islom uyidin nuru tob.

VI

 

Hikoyat

Mustafodin so’ngra ahli irtidod,

Chun xilofatqa ul o’ldi istinod

Din tariqida adovat tuzdilar,

Kim hujum aylab jadal ko’rguzdilar.

Bergali islom ruknig’a xalal,

Kim zakot erdi ayon aylab jadal.

Ul g’azab aylab bu nav’ etti xitob,

Kim nabi qonunidin bir rishta tob —

Uksumak tag’yir ila imkoni yo’q,

Uksutur elga qilichdur dog’i o’q.

Shar’ ishiga ulki mundoq qilsa jahd,

Kim oning osori qolg’oy to bu ahd.

Kim qila olg’oy bu ishni oshkor,

Juz Abu Bakr, ulki erdi yori g’or.

VII

 

Amiral mo’’minin Umar Foruq raziallohu anhu vasfida

Ulki payg’ambarg’a hamdam erdi ul,

Shubhasiz Foruqi a’zam erdi ul.

Haqni botildin birovkim qildi farq,

Adli birla ravshan etti g’arbu sharq.

Ondin o’zga yo’q edi ofoq aro,

Balki ushbu qasri oliy toq aro.

Shar’ aro shohi rasulning payravi,

Adl ila din pushtini qilg’on qavi.

Xoni bazlidin jahon ahli to’yub,

Ul o’zin to’yg’org’oli kirpich qo’yub,

Rub’i maskun adli me’morig’a past,

Tushkoli bir xisht yopglig’ zeri dast.

Nafsin o’lturgon ichibon zahri nob,

Ug’lin o’lturgon qilurda ehtisob.

Dinidin mehrobu minbar ravnaqi,

Adli birla mulku kishvar ravnaqi.

Tig’i suyi shar’ni bo’ston etib,

Kufr mulku dayriii vayron etib.

Qahri Kisrolar boshidin oldi toj,

Vahmi qaysarlarg’a haml etti xiroj.

Fath o’lub davronida mulki Ajam,

Ul bilod uzra arab tortib alam.

Oldi shahlar mulkini chokarlari,

Kufr uyini buzdi dinparvarlari.

VIII

 

Hikoyat

Xayli chun Fathi Madoyin qildilar,

Axzi amvolu xazoyin qildilar.

Necha yuz yillik salotin ganjini

Jam’ aylar chog’da ko’rgan ranjini

Yuklab elttilar oning olig’a naql,

Kim tamoshosida hayron erdi aql.

Ko’z uchidin boqmay ul amvolg’a,

Borchani jam’ etti baytulmolg’a,

Kim g’azo ahlig’a ul bo’lg’oy madad,

Har biriga onchakim etgay rasad.

Kimning ilkidin kelur bu nav’ ish,

Juz Umarkim, bo’yla qonun aylamish.

IX

 

Amiral mo’’minin Usmon zunnurayn raziallohu anhu shonida

Ul hayo koniki nurul a’yn edi,

Uylakim aynayn zunnurayn edi.

Sidq koniyu muruvvat maxzani,

Hilm bahriyu futuvvat ma’dani.

Ham Madina ahlig’a shayxu imom,

Ham kelib shayxing’a qoim maqom

Tengri aylab jome’i «Qur’on» oni,

Xalq deb Usmon binni Affon oni.

Chun Kalomullohni ruhul amin

Aylab irsoli shafe’ul muznabii.

Ul zamondin to oning davronig’a,

Yer tutub erdi xafo zindonig’a.

Necha oyat jam’ aylab har arab,

Jam’u tartibig’a ul bo’ldi sabab.

Suralar o’rnini ta’yin ayladi,

Bu sharaf basdurki to holo anga,

Ashrafi ummat erur tole’ anga.

Kimga bergay dastkim rabbi g’afur,

Kulbasig’a solg’oy andoq ikki nur.

X

 

Hikoyat

Naql erur bu nav’kim bir kun nabi

Ul xaloyiqqa saodat kavkabi,

Xilvat ichra istayu eldin farog’,

Ulturub erdi uzotib bir oyoq.

Kirdilar ba’ze kibor ashobdin,

Ham azizu ham sharif ahbobdin.

Bo’lmadi tag’yir hazrat holig’a,

Ul farog’ ichra humoyun folig’a.

Lek Usmon kirgach ul millatqa sham’

Ulturub sung’on oyog’in qildi jam’.

Kim erur asru hayolig’ kimsa ul,

Topqusi tag’yir oning holig’a yo’l.

Ulki mundoq hurmatin tutqoy rasul,

E’tibori yo’q nekim der har fuzul.

XI

 

Amirul Mo’’minin Ali raziallohu anhu hazratida

Ilm daryosi viloyat gavhari,

Olam ahlida ajoyib mazhari.

Anbiyo sarxaylig’a farzand ul,

Xayli odam ichra bemonand ul.

Makka toqidin tushurmakta Xubal,

Egni hazratning oyog’ig’a muhal.

Qatldin payg’ambar etganda firor,

Jonin o’ynab o’rnig’a tutqon qaror.

Olam avsofig’a zoti muttasaf,

Kim so’ziga man araf gah lavkashaf,

Ahli din ichra amiral mo’’minin,

Taqvi ahlig’a imomal muttaqin.

Ilm shahri anbiyog’a intiho,

Vasfida aytib Alii bobaho.

Duldulining po’yasi andoqki barq,

Zulfiqoridin adu qon ichra g’arq.

Ittihodida nubuvvat sham’ining

So’zi bukim sen meningsen, men sening.

Lahmaki lahmi ham oning shonida,

Demak dame ham istehsonida.

Beshai taqdir sheri sharzasi,

Sherning ondin harosu larzasi.

Kufr ahlining javobin etkurub,

Balki gulbongi saluni ul urub,

Ham nabi farzandi payvandi oning,

Ham munung farzandi farzandi oning.

XII

 

Hikoyat

Bir g’azoda naql mundoqdurki shoh,

Yebdur o’q zaxmiki otmish kinaxoh.

Yer tutub paykon so’ngakka o’yla rust,

Kim chekardin bo’lmayin chiqmoqqa sust.

Chun nabig’a arz etibdurlar oni,

‘o’yla debtur ul hidoyat maxzani.

Kim ul etgan chog’da ehromi namoz,

Oni tortorg’a bo’lunguz chorasoz.

Ondakim ul zaxmning paykoni bor,

Zo’r aylang onchak-im imkoni bor.

Oncha istig’roqdindur bahravar,

Kim ul ishtin bo’lg’usidir bexabar.

Uylakim hukm etti ul sham’i xudo,

Qildilar ul ishni, fath etti xudo.

Shah namozining salomin-chun dedi,

Zaxmda ne dardu ne paykon edi.

Qildi chun ul hol istifsorini,

Dedilar shohi rasul guftorini.

Haydari Karror shukr aylab ayoi,

Ushbu ish sirrin bu nav’ etti bayon,

Kim xalos o’lmoq ajal paykonidin,

Mumkin ermas juz nabi ehsonidin.

Bizga har g’amdin najot ondin durur.

Balki oini hayot oidin durur.

XIII

 

Qudvatul-ahror va qiblatul-abror Shayx Farididdin Attor qaddasallohu ruhahug’a madhu sano og’ozi va o’z arzi niyozi

Har ne gardun bahr ila konida bor,

Oncha yuz Attor do’konida bor.

Bahrida anjumdin o’lmish zebu far.

Har kecha dur yanglig’ o’lmish jilvagar.

Konining yoquti shom o’lg’on shafaq,

Subhi anvor sori andoqkim falaq.

Ul guhar yo’qkim, havodis toshidur.

Sing’uchi ondin zabunlar boshidur.

Bu birin yoqut yo’qkim, qon degil,

Olam ahli qatlidin oqqon degil.

Ul do’kon sharhin qilay emdi raqam,

Garchi avsofida ojizdur qalam.

Odami tab’ini jahl aylab zalil,

Har yamon axloqdin qilsa alil.

Bo’lg’oli zoyil har andoq illati,

Bu do’kon ichra muhayyo sharbati.

Sandalu mushku abiru za’faron,

Tab’ jahlidin sarosar za’faron.

Fayz bog’ida gulobu mushki bed.

Har biridin tab’g’a yuz fayz umed

Nukta hilvidin base qandu nabot,

Kim topib o’lgan ko’ngil ondin hayot.

Va’zu irfondin base shahdu shakar,

Kim bo’lub bechoralarg’a choragar.

Nazmu nasridinki tahrir aylabon,

Vahdat asrorini tafsir aylabon.

Xalq uchun maxlut etib gul birla qand,

Tab’g’a gulqand yanglig’ sudmand.

Chun «Musibatnoma» sin aylab bayon,

Yuz musibat nafsqa aylab ayon.

Har musibatdin ko’ngulga sur o’lub.

Kim ko’ngul ul surdin masrur o’lub.

Chun raqam aylab «Ilohinoma»ni,

Vahyiga aylab muharrir xomani.

Sharhi asrori ilohi aylabon,

Xalq aro sharhin kamohi aylabon.

Chunki «Ushturnoma» aylab oshkor,

Nuktasi buxtilarin tortib qator.

Necha ming buxti nechukkim charxi dun,

Durru gavhar hamlidin bori zabun.

Chunki g’avsi «Lujjai hiloj» etib,

Har durin shohlar boshig’a toj etib.

Balki aylab shoh toji ziynati,

Mulk naqdi har birining qiymati.

Chun qasoid dashtig’a solib kumayt,

Vodie qat’ aylabon har turfa bayt.

Lek har vodida yuz mulki g’arib,

Mulklardin har birida ming ajib.

Chun g’azal gulzorida majma’ tuzub,

Bulbuloyin ming tarannum ko’rguzub.

Lekin ul har bir tarannumdin ayon,

Sirri vahdat sharhig’a ravshan bayon.

Chun ruboiydin berib devong’a zayn,

Rub’i maskun ichra solib sho’ru shayn.

Olami ma’ni aro taqsimdin.

Har biri muxbir necha iqlimdin.

Nasr ila chun «Tazkira» mavjud etib,

Avliyo arvohini xushnud etib.

Har birining ruhidan yuz tiyra zot.

Jon topib ichkon kibi obi hayot.

Bir taraf bOrig’a oyiiu sharaf.

«Mantiqut-tayr»ig’a oyin bir taraf.

Oidakim darj etti qushlardin maqol,

Uzga tildur, o’zga so’zdur, o’zga hol.

Fahmig’a maxfiy zabondoie kerak.

Yo’q zabondonkim — Sulaymone kerak.

Yuz tuman qush nutqi mushkul keldi bil,

Turfa bukim har biriga o’zga til.

Har biriga lahnu qonuni ajab,

Aql-idrokida Majnuni ajab.

Lek haq tavfiq bersa, men — gado,

Shayxning ruhig’a aylab iqtido,

Uyla qushlar nutqini izhor etay,

Bulbulu to’ti kibi guftor etay.

Kim xaloyiq chun tarannum aylagay.

Qush tili birla takallum aylagay.

Lek surmak nuktani to’ti misol.

Budur insof o’lsa, ey farxunda fol.

Kim bu to’ti tu’masi bo’lg’oy shakar,

Ul shakar fikr aylasang bo’lg’ay magar.

