Go’ro’g’lining tug’ilishi
Bir vaqtlar Turkman eli Urganchga qarar edi. Zamonlar ag'darilib, Urganch podsholigi barham topib, Urganchda bir podsho turadigan bo'lib qoldi. Undan keyin taka, yovmit, ersari, ko'klang turkmanlarining oqsoqollari bir joyga yig'ilib, Og'alibek deganni podsho ko'tarib, Yovmitni o'rtaliq, deb Yovmitda bir qulay joyni Og'alibekka o'rda qilib berib, bozor yurgizdirib qo'ydilar. Turkman chochuv o'tirganligi sababli qizilboshlar har doim turkmanga yov bo'lib kelib, bu yog'idan, u yog'idan talab, mol, odam o'lja qilib ketar edi. Og'alibek hcch qizilboshning uddasidan chiqa bilmas edi. Og'alibekning Gajdumbek, Hasanbek, Ahmadbek degan uch o'g'li bor edi. Gajdumbek bilan Hasanbek, otasi Og'alibekning qirq yigitlari el qo'rib yurar edi, Ahmadbek bo'lsa, hali yosh edi.
Kunlardan bir kun qizilbosh yurtidan bir katta yov kelib, turkmanni ko'p ovora qilib, Og'alibekni o'Idirib, turkmandan o'g'il-qiz asir qilib ketdi. Shu taloto'pda Gajdumbek bilan Hasanbek ham bandi bo'lib ketgan edi. Qizilboshlaming podshosi Xunxorshoh Gajdumbek bilan Hasanbekni tekshirib, Og'alibekning o'g'illari ekanini bilib: "Turkmanning belgili o'g'lonlari ekan, bularning orqasidan elati oyoqqa turmasin", deb xavf qilib, Gajdumbek bilan Hasanbekni ozod qilib, yurtidagi bir to'da ozod qilingan turkmanlarga Gajdumbekni boshliq qilib, shaharning bir chctidagi qo'riqni bularga yer qilib berdi. Shu yerda Gajdumbek bir to'da turkmanga bosh bo'lib, bechorachilik bilan tinch yashay berdi. Hasanbek bo'lsa, bir to'da mol qilib, boy bo'lib, qo'riqda turkmanlar bilan yashar edi. Gajdumbek bo'lsa, shaharda turib, har zamonda qo'riqqa kelib-ketib turar edi. Bular shu ahvolda qizilbosh yurtida yashay bersin. Endi turkman yurtidan cshiting.
Og'alibek o'ldirilgandan keyin turkman yurti yana bepodsho qolib, elat oqsoqollari yig'ilib, Jig'alibek degan bittasini podsho ko'tardilar. Ammo Jig'alibek juda qari odam edi. Uning Ravshanbek degan bir yosh o'g'li bor edi. Ravshanbek kattarib yigit bo'lib, qirq yigit bilan elat qo'riydigan bo'ldi. Endi gapni Xunxordan cshiting.
"Turkmanlar yana tiklanib, Jig'alibek deganni podsho ko'tarib, yana qirq yigit qilib, elat qo'ritib yur-gan cmish, — deb eshitib, — shu turkmanlarni toza o'zimga qaratib, boj-xiroj to'latib qo'ymasam", — deb juda ko'p qo'shin qilib, turkmanga bostirib kelib, Ravshanbekni ushlab, bandi qilib, ming-minglab molini o'lja qilib, haydab keta berdi. Shunda Jig'alibek qizilboshning sarkardalariga qarab aljirab, dovdirab:" Endi meni ham o'ldiringlar. Men to tirikman, sizlarga xiroj bermayman", — dedi. Qizilboshlar Jig'alibekni o'Idirib, Og'alibekning o'g'li Ahmadbekni toptirib kelib: " Sen Xunxorshoh tomonidan turkmanga bek bo'lib, boj-xirojini Xunxorshohga vaqtida yetkazib turasan", — deb, Ahmadbek qo'rqqanidan rozi bo'lib, turkman yurtiga sardor qilib tayinlandi. Ahmad sardor turkmanda sardor bo'lib tursin. Endi so'zni Ravshanbekdan eshiting.
Ravshanbekni qizilboshlar yalangbosh, yalangoyoq bog'lab, ot hukmida haydab, yurak-bag'rin dog'lab, qamchi urib, ilingan joyini qonatib borayotir. Shunda Ravshan oldida bir madad qilgudek kimsi topmay, avvali xudo, duyumi pirlarga sig'inib, zor-zor yig’lab, bir so'z dedi:
Barchani yaratgan xudoy,
Bandi qildi Xunxor meni,
Och ofatday balolardan,
Zolimlardan qutqar meni.
Bari choqo qizilboshlar,
Qamchi urib ko'zni yoshlar,
Shafqati yo'q bag'ri toshlar,
Jafosidan qutqar meni.
So'z bilmayin lolulashar,
Ko'zlarin kosasi toshar,
llg'orlashib tog'dan oshar,
Badbaxtlardan qutqar meni.
Yuray deyman, yurak dog'li,
Uray desam, qo'lim bog'li,.
Qonlar yutdi bekning o'g'li,
Qizilboshdan qutqar meni
Choryorlar madad qiling,
Komil pirlar qo'lim oling,
Ojiz qulni yo'lga soling,
Urganj pirim hozir bo'ling.
Qoldim ofat o'rtasida,
Bui ham ko'nglim xatosi-da.
Qo'lim dushman po'tasida,
Bandilikdan qutqar meni.
Ravshan yig'lab, qilur nola,
Haq Rasul, rahm et bu hola,
Qamchi o'qtalar qadala,
Yomonlardan qutqar meni.
So'z bilmayin lolulashar,
Ko'zlarin kosasi toshar,
llg'orlashib tog'dan oshar,
Badbaxtlardan qutqar meni
Ravshanbckning qo'l-oyog'i qonab, ot hukmida zor-zor yig'lab, piyoda bandi bo'lib ketib borayotibdi. Xonasi kuygur qizilboshlar Ravshanbekning dod-voyiga quloq solmay, undan battar qamchilab, boshi demay, oyog'i demay yasab borayotir. Shunda Ravshanbek o'z holiga o'zi xo'rianib, zor-zor yig'lab, bir so'z deb borayotir.
Ne savdolar tushdi mening boshima,
Hech kim rahm aylamas ko'zda yoshima,
Hasrat o'ti urdi ich-u tashima,
Qizilboshga bandi bo'ldim, naylayin
Ko'paylashib ikki qo'lim bog'ladi,
Lolulashib bag'ri-dilim dog'ladi,
Chalqayib o'zlarin baland chog'ladi,
Qizilboshga bandi bo'ldim, naylayin.
Qizilboshi ekan g'alcha, til bilmas,
G'ajir boyqush ekan, aytganni qilmas,
Taltayib turkmanni ko'zlarga ilmas,
Qizilboshga bandi bo'ldim, naylayin.
Qizilboshi ekan avbosh, bachchag'ar,
Bir zangi sifatli, ko'zlari chog'ar,
Ban birday aqli kalta enag'ar,
Qizilboshga bandi bo'ldim, naylayin.
Qizilboshi ekan ola ko'zlilar,
Kimligini bilmas osha so'zlilar,
Tishlari oqchigan, qora yuzlilar,
Qizilboshga bandi bo'ldim, naylayin.
Yakkalashsa kelar cdi zo'rligim,
Vodarig'o, ko'rsatmadim erligim,
Asir qolib, keldi qattiq xo'rligim,
Qizilboshga bandi bo'ldim, naylayin.
Dushmanimdan olarmanmi orimni,
Eshitmaydi bular qilgan zorimni,
Bek Ravshan der yetirmisham korimni,
Qizilboshga bandi bo'ldim, naylayin.
Ravshanbek bechora yig'lab borayotir. Sonsiz-sanoqsiz qizilbosh boshing demay, oyog'ing demay Ravshanbekni yasab urib borayotir.
Tashvish tushar mard yigitning boshiga,
Lolulashib dushman tegra-do'shiga,
Qonlar oqib tushib ko'z-u qoshiga,
Hay, attang-ey, bckning o'g'li boradi
.
Sitam ko'rgan ko'ngil moyday qoradi(r),
Yolg'izlikda dardin kimga yoradi,
Tez yurgin, deb qizilboshlar uradi,
Ravshan shuytib bandi bo'lib boradi.
Biyobonda tashna bo'lib boradi,
Xafalidan bag'ri to'Iib boradi.
G'azab tortib rangi so'lib boradi,
Shuytib Ravshan bandi bo'lib boradi.
Oyog'idan qumlar botib boradi,
Ayroliq dardini totib boradi,
Piyoda tanglayi qotib boradi,
Shuytib Ravshan bandi bo'lib boradi.
Yelkasidan dushman do'nib boradi,
Misli g'ajir go'shtga qo'nib boradi,
Shuytib Ravshan bandi bo'lib boradi.
Qizilbosh oldida yo'rtib izillab,
Orqasiga boqsa dushman bizillab,
Bosh-oyoqdan qamchi zarbi jazillab,
Shuytib Ravshan bandi bo'lib boradi.
Tosh qattimi, bosh qattimi. yoronlar,
Yuragida cho'kib yotar armonlar,
Bizga ham yetarmi yana davronlar,
Deyib Ravshan bandi bo4 lib boradi.
Bandargoh-bandargoh bellardan oshdi,
Har nechuk savdoga ko'nikkan boshdi(r),
Necha manil shabgir tortib, yo'l yurib,
Asqar tog'ning bag'riga yetishdi.
Endi bek Ravshanning bag'ri qon bo'ldi,
Turkman cho'li jovlik namoyon bo'ldi,
Navbat keldi, dushman qahramon bo'ldi,
Ozod bo'lmoq dardi dargumon bo'ldi.
Quloq soling suxanvaming tiliga,
Kim chidaydi ayroliqning hiliga,
Bek Ravshanni haydab jami qizilbosh.
Chiqib bordi Asqar tog'ning beliga.
Dardmand kimsaning ko'ngli yaradi(r),
Eronlik dushmanning ichi qoradi(r),
O'sgan eling endi qoldi orqada.
Holing qanday deb Ravshandan so'radi.
Shunda qizilboshlar bek Ravshanga qarab:" Endi o'sgan elingdan ayrilayotirsan, bachchag'ar turkman. Shu tog'ning ustidan yurtingga bir qarab ol. Ikkinchi bu yoqlarni ko'rmaysan, tag'i armonda ketma", — dedilar. Shunda bek Ravshan qizilboshlarga qarab: " E, lovullashgan aqli kaltalar, hali turkman to'planar, elatlaringga tuman qoplanar. "Arab o'chini qirq yilda olibdi", deganday turkmanga ham navbat kelar. Bek Ravshan qo'lingda abadiy qolmas", — deb dadil turib, dushmanlarga qarab, mo'ylovini burab, bir so'z dedi:
Bu tog'laming qalin ekan tumani,
Bizni tutmoq doim dushman gumoni,
Bu baxtga eltgani turkman polvoni,
Ado bo'lmas bu dalaning sirtloni.
Dam bu damdir, o'zga damni dam dema,
Hali turkman savlatini kam dema,
Kuchlarimman bu elatni dim dema,
Hali zamon tug'ilar g'o'chlar zamoni.
Har turkmanlar chiqar yovning qasdida,
Arabi tulporlar o'ynab ostida,
Po'lat nayza yarqillashib dastida,
Urush bo'lar shu Badbaxtning ustida.
Qizilbosh deganga nayza sanchilar,
Maydon ichida qolib loshi yanchilar,
O'ch olgan so'ng ha demayin ustingdan,
Og'iz kerib g'ing deyishlaring tinchilar.
G'idinglab ko'pshitma og'iz o'rtingni,
Burama, bachchagar, ha deb murtingni,
Eson bo'lsam elatingning, yurtingning
Tuprog'ini sovurganim ko'rasan.
Bahor bo'lsa bulbul qo'nar guliga,
Qo'shiq aytar muqom tashlab tiliga,
Qizlaring keltirib turkman eliga,
Cho'ri qilib quchganimni ko'rasan.
Jang kuni qo'zg'alar mardning g'ayrati,
Yig'ilib jam bo'lar turkman elati,
Yetib kelar qasos olmoq navbati,
Shunda qirib-jo'yganimni ko'rasan.
Kakliklar charx urar tog'-u qiyada,
Hayday ber, hayday bcr poy-u piyoda,
Qachon bo'lsa turkman sendan ziyoda,
Katta qirg'in qilganida ko'rasan.
Maqtanma, qizilbosh, chirkin gandasan
G'ayridinsan, lot-manotga bandasan.
Ha dcmasdan joning bo'lsa tandasan,
Turkman chovut solganini ko'rasan.
Bek Ravshan qo'rqmaydi pishak do'g'idan,
Nomard panoh istar sening oyg'ingdan,
Hali zamon turkmanlar o'rab sog'ingdan,
Haydab olib ketganida ko'rasan.
Ana endi bek Ravshandan qizilboshlar bu so'zlarni eshitib: "Voh, enag'arning damining balandligini-yey. O'zi o'limga hukm bo'lib turib, aytgan yirik gaplariga qarang. Buni shu yerda chopib tashlasak, o'ljamizni bepul yo'q qilgan bo'lamiz, ham Xunxoming g'azabiga qolamiz. Undan ko'ra buni tezroq Xunxorga topshirib, mukofotini olish kerak. Cho'lda og'zi beo'lchov o'sib, har nimani gap deb o'tlab yur-gan sahroyi turkman-da", — deyishib, bek Ravshanni urib-yasab, nar yoqqa endirib, haydab keta berdi.
Achchiq qamchi berib Ravshan soniga,
Aslo rahm aylamay yig'laganiga,
O'chakishib-o'chakishib haydadi,
Qo'l-u oyog'ini bo'yab qoniga.
Qamchi urar boqmay ko'z-u boshiga,
Shalha bo'lib, badanlari zirqirab,
Isitma chiqadi ichdan tashiga.
Hay, attang-ay, alam tushdi boshiga,
Qizilbosh aylanib tegra-do'shiga,
Tez yurgin, ey, bachchag'ar, deb haydadi,
Rahm aylamay ko'zdan oqqan yoshiga.
Ariq kelsa juppay qilib sakratdi,
Uvat kelsa, yur, deb nayzaman turtdi
Ko'r sichqonday bekning o'g'Ii bechora,
Sonsiz qizilboshning oldida yo'rtdi.
Oyog'idan shuvoq boshi qon bo'ldi,
Ko'rgulikni ko'rgan g'aribjon bo'ldi.
Ot hukmida yura-yura Ravshanga
Buldirab bir shahar namoyon bo'ldi.
Qizilbosh maqtanib borar shanqayib
Ravshan kctar qarab og'zi anqayib,
Bir shahar ko'rindi changib uzoqdan,
Minorlari, peshtoqlari qanqayib.
Kim yaxshi, kim yomon olio biladi,
G'amlik, shodlik mard boshiga keladi.
Minor, pcshtoqdan so'ng oli binolar,
Ilgari borgan sayin yaqin bo'ladi.
Qizilbosh ko'nglini cndi tindirdi,
Nos chckib tuflashib kayfin qondirdi,
Yalang oyoq, yalang bosh qip Ravshanni,
Qamchi urib bcrgi betdan cndirdi.
Qarab bo'lmas qizilboshning ko'rkiga,
Xina suykab soch-u soqol, bo'rkiga,
lek Ravshanni darvozadan kirgizib,
Haydab bordi shaharining arkiga.
Ana endi qizilboshlar Ravshanbckni shahar arkining tubiga haydab bordilar. Bu yerda bandi bo'lgan boshqa ko'p turkmanlar ham bor ckan. Ularga bir boshliq arkdan tushib, bitta-bittadan qo'llariga ozod xati tutqazib: "Sizlar falon qo'riqqa borib, Gajdumbckning ixtiyorida dchqonchilik qilasizlar", -- deb bir navkarga qo'shib yubordi. Navbat Ravshanbckka kelib: "Sen ham tavba qilib, uzr so'ra. Senga ham ozod xati olib berib, qo'riqqa — og'aynilaringning qoshiga yuborayin, — dedi. Shunda Ravshanbck Xunxoming vakiliga qarab, men o'lsam ham dushmanga tovba qilib, yalinmayman", — deb bir so'z aytdi:
Badbaxtning tog'lari baland qiyama,
O'laman deb mard so'zidan toyama.
Men u aytgan qo'rqog'ingdan emasman,
Qo'lingdan kelganin qilgin, ayama,
Elatingga asir bo'lib kclaman,
Navbat kelib bir kun o'chim olaman,
Qizilboshga yalingandan bilib qo'y,
Ajalimdan besh kun burun o'laman.
Imon bormi sening asli dilingda.
Gerdayib maqtanmoq bordir tilingda.
Meni bo'yin qo'yadi deb o'ylama,
Ayama, turibman mana qo'lingda.
Qizilboshning ko'ngli qattiq tosh kelar,
Chin yig'lasa, so'qir ko'zdan yosh kelar,
Do'g'laganing qari-qartang kasalmand,
Qartanglaming yuragi po'k-bo'sh kelar,
Xunxoringga clanmaklik xush kelar.
