layli va majnun
Amir Alisher Navoiy
I
Ey yaxshi oting bila sarog’oz,
Anjomig’akim etar har og’oz(1).
Ey sendin ulus xujasta farjom,
Og’ozingga aql toimay anjom.
Ey aqlg’a foizi maoniy,
Boqiysenu borcha xalq foniy.
Ey elga adam baqoni aylab,
Zotingg’a fanoni foni aylab,
Ey ilmingg’a g’ayb sirri ma’lum,
Mavjudsen, o’zga borcha ma’dum.
Ey yo’q qilibon adamni budung,
Yo’qlug’ni adam qilib vujudung.
Ey husnni dilpazir qilg’on,
El ko’nglin anga asir qilg’on.
Ey husng’a aylaganni shaydo,
Majnunlug’ ila qilib huvaydo,
Ey ishq o’tin aylagan jahonso’z,
Har bir shararini xonumonso’z,
Ey o’rtab ul o’tqa xonumonlar,
Ne xonu ne monki, jismu jonlar,
Ey kimniki aylabon parivash,
Majnun anga yuz asiri g’amkash,
Ey kimni qilib parig’a Majnun,
Ashki suyin oqizib jigargun.
Ey har sorikim qilib tajalli,
Ul mazhar o’lub jahonda Layli.