Tengrining lutfu inoyat xonidin,

Ya’ni ul Attorning do’konidin.

XIV

 

G’ushlar ijtimoi va taqdim va ta’xir uchun bir-biri bila nizo’i

Jam’ o’lub bir kun guliston qushlari,

Beshau bahru biyobon qushlari.

Borcha bir manzilda majma’ tuzdilar,

Har bir o’z xaylu safin ko’rguzdilar.

Kim muhabbat birla tuzgaylar navo,

Chun tugonsa bazm, tutqoylar havo.

Ultururda chunki oyin yo’q edi,

'Har birining o’rni ta’yin yo’q edi.

Yuqori o’lturdi to’tidin kalog’

Bulbulu qumridin ul yanglig’ki zog’.

Xod sung’urdin biyik tutti maqom,

Yurtachi tovus uza qildi xirom.

Chun hunarvar uzra chiqdi behunar,

Tozdin qoldi quyiroq tojvar.

Xayli ashrof ettilar zohir nizo’,

Qilmadi ul so’zga arzol istimo’.

Tushti qushlar ichra g’avg’o har taraf.

Mojaro birla muhoko har taraf.

Bir-biridin o’tmadi ul mojaro,

Har dam oshti mojaro ul xayl aro.

Bo’ldilar muhtoj oxir ul guruh,

Kim agar bo’lsa shahi sohibshukuh.

Hokimi insoflig’ donodile,

Hush oyin shahriyori odile,

Yetmagay adnodin a’log’a shikast,

Bo’lmag’ay ashraf axas ollinda past,

Har guruh erdi o’ziga chun aziz,

Istadi borcha shahi sohibtamiz.

Yo’qlig’idin zoru mahzun bo’ldilar,

Har.biri o’z holig’a mag’bun bo’ldilar.

Ya’s ohangin tuzub tortib navid

Bo’ldilar shahdin sarosar noumid.

Bu taabdin har biri ko’nglida tob,

Nim bismil qushdek aylab iztirob.

XV

 

Qushlar shoh tilab toimog’ondin mutahayyir bo’lg’onda, Hudhud Simurg’din xabar degoni

Hudhud ul nuri xiraddin bahramand,

Rohbarlig’ afsaridin sarbaland.

Zotida izzat sharaf me’rojidin,

Boshida zevar hidoyat tojidin.

Jabrailoso ayon yuz roz ango,

Qurb arshi avjida parvoz ang’o.

Kirdi ud majma’ aro devonavor,

Sham’i maqsud vasfida parvonavor.

Dedi: «K-ey g’ofil, guruhi bexabar,

Holingiz g’aflat aro zeru zabar.

Sizga shohe bor beshibhu misol,

Vasfini ayturda yuz ming nutq lol.

Barcha olam qushlariga shoh ul,

Holingizdin mo’-bamo’ ogoh ul.

Ul yoqin sizga-yu siz ondin yiroq,

Vasl — anga oyin, vale sizga — firoq.

Har parida yuz tuman rangi ajib,

Lek har rangida yuz naqshi g’arib.

Naqshu rangidin xirad ogoh yo’q.

G’ofil erkanga xirad ikroh yo’q.

Kim xirad idrokidin afzundur ul,

Mundin idrokiga toimas aql yo’l.

Ham nishiman Qofi istig’no ango,

Ham laqab ul Qof uza Anqo ango.

Shuhrati Simurg’ ila ofoq aro,

Zoti mamlu charxi oliy toq aro.

Siz tushub ul shohdin behad baid,

Ul yoqinroq sizga min hablul varid.

Har kishi bo’lsa tirik ondii yiroq,

Ul tiriklikdin o’lum ko’b yaxshiroq.

XVI

 

Hudhud Simurg’din xabar degoch, qushlar xushhol bo’lub, tahqiq qilg’onlari

Sarbasar qushlar alolo qildilar,

Hudhud atrofinda g’avg’o qildilar.

«K-ey daming jonbaxshu nutqung dilpisand,

Ikkisi jonu ko’ngulga sudmand.

Ham Sulaymon bazmida topqan qabul,

Ham rasul etkon seni andoq rasul.

Xizmatida qurb hosil aylagan,

Yo’lida qat’i manozil aylagan.

Amri birla oncha vodiy qat’ etib,

Qim base olyy manozilga etib.

Qoyda azm etsa Sulaymon, sen — dalil,

Mustafog’a ul sifatkim Jabrail.

Harne o’lsa aylagan damsozliq

Ayshida qilg’on ayon hamrozliq.

Istasa Bilqis holidin xabar,

Sen bo’lub shahri Sabog’a rohbar.

Yeridin sen etkurub payg’om anga,

Iztirob ichra berib orom anga.

Uyla payg’ambarg’a mahramliq qilyb,

Har g’ame yuzlansa hamdamliq qilib.

Bazmi gar shahr o’lsa, gar yoziyabon

Boz qilib boshiga pardin soyabon.

Yuz tuman ming qush bo’lub shamyonasi,

Sen va lek ul soyada hamxonasi.

Bazmi ichra komron aylab seni,

Mahrami rozi nihon aylab seni.

Berdi haq — topting chu ondin rif’ate,

Har paru uzvungg’a bir xosiyate.

Bizga chun mone’durur gumrohliq,

Bersang ul shah sirridin ogohliq.

Ham sifotidin rivoyat aylasang,

Zoti sory" ham hidoyat aylasang.

Qo’ymasang bizni bu g’aflat domida,

Tiyralik birla zalolat shomida.

Voqif etsang bizni shah asroridin,

Bahramand etsang bu sir izhoridin.

Jahl aro aftodaliqdin qo’ldasang,

Shohimizni istamakka yo’ldasang.

Komimizdin etsa barxurdorliq,

Sendin o’lg’oy borcha minnatdorlig’».

XVII

 

Qushlar diqqat bila so’rg’ondin so’ngra, Hudhud Simurg’din nishonalar aytqoni

Hudhud anfosin shakarrez ayladi,

Ul shakarni nuktaomez ayladi.

Ko’rdi chun qushlarda andoq iztirob,

Berdi ul majma’g’a bu yanglig’ javob —

Kim: — «Oning ahvolidin bilgonni dey,

Ko’ngluma asroridin kelgonni dey.

Lek bu afsona birla butmas ish,

So’z bila el vasl ganjin toimamish.

Ish uluqdur, shoh uluq, dargoh uluq,

Yo’l qotiq, vodiy uzun, dilxoh uluq.

Buki, dersiz, shah so’zidin sur kalom,

Gar oni ming yil desam bo’lmas tamom.

Kimsa idrok etmamishdur zotini,

Lek shart uldur tutarg’a otini.

Kim yubon hayvon suyi birla og’iz,

Yo’q o’nu yuz qatlakim, andozasiz.

Til bila og’izni aylab bo’yla pok,

Tutqay el otin va lekin havlnok.

Ondin a’lodur jaiob ul shohg’a,

Ondin avsa’ fushat ul dargohg’a.

Kim men aylay olg’omen taqrir oni,

Yo lison kilki bila tahrir oni.

Lek chun qushlarg’a budur orzu,

Kim shah avsofidin o’lg’ay guftugo’.

Men dog’i mingdin birin aylay bayon,

Sizga birdin minggacha aylay ayon.

Bizga shohedurki shahlar shohidur,

Kim bori ahvolimiz ogohidur.

Birlik oyinida zotidur oning,

Lek mingdin ko’p sifotidur oning.

Ul sifot ofoq aro shoe’ bo’lub,

Barcha oning zotiga roje’ bo’lub.

Kimsaga urmoq nafas imkon emas,

Bo’lmayin ondin iroda ul nafas.

Sizdin ar bo’lsun azim, ar xud haqir,

Tavru vaz’ ichra sag’ir, ar xud kabir.

Har birida necha ming par bordur,

Har parida necha har yon tordur.

Borchasiga bor oning ilmi muhit,

Gar murakkab bo’lsun ul shay, gar basit.

Sizga oning nash’asidindur hayot,

Kim ucharsiz har taraf ochib qanot,

Oni a’zongizda qoi yanglig’ biling,

Jism ehyosida jon yanglig’ biling.

Tan ichinda sizga ul jondin yaqin,

Harne yo’q ondin yaqin, ondin yaqin.

Lek eiz ming yilchiliq ondin yiroq,

Qaysi ming yilliqki, imkondin yiroq.

Ondin oyru kimsaga jondin ne sud,

Jonki onsiz bo’lg’ay — ul ondin ne sud.

Vasli birdamlikki tushkay ittifoq,

Ikki olam shohlig’idin yaxshiroq.

Furqatidakim o’lumdindur xatar,

Sekkiz uchmoq etti do’zaxdnn batar.

Lek mundoq shahg’a vasl oson eMas,

Istamay ko’p sa’y ila imkon emas.

Yo’lida etsa talabdin ming taab,

Ham anga etmas kishi qilmay talab.

Lekin ul vodiy nihoyatdin uzun,

Qat’ida ofat nihoyatdin fuzun.

Umrlar urmoq kerak tinmay qanot,

Necha karkas umricha bo’lsa hayot.

Yo’lda daryolardurur xunobdin,

Demayin xunob — zahri nobdin.

Tog’lardur tortqon gardung’a tig’,

Tig’i barcha qon to’karg’a bedarig’.

Ut tutashqoi dashtlar har sori fosh,

Tortibon yolinlari gardung’a bosh.

Beshalar muhlik balolardin to’lo,

Shoxi — anduhu taab, bargi — balo.

Ham havosinda bulutlar charx urub,

Boshqa yomg’ir o’rnida tosh yog’durub.

Ham sahobidin choqiilar choqilib,

Tobidin olamda o’tlar yoqilib.

Onda bir tun qo’ng’oli koshona yo’q

Jism qut olmoqqa suvu dona yo’q.

Ming tuman qush aylabon ul yon safar,

Ursa ming yil ul havoda bolu par,

Bo’yla yo’l qat’ etmagi ma’lum emas,

Maqsadig’a etmagi ma’lum emas.

Lek ulkim bu talabda bersa jon,

Yaxshiroqkim yuz hayoti jovidon.

Chun jahon bo’stonida har nav’ qush,

Necha kun topsa uchush yoxud qo’nush.

Navhai bog’i fano tuzmak kerak,

Ul taraf parvoz ko’rguzmak kerak.

Chun o’lar vodiyi hijron yo’lida,

Bersa avlo jonni jonon yo’lida.

Ey xush ul o’lmoqki, yuz ming joncha bor»

Qaysi jonkim, umri jovidoncha bor.

Davlatu iqbol gar yovar bo’lub,

Tole’u baxtu sharaf rahbar bo’lub.

Bo’lsa qat’ ul behadu andoza dasht,

Kim fazosidin deyildi sarguzasht.

Ro’ziy o’lg’ay to abad beintiqol,

Qat’ qilg’on qushqa gulzori visol.

Vahdati jovid topqay shohg’a,

Vosil etgay o’zni zillillohg’a.

Poyasi rif’atda bo’lg’ay arshsoy,

Soyasidin bumni qilg’oy humoy.

XVIII

 

Qushlar Hudhuddin Simurg’ning zuhuri bidoyatin so’rub, ul olarg’a bu ma’nidin fasonae va bu maxfiydin nishonae degoni

Bori qushlar dedilar:— «K-ey rohbar,

Bizga ber ish ibtidosidin xabar.