Bek Ravshan sira ham yonin bermaydi,
O'lmasa, dushmanga qilich bermaydi,
Lolulashgan cronlikning barini,
O'ymalashgan chumolicha ko'rmaydi.
Bu so'zni eshitib, Xunxor shohning vakili: "Bu juda bir o'r turkman ekan", — deb arkka chiqib, Ravshanbckning qui qilib sotilishiga hukmnoma olib kelib, bek Ravshanni tutib borgan qizilboshlarga bcrdi. Xunxorshohning rasmida asirni kim kcltirsa, o'sha sotishga haqli edi. Ana endi bek Ravshanni tutib keltirgan qizilboshlar qulning belgisi uchun Ravshanbckka cho'chchayma kalapo'sh kiydirib, qui bozoriga qarab haydab keta berdi. Ana endi shuytib qizilboshlar Ravshanbckni qui bozoriga olib bora bersin, bir-ikki og'iz so'zni Hiloloydan eshiting.
Hiloloy Gajdumbekning ota bir, ena boshqa singlisi edi. Gajdumbeklar asir bo'lib Xunxorga kelgan vaqtida besh yashar qizcha bo'lib, turkmanda bo'lganini esma-cs bilar edi. Hozir Hiloloy shipday bo'lib, bo'y yetib qolgan edi. O'zidan o'zi darvozaning shanlog'idan Hiloloyning ko'zi ko'chaga tushib qolib, bir to'da qizilboshlarning bir turkman yigitini qui qilib sotmoq uchun haydab o'tayotganini ko'rib, Ravshanbckni qizilboshlarning haydab borayotganda, bir tomondan, Hiloloyning ichi achib, rahmi kelsa, bir tomondan, asli turkman yigiti ko'ziga issiq ko'rinib ketdi. Hiloloy qanday, ko'zlari cho'lponday, qosh-lari kamonday, o'zi barno, aqli raso, hamma narsaga fahmi yetadi. Shunda Hiloloy: "Bu sho'rlik turkman yigiti qizilboshlarga bandi bo'lgan ckan. U turkman yigiti emasmi, Xunxorning arkida tovba qilmay, do'ng bo'yinlik qilgan ekan. Shuytib buni bozorga eltib, qui qilib sotishga buyurgan ekan. Endi bu bechora turkman yigitini qizilbosh qui qilib bozorda sotadi. Bir zolim qizilbosh sotib olib, bo'rbayiga yontoq bilan urib, azobini bcrib ishlatadi. Endi men Gajdumbek akamga aytayin. Hovlida xizmatkor yo'q, bugun bir qui sotib oling, deyayin. Akam bozorga borib shu turkman yigitga ko'zi tushar. Xudo ko'ngliga bir rahm solsa, shu turkman yigitini sotib olib kcltirsa. Hovlimizda ko'p azob ko'rmay, musofir bo'lmay yurar edi", — deb bundan ham boshqa bir qancha shirin o'ylarni o'ylab turgan edi. Qarasa, Gajdumbek beliga malla po'tasi-ni bog'lab, sufadan turib, nosini tuflab, bozorga bormoqqa rav bo'la berdi. Shunda Hiloloy Gajdumbek akasiga qarab, bir so'z dedi:
Erta turib zar kokilim tarayman,
Qiz boshimman mol-u holga qarayman,
Katta hovli yumushi zo'r, akajon,
Bu hovliga bir xizmatkor so'rayman.
Ayvon-ayvon baytaling bor, oting bor,
Jiyrondan, samandan xonazoding bor.
Xunxorga har choshka salom-doding bor,
Bu hovliga bir xizmatkor so'rayman.
Sen chiqsang ko'chaga, bunda qolaman,
Mol-u holga beda-somon solaman,
Bo'shasam yangamning ishin olaman,
Shunday qilib, aka, juda tolaman,
Bu hovliga bir xizmatkor so'rayman.
Bilaman qizilbosh bunda kclmaydi,
Kelib turib bizga xizmat qilmaydi.
Ular biz turkmanni ko'zga ilmaydi.
Bu tashvishlar xizmatkorsiz bo'lmaydi.
Shu sababdan borib bir qui olsangiz
Olib kelib bunda tamg'a solsangiz
G'arib mushtiparman, ko'nglim olsangiz,
Bu hovliga bir xizmatkor so'rayin.
Yig'laydi Hiloloy, g'arib bechora,
Aka, aylang bugun holimga chora,
Bir qui oling, rahm aylab men zora,
Xizmatdan toliqib bo'ldim ovora.
Gajdumbek o'ylasa, Hiloloyning so'zi ma'qul: "Axir, Hiloloy bo'y yetgan bir qiz bo'lsa, hovli to'la ot, qoramol. Bu mollarga qarasinmi, yangasining ishiga yordam bersinmi. Ey, o'zim hamiyatsizman, bittadan bitta o'gay singlim bor ekan, buni shunchalik ovora qilibman, uyatini tashlab, o'zi tilga kelibdi. Hay, attang, qizilboshlar bizga xizmat qilmasa, bozordan qui sotib olgani pulim yo'qmi", — deb Hiloloyga qarab, Gajdumbek bir so'z dedi:
Mayli, bugun senga bir qui keltiray,
Aslo xafa bo'lma, jonim Hiloloy,
Shikasta ko'nglingni obod aylayin
Aslo xafa bo'lma, jonim Hiloloy.
Musofir yurtinda boshim tumanda.
G'ayri yurti qursin osha yomon-da,
Bu ellarda boshing bo'lsin omonda,
Aslo xafa bo'lma, jonim Hiloloy.
Aqling kamolinda, to'liq yoshingda,
G'am-alam saqlama aziz boshingda
Gajdum, Hasan og'ang bordir qoshingda,
Aslo xafa bo'lma, jonim Hiloloy.
Kamliging yo'q qaddu qomat, ko'rikda,
Adashmaysan har bir yo'li yo'riqda.
Kal-u ko'r og'ayning yashar qo'riqda,
Aslo xafa bo'lma, jonim Hiloloy.
Dam bu damdir, o'zga damni dam demas,
Mard boshiga qayg'u tushsa, g'am yemas,
Boyligim ham hech kimsadan kam cmas,
Aslo xafa bo'lma, jonim Hiloloy.
Suluv qizlar shoyi kiyib shaylansin,
Doimo g'animning qo'li boylansin.
Aslo xafa bo'lma, jonim Hiloloy.
Bir boshingdan o'ttiz ming qui aylansin.
— Xafa bo'lma, singlim. Sen aytding, men qilmadimmi? Ana endi bugun aytding, agar bozorda qui ming tilla bo'lsa ham senga bir qui yo bir cho'ri olib kelib berganim bo'lsin, — deb Gajdumbek uyiga qaytib kirib, ming tillani sanab, bir qo'sh xaltaga solib, qo'sh xaltani beldagi po'tasiga qistirib, bozorga chiqib, darrov bozordan mayda-chuyda ishlarini bitirib, go'sht, guruch, sabzi, piyoz, choy, qalampirlarni xurjuniga solib, bir qog'oz nosni boshiga qistirib, katikdan aylanib qui bozoriga o'tdi. Ana shunda Ravshanbekni qizilboshlar to'rt yuz tanga, xaridorlar bo'lsa, uch yuz tanga, deb turibdi. Gajdumbek shun-day aylanib, bozordagi qullarga birma-bir qarab o'tayotib, ko'zi Ravshanbekka tushdi. Qarasa, bir to'da qizilbosh bir turkman bolani qui bozorga solib o'tiribdi. Har zamonda Xunxorga tovba qilmagan bitta-yarimta qui qilib sotilganini ko'rib yurgan Gajdumbek bu ishga taajjub qilmadi ham. Lekin qui olaman, deb kclganligj uchun shu turkman yigitning qoshidan naryoqqa o'tib ketgusi kclmay qolib, qizilboshlarga qarab, Ravshanning narxini so'rab, bir so'z dedi:
Eshitinglar, bozordagi savdogar,
Shu qulga bo'ldim, do'stlar, talabgor,
Oq ko'ngilman bul bachchaga xaridor,
Ayt narxini, puling sanab berayin.
Yarashiqqa zarrin po'ta o'rayin,
Amalim bor, shomurtimni burayin,
Shu bachchaning bahosini so'rayin,
Ayt narxini, puling sanab berayin.
O'lmasam dunyoda davron surayin,
Ko'p yashayin, ko'p yilgacha turayin,
Men ham endi qui ishlatib ko'rayin,
Ayt narxini, puling sanab berayin.
Hovli-haram qildim Xunxor elidan,
So'z olinglar boshchi dallol tilidan,
Kclgan o'xshar oshib Badbaxt belidan,
Ayt narxini, puling sanab berayin.
Eshiting, yoronlar, aytgan so'zimni,
Gajdumbek jibachi deydi o'zimni,
Shu turkman bachchaga tikdim ko'zimni,
Ayt narxini, puling sanab berayin.
Shunda dallolboshi kelib: "Hov, Gajdumbek, bu qulning narxi to'rt yuz tanga bo'lsa ham, lekin sizga ming tillaga sotiladi. Nega desangiz, turkman turkmanni qui qilib olgani uchun", — dedi. Gajdumbek ming tillani qizilboshlarga sanab berib, vasiqasini yozdirib, qizilbosh qozisiga muhr bostirib, qulni o'ziniki qilib olgandan keyin turkman bachchani qizilboshlarga ta'riflab, bir so'z dedi:
Bugun kushod bo'ldi baxtim savdosi,
Gavharga arziydi turkman bahosi,
Yoronlar, yo'qdir so'zimning xatosi,
Shukur, bo'ldim xaridori bu qulning
Bu qulning bir tuki arzir ming qulga,
I urkmanning izlari tcnglashmas pulga,
Egam boshlab meni shu to'g'ri yo'Iga,
Shukur, bo'ldim xaridori bu qulning.
Bu qulning oy bilan tengdir jamoli,
Yo boimasa, ko'kda oftob misoli.
Ko'ngil qulfing ursa jo'ra bo'lali,
Shukur, bo'ldim xaridori bu qulning.
Bu qulning issiqdir husn yulduzi
Umidman charaqlar chaqmoqday ko'zi,
Takami, yovmitmi, ko'klangmi o'zi,
Shukur, bo'ldim xaridori bu qulning.
Gajdumbek uyg'ondi bugun o'ngidan,
Shodliklar kclgayda g'amim so'ngidan,
Ayroliq yurtida tcngi-tengidan,
Shukur, bo'ldim xaridori bu qulning.
Ana shuytib, Gajdumbek Ravshanbekni yctaklab, qui bozoridan olib chiqib, yo'lda ismi-zotini so'radi. Ravshan: "Ismim Ravshan, yovmitlikman. Jig'alibekning bel bolasi bo'Iaman. Qirq yigit bilan el qo'rib yurar edim. Xunxorning bir to'da askariga asir tushib, bunda kelib, sizga qui qilib sotildim. Boya dalloldan cshitishimga qaraganda, siz ham turkman ckansiz. Meni qizilboshga qui qilmay, o'z bovrim turkmanga qui qilganiga shukur. Endi bu musofir yurtda men sizga qui, siz menga xo'ja", — deb zor-zor yig'Iab, Ravshanbek Gajdumbekka qarab, bir so'z dedi:
Xudoyimga shukur etay, xo'jayin,
Ola ko'zli qizilboshga tushmadim.
Ko'z ko'rmagan ayroliqning xaylida,
Bandi bo'lib bag'ri toshga tushmadim.
Qismatim shu ekan, yo'lda surildim,
Ozmi-ko'pmi achchiq qamchi urildim,
O'lgan edim, siz sababli tirildim,
Xunxor clda qizilboshga tushmadim.
Qizilboshlar bilmaganim bildirdi,
G'olib kelib o'z bandiga ildirdi.
Do'stim g'amgin, dushmanimni kuldirdi,
Bunda kelib bag'ri toshga tushmadim.
G'aflatda vaqtimda tuzoq otdilar,
Bandi aylab tirsagimdan chatdilar,
Aylanay baxtimdan - sizga sotdilar,
Sho'rim qisib qizilboshga tushmadim.
Otam yig'lab qoldi Yovmit clida,
Ne azoblar ko'rdim Asqar bclida,
Ravshan qulning hamd-u sano tilida.
G'ayri yurtda bag'ri toshga tushmadim.
Bu so'zlarni Gajdumbek eshitib, Ravshanbekka:
— Uka, xafa bo'lma, men ham Yovmit turkmanidan bo'laman. Sen Jig'alibekning o'g'li bo’lsang, men Og'alibekning o'g'li bo'laman. Bir vaqtlar Og'alibekning ikki o'g'li — Gajdumbek, Hasanbek degani uy-ro'zg'ori bilan Xunxorga asir bo'lib ketgan deb eshitgandirsan. Keyinchalik men otamni qizilboshlar o'ldirib qaytganini, turkmanga scning otang Jig'alibckning xon bo'lganini cshitganman. Turkmanda barcha kal-u ko'r og'aynilar eson-omonmi? Hay, shuytib, uka, "o'lib-o'lib kim qoldi, scning bilan men qoldim", deganday, xudo nasib qilib menga duch bo'lib sotilganingga qara. Mayli, "sababdan sabab, balchiqdan imorat", albatta menikida xor bo'lmaysan. Rasmi qulsan, haqiqatda ozodsan. Men turkman bo'lib, seni qul qilib yursam, turkman nomimni bulg'agan bo'laman. Isming Ravshan ekan. "Yaxshi nom — yarim davlat". Xonamga ravshanlik bo'lg'ay, — deb Ravshanbekning ko'nglini ko'tarib, bovlisiga ergashtirib olib borib, Ravshanbekni mehmonxonasiga qo'yib, Gajdumbckning o'zi ichkari hovlisiga o'tib, bozordan keltirgan narsalarini xotiniga berib, o'zining ko'hnalarini chiqarib, Ravshanbekka kiydirib, xotiniga: "Mana bu qul, lekin haqiqatda qul emas. Sabab bilan Yovmitdan keltirilib sotilgan. Asli turkman, bu bizga xudo bergan xizmatkor. Buni qul deb qaynimni haqorat qilma", — deb tayinladi. Hiloloyga ham: "Bu qul asli qul emas, turkman bolasi. Aka deb yur, ko'nglini og'ritma", — deb tayinladi. Shuytib gapning qisqasi, Ravshanbck Gajdumbeknikida qul bo'lib, hovli xizmatini qilib yura bcrdi. Ana shuytib, Gajdumbck bo'lsa, podsholikda amaldor, jebachi, ko'p ishli odam, Ravshanbekning noni, choyidan xabar olguvchi Hiloloy. Ana endi Hiloloyning kundan kunga Ravshanbckka shafqat va muhabbati ortar edi. O'zidan o'zi Ravshanbekning sini-sinbati Hiloloyni kun sayin o'ziga tortar edi. Ravshanbekning ham Hiloloyga hushlari og'ib yurar edi-yu, lekin olama-jomakor kiyimi bilan, qullik holi bilan o'zini Hiloloyga teng cmas, Hiloloy ardisari menday qulni ko'ziga ilmas, deb ma'yusona, o'g'rincha teshik va shanlog'lardan qarab yurar edi. Hiloloy bo'lsa, Ravshanbekni zimdan suyib, bu g'ayri yurtlarda o'ziga hamdam topmay, juda bo'y yetib ketgan qiz emasmi, asli turkman bolasini o'ziga teng bilib, ichi kuyib, akam meni berganda ham shu Ravshanday yigitga beradi-da, deb qanday qilib o'z dard-u holini Ravshanbekka bayon qilishning hisobini topmay, isitmasi gurpillab yurar edi.
Kunlardan bir kuni Hiloloy mehmonxonaning sufjasidan turib, hovlini supurib yurgan Ravshanbekka qarab, bahona qilib, bir nccha joydan timsol keltirib, bir so'z dedi:
Ravshan, qara Badbaxtning beliga,
Qorlari eribdi, bahor bo'libdi,
Alvon-alvon jong'oshinlar bargiga
Shudring tushibdi, chiqsuv1 to'libdi.
Bulbullar qo'nibdi daraxt guliga,
Turli-turli sano olib tiliga.
Qo'ng'ir salqin tushib Xunxor cliga,
Ko'ngillar bahriga bahor bo'libdi.
Issiq quyosh kamarlarni kesibdi,
Shu yoqqa turkmandan shamol csibdi,
Bir nimadan mening bag'rim isibdi,
Ko'ngillar bag'riga bahor bo'libdi.
Shamol tursa. bodomchalar shinkillar,
Mchmon kclmak bo'lsa, quloq chinkillar.
Qaldirg'och g'ijirlab, to'rg'ay zinkillar,
Ko'ngillar bahriga bahor bo'libdi.
Baxshi tcrma to'qir yurak kuchidan.
Ko'ngil o'char orzu-havas puchidan,
Tong shamoli turar tog'ning uchidan,
Ko'ngillar bahriga bahor bo'libdi.
Dashtdan kclar g'azaloyning sadosi,
Hiloloyning bormi dardin davosi,
Bahorkarda ckan ular ma'vosi,
Ko'ngillar bahriga bahor bo'libdi.
Bu so'zni Ravshanbek Hiloloydan eshitib:
— Ha, ko'klam bo'lariga bo'Igan, lekin men bir qul bo'lsam, tabib bo'lmasam, bilmasam, senda qanday dard bor, unga qanday davo bor, — deb zor-zor yig'lab, Hiloloyga qarab, bir so'z dedi:
Hiloloy, qo'zg'ama ichki dardimni,
Kasalingning davosini na bilay,
O'z boshimman o'zimdirman owora,
Darding nayu, davosini na bilay.
Qui deganning ishi xizmatda turmoq,
Nuri kuramog'u hovli supurmoq,
O'zini cho'pdan ham, xasdan ham past ko'rmoq,
Darding nayu, davosini na bilay.
Qui degan xo'jayin erkiga banda,
Oyog'ida choriq, egnida janda.
Shomgacha ishlamoq, turib azonda,
Darding nayu, davosini na bilay.
Tabib ko'p, takkon ko'p Xunxor elida,
Taxtasi oldida, maqtov tilida,
G'amdin bo'lak na bor qulning dilida,
Darding nayu, davosini na bilay.
Tabiblar dardingni bilmaymi, axir,
Men bir diyorimdan ayri musofir,
Ravshan janda kiygan g'arib bir faqir,
Darding nayu, davosini na bilay.
Ravshan asli sayiszoda sinchi emasmi, allaqachon Hiloloyning ichki dardini bilib qo'ygan cdi. Shunda ham o'zining qulligini bo'yniga olib, bu voqcalami o'zidan qochirib, shunday degan cdi. Ammo Hiloloy Ravshanbckni hali ongsiz, nodon, deb bilib, Ravshanbckka qarab: "Menga bu qizilbosh yurtining tabiblan kerak emas, mcnga faqat sen tabiblik qila olasan", — deb zor-zor yig'lab, bir so'z dedi:
Ravshanjon, o'zingsan takkon, tabibim,
Dardimga davo qil bugun, chirog'im,
Qizilbosh tutmasdan qorday tanimni,
Dardimga davo qil, Ravshan chirog'im.
Ilohim ochgayda bandi yo'limni,
Dushmanlar tutmasin bunda qo'limni,
Scnga bag'ishlayin jon-u dilimni,
Dardimga davo qil, Ravshan chirog'im.
So'z so'zlagan mcnday nozik adodi,
Tanni tanga qo'shgan ustoz dodi,
Boqishing bag'rimga bir o'q qadadi,
Dardimga davo qil, Ravshan chirog'im.
Barcha maxluq jufti bilan bop bo'lar,
G'iybatchining ishi, ermagi gap bo'lar,
Bir qiyo boqmasang, Hilol sop bo'lar,
Dardimga davo qil, Ravshan chirog'im.
Endi sharm-u hayolarni tashlayin,
Seni yaxshi ko'rib ko'zim yoshlayin,
O'zgani demayin, o'zing ushlayin,
Dardimga davo qil, Ravshan chirog'im.
Bu so'zni eshitib, Ravshanbek bcchora o'z soyasidan hurkib-qo'rqib, Hiloloyga yalinib, qulni qui holi-ga qo'y, deb zor-zor yig'lab, bir so'z dedi:
Bu ycrlarga qui bo'p kclgan bcchora,
Qancha o'rtansang ham netay, na chora,
Meni deb, jon bekach, bo'lma ovora,
O'z holimga qo'ygin bunda, Hiloloy.
Tuman daryosiday toshib to'lmagin,
Bir g'arib qulingga ko'ngling bo'lmagin,
Men-ku asli o'lgan odam hisobi.
Sen o'zing bekorga halak qilmagin,
O'z holimga qo'ygin bunda, Hiloloy.
Bahorda ochilgan bog'da loladi(r),
Shukur qing barisini har kim oladi,
Behudaga joning nobud bo'ladi,
O'z holimga qo'ygin bunda, Hiloloy.
Bu ishing akangman yangang bilmaymi,
Bilib turib seni nobud qilmaymi.
Yashirinchi gunoh oshkor bo'lmaymi,
O'z holimga qo'ygin bunda, Hiloloy.
Ravshan qui yig'laydi senga zor-zor,
Qulingman, ilgimda nima ixtiyor,
Holimni choqlamay bo'lmay gunohkor,
O'z holimga qo'ygin bunda, Hiloloy.
Bu so'zni Hiloloy Ravshanbekdan eshitib: " Ravshanjon, jonginam, agar shu bugun ko'nglimni olmasang, hojatimni ravo qilmasang, hasratingda halok bo'laman. Tongla qiyomatda qo'lim yoqangda bo'ladi", — deb zor-zor yig'lab, Ravshanbekka yalinib, imranib, Hiloloy bir so'z dedi:
Musofir yurtida men ham g'aribman,
G'ariblikda munglik bo'lib yuribman,
Seni ko'rib jon-u dilim beribman,
Toqatim toq bo'Idi, Ravshan, rahm ayla.
Qizil gul ochilar g'unchadan g'uncha,
Toqatim yo'q tag'i gul ochilguncha,
Ko'zimdan oqqan yosh misli targ'uncha,
Sabrim tamom bo'Idi, Ravshan, rahm ayla.
Xunxor elda kimga tengu toy bo'ldim,
G'amning botqog'iga botdim, loy bo'ldim,
Husningga eridim misli moy bo'ldim,
Shu bugun agarda holim so'rmasang,
Ajalning otiga mindim, shay bo'ldim,
Toqatim toq bo'Idi, Ravshan, rahm ayla.
Oting Ravshan, o'zing ravshan chirog'im,
Ka'bamsan, jonimsan, ko'nglim qarog'im,
Sensiz bu dunyoda yo'qdir turmog'im,
Sabrim tamom bo'Idi, Ravshan, rahm ayla.
Kulib boqishingga beray jonimni,
Qo'rqmay tut, baxsh etdim senga tanimni,
Bo'lmasa, ol pichoq, boshqa iloj yo'q.
O'z qo'lingman oqiz bag'ir qonimni,
Toqatim toq bo'Idi, Ravshan, rahm ayla.
Hiloloy toza beorom, betoqat bo'lib yig'lay berdi.Ravshanbekning nazari Hiloloyga tushib, shunday go'zal, shunday barno nozaninning elanib, imranib yig'layotganiga rahmi kelib, xudo biladi, shunday tashnai visol bo'y yetgan ko'nglini ovlamoq balki savob bo'lsa kcrak, deb Hiloloyga mayil qilib, sochlarini siladi. Hiloloy ham o'zini Ravshanbekning quchog'iga tashladi. Shunday qilib, Ravshanbck bilan Hiloloy to-pishib, ovloq mehmonxonada quchoqlashib, olamdan bexabar ko'ngil olishib, barcha tashvish-mehnatlami unutib, mehmonxonada uxlashib qoldilar. Endi Gajdumbekdan eshiting.
Gajdumbek jebachi qo'riqda dehqonchilik qilayotgan turkmanlarning oldiga ketgan edi. Bir-ikki kun turkmanlarnikida mehmon bo'lib, bugun qaytib hovlisiga kelsa, hovlida mollar suv ichmagan, hovlining yarmi hali supirilmagan. Gajdumbek: "Nega bunday ekan. Bechora Ravshan ukam horib mehmonxonada uxlab qolgan bo'lsa kerak", — deb otdan tushib, otini o'zi bog'lab, Ravshanni uyg'otayin, deb asta mehmonxonaga kirsa, Hiloloy bilan Ravshan mahkam quchoqlashib, olamdan bexabar, uxlashib yotibdi. Shunda birdan Gajdumbekning qoni qaynab, achchig'i kelib, xanjarini g'ilofidan sug'irib, Hiloloy bilan Ravshanbekning kallasini qo'shasiga kesib tashlamoqchi bo'lib, bir choqladi-yu, lekin shunday ikki chiviq-day yoshlarni nobud qilib tashlagani ko'zi qiymay, agar indamay qo'yaqolsa, yana g'ayurligi qo'ymay, oriyat-nomus degan gap bor, qo'lida shamshir Hiloloy bilan Ravshanbekka qarab bir chirpinib turgan pillasida, birdan Hiloloyning ko'zi ochilib ketib, Gajdumbekka qarab, yalinib: "Akajon, Ravshanda gunoh yo'q, gunoh menda, o'ldirsang meni o'ldir, Ravshanga indama", — deb o'zini Ravshanbekning ustiga tashlab, zor-zor yig'lab, bir so'z dedi:
Akajon, indama gunohsiz qulga,
Sharmanda singlingman, ayib o'zimda,
Asli juvonmarg bo'p o'lmakka loyiq,
Sharmanda singlingman, ayib o'zimda.
Odil qul, insof qil, Xunxor elida,
Asirmiz hammamiz shohning qo'lida,
Munofiqlik yo'qdir singling dilida.
Sharmanda sho'rliman, ayib o'zimda.
Kim yomon deb aytar urug'-elini,
Yoqtirmayman qizilboshning ulini,
G'ayri dinning bekzodiga tekkancha
Men o'zim xohladim turkman qulini,
Sharmanda singlingman, ayib o'zimda.
Taklif qildim, mayxonaga kir, dedim,
O'z qo'Iingman menga sharob ber, dedim.
Bu gunoh o'zimdan bo'ldi, akajon,
Dinim, elim, urug'imni bir, dedim,
Sharmanda sho'rliman, ayib o'zimda.
O'zligimdan qora qildim yuzimni,
Qon yoshga to'ldirdim shahlo ko'zimni,
G'ayri dinlar bosmasin deb izimni.
Ravshanga topshirgan edim o'zimni,
Sharmanda singlingman, ayib o'zimda.
Mushtiparman, rahm aylagin holima,
Musofir yurtida, jism-u jonima,
Og'am sen, otam sen, Asqar tog'imsan,
Shafqat qilib jilov solma yo'lima,
Sharmanda sho'rliman, ayib o'zimda.
Hiloloy der boqqin arz-u dodima,
Gugurt urma siynamdagi o'tima.
O'Idirsang, o'laman, kechsang, qolaman,
Ko'ngil berdim o'z qabilim-zotima,
Sharmanda singlingman, ayib o'zimda.
— Akajon, ham og'amsan, ham otam o'rnida mcni tarbiya qilib, katta qilgan otamsan. Bu musofir yurtida o'ldirsang, o'lib kctaman, kechirsang, o'lmay qolaman. Ravshanda gunoh yo'q, mcnda,— deb mo'lt-mo'lt yig'laganida Hiloloyning ko'zidan tomgan qatra-qatra yoshlari Ravshanbckning yuziga tomib, Ravshanbck shunday uyg'onib, ko'zini ochib qarasa, Hiloloy akasi Gajdumbckka qarab, gunoh mcnda, deb yig'Iab turibdi. Gajdumbek ham shardan' tushub, Hiloloyning aytgan so'zlariga qanoat hosil qilib turib edi, birdan Ravshanbckning uyg'onib qolganini ko'rib, Gajdumbek indamay, tashqariga chiqib ketdi. U ichkari hovlisiga o'ta solib, bu gaplardan xotinini xabardor qilib: "Tez borib Hiloloy bilan Ravshanga ayt, men Ravshanni ozod qilib, ichkuyov qilaman. Tez bor, mabodo sharmandalikdan bir hodisa bo'lib qolmasin, deb o'zi ko'chaga chiqib kctdi. Gajdumbekning xotini darrov mehmonxonaga o'tib, Hiloloy bilan Ravshanbckka kulib: Ha. yoshlik-da, xafa bo'lmanglar, hayotda shunday-shunday bo'ladi-da. Ravshan, xafa bo'lma, Gajdumbek seni ozod qilib, ichkuyov qilib olar emish,"- dedi. Bu xabarni cshitib, Ravshanbck ho'ngrab yig'Iab yubordi. Shunda Ravshanbck nima dedi:
G'ayri yurtga tushgan edim qui bo'lib,
Shodmon etdi ko'nglim olib turkmanim,
Asli zotim, qabilam bir, elim bir,
Mehribonim, jonim ka'bam, turkmanim.
Xunxorelning yo'li baland-past ekan,
Gajdumbek yakka bir zabardast ekan,
Zar qadrini zargar bilar degani
Haq ekan, haq ekan, haqqa rost ekan,
O'lmasin, haryerda bo'lsa turkmanim.
Bir ojiz quldirman, yo'riq-jo'nim yo'q,
Yovmit elda bir ul edim, minim yo'q.
Ham akam, ham otam bo'lsin Gajdumbek,
Shundan boshqa og'am ham yo'q, inim yo'q,
Har yerda himmati baland turkmanim.
Musofir bandalar ishi nadomat,
Har kuni yuz hasrat, yuz bir qiyomat,
Bandining manglayin ochdi duch kelib,
Xunxor elda Gajdumbekday vallamat.
Ravshan qui musulmon, xudoga banda,
Agarchi bo'lsa ham yo'qsul, aftoda,
Vos-vos urib bo'lgan edim sharmanda,
Gajdumbek bir vallamat ekan-da.
Xizmatin aylayin jon bo'lsa tanda.
Ana endi Gajdumbekning xotini Ravshanbek bilan Hiloloyga: "Nima, sizlarning bu ishlaringni Gajdumbek bilan mendan boshqa hech kim bilmasa, hali bu yog'i o'z-o'zimiz-ku, Gajdumbek qulini o'z urug'idan bo'lgani uchun ozod qilib, o'ziga ichkuyov qilib olibdi, dcydi-qo'yadi. Olam guliston. Shuning nesiga xafa bo'lib o'tirasizlar," - deb bir xil yaxshi gaplardan gapirib ko'ngillarini ochib o'tiribdi. Gajdumbek qo'riqdagi turkmanlarga bir boruvchi kishidan noma yuborib, o'zi qizilbosh qozisidan Ravshanbck bilan Hiloloyga nikoh qiydirib, kechqurun hovlisiga qaytdi. Shu kechqurun araz urishganday bir-birlariga indashmay tongni ottirib, Gajdumbek erta bilan ikkita g'ulimi qo'yni so'yib, katta qozonga go'shtni solib, sho'rvani pishira bcrdi. Gajdumbekning xotini quyruq moyga so'lqillatib yumshoq patirni pishira berdi. Tush og'a qo'riqdagi turkmanlar ayol, bola-chaqalari bilan yetib kelishdi. Gajdumbekning xotini bilan Hasanbekning xotini Hiloloyga juft yanga bo'ldi, shuytib, g'ayri yurtda rasm-rusmini o'tkazib, otam-enam qilib, ikki yoshni qo'shib qo'yishdi. Ertasiga turkmanlar qo'riqdagi ovullariga qaytib ketayot-ganida, Hasanbek Gajdumbek akasiga kuyovni bizning ovulga ziyofatga olib bor, deb mchmonliqqa taklif qilib ketdi. Shuytib oradan o'n, o'n bosh kuncha o'tib, Ravshanbek Gajdumbeknikida ichkuyov bo'lib, o'rganishib ketgandan keyin Gajdumbek Hasanbeknikiga mehmonlikka olib keldi. Shuytib, Gajdumbek bilan Ravshanbek ikki suvoriy yo'rg'aga minib, suvday oqishib, dala-dashtlarga boqishib, tush-tushda qo'riqda dchqonchilik qilayotgan turkmanlar ovuliga yetib bordilar. Hasanbek mehmonlarni tushirib, katta bir boqma qo'yni so'yib, mehmonning oldiga, deb barcha kal-u ko'r og'aynilarini chaqirdi. Turkmanlar: "Hay, yuringlar, Hasan og'anikiga Ravshanbachcha kelibdi", — deyishib yig'ilib, Hasanbeknikiga kelishib, mehmonlarni juda siylashib, bu kunisiga har biri uloq-serka so'yib, navbatma-navbat mehmonlarni chaqi-rayotibdi. Ovqat bosti qilib, ko'k choyni achchiq-achchiq damlashyapti. Yanga-kelinlar oq tamakidan chilimga solib, burqillatib tutatib kelayotir. Shunday paytlarda turkman ilojini topsa, agar crtan molsiz qolsa ham, bir jonliq so'yadi. Faqat yo'qchilik odamning ko'zini chimillatib, pichoq sanchganday qilib qo'yadi. Shuytib, gapning qisqasi, Gajdumbek bilan Ravshanbek turkmanlarga uch kun mehmon bo'lib, to'n kiyib, qo'lro'mol olib, juda izzat-ikrom bilan, uchinchi kuni ertalab Xunxor shahriga qarab qaytdilar.