Kim bu sultonkim, sipohidir tuyur,

Xalq aro avval ne nav’ etti zuhur!

Kim ko’rubtur oniyu holotini,

Fe’lu asmou sifotu zotini?

Tavfu sayrining degil kayfiyatin»

Amru nahyining dag’i xosiyatin.

Kim erur so’z mushkilu begona tab-’,

Bo’lg’udek devona yuz farzona tab’.

XIX

 

Chin shahri sifati va Simurg’ pari anda tushkonning kayfiyati

Dedi Hudhudkim:— «Bu ish bo’lmish yaqin,

Kim erur mashriqda shahre, oti — Chin.

Shahr yo’qkim, vus’at ichra bir jahon,

Un jahon xalqi savodinda nihon.

Xittasi xushroq Eram gulzoridin,

Suyi dilkashroq bihisht anhoridin.

Bir kecha ul shohi davlatoshyon,

Dahr aro parvozini aylab ayon.

Ittifoqo sayri tushmish Chin sari,

Ul savodi mulki xuldoyin sari.

Ul tun ul kishvar sarosar yorumish,

Voqif elni beshuur etmish ul ish.

Silkinib Chin ichra tushmish bir pari,

Toimish andin zebu farr Chin kishvari.

Rangu naqsh ul parda g’oyatdin fuzun,

Kim oning sharhida so’z bo’lg’ay uzun.

Tonglasi chun kelmish el o’z holig’a,

Boqib ul bu rang ila ashkolig’a.

Har kishi bog’lab taxayyuldin qalam,

Qilmish ul par naqshidin tarhi raqam.

Borchaning naqshu xael andeshasi,

Bu ish ondin bo’lmish ul el peshssi.

Bir kishini qilmish ul naqshi Xayol,

Naqshu tasvir amrida sohib kamol.

Oti — Moniy, xomasi — mu’jiznamo,

San’ati nazzorasi hayratfizo.

Bo’yla nisbatlardin ahli ma’naviy,

Chinda derlar korgohi Monaviy.

Ul par emdi go’iyokim Chindadur,

Hurdek ul mulki xuldoyindadur„

Bu emish ul par zuhurining ishi>

Mundin ortuq fahm qilmaydur Qishi.

Ko’rmagidin kimsa dam urmaydurur,

So’zni bu g’oyatqa etkurmaydurur.

Zotidin demaydurur xud kimsa so’)

Kim erur ko’r, onda har binanda ko’z,

Ul par uzra har taraf tori onitsg;

Bil sifotining namudori oningch

Beadad naqsh o’ldi ul par holidsn,

Noqil' ul par sohibi af’olidin.

Ranglar ul parda behaddu qiyos,

Hukm asmosig’a qildi rahshunos.

Kimsa tavfu sayri ahvolin demas,

Hargiz ondin hech er xoli emas.

Amru nahyi barchamizga farzi aIs,

Tarki amru nahyida yuz sho’ru shayn.

Keldi ma’murig’a ummidi visol,

Osiyu obisiga biymu nakol.

Hech qaysi qavm aro yo’q bo’yla Ssoh,

Onsiz o’lg’onlarg’a yuz ming dardu oh»,

Tushti qushlarg’a bu holatdin xuro’sh,

Shavq soldi har biri ko’ngliga jo’sh.

XX

 

Hudhudning Simurg’din fasona surgoni va shavq o’ti qushlar nihodidin zabona urg’oni

Dedilar Hudhudg’akim:— «Ey peshvo,

Bo’yla shohning furqati ermas ravo.

Dahr aro bo’lg’ay bu yanglig’ shohimiz,

Barcha turluk holdin ogohimiz.

Biz jaholatqa giriftor o’lg’obiz,

Furqati oshubidin zor o’lg’obiz.

Bo’yla g’aflatqa o’lum rojehdurur,

Ahli hush ollinda bu vozehdurur.

Sen aromizda chu kelding rahshunos»

Borchamizdin budur emdi iltimos.

Kim borig’a muqtadoliq qilg’osen,

Bu safarda peshvoliq qilg’osen.

Kirgobiz ul shoh yo’lig’a jon bila,

Jon ovuchlab dida-i giryon bila.

Vasli komin aylagaybiz multamas,

Istamakdin tinmag’aybiz bir nafas.

Oncha urg’aybiz bu yo’lda bolu par,

Aylagaybiz qat’ oncha bahru bar.

Kim visoli komig’a yo etkobiz,

Yo tamannosida jon tark etkobiz».

XXI

 

Hudhud qushlarg’a ko’ngil berib, bu yo’lg’a targ’ib etkoni

Hudhud ul so’zlardin o’ldi shodu xush,

Dedikim:— «E bir suruk aftodavash.

Bizga charx o’lsa musoid, baxt-yor ..

Qilsangiz mundoq safarni ixtiyor.

Men dog’i bu yo’lda jonim boricha,

Jism aro tobu tavonim boricha —

Boringizga aylayin hamrohliq,

Borcha manzildin beray ogohliq.

yo’lda har g’am etsa hamdamliq qilay,

Yeshurun dard o’lsa mahramliq qila"y.

Ollingizg’a mushkile etkan mahal,

Sa’y birla aylay ul mushkilni hal.

Ollingizg’a kelsa har yaxshi-yamon,

Daf’ida ma’zur bo’lmay bir zamon.

Ham ucharda haminonliq aylayin,

Ham qo’narda posbonliq aylayin».

Qavmdin fahm aylagach bu muddao,

Aylabon borini tahsinu duo.

Boshlab ul majma’da asrori shigarf,

Fosh qildi bo’yla sarmastona harF:

«K-ey bori asrori irfon moyili

Zotingiz bu ganji pinhon qoyili.

Badvi fitratda bihishti adn aro,

Shoxsori xuld aro dostonsaro.

Borchangiz shah sirrig’a mahram kelib

Rozig’a bir-bir bila hamdam kelib.

Ham oning tasbehidin ilhoningiz,

Ham oning tahlilidin dostoningiz.

Qutungiz zikri g’izongiz yodi ham,

Zikr ila fikridin urmay ayru dam.

To fuzule urkutub ul jam’ni,

Ko’zunguzdin yoshurub ul sham’ni».

Yetgoch ul majma’g’a mundoq qo’zg’alon,

Har biri avvorai bexonumon.

Toimayin ul gulshani aslig’a yo’l,

Balki kulli mahv o’lub xotirdin ul.

Dahr bog’i sori mayl etgan ayon,

Aylagan bu xokdonni oshyon.

«Bu g’aribiston aro bo’lg’on muqim,

Ko’nglunguzdin ketgan ul nozu na’im.

Bersa haq tavfiq jiddu jahd etay,

To yana sizni anga hamahd etay.

Bu safarda ranjlardur ta’miya,

Ko’nglunguzga etsa ondin tasfiya.

Bu manozil qat’idin etgach futuh,

Sofi o’lsa jismingiz andoqki ruh.

Jilva ko’rguzgay hamul avvalgi hol,

Zohir o’lg’ay sizga ayyomi visol.

Shah sifotig’a bo’lub irfoningiz,

Zindai jovid bo’lg’ay joningiz.

Bo’lg’osiz sirri riyozat voqifi,

Shoh birla nafsingizning orifi».

XXII

 

Hudhudning To’tini muxotab qilib, maqsad qasdig’a targ’ib qilg’oni

«Sayrog’il, ey To’tii shirin kalom,

Nutq tashrifi bila oliy maqom.

Xil’ati axzar bila jo’yoi shah,

Io’l oziqqonlarg’a bo’lg’il Xizri rah.

Avval o’z manzilgohingni yod qil,

Ko’nglung ul ummid birla shod qil.

Kim vatan zotingg’a Hindiston edi,

Shah harimida sarobo’ston edi.

Ham maqoming shakkaristoni visol,

Ul shakardin no’sh etib, aylab maqol.

Shoh ilki maskanu manzilgahing,

Har takallum holatidin ogahing.

Kel, bu g’urbatdin rahil og’oz qil,

Ul chaman sori yana parvoz qil».

XXIII

 

Tovus xitobida Hudhudning nuktasarolig’i

— «Ko’rguz, ey Tovusi gulzori alast,

Jilvaekim qilg’osen davroini mast.

Ham boshing toji rayosat maskani,

Ham taning naqdi latofat maxzani.

Qomatingg’a kisvati husnu Jamol,

Uylakim vasfida oning nutq lol.

Ham yaroshib xilqating’a xo’bluq,

Ham muvofiq zotingga mahbubluq.

Lek yodingdin chiqib o’z maskaning,

Shah qoshinda jilva aylar gulshaning.

Bir yo’li ul ravzani qilma unut,

Bu xarobobod mahbas tarki tut.

Shoh bazmi shavqidin tortib navo,

Ul sarobo’ston sari qilg’il havo».

XXIV

 

Bulbul navosi ohangida Hudhudning gulbongi

«Chek navo, ey Bulbuli gulzori shavq,

Savti alhoning kelib asrori shavq.

Ishq lahnin ming navo birla tuzub,

Benavolig’lar surudi ko’rguzub.

Shah gulistonida gul husnig’a mast,

Tortib ul gul ishqidin jomi alast.

Otashin gul jilva qilg’ach gul chog’i,

Har paringg’a o’t yoqib bir yafrog’i.

To tushub ul toza gulshandin yiroq,

Kul qilib jismingni niyroni firoq.

Qil havo ul gulshani mino sari,

Mayl ko’rguz ul guli humro sari.

Shoh bo’stonida yuz gul jilvasoz,

Senda hijron shu’lasidin ming gudoz».

XXV

 

Qumri lahni usulida Hudhudning nag’masozlig’i

«Nag’ma tuz, ey Qumrii bo’stoni hol,

Nag’mang ichra mundarij alhoni hol.

Tayr xaylin bir nafas lol aylagil,

Savtu lahning birla behol aylagil.

Solg’oningdin bo’ynungg’a tasbehi yusr,

Tilga oning vasfida yuzlandi usr.

Buki har bo’ston aro sargashtasen,

Qon bila tufroqg’a hamog’ushtasen.

Kim qilursen nola mahzunlar kibi,

Ishq savdosida majnunlar kibi.

YoD etib sen go’iyo bog’i visol,

Kim bo’lubsen bu sifat oshuftahol.

Mujdakim, ul g’amda qolmay benavo,

Ham o’shul gulshan sari qilding havo».

XXVI

 

Kaklik xurushi savtiga Hudhudning zahmapardozlig’i

— «Qil xirom ey Kabki ko’hsori firoq,

La’l etib ko’zungni dardi ishtiyoq.

Hajr ko’histonida Farhodvor,

Po’ya qilmog’din dame tutmay qaror.

Buki minqoring bo’lubtur lolafom,

Qon yutardin bu daliledur tamom.

Qurb Qofin go’iyo yod aylading,

Bu’d aro mundoqki faryod aylading.

Qahqaha ermaski tortarsen baland,

Kim erur o’z motamingg’a zahrxand,

Chunki qilding qurb Qofi sori azm,

Tuzgil emdi vasl umidi birla bazm.

Vasl umidi chun yaqindur shod bo’l,

Hajr tog’u toshidin ozod bo’l».