Ana endi Gajdumbek bilan Ravshanbek bir shahar bo'lsa kechga yetarmiz-da, deyishib yo'ldan chiqib, qir-sahrolarni aylanib-aylanib bir eski qo'rg'onning ustidan chiqib qolib, shu yerda ikkovi ham suvori yo'rg'alarini o'tga qo'yib, qo'rg'onning do'ngligiga chiqib dam olib, tomosha qilib o'tirdilar. Shunda Ravshanbekning ko'zi bir otning katta suyagiga tushib qolib: "Shu ot o'z vaqtida tulpor bo'lgan ekan. Axiri shu yerda bir katta so'g'ish bo'lib, bu tulpor o'lgan ekan. Qancha odam, qancha otning suyagi shu qo'rg'onning atrofida ko'milib yotibdi. Ha, bu bevafo dunyoning qiladigan ishi oxiri shu ekan", — deb zor-zor yig'lab, Gajdumbekka qarab, bir so'z dedi:
O'tar dunyo odim-odim,
O'z shavqida yashab har kim,
Sarbozor yurib betinim,
Bo'lgan ekan shu yerlarda,
G'azab olib alangalar,
To'kilib aqcha-tangalar,
La'1-javohir, sangalar,
Bo'lgan ekan bu yerlarda,
Baland-baland oq ravoqlar,
Uzun minorlar, peshtoqlar,
Eramga o'xshash chorboqlar,
Bo'lgan ekan bu yerlarda.
II qism
Shuytib, Ravshan ko'r Gajdumbekning jasadi oldida hayron bo'lib o'tirganida, uchta bozorga borayot-ganlar shu ycrga kclib qolib, Ravshan ko'rga yorlashib, yo'lning boshidan bitta go'r kovlashib, ulay-bulay qilishib, Gajdumbckni rasmlashtirib, shunda ko'mdilar, Ravshan ko'r bozorchilardan o'zining Jig'alibek-ningo'g'li va Gajdumbekning Og'alibek o'g'li ekanini yashirib, Qizilboshga asir tushib ketgan turkman-lardanmiz, qochib ketayapmiz, deb qo'yaqoldi. Ravshan ko'rning ko'ngli uchun uch bozorchi shu yerda tunashib, erta bilan Ravshan ko'rni o'z otiga mindirib, otni yctaklashib, choshka vaqtida Yovmitning bozoriga yetib keldilar. Ravshan ko'r o'ylab: "Ardisari ishim chapga so'qqan baxtsiz yigit chiqdim. Endi turkmanga keldim, nima bo'ldim. Menga ot endi nima kcrak", — deb haligi bozorchilar bilan ot bozoriga borib, Ko'ktcrmirni xaridoming so'raganiga sotib yubordi. " Gajdumbek nimalar qilmagan, cndi uning yo'lida xudoyi, xayriya qilib, dasrurxondan elga osh beraman desam, ko'zirn yo'q, o'zim bir munggadak bo'lsam. Kcl, xudo ko'rmas joy yo'q. Shu otning pulini bozorda sochib yuboray, buyurgan kishilar olar",— deb tangalarini ot bozorida sochib yubordi.
Turkmanda biror voqeani tezda unitib yuborish odati bor. Shuytib, Ravshan ko'rni hech kim Jig'alibekning o'g'li ekanligini bilmay: "Bu bir ajoyib savdoyi darvish ekan", — dcyishib, Ravshan ko'rga: "Sen xudojo'y bo'lsang, xonaqoga bor, — deb ergashtirib, birovlari xonaqoga kcltirib qo'ydilar. Ana shuytib, darvishning boshqa vatani yo'q, Ravshan ko'r shu xonaqoda qoldi. "Men endi bu shayxlarning ovqatiga tekingina sherik bo'lmayin", — deb, samovarda damlovchi bo'lib, shu xonaqoda bir o'lmas kunini o'tkaza berdi. Endi Hiloloydan so'zni cshiting.
Hiloloy bilan Gajdumbekning xotini bir necha kun Ravshanbck bilan Gajdumbekning yo'liga qarab, oxiri shaharga kelgan ba'zi turkmanlardan voqeaning anig'ini cshitib, juda ham g'amgin bo'lishib o'tir-ganlarida, Hasanbek kirib keldi. Shunda Hiloloy sho'rli Hasanbekni ko'rib, to'lib o'tirgan emasmi, birdan dod, deb yig'lab, Hasanbekka qarab bir so'z dedi:
Qabo falak jafo soldi boshima,
Dushman og'u qo'shdi ichgan oshima,
Yangam yo'ldosh bo'ldi ko'zda yoshima,
Tuganmas savdoga qoldim, akajon.
Shumligimdan qayg'u keldi boshima,
Dard o'ti tutashdi ichu tashima,
Holim so'rab hech kim kclmas qoshima.
Shunday mojaroga qoldim, akajon.
G'ayri yurtda moytarildim, tayrildim,
Ucha bilmay qanotimdan qayrildim.
Ham og'amdan, ham to'ramdan ayrildim.
Dardi bedavoga qoldim, akajon.
Shahar ichida nelar o'tdi, bilmading,
Yo bilsang ham unda parvo qilmading,
Bo'ri uyasida uloqday bo'p bog'lanib,
Singling qoldi ko'zi to'rt bo'p, kelmading.
G'am yutib jafoga qoldim, akajon,
Hiloloy zor yig'lar bunda notavon,
Boshimni qopladi ayroliq tuman,
Dunyoda judolik juda bir yomon.
Hajr otli baloga qoldim, akajon.
Hasanbek " Gajdumbek bilan Ravshan qochib, orqasidan o'ttiz ming Xunxorshohning qo'shini quva-lab, ulardan qutilib ketgan emish. Ravshanni Xunxorshoh ko'r qilib ko'zining xuniga bir ot bergan ekan, u ol lulpor chiqibdi. Shuytib, Gajdumbek bilan Ravshan ko'r Qizilboshlarni toza armonda qoldirib ketib-di", deb cshitib o'tirganida, Xunxorshohdan Hasanbekka odam borib, " Gajdumbekning bola-chaqasini olib ketsin. Hovlisi, moli podsholikka olindi", — degan xabarni yetkazdi. Hasanbek bunday hodisa-xabarni cshitib, Hiloloyni va Gajdumbekning ayolini qo'riqqa ko'chirib ketish uchun ikki tuya bilan darrov jo'nab, Gajdumbekning hovlisiga yetib kelgan cdi. Hiloloyning bu nolishini eshitib: "Xafa bo'lma, bo'lar ish bo'libdi. Endi dod-voy qilganing nc foyda. Gajdumbek bo'lmasa, men bor. Senga Gajdumbek ham, men ham birdaymiz. Balkim hali bir sabab bo'Iib o'zimiz ham vaqti-soati kelib, Yovmitga borarmiz. Xudo o'ldirmasa, o'shanda bir-birimizni ko'rarmiz", — deb Hiloloy bilan Gajdumbekning xotiniga dildorlik berib, tuyaga mindirib, qo'riqdagi turkman ovuliga olib ketdi. Qo'riqda Hasanbek bu ikki mushliparni ham ro'zg'origa qo'shib, katta oila bo'Iib yashay berdi.
Hiloloyning bo'yida homila bor edi. To'qqiz oy, to'qqiz kun, to'qqiz soat, to'qqiz minut o'tib. Hiloloyga to'lg'oq paydo bo'Iib, juda to'lg'og'i qattiq bo'Iib, qiynalib, goh o'zini bilib, goh o'zidan ketib alaksib, sandirab, Ravshanni yo'qlab, Ravshan qo'limdan tut, deb shu so'zni aytdi:
Har doim toliqdim, tutgin qo'limdan,
Quvvatim-madorim ketdi belimdan,
Yiroqlashmasding-ku mening oldimdan,
Ko'rinmaysan, qayoqdasan, Ravshanjon.
Vafo degan shunday-shunday bo'lami,
Yoridan o'zini yiroq qilami,
Yo bunda kirishni uyat bilami,
Tovushing yo'q, qayoqda sen, Ravshanjon.
Doimo ayladim senga vafoni,
O'zing bilan ko'rdim zavqu safoni,
Lozim ko'rasanmi menga jafoni,
Yo'qsa agar qiyomatdasan, Ravshanjon.
Yo ketgan edingmi akamman ovga,
Tomosha qilgani Badbaxtday tovga,
Mehrim aylar senga bitta ul sovg'a,
Ha demaysan, qayoqdasan Ravshanjon?
Men edim mushtipar, munglik, bechora,
Tortqilab ayladi momo ovora,
Rahm aylasang-chi bunda men zora.
Bilmaysanmi, qayoqdasan, Ravshanjon.
Eshitgin Hiloloyning ohu zorini,
Oldingda sarf etsin harna borini,
Odam shuytib tashlarmikan yorini,
Bilmay qoldim, qayoqdasan, Ravshanjon.
Shu ahvolda Hiloloy qiynalib, tug'olmay, oxiri halok bo'ldi. Hasanbekning ko'zi qorong'ilashib, og'ir musibatga qoldi. Hiloloyning ta'ziyasiga qo'riqdagi barcha turkmanlaryig'ilib keldi. Hammasining musofir bu yurtda motami yangi bo'Iib, kcchqurun Hiloloyni tuproqqa topshirib qaytdilar. Shunday qilib. turkman-lar Hasanbeknikida Hiloloyning oshu suvini qilib, tarqalishdilar.
Turkman bir yog'i daryoobod, bir yog'i dashtlik joyda o'tirar edi. Ularning go'ristoni dasht betida edi, Hiloloy ko'milgandan keyin go'rda tug'di. Odainning odam bo'lgusi kelgandan keyin har nima bahona. Bir chimning orasidan go'rning ichiga oz-moz shonglox1 tushar ekan. Hasanbekning bir ulog'i o'lib, savdoyi bo'Iib qolgan echkisi qo'y, echkilar bilan yoyilib, Hiloloyning qabrining ustidan borib qolib, oyog'i chimni o'yib yuborib, o'zi qabrning ichiga tushib ketdi. Ichkarida Hiloloy tuqqan chaqaloq yig'lab yotar cdi. O'zidan o'zi echki chaqaloqqa mehribon bo'Iib cmiza boshladi. Shundan boshlab echki har kuni borib chaqaloqni emizadigan bo'Iib qoldi. Shuytib, oradan ne vaqtlar o'tgandan keyin bola o'rmalab, go'rning tcshigindan tashqariga chiqib, echkini emadigan bo'ldi.
Kunlardan bir kun cho'pon mollarini haydasa, haligi echki dim haydovga yurmay, go'ristonlikka qarab qocha berdi. Cho'pon echkini qaytaraman, deb borsa, go'rdan bir bola chiqib, echkini ema berdi. Cho'pon yaqinlasha bergandan keyin bola Hiloloyning qabrining tubiga o'rmalab borib yo'q bo'ldi. Cho'pon borib ko'rsa, Hiloloyning go'rining bir tomonida bola siqquday teshikchasi bor ekan. Cho'pon bu voqeani borib Hasanbekka bildirdi. Bu kuni Hasanbek ikki turkman bilan birga cho'ponga ergashib, go'ristonlikka borib angg'ib yotdilar. Cho'pon haligi aytgan echkini qabristonga haydab yubordi. Echki yugurib, Hiloloyning go'rining tubiga borib mangragan edi. Qabrdan bir qip-yalong'och bola chiqib, echkini ema berdi Hasanbek qoshida birga borgan turkmanlar bilan bolani ushlab olmoqchi bo'lgan edi, bola o'rmalab qochib Hiloloyning go'rining tubiga borib, bola siqqudek bir teshikdan kirib ketdi. Hasanbek quvonib, shunda bu so'z dedi:
Shukur etayin uchgan qushim,
Yana qaytib qo'nar bo'ldi.
Bizdan qochib ketgan davlat
Qayta boshdan do'nar bo'ldi.
Egam yondirib chirog'im,
Ko'karibdi qo'riq bog'im.
Buzilgan ko'ngil chortog'im,
O'z joyiga qo'nar bo'ldi.
Dunyo o'tar karvon-karvon,
Hiloloy edi benishon,
O'rni o'chmasa na armon,
Endi ko'nglim tinar bo'ldi.
Bu go'dak Hilol bolasi,
Oltinday sochin tolasi,
Bo'talib1 ko'nglim qolasi,
Baxt chirog'im yonar bo'ldi.
Hasanbek g'amim qolmadi,
Hosil suyak ushalmadi,
Baxtli Hilolim o'lmadi,
Daraxtim poydor bo'ldi.
Bu so'zni aytgandan keyin Hasanbek o'zi bilan birga borgan turkmanlarga: "Endi bu bolani bilaylik. Ertaga besh-oltita oshiq bilan ikkita qo'g'irchoq keltirib ko'rmak kcrak", — deb qaytdilar. Bu kunisiga Hasanbek qishlog'idagi barcha turkmanlar bilan besh-oltita oshiq va ikkita qo'g'irchoq olib, qo'g'irchoqni bo'lak ycrga, oshiqlarni bo'lak ycrga qo'yib, kechagiday cho'pon echkini haydabdi. Hasanbek barcha odamlari bilan qabrlaming panasida pusinib anggib yotdilar. Echki borib mangrab, Hiloloyning go'ridan bola chiqib, echkini cmib to'yib olib, o'rmalab o'ynab yurib qo'g'irchoqlarni ko'rib qolib, qoii bilan tutib changallab, ikki tarafga ikkovini otib yuborib, keyin oshiqlarning yoniga kelib, oshiqlarni ushlab, shu yerda juda ko'p vaqt andarmon bo'lib o'tirdi. Hasanbek turkmanlar bilan bolani: "O'g'il bola ekan", — de-yishdilar. Shuytib, Hasanbek va barcha turkmanlar bolani tutib olmoqchi bo'lib har tomondan yopirilishgan edi. Bolaga Hiloloyning qabri yaqinlik qilib, bola teshikdan kirib ketdi. Hasanbek turkmanlar bilan: "Ertaga egar olib kelib qo'yaylik. Bola egarga andarmon bo'lib qolgan palla birovimiz pisinib borib, teshikka bir nima tiqib qo'yaylik. Undan keyin bolani ochiqda ushlab olamiz", — deyishib, maslahatlashib qaytdilar. Bu kunisiga bir yaxshi qizil egarni olib borib, Hiloloyning qabridan to'rt-besh qadam uzoqqa qo'yib, o'zlari yana kechagiday qilib pusib angg'ib yotdilar. Cho'pon mollarini haydab keldi. Haligi echki Hiloloyning qabri yoniga borib mangragan edi, bola teshikdan yugurib chiqib echkini emib, to'yib olib, undan keyin shu yerlarda o'rmalab o'ynab yurib, egarni ko'rib qolibdi. Bola egarga osilib minib, juda miriqib o'ynab qoldi. Shu vaqtda birov pusib borib, qabrning teshigiga bir nima tiqib qo'ydi. Undan keyin turkmanlar o'rab olib, bolani tutib oldilar. Bola juda ham tibirlab yig'lay berdi. Shuytib, shunda turkmanlar maslahatlashib, qani nima qilar ekan, deb teshikni ochib bolani qo'yib yuborishgan edi, bola ichkariga kirib ketdi. Bola shu kirishida bu odamlarni enasining tusiga o'xshatib, enasini dim turtib qo'ymadi. Shunda Hiloloy tilga kirib, bolasiga bir so'z dedi:
Jonim bolam, turtkilading, qo'ymading,
Mcndan boshqa odamzodni suymading,
Shunchalar ishorat qildim, tuymading,
Tinchimga qo'y, jonim rohat uyquda.
Men bu yerda juda senga alag'da,
Bo'lmasa, ketardim hur bo'p shu chog'da,
Sayr etib yurardim yashnab gul bog'da,
Tinchimga qo'y, jonim rohat uyquda.
Seni izlab kelgan odam tog'angdir,
Meni bunda tashlab, bolam, endi tur,
Tiriklar manzili bo'lmas qora go'r,
Tinchimga qo'y, jonim rohat uyquda.
Bor tog'angga, endi sendan tinayin,
Hur bo'p behisht ichra borib qo'nayin,
Mahsharda otangga sharbat suzayin.
Tinchimga qo'y, jonim rohat uyquda.
Hiloloy der hali go'dak bolasan,
Tokaygacha qora yerda qolasan,
Tog'angga bor, shodlanasan, kulasan,
Tinchimga qo'y, jonim rohat uyquda.
Bu so'zni bola enasidan eshitib, o'zidan o'zi xuddi enasining gapiga tushunganday teshikdan qaytib tashqariga chiqdi. Hasanbek bolani ushlab, ko'tarib uyiga olib qaytdi. Ana shuytib, Hasanboy hovlisiga borib, bir katta boqma qo'yni so'yib, to'y qilib, barcha turkmanlarni chaqirib, bolaga nima deb ism qo'yish-ni so'radi. Shunda turkmanlarning eng keksa bir boboyi: "Bu bolaning oti o'zi bilan Go'ro'g'li bo'lsin", degan edi, barcha ma'qullab bolaga Go'ro'g'li deb ism qo'ydilar.