XXVII

 

Tazarv xiromi sur’atida Hudhudning sayrdin dam urg’oni

— «Ishvai noz ayla, ey ra’no Tazarv,

Kim qulung gulshan aro ozoda sarv.

Gulsiton zebi jamolingdin sening,

Gul xijil ruxsori olingdin sening.

Jilvagohing goh bog’u goh rog’,

Muftaxir zebolig’ingdin rog’u bog’.

Ham chaman ahlig’a sen mahbubsen,

Ham daman xaylig’a sen marg’ubsen.

Garchi beg’oyatdurur ra’nolig’ing

Benihoyat husn ila zebolig’ing.

Asru o’z husnungg’a mag’rur o’lmag’il,

Uz jamoling birla masrur o’lmag’il.

Yod qil ul husni benuqsonni ham,

Utdek ul gulshan sari chekkil alam».

XXVIII

 

Durroj ravishi nisbatida Hudhudning qadam urg’oni

— «Kelgil, ey Durrojkim, bas xo’b sen,

Jon qushidek barchag’a matlub sen.

Besha ichra zeb gomingdin sening,

Sabzag’a ravnaq xiromingdin sening.

Mastlig’din savting asru dilfireb,

Mustame’lar ko’nglidin olib shikeb.

Hay’ating matbuu, shakling dilpazir,

Surating mavzunu nutqung benazir.

Bo’yla vaz’u hay’ati maftun ila,

Bo’yla nutqu nag’mai mavzun ila.

Loyiqi ul senki beqayd o’lg’osen,

Sa’y etib, bir shohg’a sayd o’lg’osen.

Jon fido qilg’oysen, ul surgach samand,

Bo’lg’osen umri abadqa bahramand».

XXIX

 

Kabutar havosi parvozida Hudhudning parvoz havosi

— «Ey Kabutar, charx uza parvoz qil,

Ul havoda tob urarni soz qil.

Necha bo’lmoq tiyra o’z koshonada,

Xonago’r o’ldung kabutarxonada.

Shoh qasrining havosin qil xayol,

Ul havoda ur zamone parru bol.

To qolibdursen ko’ngul parvozidin,

Shoh qasri tomining andozidin.

Xotiringdin go’iyo chiqmish tamom

Qasri sultoni uza oliy maqom.

Ul taraf ur tobu qo’n ul tom uza,

Sarfaroz o’l gardishi ayyom uza.

Nay qo’yub bo’ynungg’a shoyad tutqay ul,

Topqosen asli kabutar xong’a yo’l.

XXX

 

Shohboz husnu istig’nosi vasFida Hudhudning rahnamoylig’i

— «Habbazo, ey Shohbozi shohvash,

Hay’ating ham xush, jamoling dog’i xush,

Sarfaroz aylab seni qushlarg’a haq,

Xo’blug’da barchadin eltib sabaq.

Shoh ilki maskaning bo’lg’on mudom,

To’’mang ul tortib edurgon bardavom.

Ul silab ilkini parru bolingga,

Yetkurub minqor ila changolingga.

Muddatekim charx etib zohir nifoq,

Shoh ilkidin seni soldi yiroq.

Mubtalo bo’ldung chu hijron DOMIRE,

Tab’ing o’rgandi firoq ayyomig’a.

Bo’l yana shahg’a giriftoru najand.

Ilkini o’imak bila bo’l sarbaland».

XXXI

 

Shunqorning shohvashlig’i ta’rifida Hudhudnina madhoroylig’i

— «Marhabo, ey Shung’ari charxoshyon,

Shah qo’linda manziling aylab aen.

Qushlar ichra shohlardek tojvar,

Shah ko’rub boshingg’a loyiq toji zar.

Tojvar qushlarg’a sen sarxayl o’lub,

Shahg’a ondin suhbatingg’a mayl o’lub.

Shoh bazmida senga oliy maqom,

Benihoyat ehtiromu ehtimom.

Chun kelib o’n o’zgalarga jur’ating,

Shah berib o’n o’zgalarcha qismating.

Ilkini bo’ynungg’a moyil aylabon,

Durru gavhardin hamoyil aylabon.

Ko’p yiroq tushtung bu hijronni unut,

Shah qo’lig’a tush, vatan ilkida tut».

XXXII

 

Qushlarning yo’l azmig’a hujum ko’rguzgonlari va riyozat shiddatidin ba’zining azimatig’a futur yuzlangoni

Chunki Hudhud aylabon og’ozi ishq.

Bu sifat qushlarg’a surdi rozi ishq.

Qush tili birla tarannum ayladi,

Vaslu hijrondin takallum ayladi.

Bo’ldi ul qushlarg’a hijrondin malol,

Vasldin har birga tushti yuz xayol.

Har biri yodiga keldi hollar,

Hajr dardidin qotiq ahvollar.

Vasl davronin unutmog’lig’lari,

Hajr oyinini tutmog’lig’lari.

Bildilar ul bul’ajab asrordin,

Ul rumuzi ishq aro guftordin.

Ne saodatdin yiroq tushkonlarin,

Ne hidoyatdin qiroq tushkonlarin.

Bo’ldi Hudhud so’zidin ogohlig’,

Kim alarni jahl ila gumrohlig’ -

Ish tariqidin yiroq etmish base,

Bastai domi firoq etmish base.

Urtanib o’z shu’lai hirmonidin,

Dud chiqti har birining jonidin.

Yeqin erdi o’chkoli sham’i hayot,

Har biriga baski yuzlandi uyot.

Bo’ldilar o’z fe’lining sharmandasi,

Uz suluku fe’lining afkandasi,

Garchi ko’b xunobi hayrat yuttilar,

Uzri mofot o’zlariga tuttilar.

Kim ne yanglig’ bo’lsa to bo’lgay hayot,

Tunu kun ul yo’lda urg’oylar qanot.

Boshlarig’a kelsa yuz turluk balo,

Har baloda bo’lsa yuz ming ibtilo,—

Yonmag’aylar ul talab vodisidin,

Qolmag’aylar ul sharaf hodisidin.

Chun borig’a bo’ldi mundoq ittifoq,

Chektilar davrong’a ohangi firoq.

Bo’ldilar Hudhudg’a payrav sar-basar,

Rohrav ul xaylu, Hudhud — rohbar.

Tushtilar yo’lg’a nashotu noz ila,

Vasl umediga itik parvoz ila.

Chun necha kun bo’yla tayron qildilar

Sa’y ila qat’i biyobon qildilar.

Mehnatu ranju alam yuzlandi ko’p,

Shiddatu oshubu g’am yuzlandi ko’p.

Bo’yla chun qat’i masofat qo’ydi yuz.

Notavonlarg’a ko’p ofat qo’ydi yuz.

Nozparvard erdilar bo’ston aro,

Soyalig’ ashjori tubiston aro.

Bo’ldilar yo’l ranjidin farsudahol,

Har biriga qo’ydi yuz behad malol.

Sog’inib osudalig’ birla vatan,

Bog’u bo’ston birla gulzoru chaman.

Nafs komiyu farog’at ma’mani,

Aysh oyiniyu ishrat gulshani.

Ul azimatda topib ba’zi futur,

Fahm aylab ul tavajjuhda qusur.

Notavonlig’ birla ajz aylab ayon,

Har biri bir uzr qildilar bayon.

Uz qoshinda uzrini maqbul etib,

Ul tavajjuhdin o’zin ma’zul etib,

Qildilar Hudhudg’a bori iltimos,

Kim:— «Tavaqquf qil dame, ey rahshunos.

Bizda ba’zi notavon bo’lmish base,

Yo’l borurdin xastajon bo’lmish base.

Ba’zi olliga kelibtur mushkilot,

Kim sening ra’yimgdin ystarlar najot.

Ba’zi olinda suubatlar durur,

Ul suubatdin uqubatlar durur.

Kim erur oni bayon qilmoq zarur,

Yo’qsa yo’l azmig’a yuzlangay futur»

Rohbar chun ko’rdi ojizlig’larin,

Qo’ndi bir vodida jam’ aylab barnn.

Ul chu bori nuktasig’a tikti ko’z,

Dedi:— «Ayting qaysi birga bo’lsa so’z».

Chunki Hudhud ul havodin bo’ldi past,

So’rg’ali qushlar so’zin qildi nishast.

XXXIII

 

To’tining uzri

To’ti avval uzrin og’oz ayladi,

Bo’yla ajz oyinin-n soz ayladi —

Kim — «Qushedurmen makonim garmser.

Hind aqsosida qilg’on sayri tayr.

El aro shuhrat fasohatdin tutub,

Nukta birla g’amlig’ elni ovutub.

Komronlar manzilim aylab qafas,

Har malolat etsa aylab hamnafas.

Nozanindar ilkidin olib xo’rish,

Qandu shakkar birla topib parvarish.

Ro’baro’yum goh bir ko’zgu bo’lub,

Goh ko’zgu chehralik mahro’ bo’lub.

Ko’rmayin umrumda juz komu nishot,

Elga nutqumdin etib yuz inbisot.

To bilib o’zni qotig’liq ko’rmagan,

Ranj zahridin achig’liq ko’rmagan.

Dargahekim pashshadur anda uqob

Pashshadin ojizroq elga ne hisob.

Onglamon o’zniki ul yon ketgomen?

Uzga qushlardek bu yo’l qat’ etgomen?

Aylay olg’aymen senga hamrohlig’?

Holatimdin bo’yla top ogohlig’.

XXXIV

 

Hudhudning javobi

Dedi Hudhud: «K-ey uzun harfing g’alat,

Barcha guftoring xato birla saxat.

Harza nutqungni fasohat sog’inib,

Kajja lafzingni balog’at sog’inib.

Aytib o’z vasfingda gunogin xilof,

Barcha hashvu barcha lag’vu barcha lof.

Xudparastesen, o’zungning oshiqi,

Xudpisandesen — mazammat loyiqi.

Faxr etarsen nutq birla ko’zguga,

Kim erur nutqung munosib kulguga,

Ko’zgu lavhi zamiringga jilo.

Bergosen ul bo’lg’ayki tortib yuz balo,

Buki har hindu qoshingda shohdur,

Der bu so’zni hashv kim ogohdir.

Shoh uldurkim — yo’lidin qoytasen,

Har zamon yo’lsiz hadise oytasen.

Barcha fosiddur xayoloting sening,

Uzr ayturg’a maqoloting sening.

Bo’ldi mone’ g’aflatu gumrohlig’,

Kim etishmas ko’nglung’a ogohlig’.

Uyg’onib bilsangki, holingdur qotig’,

Qilmag’ay ul dam pushaymonlig’ osig’,

Qilg’oningdin yuz xijolat chekkasen,

Qavlu nutqungdin malolat chekkasen.

Bo’lg’on ermish barcha naqding nosara,

Nafs ila shaytong’a zoting masxara».

XXXV

 

Istishhodig’a hikoyat

«G’ofile qo’ydi qadam bozorg’a,

Xaylu tobe’ nafsi badkirdorg’a.

Zarq uchun egnida dalqi Xizrvash

Lek yoshil barg birla nafsi xush.

Urmish erdi tashlag’on asrori tob,

Ko’rdi do’konlarda ne’mat behisob.

Egri yo’llar ko’rguzub nafsi daniy,

Solibon shaydu gadoliqqa ani.