Ayni shuytib, Go'ro'g'lbek Hasanbeknikida o'sa bcrdi. Oradan bir yilcha o'tdi, Go'ro'g'libck ikkiga yetdi. Shu orada haligi Go'ro'g'libekka sut beradigan echkini bo'ri yeb ketdi. Go'ro'g'libekning o'zi ham endi non yeguday, tog'a, yanga deguday bo'lib qoldi. Undan keyin Hasanbek bir ola baytalning sutini Go'ro'g'liga sog'ib beradigan boidi. Go'ro'g'li ham kundan kunga o'sib, yetti yoshga kirdi. Undan keyin Hasanbek bir toboq qatlama bilan Go'ro'g'libekni maktabga eltib berdi. Go'ro'g'libek yetti yasharida o'n ikki yashar bolalarday bo'lib qolgan, suyakli polvon bola edi. Maktabda avval bolalarni urdi. So'ngroq mul-lani ham urmoqchi bo'la berdi. Hasanbekka borib jiyanidan shikoyat qildi. Hasanbek: "Bo'lmasa, jiyanim mulla bo'Imayoq, to'yda tabarak o'qimayoq, haftiyakni hijjalab cho'qimayoq qo'ya qolsin", — deb Go'ro'g'libekni maktabga yubormadi. Bir xalta oshiq qilib berib, o'ynagani qo'ydi. Go'ro'g'libek bir kun qizilboshlarning ovulidan kelgan bir bola bilan oshiq o'ynab, oshiqlarining hammasini yutqazib qo'yib: "Sen mening oshiqlarimni o'zidan o'zi olib keta berasanmi", — deb haligi qizilbosh bolani bir mushtlab o'ldirib qo'ydi.
Bu xabarni Hasanbek eshitib, turkmanlar bilan kengashib, darhol qizilbosh bolaning o'ligini bir jarga yashirishdi. Go'ro'g'libekni o'z o'rtalariga chorlashib: "Endi, jiyan, bilsang, sening otang ham bu qizil-boshlar yurtidan qochib ketgan edi. Agar seni ham bilsa, tirik qo'yishmaydi. Sen bu yurtdan shu ola bayta-lingga minib, Turkmanga yovmit urug'iga qoch. Eson-omon Turkmanda yovmit urug'iga yetsang, otang Ravshan bilan topisharsan. Turkmanda Gajdumbek, Ahmadbek degan tog'alaring bor. Ular ham senga xuddi Hasanbekday. Bu yerda bizlar o'z soyamizdan qo'rqqan odamlarmiz. Sen bir qizilbosh bolani o'ldirib, bu yerda turabersang, bizlarga ham juda katta zararing tegib ketadi", — deb Go'ro'g'libekka tushuntirgan edi, Go'ro'g'libek ham Yovmitga ketmakka moyil bo'lib, Hasanbek tog'asidan, yo'1-yo'riq so'ray berdi. Hasanbek tog'asi ham:
— Hov, ana ko'ringan Badbaxt tog'i. Shundan narisi Turkman eli. Keyin so'ray bersang, turkman og'aynilar senga Yovmit qayoqda ekanligini ko'rsatib yuboradilar, — deb Go'ro'g'libekni yo'lga sola berdi. Yetti yashar Go'ro'g'libekning xayolida turkman yurti bir tushlik yo'lday edi. Hasanbekning xotini bir to'rva talqon qilib: "Yo'lda yersan", — deb Go'ro'g'libekning bo'yniga taqib, ola baytalga mindirmoq-chi bo'lgan edi, Go'ro'g'libek:
— Bu menga sut bergan enam, deb baytalni minmay yetaklab, Hasanbek ko'rsatgan yoqqa qarab keta berdi. Hasanbek bilan Gajdumbekning ayollari: "Mayli, o'z ra'yiga qo'yaylik. Charchagandan keyin o'zi baytalga minib olar", — deyishdilar. Shunda Hasanbekning ko'ngli buzilib, Go'ro'g'libekka qarab, bir so'z dcdi:
Ulug' dedim ostonaga bosh urdim,
Qismatimdan peshonaga tosh urdim,
Yovmitning eliga ketsang, omon bol.
Elim, xalqim, urug'imga topshirdim.
O'lmasang, dunyoda davron surarsan,
Borsang, jon otangning yuzin ko'rarsan,
Xunxor clda bo'lgan qancha gaplarni
Borib turib anda xabar berarsan.
So'zlasam, tuganmas dardim bayoni,
To'smasin yo'llarni Badbaxt tumani,
O'zing eding ko'ngil bog'i, bo'stoni,
Bundan ketsang, so'ra Gajdum tog'angni
Yovmit clga yetib borgan zamoni.
Bahorda ochilar gulshan lolasi,
Vayronalar bo'lmish ko'nglim qal'asi,
Sen Ravshanning asli yolg'iz bolasi.
Eson-omon borsang, anga salom de,
Shodmon bo'lgin, hech qolmasin chalasi,
Hech ocha bilmadim yurak darchasin,
Mingga kirar derlar tog'ning archasin,
Turkmanlarning hammasiga salom de,
Mening uchun quchoqlagin barchasin.
Naylayin, ko'nglimda ko'pdir armonlar,
Ketay desam, oldimda bor dovonlar,
Bu yurtda turganmiz necha zamonlar,
Nasib aylab biz ham turkman boraylik.
Duoda yod etsin yoru yoronlar.
Hasanbckning dardi ko'pdir dilida,
Bandimiz, asirmiz Xunxor elida.
Yovmit yurtin sog'inganman na chora,
Ixtiyor-korimiz birov qo'lida.
Hasanbek yig'lab qola berdi. Endi Go'ro'g'libekdan eshiting.
Go'ro'g'Iibek baytalini yetaklab, shu yurganicha yarim soatdan Yovmitga yetib qo'yaman degan bola hali Badbaxt tog'ini bclgilab keta beradi. Bu Badbaxt tog'i hamishagisiday bo'lib tura beradi. Go'ro'g'Iibek shuncha yuradi, hech yetolmaydi. Ana yetaman, mana yctaman, deb ertadan tushgacha yurib, oyoqlari tolib, juda ham charchab, oxiri ham Turkman yurti u yoqda tursin, Badbaxt tog'iga ham yetolmasligiga ko'zi yetib, keyinga qaytay desa, kelgan yo'lidan adashib, ola baytalning jilovidan ushlab, odamsiz, bir tekislikda yig'lab o'tirdi. Bir palla birov orqasidan kelib: "Assalomu alaykum!" — desa, Go'ro'g'libekning kayfi uchib ketib: O', assalomu alaykum demay ket, men o'zim nima qilarimni bilmay, kayfim uchib o'tirsam, meni xafa qilmagan sen qolibmiding", — deb jerkib tashladi. Qarasa bir qari boboy. "Ey, o'g'lim, unday dema. Yovmitga borayotgan bo'lsang, u juda yaqin. Sen bir ko'zingni yumgin. Keyin o'zim senga Yovmitning yo'lini ko'rsatib yuboraman", — dedi. Go'ro'g'Iibek: "Bu chol mening Yovmitga borayot-ganimni qanday qilib bildi ekan", — deb hayron bo'lib anggib qoldi. Boboy Go'ro'g'libekka: "Angrayma, tez ko'zingni yum," — deb qistay bergandan keyin Go'ro'g'Iibek, mana, deb ko'zini yumib ochgan edi. Qarasa, boboy yo'q. Ola baytalini ushlab bir bozor yaqinida turibdi. Bu Yovmitning bozori edi. Xuddi shu bugun Yovmitda bozor kuni bo'lib, hozir bozorning qizigan kuni edi. Go'ro'g'Iibek o'z xayolida: "Badbaxt tog'idan oshganim esimdan chiqib ketib, Turkman eliga kelib qo'ydim-ov. Shu uymalashib yurgan odamlarning oldiga borib, Yovmitning yo'lini so'rayin. Shoyad, birovi meni yo'lga solib yuborsa, deb baytalini yetaklab, asta-sekin yurib Yovmitning bozoriga kirib borib, ko'chalarda shu so'zlarni deb yurdi:
Shu yerlarda bir xabarchi bormikan,
Yovmit yo'lin mcnga ko'rsatarmikan,
Bilmay qoldim qibla qayoq, qut qayoq,
Yurar yo'lim balandmikan, jarmikan?
Musofirlar ishi ohu zormikan,
Tanimas joylarda menday xormikan,
Yo'l adashdim, yo'lga soling, og'alar,
Yovmitga boshqarar odam bormikan?
Yosh bolaman, mchribonim yo'q mening,
Musofirman, bir makonim yo'q mening.
Bu joylarda oshyonim yo'q mening,
Yovmitni ko'rsatar odam bormikan?
Olisdan kelaman oyog'im tola,
Kim rahm ctib boqar, tushdim bu hola,
Hali yo'l bilmagan o'zim yosh bola,
Yovmitga boshqarar odam bormikan?
Yosh go'dakman o'ngu so'lni bilmagan,
Bundan avval bu joylarga kelmagan,
Bunday bilmas yurtda sarson bo'lmagan,
Yovmitni ko'rsatar odam bormikan?
YigTayman, yig'layman, bunda yigiayman,
Kuyganimdan gapni gapga ulayman,
Yo'lini bilmasam, nima qilayman,
Yovmitga boshqarar odam bormikan?
Bir sababman keldim o'zga shahardan.
Xabarim bo'lmayin bunday bo'lardan,
Elanib so'rayman, do'stlar, sizlardan,
Yovmitni ko'rsatar odam bormikan?
Hech kim boqmas, old-ortima qarayman,
Tokaygacha sargardon bo'p yurayman,
Yovmit cli qayoqda deb so'rayman,
Yovmitga boshqarar odam bormikan?
Musofirning boqing dardu diliga,
Solingiz boradigan yo'liga,
Rahm aylab Go'ro'g'lining holiga,
Yovmitni ko'rsatar odam bormikan?
Go'ro'g'li yig'lab, shuncha bozorning ko'chalaridan aylanib chiqsa ham hech kim bir nima deb holini so'ramadi. Balki e'tibor berib ham qaramadi. Lekin bitta-yarim boboytob turkmanlar Go'ro'g'lini devona, gadoybachcha xayol qilib bitta iikkita qora chaqa bermoqehi bo'ldi. Go'ro'g'Iibek yig'lab, ularning uzat-ganpullarini olmay: "Men sizlardan Yovmitni so'rayman. Pul so'rayotganim yo'q", — deb baytalini yetaklab. boshqa ko'chaga qarab ketdi.
Shuytib, Go'ro'g'Iibek boshini eshikka urib, teshikka urib, ko'chalarda dadarboqi bo'lib yurib, rangi oqarib, horib, qorni ochqab, sovqotib g'ovjirab qolib, cy-ey, fiq-fiq, deb har zamonda tovushini uzib-uzib yig'lab, Yovmitning bozori suyilib qolgan pilla avvalgi kelgan yo'li bilan shunday choshtkahkka qarab keta berdi. Bozordan oltmish, yetmish qadam choshaktlik betida Yovmitning xonaqosi bo'lib, bozor kuni xona-qohda odam bo'lmas edi. Ravshan ko'r shayxlarning o'lchab bergan qattiq-quttiq nonlariga to'ymay, dun-yoda tirik yurish toza joniga tckkan cdi. Ravshan ko'ming kecha-yu kunduz tilagi: "Hiloloydan hcch boimasa, bir xabar eshitsam, undan kcyin o'lsam ham mayli", — deb o'tirar edi. Hamma shayxlar sar hafta uchun uylariga ketib qolib, bozor kuni Ravshan ko'rning bir o'zi xonaqohda tunab qolar edi. Bugun ham hamishagiday supadan odamlarning ulov duburiga va o'tayotgandagi hangamalariga quloq solib o'tirsa. ko'chadan bir bola har zamonda hiqillab yig'lab bir ulovni yetaklab o'tayotibdi. Ravshan ko'r zehn solib shu bolaning tovushini Hiloloyga o'xshatib, supadan turib". "Hoy, bola beri kel", — deb chaqirdi. Hech kim-dan iliq gap eshitmagan bola darrov burilib, supaning tubiga bordi. Shunda Ravshan ko'r zor-zor yig'lab: "Ha, bolam, sen ham menga o'xshagan kimsasiz bechoraga o'xshaysan. jonim, mehribonim, men scning tovushingni o'zimga tanish bilayapman", — deb ko'zi yo'qligidan yoshi ichiga ketib, uvuz eti uv bo'lib. to'la badani suv bo'lib, Go'ro'g'libekka qarab, bir so'z dcdi:
Ko'zim og'ma, ko'rolmayman yuzingni,
Elas-elas eshitaman so'zingni,
Kimsan, qayerlardan kelding, chirog'im,
Hiloloyga o'xshataman o'zingni.
Har zamon, har zamon o'ksib yig'laysan,
Ovozingdan bag'ri-dilim dog'laysan.
Negadir mehringni menga bog'laysan.
Hiloloyga mcngzataman o'zingni.
Nega ko'cha uzra nolon etasan,
Bu bozordan chiqib qayon ketasan,
Kech bo'lganda qay ovulga yetasan,
Hiloloyga o'xshataman o'zingni.
Qulog'imga yoqar yig'loq so'zlaring,
O'ksib-o'ksib ovoz etgan kezlaring, T
avof etsam arzir sening izlaring,
Hiloloyga mengzataman o'zingni.
Nega o'ksib-o'ksib toshib-to'lasan,
Kimsasiz boladay muztar bo’lasan.
Aylanay tovushingdan, jonim olasan,
Hiloloyga o'xshataman o'zingni.
Tuman daryosiday to'lib toshasan,
Qayoqqa o'mganlab yo'lga tushasan,
Baytaling yetaklab nega shoshasan,
Hiloloyga o'xshataman o'zingni.
Menga o'xshab yoki biror kishing yo'q,
Kasalsan nimaga, aslo hushing yo'q,
Yo bo'lmasa bunda ko'ngil-xushing yo'q,
Hiloloyga o'xshataman o'zingni.
Qayerlardan kallang og'ib kelasan,
Ota-enang ayt, kimning uli bo'lasan,
Zor ingraganingda jonim olasan,
Hiloloyga mengzataman o'zingni.
Ravshan aytur kimligingni bilayin,
Bilib turib senga yori qilayin,
Yetim bo'lsang, kel, boshingni silayin,
Hiloloyga o'xshataman o'zingni.
Shunda Go'ro'g'libek qarasa, bir qirq to'qim janda ustida, to'rt tarki do'ppi boshida, ko'zi ko'r, ozg'in chol, o'zingni tanit, seni Hiloloyga o'xshataman, deganiga: "Bu chol mening enamni taniydi ekan. j Yovmitning yo'lidan nishona bersa ham, menga shu chol berar ekan", — deb o'z ahvolini aytib, Ravshan I ko'r otasiga qarab, bir so'z dedi:
O'ynab o'sgan joyim Xunxor elati,
Ismimni so'rasang derlar Go'ro'g’li.
Tog'am crta oqshom chorlab atagan,
Nomimni so'rasang, derlar Go'ro'g'li.
Mard yigit maydonda bo'lar yaroqli,
Mening kimligimni agar so'rasang,
Tog'am qo'ygan otim derlar Go'ro'g'li.
Bu yerlarning o'yin-qirin bilmayman,
Yovmitga yetmayin qaror olmayman,
Tog'am qo'ygan otim derlar Go'ro'g'li,
O'zim turkman, qizilboshdan bo'lmayman.
Tog'am yo'lga soldi, keldim bu yerga,
Sen nazar tashlading menday faqirga,
Oldingga chaqirding bo'lay deb birga,
Tog'am qo'ygan otim derlar Go'ro'g'li,
Sen o'zing ayt, qayer bu kelgan yerg'a.
Azob chekdim, bandi-bo'g'nim qaqshatdim,
Qizilboshning balandiga tosh otdim,
Bugun yo'lda salom bcrdi bir boboy,
Ul boboyni men o'zingga o'xshatdim,
Ismimni so'rasang, derlar Go'ro'g'li.
Ravshan ko'r bir yog'i ayroliq, bir yog'i ojiz ko'zlik, bechora bequvvat, qarib qolgan edi. Go'ro'g'libek: "Yo'lda bir boboy ko'rdim. Ul boboyni sizga o'xshatdim. O'zim Xunxor yurtlik turkman-lardanman", — deganiga toza ham gumonsirab, shunda Ravshan ko'r Go'ro'g'libekdan so'rab, Go'ro'g'libek javob berib, birni Ravshan ko'r, birni Go'ro'g'libek aytib, nima deydilar.
R a v sh a n ko'r:
Tarzingni qarasam, nodon bolasan,
G'unchadayin ochilmagan lolasan,
Yovmit deysan, so'rab nima qilasan,
Asling ayt, jon o'gion, qaydan kelasan?
G o' r o' g' 1 i b e k:
Erta choshtgoh chiqdim Xunxor elidan,
O'zim bilmay oshdim Badbaxt belidan,
Eshit ahvol bu o'g'lonning tilidan,
Mcni so'rsang, Xunxor eldan kclaman.
R a v sh a n ko'r:
Ulg'aygan so'ng o'z elingga to'rasan,
To'ralik davrinda davron surasan,
Qaydan kelib yana qayga borasan,
Qaddingdan, jon o'g'lon, qaydan kelasan?
G o' r o' g' 1 i b e k:
Xunxordan kclaman so-yu qir osha,
Osha qirlarini aylab tomosha.
Yovmit degan elda tog'am bor qo'sha,
Meni so'rsang, Xunxor eldan kelaman.
R a v sh a n k o' r:
Yovmit deb shu yerni aytar chirog'im
Ka'bam, mehribonim, qalbim, chirog'im.
O'zingni tanit, ko'nglidan ham berog'im,
Mehringdan, jon o'g'lon, qaydan kelasan.'
G o' r o' g' 1 i b e k:
Xunxorlik tog'amni Hasan deydilar,
Yovmitda otamni Ravshan deydilar,
Izlaganim Gajdum polvon deydilar,
Meni so'rsang, Xunxor eldan kelaman.
R a v sh a n ko'r:
Go'ro'g'li deb aytding o'zing otingni,
Endi aniq bildim scning zotingni
Izlab kepsan, jonim, asli yurtingni.
O'zim qurbon bo'lsam sening bo'yingdan.
Shu so'zlarni aytib, Ravshan ko'r supadan yerga o'zini tashlab, sermalanib, Go'ro'giini topib olibdi. Shunda bechora Hiloloyni yod qilib bir so'z dedi:
Bugun oqshom kirgan eding tushimga,
Kclib turgan eding to'g'ri to'shimga,
Mana bolang yctib keldi qoshimga,
Armonim yo'q endi o'lsam, Hiloloy.
Yakka deb yangidan tushding esimga,
Kelmasang-da o'g'lim keldi oldima,
Attang, ko'rinmaydi menga hech nima,
Armonim yo'q endi o'lsam. Hiloloy.
Shu edi tangrimdan har kun tilagim,
Shukrulillo, hosil bo'ldi istagim
O'z bag'rima suykab bag'ri ko'kragim,
Armonim yo'q endi o'lsam, Hiloloy.
Kuyar edim oy jamoling sog'inib.
Ko'nglim qiblaga emas, senga og'inib,
O'g'ling bosgan izlariga qog'inib,
Armonim yo'q endi o'lsam, Hiloloy.
Bugun bo'ldim diydoringni ko'rgancha,
Sinbatingga tiklab qarab turgancha
Munaqqadan xor-u zor bo'p yurgancha,
Armonim yo'q endi o'lsam. Hiloloy.
Ravshan ko'rning hech qolmadi armoni,
Izlab kelib Go'ro'g'liday o'g'loni.
O'zingsan yaxshilar xilin sultoni,
Armonim yo'q endi o'lsam, Hiloloy
Ana shunda bunday hodisalarga og'zi ochilib angrayib qolgan Go'ro'g'libek Ravshan ko'rga: "Axir. o'zingiz kim boMasiz, dam-badam Hiloloy, deb enamni yod qilasiz. Enam allaqachonlar o'lib ketgan-ku", — desa, Ravshan ko'r: "Men scning gapingdan enangning o'lib ketganini bilib turibman. Meni bil-sang, men sening Ravshan ko'r otangman", — deb behush bo'lib qoldi. Shungacha bu yerga kelib, bozor-dan qaytayotgan odamlar uymalashib, qarashib qoldilar. Birozdan keyin Ravshan ko'r o'ziga kelib, xudo-ga munojot qilib, endi bergan omonatingni olsang ham roziman, deb zor-zor yig'lab, bir so'z dedi:
Qodir mavlon, qayg'u solding boshima,
Dardni nasib ctding ichu tashima,
Jonim bolam izlab kepti qoshima,
Rozidurman, endi olsang jonimni.
Dardga chulg'ashtirding ojiz tanimni,
Nimsoz o'tkazaman har bir kunimni,
Buytgancha yirtsang ham mayli tanamni,
Rozidurman, endi olsang jonimni.
Shu damgacha ko'rdim qayg'u alamni,
Hech kimsa eshitmay ohu nolamni,
Shukrulillo, topib quchdim bolamni,
Rozidurman, endi olsang jonimni.
O'z elimda o'z ilgimdan xor bo'ldim,
Ayroliq yo'lida intizor bo'ldim,
Parchapurush qattiq nonga zor bo'ldim,
Farzandim vasliga axir yor bo'ldim,
Rozidurman, endi olsang jonimni.
Menda edi bergan joning omonat,
Omonatga qilganim yo'q xiyonat,
O'g'limning quchog'i menga g'animat,
Rozidurman, endi olsang jonimni.
Ravshan ko'r o'zingga taslim bir banda,
Ustimga kiyganim qirq to'qim janda,
Tirik yurishga ham toqat yo'q menda,
Rozidirman, endi olsang jonimni.
Bechora Ravshan ko'r kalima qaytarib, jonini haqqa taslim qilib qo'ydi. Bu hodisadan Go'ro'g'libek qattiq ta'sirlanib, otasining ustiga o'zini tashlab, zor-zor yig'ladi. Endi Ahmad sardordan eshiting.
Ahmad sardor bir jiyron yo'rg'ada ortida ko'p sipohilarni ergashtirib, bozordan qaytayotib, odamlar-ning xonaqohning oldida uymalashib turishganini ko'rib, shunga burilib kelib, xonaqohdagi Ravshan; | darvishning supaning ostida o'lib yotganini, bir qo'li bilan bir baytalning nuxtasidan ushlab, bir qo'li bilan uni quchib yig'lab yotgan bir yoshgina bolani ko'rib qolib, odamlardan voqeani so'rab, aslida Ravshaii darvish o'zining bachchasi, bu yosh bola jiyani, Hiloloy opasining o'g'li ekanini bilib, otdan tushib, xizl matkorlariga Ravshan ko'rning jasadini u yerdan bir hujraga oldirib, Go'ro'g'libekni ko'ndirib, xonaqohning ayvoniga kirgizib, bir qo'yni keltirib shu yerda so'ydirib, ovuldan bir xizmatchisiga buyurib, uch-to'n tandir non keltirib, Ravshan ko'rga o'zining yaqin ekanini bildirib, tevarak-ovullarga xabar qildirib, shu kech shayxlami chaqirib keltirib, qo'yning go'shtini osib, odamlar to'planib, Ahmad sardorning o'zi han| shu oqshom xonaqohda tunab, ertagisin choshtgohda Ravshan ko'rbechoraningjanozasini o'tkazib, tuproq-qa topshirib, duoi fotiha qilibdi. Asli suyak egasi Ahmad sardor bo'lib, undan keyin Go'ro'g'libek jiyanini uyiga olib qaytdi.
G’o’ro’g’lining bolaligi
.
O’ tgan gapga salavot", degan ekan. Endi Ravshan ko'r bechora o'lib, Go'ro'g'libekni yetim qoldirib qo'yamizmi. Gapning buyog'ini ham davom ettirib kcta berayin, qani, Go'ro'g'libek nimalar qilar ekan.
Ana endi shuytib, Ahmadbek sardor Go'ro'g'libek jiyanining suyak egasi bo'lib, uyiga olib borib, xoti ni Xoljuvonoyga: "Mana bu mening tuqqan jiyanim, Xunxorda tug'ilib, enasi o'lib, kelgan. Endi bu bizniki-da turadi. Senga tayinlaganim — shuning aslo-aslo ko'nglini qoldirmaysan, sira-sira maytarilmasin. Agar buning ko'nglini qoldirguday boisang, ikkimizning o'rtamizdagi do'stlikka g'ovg'a qo'ygan bo'lasan", — deb tayinlab qo'ydi. Go'ro'g'libekka ham: "Jiyanim Go'ro'g'li, men bu Tukman yurtida Xunxorga vakil odamman. Juda ko'p ishlayman. Uyda bo'larimdan bo'lmasligim ko'p. Shu yangangning qoshida bo'lasan. Lckin bilib qo'yki, Rayhon arab degan bir saman bo'z otli odam bor. U har zamon-har zamonda shu to'garaklarda ko'rinib qoladi. O'sha odamga ko'z-quloq bo'lib yur. Hcch kirn yo'q vaqtlarda hovliga yon-dashmasin. U bir yomon odam", — deb tayinlab qo'ydi.
Shuytib, Go'ro'g'libek Ahmad sardornikida juda crka bola bo'lib o'sa berdi. "Aytgani o'rol, olgan halol", edi. Boshqa turkmanlar ham Go'ro'g'libekka Ahmad sardorning jiyani deb hurmat yuzasidan qarai edi. Boshqaning Go'ro'g'libek bilan, Go'ro'g'libekning boshqa bilan ishi yo'q. Ola baytali halak, o'zi halak, har kuni yetaklab yurgani-yurgan edi.
Kunlardan bir kun ko'klam chog'i ola baytalini yetaklab Hovdak ko'lining yonida yursa, baytali damga kelgan ekan, ko'ldan bir yovvoyi ot chiqib, baytaliga chopib, yana qaytib suvga kirib ketdi. Shuytib, Go'ro'g'libekning baytali bo'g'oz bo'lib qoldi. Go'ro'g'libek bo'lsa, quvonib: "Endi baytalim menga ot tug'ib beradi", — deb yurar edi. Kunlar, oylar o'tib, baytalning qulinlaydigan vaqti bo'lib qoldi. Go'ro'g'libek ham: "Endi baytalim ot tug'ib beradi", — deb har doim ko'z-quloq bo'lib yuradigan bo'ldi Bir kun bomdodda baytali qulunlabdi. Go'ro'g'libek qarasa, xuddi toziday bir narsa, badanda bitta ham tuki yo'q, chaqa, o'zi ham urg'ochi ekan. Go'ro'g'libekning birdan kayfi qochib, nash'asi uchib: "Men senij qachonlardan beri bir ot tug'ib beradi, deb yursam, tug'ib bergan narsang shumi. Tag'i bu ham bo'lsa urg'ochi", — deb achchiq ustida baytalini kaltak bilan bir urib o'ldirib qo'ydi. Bir pilla qarasa, baytali o'lib| qolibdi. Endi Go'ro'g'libekning achchig'i tarqab: "He, jonivor toziginam", — deb haligi toziga o'xshagan chaqa toyni yangasidan so'rab olib sut berib, bir kigizginaning ustida yotqazib, tarbiyat qilaberdi.
Oradan ko'p vaqtlar o'tib, toyga tuk chiqib, yura oladigan bo'ldi-qoldi. Undan keyin Go'ro'g'libekning ish ermagi shu toy bo'lib qoldi. Toy miskin o'sdi. G'unondan do'non bo'ldi, oylar, yillar o'tib bir saman bo'z bo'lib yetishdi. Shu vaqtgacha Go'ro'g'li ham o'n beshga kirdi. Tog'asi aytgan haligi Rayhon arab degan odam ham har zamon, har zamonlarda do'ngdan boshmoqlab Ahmad sardorning hovlisiga qarab-qarab, yana yo'q bo'lib ketar edi. Go'ro'g'libek: "Endi baytalim damga kelsa, bir yaxshi otga choptirsam. undan keyin baytalim menga bir erkak toy tug'ib bersa, ot qilib olar edim", — deb yurar edi. Shu ko'klam Go'ro'g'libekning aytgani bo'lib, baytali damga keldi. Lckin Go'ro'g'libek har qanday otni baytaliga chop-tirishni xohlamay, bir yaxshi ot bo'lsa, deb yurib edi. Shu kunlarda Ahmad sardor bir yoqqa ketgan. Ovulda, ham yolchitib odam qolmagan edi. Endi so'zni Rayhon arabdan eshiting.
Rayhon arab bergi arablar eliga podsho edi, o'zi juda sayis otboz edi. Bir yaxshi arabi baytalga damga kelgan vaqtida dengiz tulporini choptirib, bir xonazod tulpor tug'dirib olgan edi. Rayhon arabning o'zi nihoyatda xotinboz bachchag'ar edi. "Shunday tulporim bo'lgandan keyin olamda tengi yo'q qizni izlab topish menga oson", — deb bekor vaqtlari dunyoning to'rt tarafiga sayohat qilib ketar edi. Shunday qilibJ bir martaba turkman yurtiga kelib qolib, Xoljuvonoyga ko'zi tushib, juda yomon xushtor bo'Igan cdi. O'zi ham xuddi shu vaqtlarda yer yuzida Xoljuvonoyday suluv qiz yo'q edi. Rayhon arab odamlardan: "Bu qiz-ning boshi bo'shmi?" deb so'raganida, odamlar: "Yaqinda bu qizning to'yi bo'ladi. Bu qizni turkman dining og'asi Ahmad sardor oladi", — degan cdi. Rayhon arab qizni sahal oldin ko'rmaganiga ming-minglabipushaymon qilib, qo'lga kiritishning ilojini topmay, har zamonlarda qirdan bir boshmoqlab, Xoljuvonoyni uzoqdan bir ko'rib ketar edi. Shuytib, Rayhon arab Xoljuvonoyning hasratini yeb yurar edi. Ana endi bugun Rayhon arab ovulda yolchitib odam yo'g'ligini bilib, otini haydab, Ahmad sardor hovlisining yonboshiga kelib qolganida Rayhon arabni Go'ro'g'libek ko'rib qolib: "Ha, o'g'ri, bu yerda nima qilib yuribsan. Jo'na bu yerdan, enag'ar", — deb Rayhon arabga qarab, bir so'z dedi:
Chekkasin jun bosgan qanday balosan,
Bu yerlarda yurib nima qilasan,
O'g'rimisan, kazzobmisan, enag'ar,
Jo'nab qol yo'lingga, yo'qsa o'lasan.
G'ayratim kelganda qaynab jo'shaman,
Har nechuk toshingman ko'ksing teshaman,
Dah desam, tog'lardan haklab oshaman,
Kim bo'lsang ham, darrov jo'na bu yerdan.
Dev ham tiklay olmas mcning ko'zima,
Oyoq osti qilgum, kelsang, o'zim-a,
Joning kerak bo'lsa, qaytgin izinga,
Kim bo'lsang ham, darrov jo'na bu yerdan.
Ko'zga ilmaysanmi meni bola, deb.
Aldamoqchidirsan aqli chala, deb,
Talon solib ketay birato'la, deb,
Kim bo'lsang ham, darrov jo'na bu yerdan.
Bu ycrlaming baland yog'i jo'nagar,
Xanjar ursa, oq badandan qon oqar,
Chalqayma oldimda, o'g'ri enag'ar,
Kim bo'lsang ham, darrov jo'na bu yerdan.
Quloq sol, haromi, aytgan so'zima,
Tushdingmi, bachchag'ar, mening izima,
Bezrayib boqa bcrma yuzima,
Kim bo'lsang ham, darrov jo'na bu yerdan.
Ishonma, haromi, mingan otingga,
Quvalab o'tkazay mamlakatingga,
Obborib topshiray ulug' zotingga,
Kim bo'lsang ham, darrov jo'na yurtingga.
Har zamonda boshmoqlaysan, ko'raman.
Ko'pdan beri seni bilib yuraman,
Tura bersang kaltak bilan uraman,
Kim bo'lsang ham, darrov jo'na bu yerdan.
Go'ro'g'libek nortuyaday g'arqirar,
Xanjar ursam qizil qoning sharqirar
, Sachirab har yoqqa oqib tirqirar,
Kim bo'lsang ham, darrov jo'na bu yerdan.
Shunday pallada ko'pni ko'rgan Rayhon arabning Go'ro'g'libckning bunday gaplariga achchig'i kelib o'tiradimi? Quv bachchag'ar Go'ro'g'liga sir bermay: "Hov, uka, u qirdan boshmoqlab yuradigan odam mcndan boshqa odam. Bir yomon ayyor, har narsaga tayyor odam, men bo'lsam, bir yo'l o'tkinchiman. Indamasang. o'tib ketaman, indasang, qaytib ketaman", — deb o'ziga suv yugurtmay, Rayhon arab Go'ro'g'libekka qarab, uzangiga oyog'ini tirab, mo'ylabini burab, bir so'z dedi:
Gapirgan gaplarim uyqash, ulama.
Tit In doyra chalgan qo'Uar tolama,
Ko'cha bog'dan o'tkinchiman. bek hachcha,
Bekbachchalar shunday zolim bo'Iama'.'
Meni deb boshqani ko'zing ko'rgandi[r],
Biror o'g'ri qirdan tiklab turgandifr],
Bekbachchalar shunday do'qlab berama,
O'z tinchida ko'cha bog'man yurgandi.
Bckzodalar shoyi kiysin, shaylansin,
Har kim g'anim bo'lsa, qo'li boylansin,
Ursang agar bir faqirman, bekbachcha,
cnday uldan aziz jonim aylansin.
Bahor bo'lsa, ko'lda o'rdak suzadi,
O'ylab ko'rsang. deganing menga bekbachcha
Bu odating qila bersang. bekbachcha,
O'tkinchilar ko'chabog'dan bczadi.
Indama, jon uka, o'tib ketaman,
Manzilimga o'z chog'imda yetaman.
Qahr aylasang, men bir faqir yo'lovchi,
Boz orqamga qaytmay nima ctaman.
Dala-dasht to'ladir rayhon guliga.
Sir aytgan sanamning tushlar qo'liga,
Javob ber faqirga endi, bekbachcha,
O'z vaqtida ketsin bozor yo'liga.
Shunda Go'ro'g'libek Rayhon arabdan bu so'zni eshitdi. "Aldamoqqa bola yaxshi" degan. "Bu qirdan boshmoqlaydigan Rayhon arab emas ekan-da. Odam odamga, ot otga o'xshaydi-da. Bu bir yo'l o'tkinchi boisa, buni men bekorga Rayhon arab, deb o'ylab, xafa qilib qo'ydim-ov. Lekin zang'aming oti juda suluv ot ekan. O'zi ham yulduzni ko'zlaydi. Otini so'rasam, baytalimga choptirmasmikan", — deb Go'ro'g'libek
Rayhon arabga qarab, shu so'zni aytdi:
Yarashiqqa zarrin po'ta urayman,
Ko'rganimni yaxshilikka yo'rayman,
Bu so'zman, ot mingan ayo yo'lovchi,
Shu otingni baytalimga so'rayman.