Goh taltifi maqol aylar edi,

Goh izhori kamol aylar edi.

Gah karomotin qilib el ichra naql,

Gah etib zohir tariqi shar’u aql.

Aylabon bu nav’ yuz afsunu dam,

Olg’uchi yo luqmae, yo bir diram.

Bo’yla yuz bozi ebu bozi berib,

Nafs matlubin yurur erdi terib.

Bangdin har lahza yuz fosid xayol,

Solibon ko’ngliga bir fikri mahol.

Yetti nogah bxnnig’a sohibdile,

Ko’p manozil qat’ qilg’on komile.

Ko’rgach-o’q, komilii shayyodi dag’al,

Ul yamon holidin o’ldi mubtadal.

Dedi:— «Pir olida kasb etkanni tut,

Kim ko’raykim hosil aylab sen ne qut»,

Chun xarita boshini ochti laim,

Kim yig’ilmish erdi zaqqumi jahim.

Ko’rdi jam’ o’lg’on najosatlar base,

Tushti o’t jismira andoqkim xase.

Pir erdin bir ovuch tufrog’u tosh —

Olibon berdi angakim qil maosh,

Boqsa ul tufrog’ emas oltun erur,

Toshlari la’lu duri maknun erur.

Noqis ul holatni ko’rgach nogihon,

Komil o’lmish erdi olindin nihon.

Uzni ul xijlatdin o’lturmak ne sud?

Ohu voyin ko’kka etkurmak ne sud?

Senga holatkim qilursen ko’p xuro’sh,

Bilki bor ul nav’kim ul sabzpo’sh».

XXXVI

 

Tovus uzri

So’ngra Tovus etti uzrin ibtido,

Dedi:— «K-ey sen barchamizg’a muqtado.

Men qushemen qasru gulshan ziynaty,

Naqshu rangim ahli olam hayrati.

Suratim gulshang’a oroyish durur,

Hay’atim ko’rganga osoyish durur.

Bog’ aro mendin xazonda bo’ston,

Beshada mendin qish ichra gulsiton.

Jilva aylar chog’da hullam zevari,

Sar-basar oinai Iskandari.

Tengri bermish husnu zebolig’ manga,

Haddin ortug’ zebu ra’nolig’ manga,

Kim ulus husnum tamosho aylagay,

Ofarini sun’ ifsho aylagay.

Har kishini qildi xalq bir ish uchun,

No’sh uchun birniyu, birni nish uchun.

Ishki qilmish ezidi dono nasib,

Hamul ishta har ne kelsa, yo nasib.

Tengri amridin bari mahbub erur

Lek shaytoni lain mankub erur.

Har biriga o’z tariqidin firoq,

Zohiran taklif erur «mo lo yutoq».

XXXVII

 

Hudhudning javobi Tovusqa

Hudhud ul so’z nafyig’a ochib nafas,

Dedi: «K-ey jahl ahli yanglig’ bulhavas.

Ulcha zohir aylading aqvoldin,

Kelgay ul majnundinu atfoldin.

Odam o’lg’on zebi zohirdin demas,

Kimki ondin faxr etar — odam emas.

Noz ila husn o’ldi shohidlar ishi,

Dardu mehnat birla xushtur er kishi.

Barcha surat ahlig’a ashrafdur ul,

Kim suvardin eltgay ma’nig’a yo’l.

Senki bu suratqa bo’ldung mubtalo,

Ur tamasxurga ulus ichra salo.

Zebi zohir juz tamasxur kelmadi,

Kimsaga ondin tafoxur kelmadi».

XXXVIII

 

Hikoyat

«Hindue zohir qilib naqshu nigor,

Ayladi ko’b bul’ajablig’ oshkor.

Toj qo’ydi boshig’a ul masxara,

Davrida oning sarosar xungira.

Toj ila kisvatki tartib aylabon,

Bori kimson birla tazhib aylabon,

Yonida bir tabl hindi cholg’uchi

Hinduyi raqqos ayolg’u olg’uchi.

Tebratib boshin hamon, ilkin hamon,

Hindioso la’b birla har zamon.

Zeb aro oroyishi bo’ston kibi,

Jilvada tovusi Hinduston kibi.

Ayladi maydon aro hangoma tez,

Davrida avbosh solib rustaxez.

Bu mahalda muhtasiblar ettilar,

Ul g’ulu haryon hazimat ettilar.

Tuttilar hindui nofarjomni,

Hashvlig’da nodiri ayyomni.

Tabli birla tojini sindurdilar,

Darra a’zosin yalanglab urdilar.

Bo’ldi ibrat olg’udek ul san’ati,

Toji davlat bo’lditoji ziynati».

XXXIX

 

Bulbul uzri

Dedi Bulbul:— «K-ey bu majma’ga dalil

Men bo’lubmen gul havosidin zalil.

Ondin oyru oshiqu devonamen,

Aqlu hushu sabrdin begonamen.

Onsizin yo’q sabr ila toqat manga,

Qoyda yoro, chekkali furqat manga.

Toki gul bo’stonda bo’lg’ay jilvasoz,

Ming navo birla qilurmen sharhi ro.

Ishqida har lahza afzun shiddatim,

Husnig’a har lahza ortib hayratim.

Bog’din ul ketgach, o’ldum gungu lol,

yilga tegru yo’q tarannumga majol.

Ham oning yodi bila bog’ ichramen,

Hajridin yuz dard ila dog’ ichramen.

Ul durur ko’nglumda ham, jonimda ham,

Ko’zda ham, paydou pinhonimda ham.

Shohg’a komil tavajjuhdur ravish,

Bo’yla oshiqqa qachon bo’lg’ay ul ish».

XL

 

Hudhudning javobi Bulbulg’a

Hudhud ul afsonani chun qildi go’sh,

Dedi:— «Ko’p qilma bu ishqingdin xuro’sh.

Ishq emastur, bu — havasdur sar-basar,

Gar havasdur, muncha bas, ey bexabar.

Sen kibi olamda nodon bo’lmag’ay,

Nafsqa ma’muri farmon bo’lmag’ay.

Kim yaeab sen o’eni oshiq zo’r ila,

Ko’rguzursen ishq aro ming sho’r ila.

Bir chechakkakim — vafosi yo’q oning,

Umr bog’inda baqosi yo’q oning.

Yilda besh kunkim chamanda ochilur.

Un kun o’tmay tufrog’ uzra sochilur,—

Kimsa bu paykarga oshiq bo’lmag’.ay,

Kim bu oshiqlikka loyiq bo’lmag’ay.

Bil oni ma’shuqkim yuz xastahol,

Ulsavu itea — anga yo’qtur zavol.

Garchi bu ishqingda shaydoliq durur,

Lek oning poyoii rasvoliq durur».

XLI

 

Hikoyat

«Sayr uchun shohe surar chog’da faras,

Oshiq o’ldi bir gadoi bulhavas.

Ohu vovaylou afg’on boshladi.

Xalq aro g’avg’ou to’fon boshladi.

Seidak oshub aylabon afg’on ila,

Nola aylar erdi ming doston ila.

Telbalardek turmayin maskan aro,

Uzni kulga bulg’abon gulxan aro.

Shahg’a ma’lum o’lg’och ul ishqu junun,

Istadi oshiqni qilmoq ozmun.

Otlanib filhol andoqkim duraxsh,

Imtihong’a surdi gulxan sori raxsh.

Dedi: «Ul gumrohni sudrab kelturung,

Xizmatimg’a etkurub bo’ynin urung».

Chunki oni tortibon kelturdilar,

Ishq aro matlubig’a etkurdilar.

Qatl hukmi qildi shohi baxtiyor,

Vahmdin qochti gado beixtiyor.

Aylar erdi hushsiz har sori mayl,

Tutmag’ig’a po’yagar har sori xayl.

Tutti entikkondin ul gulxanga yo’l,

Bexud o’zni o’tqa tashlab kuydi ul.

Shahg’a bu ummidkim oshiq esa,

Ishq da’vosi aro sodiq esa.

Qatl hukmi chun etar qilsa qabul,

Shoh otdin olida qilg’ay nuzul.

Uzr ila dilxohlig’lar aylagay,

Holidin ogohlig’lar aylagay.

Shahg’a qilg’ay sidq ila ixlos oni,

Ham musohib, ham nadimi xos oni.

Ul gado chun ishq aro erdi dag’al,

Bo’ldi rasvoliqqa ahvoli masal.

Gar sanga ham etsa guldan bir tikan,

Gulxan o’lg’ay maskaning, yo’qkim chaman».

XLII

 

Qumri uzri

Dedi Qumrikim: «Ayo farxundaroy,

G’aflatu gumrohlarg’a rahnamoy.

Men qushedurmen chamandin chiqmag’on,

Dashtu vodiy sayridin toriqmag’on.

Za’fu ojizlik shior o’lg’on manga,

Shoxu barg ichra qaror o’lg’on manga.

Ne sovug’ ko’rgan jahonda, ne isig’,

Ne irik boshimg’a kelgan, ne qotig’.

Bog’din bog’ ichra ko’rguzgon safar,

Shoxlardin barg aro qilg’on mafar,

Bo’yla yo’l ranjin cheka olg’aymu men,

Bu havas tuxmin eka olg’aymu men?

Qo’ydum ersa bu mashaqqat jonima,

Kuch bilan kirmakdurur o’z qonima».

XLIII

 

Hudhudning javobi Qumrig’a

Dedi Hudhud: «K-ey zabuni ajzkesh,

Shavqu dard ichra ko’ngulni ista resh.

Ming yil o’lsa bog’ aro manzil sanga,

Shox ila barg ichra.ne hosil sanga?

G’ayr ulkim yotibon yo’lungda shuk,

Qormabon qoningni ichkoy bir mushuk.

Yo birov gaz birla bo’lg’ay qotiling.

Ye guruha birla qilg’ay bismiling.

Mundin o’zga ayshu koming ne ekin?

Gulshan ichra ehtiroming ne ekin?

Bo’yla murdor o’lgucha g’aflat aro,

Uzni o’rtab shu’lai furqat aro.

Er ersang, maqsudi asli istabon,

Yo’lg’a kirsang yor vasli istabon.

Ulsang ul yo’l ichra ranju dard ila,

Jismi zoru joni g’amparvard ila,—

Yaxshiroq yuz qatla ul ofotdin,

Or qilg’udek daniy avqotdin».

XLIV

 

Hikoyat

«Bog’bone bor edi bas behunar,

Bog’bonlik san’atidin bexabar.

Ne shajar payvand qilmoq shevasi,

Kim halovat hosil etkay mevasi.

Ne yog’och parkovi birla parvarish —

Aylay olibkim, shajar qilg’ay ravish.

Vaqt ila ne dona sochmoqni bilib,

Kim farah qilg’ay guli hosil qilib.

Bog’ aro anborkashliq birla xush

Bog’bon yo’qkim, degil anborkash.

Chun ko’rub bu nav’ ranju tob anga,

Pandlar deb ahli hush ahbob anga —

Kim: «Bu behosil ishingni tark tut,

Uzni bir hosilliq ish birla ovut.»

Johil ul mehnatdin o’lmay mujtanib

Erdi ul mehnat chekorga murtakib.

Toki bir jo’ya aro kesmakta tok.

Ayladi oni yilon sonchib holok».

XLV

 

Kabutar uzri

So’ngra sharh etti Kabutar arzi hol,

«K-ey hidoyat fannida sohib kamol!

Barcha qushlar ichra hayyi lo yamut

Manga qism etmish ulus ilkida qut.

El yasab maskan manga koshona ham,

Kelturub ollimg’a suvu dona ham.

Dahr aro el bandining mahbusi men,

Bu sabab birla olar ma’nusi men.

Tengri bu holat nasib etmish manga,

Xoni qismatdin bu ish etmish manga,

Haq nasib etkondin etmak ijtinob,

Aql qonunida o’lg’aymu hisob?

Shukr aylab qismat etkonga iloh,

Chekmasam avlo bu ranji umrkoh».

XLVI

 

Hudhud javobi Kabutarg’a

Dedi Hudhud: K-ey, bahona fan sanga,

Go’shai makru hiyal maskan sanga.

Qushlar aylab holatingdin hayrate,

Yo’q seningdek bir yana beg’ayrate.

Kim sanga tengri nasib aylab qanot,

Qilg’udek bir damda qat’i koinot.

Sen xaloyiqqa bo’lub farmonpaznr,

Dona birla suv uchun zoru asir.

Qovg’ali xaylingni to bor ehtimol,

Lattani boshig’a bog’lab bemalol.

Qovubon siz xayli nofarjomni,

Lavsunguzdin xoli aylab tomni.

Siz bu javru zajr birla ketmayin,

G’ayr ul tom uzra-o’q mayl etmayin».

XLVII

 

Hikoyat

«Xalq ichinda bor edi beg’ayrate,

Elga beg’ayratlig’idin hayrate.

Mushtu sili birda obboni ebon,

Eldin olib luqmau oni ebon.

Qovlabon, ketmay xaloyiq ko’yidin,

Balki chiqmay dunsifatlar uyidin.

Bu jafolarg’a tuz etmish erdi narx,

Qaysi bir tepsa, urub bir qatla charx.

Ul muqarrar muzdni olur edi,

Nafs komin og’zig’a solur edi.

To berib bir pora non bir chustdast,

Qildi bir musht urg’och, ondoq erga past.

Garchi sililar emakdin to’q edi,

Musht eb go’yoki hargiz yo’q edi.

XLVIII

 

Kabki dari uzri

Yona ajz aylab ayon Kabki dari,

Dedi: «K-ey majmu’i qushlar rahbari.

Men qushedurmen — ko’histon manzilim,

Onda tengri hamdiga zokir tilim.

Dahr eli oshubidin silkib etak,

Tog’ etoginda topib oromu tak.

Chun bo’lib tole’ rafiqu baxt yor,

Qullai uzlatni aylab ixtiyor.

Tog’ ganji chun manga bo’ldi mafar,

Ne munosib holima mundoq safar.

Kon uza doim xiromimdur mening,

Gavhare bu ishta komimdur mening.

Gavhari ma’ni hamono ul durur;

Sayri bema’ni manga bu yo’l durur».

XLIX

 

Hudhud javobi Kabki darig’a

Dedi Hudhud: «K-ey xayoloting mahol,

Yo’q dimog’ing ichra juz botil xayol.

Tog’ aro, dersenki, tuttum inzivo,

Inzivo ermas, erur nafsu havo.

Harzagardesen yugurmaklik ishing,

Po’ya tog’u qulla uzra varzishing,

Qahqaha har lahza aylab bejihat,

Kim majonin shevasidur bu sifat.

Gavhari ma’niki mazkur aylading,

Nomunosib amr mazbur aylading.

Sen kimu ma’ni kim, ey majhulu mast,

Jahl birla mastlig’din xudparast.

Gavhari ma’ni saridin urma dam,

Uzni bu yolg’ong’a qilma muttaham.

Kim erur ul mahz badgavharlig’ing,

Ayni bema’nilig’u abtarlig’ing.

Kim hamul yolg’ong’a bo’lg’ung mubtalo,

Kelgusi ondii boshingg’a yuz balo».

L

 

Hikoyat

«Bir ulusning qalbiyu bad axtari,

Qo’ydi bir shahr ichra otin Javhari,

Tonimay xarmuhrani feruzadin,

Forig’ etti nafsni daryuzadin.

Aylabon gavhar vuqufi birla xos,

Ayladi o’zni gadolig’din xalos.

Rangi gunogun qilib billuri sof,

La’l ila yoqut deb oytib gazof.

Bo’yla muhmallarki deb ul notamom,

Chin gumon aylab tamom ondin avom.

Toki sotti bir kun ul qalbi dag’al,

Bir g’anig’a soz etib mundoq amal.

Benihoyat naqdg’a bir pora tosh,

Kim oni xush rang aylab erdi fosh.

Vajhni oz kunda borin siypadi,

Gavhar olg’on chun ul ishni ongladi.

Kim bir oltunluq billuri la’lgui,

Yuz ming oltung’a sotibdur qalbi dun.

Gavhari beayn iqola ayladi,

Tuttiyu vajhin havola ayladi.

Habbasi yo’q erdi chunkim ko’rdilar,

Qalbni qin ostida ulturdilar».

LI

 

Tazarv uzri

Yena arz etti Tazarvi gul’uzor:

«K-ey hidoyat shevasida nomdor.

Men qushedurmenki qilmish husnu zeb,

Gulshan ichra suratimni dilfireb.

Tengri ro’zi husiu zeb etmish manga,

Lutfu ra’nolig’ nasib etmish manga.

Chunki ifroti jamolu xo’blug’,

Ayladi zohir manga mahbublug’.

Nozu istig’no bo’lib mahbub ishi,

Raij xo’b elg’a ravo tutmas kishi».

LII

 

Hudhud javobi Tazarvg’a

Dedi Hudhud: «K-ey xayoling bul’ajab,

Ham xisoling, ham maqoling bul’ajab.

Kimsa mundoq harf hargiz surmadi,

Uz jamolu husiidin lof urmadi.

Kelmagay bu so’z majonin xaylidin,

Jam’i go’lu tifloyin xaylidin.

Qahbalarkim hulla qilg’oy rang-rang,

Bu takallumdin alarga oru nang.

Kimsa bu da’viy muhaddas qilmag’oy,

Demoyin erkim, muxannas qilmag’oy.

Noqisekim sursa bu yanglig’ kalom,

Qo’ymag’on xushroq bu yo’l azmig’a gom.

Senki xotunlar kibisen xudpisand,

Yetkusi zotingg’a erlikdin gazand.

Er kirar er soniga himmat bila,

Er emas faxr aylag’on ziynat bila.

Erga xulqu fe’l erur zebu jamol,

Yangg’i zarkash hullasidur eski shol».

LIII

 

Hikoyat

«Tushtilar bir yo’l aro ikki rafiq,

Biri edi yo’lsiz, biri sohibtariq.

Biri noqisvash, biri komil sifot,

Onga Mudbir, munga Muqbil erdi ot,

Har biriga zot edi oti kibi,

Ul sifatkim, ot edi zoti kibi.

Muqbil aytur erdi ahlillohdin,

Dinda xayli komilu ogohdin.

Ahli nuqsondin edi Mudbirg’a so’z,

Uylakim but vasfidin kofirg’a so’z,

Dardu so’zi holdin ul nukta deb,

Lavnu zebu rangdin bu harza deb.

Toimayin bir-birlaridii hech bahr,

To namudor o’ldi bir farxunda shahr.

Ikkisi oni g’animat bildilar,

Bir-birisidin ravon oyrildilar.

Bu biriga ko’yi faqr erdi taraf,

Bo’ldi ul bir ozimi baytul-lataf,

Shah muni ko’rmakka keldi sarfaroz,

Ko’rguzub yuz hurmatu ajzu niyoz.

Onda erdi shahki, bog’lab ustivor

Mudbiri noqisravishni xoru zor.

Kelturub arz ettilar xayli asas,

Kim ichib bu kecha jam’i bulhavas.

Voqe’ o’lmish qonu bu bois emish,

Kim muni maqtul badhay’at, demish.

Muncha so’zga bu laimi xudpisand,

Onga xanjar birla etkurmish gazand.

Shoh eshitgach bo’ldi adl amrig’a xos,

Qildi Mudbirg’a ravon hukmi qasos.

Xudshikanga etti ul oliy maqom,

Xudnamo topti bu yanglig’ intiqom.

Uchqun o’ldi ozimi charxi barin,

Qoldi qozurot uza ishnar chibin».

LIV

 

Qorchig’oy uzri

Qorchig’oy qildi ayon guftorini,

Ko’rguzub changol ila minqorini:

«Kim, manga qushlar kibi ermas hisob,

Kim base qushlarg’a men molik riqob.

Muicha qushkim bo’ldi guftori sanga,

Bilki, tu’madurlar ul bori manga.

Zotima shahlar qo’li oromgoh,

Tu’ma har kun etkurub olimg’a shoh.

Qaysi qush qasdig’a ochsam paru bol,

Nasri toyir bo’lsa maxlasdur mahol.

Shahlar olinda topib bu e’tibor,

Shavkatim Simurg’cha bilfe’l bor.

Shah qo’li taxtimduru boshimda toj,

Yo’q manga Simurg’ sori ehtiyoj».

LV

 

Hudhud javobi Qorchig’oyg’a

Dedi Hudhud: «K-ey g’urur ilkida past,

Jahl ila g’aflatqa bo’lg’on zerdast.

Shoh ayog’ingga solib bandi azim,

Yo’qki shah, har qaysi sayyodi laim.

Ochlig’u bexoblig’ oncha berib —

Kim so’ngak uzra eting bori erib.

Yetkucha bir luqma et bedod ila,

Yeb ulus mag’zin o’kush faryod ila.

Tengri qism etkonni eb, ey zori dui,

Lek o’lub dunlarg’a muhtoju zabun.

Qaysi saydekim, sen oni ovlabon,

Qushchi tashlab tabl cholib qovlabop.

Sep o’zungdin bir zabunroq chun topib,

Ju’din bexud uchub, etgoch qopib.

Topshurub elga, itoat aylabon,

Qushchi bergonga qanoat aylabon.

Bu zabunluqlar bila muncha gazof,

Ham qilib izhor urg’on chog’da lof.

Gar hamiyat bo’lsa erdi yo uyot,

Bo’lmag’oy erdi uyotingdan hayot.

Lek chun nodonlig’ing g’olibdurur,

Nafs mundog’ yovag’a rog’ibdurur».

LVI

 

Hikoyat

«Ko’hie tog’ ichra bir oyig’ tutub,

O’rgatib erdi oni ko’p qon yutub.

Rom bo’lg’uncha eb erdi ul sayog’ —

Kunda YKKI qatla o’lguncha vyo»

Ochlng’ birla tayog’i behisob,

Ichu toshin aylabon bego’shu tob.

Uylakim solsa yog’och har chyaradast,

Uzga sori ul bo’lub tufroqqa past.

Ham eshiklarda o’yunchilnq etib,

Ham uyi sori o’tunchiliq etib.

Yuklabon egnida beandoza yuk,

k tashirdin qolmayin egnida tuk.

Har jafokim mumkin o’lg’ay tortibok,

Jahldin nafsida pindor ortibon.

Gah xayol aylabki qoplon boshini —

Yoichqoy otib makru udvon toshini.