Shu oting dcmayin behisht pirog'i,
Falakda yulduzni ko'zlar dimog'i,
Chaqmoqqa mengzaydi ko'zin chirog'i,
Shu otingni baytalimga so'rayman.
Nosqovoq o'xshaydi kumush qoptirsang,
Talabgor odamning dilin toptirsang,
Bo'z tulporing bo'z biyamga choptirsang,
Bir martaga baytalimga so'rayman.
Minganing haddili suluv ot ekan,
Bo'z samandan kelgan tulporzod ekan,
Sini boshqa, bo'yni uzun, yot ekan,
Shu otingni baytalimga so'rayman.
Shu kunlarda biyam damga kelibdi,
Bo'g'oz bo'lar vaqti yetib to'libdi,
Shu bo'z samaningga tolib bo'libdi,
Bir martaga qo'yishingni so'rayman.
Go'ro'g'li dcydilar, o'zim bckzoda,
Kiyganim ustimda harir ozoda,
Bir fasil tushib tur bo'lib piyoda,
Shu otingni baytalimga so'rayman.
Rayhon arab Go'ro'g'libekning bu so'zini cshitib, baytaliga Rayhon arabning otini qo'ydirishga juda ishqiboz ekanini bilib, hozir Go'ro'g'libekni aldash payti ekanini qo'ldan bermay, Go'ro'g'libekka qarab: "Otimni baytalingga, mayli, bir qo'yayin, undan awal sen mening bir tashnaligimni qondir", — deb bu
so'zni aytdi:
Mayli, qo'yay baytalingga otimni,
Awal aytganimni qilsang, Go'ro'g'li,
Uzoq yo'ldan kelgan chanqoq, tashnaman,
Yaxob suvdan serob etsang, Go'ro'g'li.
Yangangga buyursang, xizmatga tursa,
Bir shokosa to'la suv olib bersa,
Shundan keyin beray, mayli, otimni,
Tashnalikdan serob bo'lsam, Go'ro'g'li.
Yangangga buyursang, dalaga chiqsa,
Qo'lidan suv bersa, labim qoniqsa,
Shundan keyin beray mayli otimni,
Aytganingga ko'nib so'ngra, Go'ro'g'li.
Dashtda uchratasan rayhon gulini,
Yangang kosa tutib, cho'zsa qo'lini,
Shundan keyin, mayli, beray otimni,
Suv ichib olgandan keyin, Go'ro'g'li.
Ana shunda Go'ro'g'libek Rayhon arabdan bu so'zni eshitib: "Bu zang'ar yangamni suv olib bersin, dedi. O'sha tog'am aytgan Rayhon arab yo shumikan. Lekin zang'aming oti juda suluv ekan. Shu otini baytalimga choptirib olsam", — deb o'ylab, Rayhon arabga: "Sen zang'ar Rayhon arab bo'lib, men aldab, tag'in yangamni olib qochib ketmagin. Awal otingni baytalimga choptir. Keyin men yangamgi aytib, senga suv oldirib bcrgizaman", — desa, Rayhon arabning Xoljuvonga toza hushlari og'ib, o'lik borayotib: "Uka, awal sen yangangga aytib, menga suv oldirib bergizsang, keyin otimni baytalingga choptiraman",— dedi. Go'ro'g'libek bo'lsa, Rayhon arabning otiga juda hushlari og'ib, nima bo'lsa ham baytaliga choptirib qolmoqchi, yana: "Mabodo bu Rayhon arab bo'lsa, meni aldab yangamni olib qoctul ketami", — deb ham qo'yadi. Ammo Rayhon arabning otini baytaliga choptira olmay qolishdan yam xavf qiladi. Rayhon arab quv zang'ar hamma gapni bilib turibdi. Shu ahvolda Rayhon arab bilai Go'ro'g'li bir sulhga kelolmagandan keyin Go'ro'g'libekka Rayhon arab: "Bo'lmasa, men ham otinra baytalingga qo'yaberay, sen ham yangangga suv oldirib beraber. Har ikkimizning maqsadimiz bir vaqtda hosil bo'lsin", — dedi. Go'ro'g'libek rozi bo'lib, yangasiga bir kosa suv olib berdirmakka ichkariga kirib ketdi. Rayhon arab: "Endi bu bolani arbovima tushirdim-ov", — deb aylanib, hovliga kirib, supadan ichkariga rav bo'lib turdi. Go'ro'g'libek ichkariga kirib, Xoljuvon yangasiga: "Yangajon, shu kelgan odamga bir kosa suv olib ber", — deb iltimos qilsa. yangasi: "U odam — dushman. Agar men suv olib bersam, kcyin mendan ayrilib qolasan", — deb ko'nmay oyoq tirab oldi. Go'ro'g'libek ham yangasiga: "Yo'q, yanga, u dushman emas, biryo'l o'tkinchi. Men uning otiga ishqiboz bo'lib, baytalimga choptiraman, deb uni o'zim qaytarib keldim. Yangang bir kosa suv bersa, otimni baytalingga choptiraman, dedi. Yangajon, bo'lmaydi, bir kosa suv olib bcrasan. Haddi scnga indashga yetmaydi. U mendan qo'rqadi. Hozirginaning o'zida uni do'qlab qo'rqitdim. Bu yog'idan xotirjam bo'I, o'zim bor-ku", — dey berdi. Xoljuvonoy Ahmad sardorning: "Bu bolaning ra'yini hech qaytarma", — deb tayinlaganini eslab, noiloj bir kosa suvni olib, yengini tishlab tortinib. tashqariga chiqdi. Rayhon arabning ko'zi Xoljuvonoyning qaddu qomatiga tushib, ichi shuvillab, bag'ri guvillab, ko'zi chaqchayib, og'zi aqchayib, toza silasi qaytib, og'zining so'lagi qurib, nima bo'lganini bil-may qolib, Go'ro'g'liga: "Tut baytalingni, lekin men o'zim otdan tushmayman", — deb yubordi. Go'ro'g'libek baytalini tutdi. Rayhon arab otiga minib turib, otini baytalga qo'ydi. Go'ro'g'libek va'daga muvofiq: "Yanga, hozir kosani bu odamga uzat", — dedi. Xoljuvon kosani tortinib, Rayhon arabga tutdi. Rayhon arabning ko'zlari o'ynab ketdi. Darrov kosani qamchisi bilan bir urib, Xoljuvonoyning bilagidan mahkam ushlab, bir silkib otining sag'risiga olib: "Ey, ahmoq Go'ro'g'li, qoyil bo'ldingmi endi", — deb haydab ketdi. Go'ro'g'li darrov kallapo'shini to'rt buklab: "Nima bo'lsa ham, endi baytalim to'xtamay qol-masm", — deb buklangan kallapo'shini baytalning dumi ostiga tiqib, bir qo'lini kallapo'shdan qo'ymay, baytaliga minib, bir qo'li bilan haydab, Rayhon arabning orqasidan tushdi. Bir pilla baytal jipillab Rayhon arabga yaqinlashib borib qoldi. Rayhon arab arqayin bo'lib kctayotgan edi. Qarasa, Go'ro'g'lining baytali juda yomon jimiyib quvib kclayapti. Rayhon arab ham cndi arqayin bo'lmay, katta bir jarga haydab, jardan otini ding etkizib, sakratib o'tib ketdi. Shu yerda Go'ro'g'libckning baytali baytallik qilib, jardan sakray olmay qoldi. Shunda Go'ro'g'libek Rayhon arabning orqasidan qichqirib: "Ukag'ar Rayhon arab, meni aldading. Arqayin bo'lma, har pilla sendan o'chimni olaman", — deb shu so'zni aytdi:
Aldab kctding bugun meni, ukag'ar,
Shu marta yuttirdim scnga, enag'ar,
Aldading, arbading, aqlim oldirding,
Ko'kragi jun bosgan, ko'zlari chag'ir.
Ko'p quvonma, hali bir kun ko'rasan,
Arabda halicha davron surasan,
Qoshiq boshingga tckkan pilla, enag'ar,
Ko'zlaring miltillab navbat berasan.
Ostingda bedoving tulpor, o'ynoqi,
Xazinangda minglab tuya mo'ynoqi,
Navbat kelib bir kun o'tar joningdan,
Tizillab turkmanning bergan qiynog'i.
Otingga qaratib ko'zim chaldirding,
Aldading, arbading, aqlim oldirding,
Bo'z samaning bedov ekan, ukag'ar,
Haqlab kctding, meni orqa qoldirding.
Scning Rayhon arabliging bilmadim,
Yangam qaytarganin qabul qilmadim,
Shu martaga yutding meni, ukag'ar,
Hay attang-a, senga ustun bo'lmadim.
Shoshma, jonim bo'lsa bunda omonda,
Toparman makoning bo'lsa qayonda,
Go'ro'g'liga navbat kelsa ko'rasan,
Xoh armanda bo'lsa, xohi Eronda.
Go'ro'g'libek og'zi charchaganicha Rayhon arabning orqasidan so'kib-so'kib, nochor jardan nariga o'ta olmay, orqaga qaytdi. Oradan bir-ikki kun o'tib, Ahmad sardor kelib, Go'ro'g'lidan yangasini so'radi. Shunda Go'ro'g'libckning ko'ngli buzilib, Rayhon arabni so'kib, yig'lab, bir so'z dedi:
Bilmay qoldim, ilintirdi damiga,
Juda yomon ayyor ckan, enag'ar.
Rayhon arab kelib ko'zim chalg'itdi,
Go'l debman u, hushyor ekan enag'ar.
Yangamni tashladi otning soniga,
Parvo ham qilmadi yig'laganiga,
Changalin botirdi qorday taniga,
Bir xizzang, ko'zi g'ar ckan enag'ar.
Mingashtirib Xoljuvonni sirtiga,
Haydab ketdi otin, boqmay ortiga,
Men yig'layman oriyatning dardiga,
Ko'zi ola chag'ir ekan enag'ar.
Bo'z samani chopsa, yulduzday oqar,
Suluvlik simbati odamga yoqar.
Ko'zlari chaqmoqday alanglab boqar,
Mingan oti tulpor ckan enag'ar.
Go'ro'g'li yetolmay, qop ketdi dog'da,
Yo"rtanglab asta-asta undan yiroqda,
Ayta bersam so'zim turmas kurakda,
Haddili hiylagar ekan enag'ar.
Ahmad sardor Go'ro'g'li jiyanidan bu so'zlami eshitib, juda ko'p vaqt indamay, g'amgin bo'lib qolib. keyin Go'ro'g'libckka: "Jiyanim, bu gaplarni esingdan chiqarib yuborib, baytalingni boqib, dimog'ingni choq qilib yura ber. Menga Xoljuvon bo'lmasa, boshqasi, pulga topiladigan xotin-da", — deb dildorlik bcrdi. Go'ro'g'libek bo'lsa, picha kattarib: "Bir otli bo'lib olay, undan keyin ko'raman", — deb Rayhon arabni sirtidan so'kib, baytalini minib, bo'zga chiqib ketdi.
Ana shuytib baytali halak, Go'ro'g'li halak, shu ahvolda oylar o'tibdi. Bir kun Go'ro'g'libekning baytali bir toziday chaqa, modarzod narsani tug'ib tashladi. Go'ro'g'libek buni ko'rib kayfi qochib, nash'as uchib, juda achchig'lanib: "Men seni shunday narsa tug'sin, deb asrab, azayishlab yuribmidim", — deb bo'z saman baytalini kaltak bilan bir urib o'Idirib qo'ydi. Bir pilla achchig'i tarqalib qarasa, baytali o'lit qolibdi. "He, attang", — deb haligi toziga o'xshagan junsiz narsaning erkak ekaniga umid bilan biroz vaql sut berib yurganidan keyin ko'rsa, asta-sekin jun chiqib, haligi toziga o'xshaganliklari ketib, oyoqlanib. ko'kkina toy bo'lib qoldi. Go'ro'g'libek quvonib: "Endi buni ot qilib olaman", — deb toyga mchr qo'yib. quyonday ildam bo'lsin, deb quyonning sutini, echkiday sakrasin, deb echkining sutini, bo'riday olg'ir bo'lsin, deb bo'rining sutini, tulkiday ayyor bo'lsin, deb tulkining sutini, tuyaday chidamli bo'lsin, deb tuyaning sutini, o'z nasli otday suluv bo'lsin, deb otning sutini berib, toyini boqib o'tirib, yil oshirib, katU toy qilib, goh minib, goh tushib, toy novchatob, baland qomat bo'lganligi uchun toyining ismini G'irol qo'yib olgan edi. G'irot uch yoshga to'lib, g'o'non bo'lgandan keyin Go'ro'g'li Rayhon arabga borish qas-dida jardan irg'ib o'tadigan qilaman, deb avval ariqdan irg'itib, so'ng jarlardan irg'itib, ipaklardan arqon eshib sudratib, mashq qildirib yurar edi.
Shuytib, bir kuni G'irotni minib, Go'ro'g'libek Yovmitning xonaqosining oldidan o'tayotib, yoshligi-da shu yerda Ravshan ko'r bilan topishib, otasining shu yerda vafot ctganini eslab o'tib borayotsa, xonaqoh-ga ko'p qalandarlar qo'ngan ekan. Ular Go'ro'g'libekni ko'rib qolib: "Hoy, Go'ro'g'libek, bu yoqqa keling. bir gap bor", — deb chaqirishib qoldilar. Go'ro'g'libek qalandarlarning chaqirganiga achchig'lanib: "Gaplaring besh-olti chaqa tanga ber, deb aytish-da, undan boshqa nima gaplaring bo'lar edi", — dedi. Shunda qalandarlarning biri Go'ro'g'libckka qarab: "Yo'q, boshqa bir gap bor. Bizlar pul so'rab, gadoy-chilik qiladigan qalandarlardan emasmiz, Faqat senga aytadigan maxsus bir gapimiz bor. Sen supadan bir balandga chiq. Otdan tush. Otingni birovimiz ushlab turamiz. Bizlarning sharofatimiz bilan sen ham xona-qohga bir kir", — deb dim qo'ymagandan keyin Go'ro'g'libek G'irotdan tushib, G'irotning jilovidan ushlab turgan holda supaga chiqib: "Mana, chiqdim. Nima gaplaring bo'lsa, aytinglar qani", — desa, qalandarlar: "Seni shu turkman eliga xon qilib ko'tarmoqehimiz. Sen bizlarni qalandar, deb o'ylama. Bizlar el oqsoqollari bo'lamiz. Qani, ichkariga marhamat qil. Otingni birovimiz ushlab turamiz, "— dey bcrdi. Go'ro'g'libek qalandarlarga: "Maboda, sizlar o'g'ri bo'lib, meni aldab ichkariga kirgizib, otimni o'g'irlab ketmanglar", — desa, qalandarlar: "Yo'q, bizlar o'g'ri emasmiz. Agar ishonmasang, mana ayvonning bur-chagiga yur, oting ko'z oldingda. Faqat senga podsholikning ko'ylagini kiydirib qo'yamiz. Boshqa hech gap yo'q. Shu ko'ylakni kiyding — turkman eliga xon bo'lding hisob", — deb Go'ro'g'lini qo'yarda-qo'ymay, xonaqoh ayvonining burchagiga olib borishib, o'sha aytgan ko'ylakni kiydirmakchi bo'la berdi. Go'ro'g'libek: "Otimning yo'liga ko'ndalang bo'la bermanglar. Men hali sizlarga ishongim kelmayapti",—dedi. Qalandarlar G'irot bilan Go'ro'g'libekning orasini ochiq qilib qo'yib: "Ana endi ko'ylakni kiyib ol. deyisha berdi. Go'ro'g'libek: "Bo'lmasa, otimni o'sha joyga bog'lab qo'yinglar. Men ko'ylakni kiyib olguncha, otimning oldida hech kirn bo'lmasin", — dedi. Qalandarlar G'irotni joyiga bog'lab, o'zlari G'irotdan yiroqlashdilar. Go'ro'g'libck otiga juda kashal bo'lib: "Ko'ylakni beringlar, tez kiyib olay", — deb ko'ylakni qalandarlarning qo'lidan ola solib, abil-g'ubil kiya solib, ko'ylakning yoqasidan boshini chiqara solib qarasa, G'irko'k oti yo'q, qalandarlar ham yo'q. Juda kayfi uchib ketganidan Go'ro'g'libek kiygan ko'ylagini yirtib, bo'lak-bo'lak qilib tashlab, otini izlab, endi sarson bo'lmoqni ko'ring.
lzlaydi-izlaydi, har zamonda kelib tog'asinikidan bir tandir, ikki tandir non olib, yana izlab ketadi. Ammo otning na izini va na daragini topolmay, kayfi uchib, yana tog'asinikiga qaytadi. Shu ahvolda Go'ro'g'libekning izlamagan yeri qolmay, oradan bir yil o'tib ketdi. Go'ro'g'libek endi o'n to'qqizga kir-gan. Kun ham oxir tirama' bo'lib kelayotir. G'irotdan bo'lsa, hali ham darak yo'q. Bir marta eng uzoq-likdagi bir tog'ni Go'ro'g'libck nishonga olib, "Shu tog'ni ham bir izlay, undan keyin ham topmasam, toza umidimni uzaman", — deb o'sha toqqa qarab yo'l olib, piyoda yura-yura tog'ning tubiga yetib bordi. Endi Og'a Yunus va Misqol parilardan eshitsangiz.