Goh gumon ulkim, yo’luqsa sharza sher,

Tu’ma aylab qornkni yorib daler.

Bu sifat tu’ma hayol etti base,

Toki oxir bo’ldi itlar tu’masi.

Har zamon bu harza qilmoqin gumon,

Xalq ichynda sen hamoisen, ul hamon»,

LVII

 

Shunqorning uzri

Deydi Sung’ur: «K-ey ulusqa rohbar,

Lmringa tobe’ kelib ogohlar.

Manga haq bir rutba zohir aylamish

Kim bori qushlarga qodir aylamish.

Borcha shahlar chup mubohidur manga

Ism qushlar podshohidur manga.

Boshima oltun tumog’a toji zar,

Chun meni haq bo’yla qklmish to/kvar,

Sen chu voqifsen bori holotima,

Xayl aro hdm zotima ham otima.

Xub emas bir shah qo’yub boshig’a toj,

Uzga shahg’a zohir etmak ehtiyoj.

Shohlig’ oyinig’a roje’ bo’lay,

Nsvchun o’zga shohg’a tobe’ bo’lay?»

LVIII

 

Hudhud okavobi Shunqorg’a

Dedi Hudhud: «K-ey faqiri tiyra roy!

Bu xayoling zotinga vahshatfizoy.

Buki shahliqqa tahavvurdur sanga,

Bas ajab botil tasavvurdur sanga.

Ey baso zangiki, keldi tiyra zot,

Kim anga xalq ichra Kofur o’ldi ot.

Ism aro sultonu shah shoe’durur,

Bu bori arzolg’a voqe’durur.

Har kishi ermen debon ermu bo’lur,

Kelmas ishin ilkidin dermu bo’lur.

Qavmi nodonkim, degaylar, seni shoh,

Butni yo o’tni degondekdur iloh.

Zotinga shatranj shohidur adil,

Kim o’zidek o’trusidadur badil.

Ne shah o’lg’oykim, oni har dun xas —

Ko’kka eltib, erga urgay har nafas.

Ul shahu sen shah erur behad yiroq,

Bo’yla shahlig’din gadolig’ yaxshiroq».

LIX

 

Hikoyat

«Xisrave tarh etti bir farxunda sur,

Kishvar ahliga ayon bo’ldi surur,

Onda ziynat haddu poyondni fuzun,

Harnekim bo’lg’ay gumon, ondin fuzun.

Bog’ladilar mulkin oyin sar-basar,

Shahr elinda zebu tazyii sar-basar.

San’at ahli bog’labon bisyor toq,

Mehri ravshon avjidek yuz chor toq.

Ta’biya bog’lab baee ahli hunar,

Topib ondin mulku kishvar zebu far.

Ko’b ajuba zohir aylab ro’zgor,

Uz fusunidin bo’lub omo’zgor.

Har kishi la’be qilib kulmak uchun

Ishrat ortib, huzn o’ksulmak uchun.

Jam’ aro bir qaltabopi behayo,

Otin aylab podshohi bo’ryo.

Bo’ryodan sar-basar kisvat anga,

Sodog’u qalqon ila royat anga.

Uzidek yosab nechani yor sara,

Yo’q sara, necha laimi masxara.

Bazm maydopi alarg’a jilvagoh,

Zohir aylab bid’ate har dam taboh.

Uzni shohi kishvaroyii sog’inib,

Harne qilsa hazl ila chin sog’inib.

Chunki oxir bo’ldi suru ta’biya,

Tutti ul ablah o’ziga ta’ziya.

Chatr ila tojin boshig’a urdilar,

Bo’ryo to’nin buzub kuydurdilar.

Bo’ldi bu hangomadin ogahlig’i,

Kim tamasxur ermish oning shahlig’i»

LX

 

Burgut uzri

Kirdi Burgut o’rtag’a, ya’ni Uqob,

Dedi: — «Ey qushlar aro molikriqob!

Manga holat o’zga qushlardek emas,

Qumriyu bulbuldek el vasfim demas.

Savlatim mufritdurur, qahrim — yamon,

Tog’ mulki ichra menmen qahramon,

Necha kaklik tu’madur har kun manga,

Bo’lmasa bu, uyqu kelmas tun manga.

Tu’ma istab chun havo tuttum biyik,

Emin ermas ne quloiu ne kiyik.

Ulki bo’lg’ay bo’g’zi bu yanglig’ ulug’,

Yo’l netib qat’ aylag’oy bo’lmay ozug’.

Meni bu yo’lda qaiot ko’p soldi tut,

Qorin och qolg’och — yiqilib qoldi tut».

LXI

 

Hudhud javobi Burgutg’a

Dedi: Hudhud: «K-ey xadivi komkor,

Ko’rmagan bir sendek ahli ro’zgor.

Ham yigitlik vasfi loyiq zotinga,

Ham musallam pahlavonliq otinga.

Hayf bu minqoru changoling sening,

Farru shavkatlig’ paru boling sening.

Senki maqsud istoy, ey badnafsi dun,

Azm etordin bo’yla bo’lg’oysen zabun.

Ozim o’lmay yo’lg’a solg’oysen qanot,

Changu minqoru qanotingdin uyot.

Muncha birla o’zni tavsif etkosen,

Zo’ru shavkat birla ta’rif etkosen.

Pahlavonu qahramon ul bo’ldi, ul —

Kim kechib jonidin etkoy azmi yo’l».

LXII

 

Hikoyat

«Bor edi bir pahlavoni zo’rgar,

Behunarlig’ fannida sohibhunar.

Choshtgoh er erdi o’n botmon taom,

Yona muncha aylar erdi qut shom.

Bu ikki hangomning mobayni ham,

Yona muncha o’tlar erdi beshu kam.

Zo’rlar aylar edikim pili mast,

Qilsa topqay erdi andomi shikast.

Ittifoqo hodisoti ro’zgor

Mulk aro qildi buzug’lug’ oshkor.

Uylakim bo’lg’och ayon andoq balo,

Vojib o’ldi mulk ahlig’a jalo.

Xalq o’zga mulk azmi ettilar,

Jon ovuchlab bosh olibon kettilar.

Zo’rgar ham ayladi hamrohliq,

Yo’q anga yo’l ranjidin ogohliq.

G’o’l uzunroq tushti-yu obod yo’q,

Qilg’oli badnafs el nafsini to’q.

Zo’rgar chun toimadi bir kun g’izo,

Boshladi o’z holig’a tutmoq azo.

Chun ikkinchi kunga etti pahlavon,

Ketmish erdi jismidin tobu tavon

Lek uchunchi kun aiga bebarglik,

Ayladi zohir biyobon marglik.

Qat’ etib yo’lni yoyoq atfol ham,

Har taraf ikki bukulgon zol ham.

Ikki-uch kun tortibon ranju ano,

Ma’man ichra komlar topib yano.

Pahlavon topib bu mehnatdin shikast,

Uylakim bo’ldi ajal yo’linda past».

LXIII

 

Kuf uzri

Zohir etti ajz ahvolini Kuf:

«Kim erurmen men zaifu, yo’l — maxuf.

Utkaribmen umrni vayronada,

Boshima emrulgudek koshonada.

Barcha avqotim o’tub anduh ila,

Motam ahlidek fig’onu vuh ila.

Ganj umidiga fig’onlar ko’rguzub,

Lek ul ummid ila o’zni buzub.

Debki, garchi torttim umrumda ranj,

Bok emas bir kun nasibim bo’lsa ganj.

Menki ganj ummedidan devonamen,

Kecha-kunduz sokini vayronamen.

Bu uzun yo’ldin meni tutqil maof,

Men kimu Simurg’ birla Ko’hi Qof».

LXIV

 

Hudhud javobi Kufg’a

Dedi Hudhud: «K-ey ishing makru hiyal,

Qasdi joning aylabon to’li amal.

Yer tutub ko’nglungda ummidi mahol,

Kim vuqu’iga oning yo’q ehtimol.

Filmasal bilfarz topsang ham bu ganj,

Qil xayol, ey notavoni g’ussasanj.

Kim ne bo’lgay bahrang ondin juz balo,

Hardam o’zga g’amg’a bo’lmoq mubtalo.

Ul balolar birla o’lmak xoru zor,

Ganj tutmoq dushman ilkida qaror».

LXV

 

Hikoyat

«Bor edi bir mulk aro devonae,

Kecha-kunduz maskani vayronae.

Ganj umidi birla umrin o’tkozib,

Xar dam ul vayroia bir yonin qozib.

Ittifoqo baski chekti ranj ul,

Baxti bir kun ganjga boshqardi yo’l.

Bir eshik bo’ldi ayon naqbi aro

Kirdi ersa bir ulug’ ishratsaro.

Qirq xum onda Faridun ganjidek,

Yo’q Faridun, balki Qorun ganjidek

Ko’rmagidin telba etti tarki hush,

Yetti nogoh bir laimi saxtko’sh.

Ko’rdi ul vayronada devonani,

Hush zoyil qilg’uchi xumxonani.

Ko’rmay ul majnunni mujrim chekti TIR,

Qopini ganj uzra to’kti bedarig’.

Ganj erdi umre oning voyasi,

Bordi ganj ustida jon sarmoyasi».

LXVI

 

Humoy uzri

Boshladi uzrini sohibfar Humoy,

Dedi:— «Ey sargashtalarg’a rahnamoy,

Ondadur iqbolidin poyam mening,

Kim berur taxti sharaf soyam mening,

Zotima oncha sharaf bersa iloh,

Kim mening soyam gadoni qilsa shoh.

Men yana istamak; ya’niki ne?!

Uzni ranjur aylamak, ya’niki ne?

Qilmog’im xushroq havoe jilvagoh,

Bermagim coyamda shahlarg’a panoh»,

LXVII

 

Hudhud javobi Humoyg’a

Dedi Hudhud: «K-ey so’zung afsonae.

Kim oni qilg’oy bayon devonae.

Ulki zotingda balohat chog’lamish,

Sanga bu yanglig’ saqifa bog’lamish.

Kim etar soyangdin elga shohlig’,

Sanga bovar qildurub gumrohlig’.

Shohlar tarixikim mastur erur,

Qaysiming vasfida bu mazkur erur?!

Kim oni shoh aylamish soyaig sening,

Kim erur bu muddao voyang sening.

Bu g’alat afsona shod aylab seni,

Bo’yla fosid e’tiqod aylab seni.

Filmasal bo’lsa bu da’vo rost ham,

Kelsa sendin bu sifat bexost ham.

Bersa elga shohlig’ hayyi vadud,

Sen de borikim, sanga ondin ne sud?

Tu’mang itdek dasht aro qolg’on so’ngak,

Turfaroq bu ishki, qoqsholg’on so’ngak.

Bilgil, ey botil xayol ichra asir,

Kim erur holingg’a loyiq bu nazir».

LXVIII

 

Hikoyat

«Sohili Ummonda savdopesha xayl,

Bahr savdosida sudandesha xayl —

Bersalar besh-o’n diram, g’avvosi dun —

Bahr ichra solur o’zni sarnigun.

Jonni yuz ranj o’qiga aylab hadaf

Bahr qa’rinda iliklar bir sadaf.

Ul sadaf ichra agar ming donadur,

N agar xud bir duri shohonadur —

Kim erur ul shoh toji ravnaqi,

Ongla opi muzd berganning haqi.

Tojir olib ul sifat naqdi aziz,

Axz etib g’avvos bir-ikki pashiz.

Ul olib muzdu sanga ul dog’i yo’q,

It kibi aylab so’ngak nafsingni to’q.

Oqil ersang ko’p dema mundoq gazof,

Kim sarosar bu so’zung bordur xilof».

LXIX

 

O’rdak uzri

O’rdak og’oz etti: «K-ey farxunda zot,

Suv bila bo’lmish manga qoyim hayot.

Ondin oyru muztaribmen qayg’udin,

Uylakim tushkay yiroq bolig’ su(v)din.

Chun suv ichra zotima taskin bo’lub,

Pok domanlig’ manga oyin bo’lub.

Poklik chun suvdin ettim iktisob,

Loyiq o’ldi vasfima husnul-maob.

Bo’lmasam bir lahza orig’ suv aro,

Furqatida aylaram yuz mojaro.

Mavjdin sajjodani solib su(v)da,

Ko’rguzub maqsud yuz ul ko’zguda.

Suvdadur maqsuduma chun etmagim,

Bas xatodur o’zga yon azm etmagim».

LXX

 

Hudhud javobi O’rdakka

Dedi Hudhudkim: «Xato so’z keldi bu,

Kim deding, ey pok yub aqlingni su.

Suvg’akim sajjoda solibmen deding,

Chug’z holidin magar g’ofil eding.

Pok domailig’ qilibmen fan dema,

Uzni suvda g’ayri tardoman, dema.

Pok esang nedur sug’a cho’mmoq ishing,

Kecha-kunduz g’o’ta urmoq varzishing.

Fisq tuxmin nafs aro ulkim torir,

Suv aro har g’o’takim urdi orir.

Ne janobatdur bu-yu beboklik,

Kim cho’mub tun-kun etishmas poklik.

Er esang, ollingdadur bahru fano.

Cho’mgilu qilg’il o’zungni oshno».

LXXI

 

Hikoyat

«Hind daryosida erdi tojire,

Sudu savdo shevasida mohire.

Moyai savdo dimog’ig’a tushub,

G’arqi bahri fikr o’lurg’a yovushub.

Tutmayin bir mulkda o’n kun maqom,

Aylagach savdo su(v)g’a aylab xirom.

Pillar aylab erdi bu YaNGLIG’ safar,

Bahrni onglab har ofatdin mafar.

Makka atrofin suv ichra aylanib,

Farz ado etmay, yaqin etgoch yonib.

Xalq debkim, bo’l musharraf hajga ham,

Mayl bermay ul taraf hirsi diram.

Toki bir kun tushti daryo uzra mavj,

Kemaga er gah hazizu goh avj.

Bo’ldi tojir lujjai savdoda g’arq,

Lek bo’ldi kemasi daryoda g’arq.

Bermadi daryo xayoli hajg’a yo’l,

Toki bir boliqqa bo’ldi tu’ma ul».

LXXII

 

Tovuq uzri

Tovug’ etti bo’yla uzrin oshkor:

«K-ey tuyur ichra raisi tojdor.

Biz ikovga toj ro’zi qildi haq,

Lek har birga bir ish qildi nasaq.

Sanga aylab rohbarlig’ni ato,

Qildi qushlarg’a raisu peshvo.

Maiga berdi savti dilkash bardavom,

Elni toatqa tilarg’a subhu shom.

Ulki maxluq etti sun’i vahshu tayr,

Bizga taskin ro’zi etti, saiga — sayr.

Chun saromad keldi erlikda xuro’s,

Haq anga berdi necha zebo aro’s.

Tutti haryon sayr qilmog’din maof,

Ul kimu Simurg’ birla Ko’hi Qof?»

LXXIII

 

Hudhud javobi Tovug’qa

Dedi Hudhudkim: «Bu so’z bevajh emas,

Gar kishi bu so’zni holidin demas.

Bor oningdek qushki ochmay bolu iar,

Sidra shoxi ustida aylar maqar.

Qeldi xilvatgohi oning anjuman,

Sayr etar, lekin eri doim vatan.

Arshparvoz o’ldiyu sidranishin,

Zlga zohir aylamay parvoz ishin.

Ermas ul Simurg’din ayru dame,

Vaslidin ko’nglig’a o’zga olame.

Yetmayin jonig’a hajridin gazand,

Surati vaslida har dam naqshband.

Boshi uzra mavhibat toji oning,

Jilvagohi vasl me’roji oning.

Vasldin mamlu, vale dam asrabon,

G’ayrdin holini mubham asrabon.

Vasl yuz ming durridin ko’nglida jo’sh,

Lek o’lub og’zi sadaf yanglig’ xamo’sh.

Ul qush ermassen sen, ey xorijnavo,

Harzagardu harzago’yu behayo.

Fisqi mufrit kecha-kunduz varzishing

Bejihat g’avg’ou qichqirmoq ishing.

Yuz yamonlig’ birla shan’at aylabon,

Yaxshilarg’a o’zni nisbat aylabon.

Sustlug’lar birlakim qilding ayon,

Demagil o’zni xuro’s, ey mokiyon».

LXXIV

 

Qushlar o’z nisbatlarin Simurg’ga Hudhuddin so’rg’onlari

Har biri bir uzrkim qildi xitob,

Berdi chun Hudhud anga shofiy javob.

Nuktadin ojiz bo’lib ul lahza xayl,

Qilmadilar o’zga uzr ayturg’a mayl.

Barchani sargashta aylab za’f hol,

Muttafiq Hudhuddin etdilar savol:

«K-ey sening zoting rayosat gavhari,

Boshinga loyiq hidoyat afsari.

Sayr aro qat’i biyobon aylagan,

Tayyi maslak ulcha imkon aylagan.

Yo’l rijou xavfini bilgan tamom,

Xavfi islohida qilg’on ehtimom.

Biz guruhi ojizu zoru zabun,

Barchani xor aylabon baxti nigun.

Ko’nglumizga bo’lmag’on ravshai bu roz

Jahlimiz ko’ptin ko’lu, ilm-ozdin oz.

Zarradek sargashta ahvolu haqir,

Ul kamol avji uza mehri munir

Manzilatda charxi oliydin. rafe’,

Fushat ichra arsh azmidii vase’.

Ul kelib ortuq to’quz aflokdin,

Lek biz o’ksuk base xoshokdin.

Bizga oning birla nisbat ne ekin?

Ye bu nisbat ichra hikmat ne ekin?

Shohlar shohi kelib ul podshoh,

Biz gadolarning gadoyi xoki roh

Bizga ma’lum etki, bas majhul erur,

Aql oning idrokidin ma’zul erur.

Biz haqiru oliy oning hazrati,

Qatraning daryoga nedur nisbati?»

LXXV

 

Hudhud qushlarg’a javobi va Simurg’ zuhuridin xitob

Berdi Hudhud qavmg’a mundoq javob

Kim:—Ushal shohanshahi olijanob.

Ganje erdi, lek maxfiy zot anga,

Yeshurun husn erdi, kun-mir’ot anga.

Uz zuhurin chun tamanno ayladi,

Chiqti-yu avval tajallo ayladi.

Bu tajallosi aro xurshedvor,

Yuz tuman ming soya soldi oshkor.

Soyakim pokiza bo’ldi jilvagar,

Ayladi ul soyag’a ko’prak nazar.

Barcha olam qushlarining surati,

Bilgil, oning soyai purhikmati.

Chun muhaqqaq bo’ldi bu hikmat sanga,

Bo’ldi tuz Simurg’ ila nisbat sanga.

Bu senga ma’lum chun bo’ldi yaqin,

Fosh qilma rozni, ey xurdabin.

Kimga bu kashf o’ldi mustag’raqdur ul,

«Hoshalilloh!» kim degaysenhaqdur ul.

Haqqa mustag’raq ne bo’lsun haq demak,

Bo’lg’ay oni haqqa mustag’raq demak.

Sen chu fahm ettingki, kimga soyasen,

Uz yaqiningda qaviy sarmoyasen.

Soya istay bo’lmasa gar jilvagar,

Bilki Simurg’ o’lmas erdi soyavar.

Uzni Simurg’ istasa erdi nihon,

Soyasi bo’lmas edi hargiz ayon.

Soyaafkanning vujudidin dalil,

Soya zohir bo’lmog’in tahqiq bil.

Ko’zlaring Simurg’bin gar bo’lmag’ay,

Ko’zgudek ko’nglung munavvar bo’lmag’ay.

Kimki ul yuzni ko’rar, ko’r ko’z emas,

Har nekim der g’ayr — ortuq so’z emas.

Istadi husnig’a oshiqlig’ni fosh,

Ko’zgu paydo qildi andoqkim quyosh.

Toki onda jilvai noz aylagay,

Husnig’a oshiqlik og’oz aylagay.

Bo’ldi ul ko’zgu ko’ngul, ey ahli dil,

Kim haq anda jilva aylar muttassh’

Ul qilibon jilvai husn oshkor,

Sen ko’ngul birla anga oinador».

LXXVI

 

Ul shoh hikoyatikim husnini zohir qilurg’a ko’zguni vosita qildi

Bor edi shohe jamol avjida moh,

Moh paykarlar — sipah, ul erdi shoh.

Qomatidin sarvg’a afkandalik,

Orazidin mehrg’a sharmandalik.

Olam oshubi kelib ruxsorasi,

Muhlik ul ruxsorining nazzorasi.

Husni g’avg’osi jahon ichra tushub,

Ishqining yag’mosi jon ichra tushub.

Onchakim husni jahonoro anga,

Yuz ming oncha nozu istig’no anga.

Chiqsa gohi otlanib maydon aro,

Solsa erdi raxshini javlon aro.

Har kishi oliga kelsa ul zamon,

Husnini ko’rmak hamon,o’lmak hamon.

Bo’lmish zrdi o’lg’on eldin band yo’l,

Sayr etib yong’uncha javlongohin ul.

Husnidin ofoq aro g’avg’o edi,

Zulmidin jon mulkiga yagmo edi.

Xalq behad qatlidin topti malol,

Elga yuz ko’rguzmagiN qildi xayol.

Ko’zgu hukm ettiki paydo qildilar,

Taxti olinda muhayyo qildilar.

Qasri olinda yasatti maizare,

bnda nasb etti chu ravshan axtare.

Uzi husnig’a nazar solur edi,

Bahra el ham aksidin olur edy.

To bu yanglig’ ko’zgu tartib etmadi,

Husnidin nozirg’a bahra etmadi.

Ham o’zi husnidin o’ldi bahravar,

Bahra ham topti onga qilg’on nazar.

Sen bu ko’zguni ko’ngul qilg’il xayol,

Kim solur aksini onda ul jamol.

Qasri — tan, onda ko’ngulni ko’zgu bil,

Ko’zguda shah husnini nazzora qil.

Bermayin bu kuzguga avval jilo,

Aks anda solmag’ay ul podshoh.

Onglag’il ul husn aksin ko’zguda,

Sen tamoshosig’a turg’on o’truda.

Ko’zgu ravshanroq necha qilsa zuhur,

Zohir o’lg’ay aks onda bequsur. 


آچار سؤزلر : اؤزبک, اؤزبکجه, علیشیر نوایی, تورکی, تورک دونیاسی,