Go'ro'g'liga xushtor bo'lib, ularning ruhi shu turkman elida aylanib yurar edi. Ammo Go'ro'g'libek hech nimadan xabarsiz, G'irko'k otini izlamakdan boshqa narsani bilmas edi. Shu tog'ning bag'rida, bir kamarningbulog'ida Yunus-Misqol parilarning ruhlari kir yuvib o'tirgan suratda Go'ro'g'libekningko'ziga ko'rindi, Go'ro'g'libek ulardan: "Shu yerlardan g'o'nondan do'nonga chiqma bir ko'k toy o'tdimi?" — deb so'rab, bir so'z dedi:
Buloqning boshida turgan ayollar,
Shu yerlardan bir g'o'non toy o'tdimi,
O'tgan bo'lsa, bizga xabar beringlar,
Shu ycrlarda biror kimsa o'tdimi?
O'tgan bo'lsa, suyunchisin beraman,
Yovmitga qaytarib olib boraman,
Bilsanglar, aytinglar, turgan ayollar,
Ko'pdan beri yo'qchi bo'lib yuraman,
Shu yerlardan bir g'o'non toy o'tdimi?
Bu tog'lar elat bor yerdan kanora2
Bundan oshsa qaysi yurtga enara,
Aytinglar, kir yuvib turgan ayollar,
Otim izlab juda bo'ldim ovora,
Shu yerlardan bir g'o'non toy o'tdimi?
Kezib keldim dasht-u sahro, cho'lini,
Axtarib topmadim dengiz, ko'lini,
Aytinglar, kir yuvib turgan ayollar,
Qisqa aylang izlovchining yo'lini,
Shu yerlardan bir g'o'non toy o'tdimi?
Ko'k tusli, uzun dum, bo'yni ingichka,
Zo'r o'mgan, buyuri kerishgan ingichka,
Eshitinglar, kir yuvib turgan ayollar,
Topsam Yovmit qaytib boray shu kecha,
Shu yerlardan bir g'o'non toy o'tdimi?
Ravshanko'r bolasi otim Go'ro'g'li,
Tog'am Ahmad sardor turkmanda tug'li,
Men o'zim hech kimdan qo'rqmas qoruvli,
Aytinglar, kir yuvib turgan ayollar,
Shu yerlardan bir g'o'non toy o'tdimi?
Shunda Yunus, Misqol parilarning ruhi qoqinib buralib, Go'ro'g'libekka qarab, biqinini tirab, qoshini uchirib, xuddi bir-biriga o'xshab, bir kishini ikki kishi qilib qo'yganday bo'lib, kulib noz qilib: "Ot yo'qot-gan yaxshi yigit, otingni el bor joydan so'ra-da. Ot bu odamsiz tog'larda nima qilsin", — deb Yunus, Misqol parilarning ruhi shu so'zni aytdi:
Ey, ot izlab yurgan go'zal bo'z bola,
Jaynagan jamoling misli gul-lola,
Yo magar aqlingdir hali ko'p chala,
Odamsiz joylarda oting na qilsin?
Kishi yurtdan uzoqlashsa, yot bo'lar,
Ko'p piyoda yurma, poying lat bo'lar,
Qayerda el bo'lsa, shunda ot bo'lar,
Odamsiz joylarda oting na qilsin'.'
Yo bo'lmasa oting qilib bahona,
O'ynashay deb kelgandirsan buyona,
Bo'layin bo'yingdan mudom parvona,
Odamsiz joylarda oting na qilsin?
Tushingda bizlarni magar ko'rdingmi,
To'shagingdan sermalanib turdingmi,
Ko'rib turib chindan ko'ngil bcrdingmi,
Odamsiz joylarda oting na qilsin?
Bizning buloq cho'milmoqqa qulaymi,
Qulay bo'lsa sizni shumg'ib solmaymi,
Moboda ko'nglingiz bizni tilaymi,
Odamsiz joylarda oting na qilsin?
Oynadan tiniqdir pari jamoli.
Pari jamolining bo'lmas zavoli,
Bu so'zlar chinmi yo magar xayolmi,
Odamsiz joylarda oting na qilsin?
Ayol dcma, bi/lar hali gulg'uncha,
Hech kimni ko'rmadik to sen kelguncha,
Xo'p desang, xo*pdirmiz. boz yana shuncha.
Odamsiz joylarda oting na qilsin?
Yunus, Misqol yo'l uzra kir yuvarlar,
Bir qara-chi, shavqing yana qancha bor.
Qancha suluv ko'rsang, biz ham shuncha bor,
Odamsiz joylarda oting na qilsin?
Go'ro'g'libck buloqda kir yuvgan bo'lib ko'ringan Yunus, Misqol parilarning ruhidan bunday hazil so'zlarni eshitib, o'zidan o'zi ularga Go'ro'g'libekning hushlari oqqanday bo'lib: "Bular ncga mcnga bun-day deb hazil so'z qotadi", — deb avvalidan ayol jinsining isi yoqmagan Go'ro'g'liga bir marta parilarning so'zi qulog'iga yoqqanday bo'lib, u yerdan o'tib kctdi. Shu kuni gashti peshinda tog'ning ustiga chiqib o'tirib, naryoqdagi kamarlarni birma-bir ko'zdan kechirib qarab o'tirsa, bir pilla bir kamardan bir do'lana-ga bog'log'lik turgan bir otni ko'rib qolib, rangiga zehn solib qarasa, ot ko'k, yashil, g'irko'k, G'irko'kka o'xshagan bir ot. "Agar G'irko'k bo'lsa, shuncha mehnatim kuymagan bo'ladi. Qani, bir borib ko'ray-chi", — deb asta-asta o'sha kamarga borib ko'rsa, o'zining G'iroti do'lonaga bog'log'liq turibdi. Hech odamzodning daragi yo'q. Lekin biroz o'sibdi. Oming ustida egar-abzal, boshida no'xta, yugan. "E, jonivorgina G'irko'kim", — deb do'lonadan yechib olib, minib, tog'dan tushib qaytib kela berdi. Kun ham asr bo'lay deb qolgan bir pilla tog'ning boshidan birov: "Ha, bola, to'xta. Otni qayoqqa olib kclayap-san?"— dedi. Go'ro'g'libek: "Kim bo'lsa ham kelsin qani", — deb to'xtab turdi. Bir pilla qari chol boboy yetib kela solib, G'irotning jilovidan ola ketdi. Go'ro'g'libek cholga: "Nomard o'g'ri, otda nima haqing bor? Buni yo'qotib, bir yildan beri izlab yuribman. Yana meniki deysan-a", — desa, chol boboy Go'ro'g'libckka qarab: "Noma'qulni yema, ot meniki. Men buni sotib olganman. Qani, darrov tushib jo'nab qol", — dedi. Go'ro'g'libek chol boboyga: "Sen noma'qulning nonini yebsan. Bo'lmasa, egar, abzali scni-ki chiqar, ot meniki, ko'p tarmashma. Endi kallangga bir mushtlayman, o'lasan — qolasan", — dedi. "Shundaymi hali, hali ham zo'rlikmi, otni ber. Bo'lmasa, kurashari qilamiz. Kim yiqilsa, otdan umidini uzsin", — deb Go'ro'g'libekka qarab, chol boboy bir so'z dedi:
Haq bo'lsang, da'vongda agar haq bo'lsang
, Mayli ol shu otni meni yiqolsang,
Bordi-yu yiqilsang, ko'rgin o'zingdan,
Undan keyin ot bo'ladi bizniki.
Shu gaplaring, agar sening rost bo'lsa,
Kurash tutsak, kuchim sendan past bo'lsa,
Bordi-yu yiqilsang, ko'rgin o'zingdan,
Undan keyin ot bo'ladi bizniki.
Ko'nasanmi bola shunday garovga,
Chikka aylab meni, bo'lolsang tovka,
Bordi-yu yiqilsang, ko'rgin o'zingdan,
Undan keyin ot bo'ladi bizniki.
Bilaging shimarib, kuching ketirsang,
Yiqitib, yclkamni yerga yctkirsang,
Bordi-yu yiqilsang, ko'rgin o'zingdan,
Undan keyin ot bo'ladi bizniki.
Kelgin, bola, qo'l ushlashib ko'raylik,
Yengganimiz cholqa qilib urayik,
Bordi-yu yiqilsang, ko'rgin o'zingdan,
Undan keyin ot bo'ladi bizniki.
Bu yer Er Xizirning tog'i bo'ladi,
Kim yiqsa, shu otni yutib oladi,
Bordi-yu yiqilsang, ko'rgin o'zingdan,
Undan keyin ot bo'ladi bizniki.
Ana shunda Go'ro'g'Iibek chol boboydan bu so'zni eshitib: "Bu qulay bo'ldi, ardisari bu o'lasi cholni ykjitaman. G'irotimni toza o'zimniki qiiib olib kctaman", — deb G'irotidan tushib: "Mana bo'lmasa, yoqa-ma-yoqasiga kurashasanmi yoki qo'yama-qo'ltig'iga kurashasanmi?" — dedi. Choi bobo: "Qandayiga bo'lsa ham kurasha beraman", — dedi. Ko'nglida: "Bir qisib bu cholning qobirg'asini sindirib yuboray",— deb qo'ydi.
Shuylib, Go'ro'g'Iibek boboy bilan kurashib qolibdi. Choi boboy shirp elki/ib Go'ro'g'lini yiqitib: "Qani. endi otni bizga berasan", — desa, Go'ro'g'Iibek: "Yo'q, bobo, kurashimiz it yiqilish bo'ldi, boshqavotdan kurashamiz". — dedi. Choi boboy: "Ha, yiqilgan kurashga to'ymas, deydi. Mayli, qancha kurashsang, kurasha beraman", — dedi. Go'ro'g'Iibek: "Shu marta bir chalim olib ko'raman", — deb chol boboy bilan yana kurashib qoldi. Chol boboy yana Go'ro'g'libckni ko'tarib yerga bir urib: "Qanday, endi ko'nasanmi". — dedi. Go'ro'g'Iibek yana toqoshovlik qilib: "Sen bu marta ham g'irrom yiqding. Yana boshqavotdan kurashaman", — dedi. Shunda chol boboy: "Uch, uchdan keyin puch, degan. Bola, bilib qo'y, shu martaba ham yiqilsang, otni olib ketaman", — dedi. Go'ro'g'Iibek: "Bu martaba men seni yiqi-taman"*. - deb bor kuchini to'plab, chol boboy bilan yana kurashdi, chol boboy yana Go'ro'g'libckni ko'tarib yerga bir urib: "Ana endi seni halol yiqqanimga ko'narsan", — deb G'irotni yctaklab, toqqa qayt-moqchi bo'la bcrdi. Shunda Go'ro'g'Iibek boboyga kuchi yctmasligini bilib: "G'irotimni berib keting", — deb boboyga yalinib, bir so'z dedi:
G'o'ch bilakli. Rustam sifat, bobojon,
Olib ketay, bcrgin mcnga otimni,
Rahm ayla, yolg'iz cdim otadan.
Olib ketay, bergin mcnga otimni.
Bu ot mcnga kongil qo'ygan xonazod,
Shu bo'lsa har ncchuk men g'amdan ozod,
Seni bir jo'mard deb doim qilay yod,
Olib ketay, bergin mcnga otimni.
Biryil bo'ldi sargardon bo'p izladim.
Oyri vaqtlarda bag'rim tuzladim.
Gohilarda bo'taday bo'p bo'zladim,
Olib ketay, bcrgin menga otimni.
Barakalla, qoyil bo'ldim kuchingga,
Bilmam ncchuk o'ylaring bor ichingda,
Bobo, qoyil bo'ldim sening kuchingga
, Olib ketay, bergin menga otimni.
Go'ro'g'Iibek tog'ma-tog' sarson bo'Imasin,
Bunday sovuqlarda kechga qolmasin.
Keen salqinga qolib tumov chalmasin,
Olib ketay, bcrgin menga otimni.
Boboy Go'ro'g'libekka: "Ha, hali ham otga kashalsanmi? Endi jo'nab keta ber. Baribir senga endi ot yo'q". — dedi. Go'ro'g'Iibek juda ma'yus bo'lib yaltillab, goh G'irotga, goh chol boboga qaray berdi. Keyin boboy Go'ro'g'libekka: "Hay bo'lmasa, juda shu otni meniki deybcrding. Endi mening bilan qoziga yur. Qozi otni kimga hukm qilsa, otni o'sha olsin", — deb G'irotni yctaklab, bir kamarga burila bcrdi. Go'ro'g'Iibek ko'nglida: "Shu yaqinda qozixona ham bor ckan", — deb chol boboyning orqasidan ergashib keta berdi.
Chol boboy shunday burilib, bir g'orga kirib ketdi. Go'ro'g'li ham chol boboyning orqasidan: "Assalomu alaykum". deb kirib bordi. Qarasa. ichkarida o'tinxona, obxona, bir yog'ida borxona, bir yog'ida olovxona. Naryog'ida xonaqoh, beri yog'ida ayvoncha, ayvonchada G'irot bog'log'lik turibdi. Bir qalandar sifat odam chiqib, Go'ro'g'Iibek bilan salomlashib, ko'rishib, olovxonaga ergashtirib kirdi. Qarasa. o'rtada gulxan, endi o'chib, cho'q bo'libdi. Cho'qdan olib-solib, to'rda sandalga isinib to'rtta kishi otinbdi. Gulxan atrofida bo'lsa, qirq kishi, bir katta qozon temir o'choqning ustida biqtirilib turibdi. Go'ro'g'Iibek shoshib qoldi. Qirq kishi Go'ro'g'libckni sandaldagi to'rt kishining oldiga o'tirg'izdi. Shunda haligi to'rt odamning birovi: "Qani, Go'ro'g'li, marhamat qil. Ammo bilginki, bu yer chilton, G'ovsul-G'iyoslarning joyi. Sen shu ot sabab bo'lib bu yerga kelib qolding. Endi bu yerdan quruq kctma. Uch martaba so'raymiz, qani ayt. Ot tilaysanmi, zot tilaysanmi?" — dedilar. Go'ro'g'Iibek: "Ot", — dedi. Yana: "Ot tilaysanmi, zot tilaysanmi?" — dedilar. Go'ro'g'Iibek: "Ot", — dedi. Uchinchi martaba yana: "Ot tilaysanmi, zot?" — dedilar. Yana Go'ro'g'Iibek: "Ot", — dedi. Keyin G'ovsul-G'iyos: "Bo'lmasa, bizlar senga uch narsa qo'shib bcramiz. Birinchidan, o'z tilaganing shu G'irko'k oting bo'lsin, o'zing bilar teng umrlik bo'lsin. Ikkinchidan, umring ziyoda bo'lsin — yoshing bir yuz yigirmaga yetsin. Uchinchidan Yunus, Misqol parilar yoring, Chambil shahring bo'lsin. To'rtinchidan, har qanday yarador bo'lsang, yul-duzlarni ko'rib tuzalib ketadigan bo'lgin, omin", — dedilar. Go'ro'g'libek: "Endi G'irko'k otimni bersa, bt yerdan kctsam", — deb o'ylagan edi. G'ovsul-G'iyos: "Oqshom bo'lib qoldi. Endi sen bu yerda mehmon bo'lib yot. Erta bilan ketasan. Endi hech narsani o'ylama, qo'rqma. Har pilla o't o'zingniki", — deb chilton larga buyurib, Go'ro'g'libekning oldiga bir toboq qovurdoq qo'ydilar. Go'ro'g'libek qovurdoqni ycb olib shu kech chilton, G'ovsul-G'iyoslarga mehmon bo'lib qoldi. Oqshom tushida G'ovsul-G'iyo; Go'ro'g'libekka bir siyirma qilich bergan emish. Endi Xudoning besh vaqt namoz qarzini sen ham har kum berib tur, dermish. Erta bilan uyg'onib qarasa, qilich qo'lida, G'irko'k oti bir do'lonaga bog'log'lik, o'a shunday do'lonaga suyanib uxlabdi1. Darrov o'rnidan turib, G'irotiga minib, Yovmitga qaytdi
Go’ro’g’lining bolaligi
t J tgan gapga salavot", degan ckan. Endi Ravshan ko'r bechora o'lib, Go'ro'g'libekni yetim qoldirib qo'yamizmi. Gapning buyog'ini ham davom ettirib keta berayin, qani, Go'ro'g'libek nimalar qilar ekan.
Ana endi shuytib, Ahmadbek sardor Go'ro'g'libek jiyanining suyak egasi bo'lib, uyiga olib borib, xoti-ni Xoljuvonoyga: "Mana bu mening tuqqan jiyanim, Xunxorda tug'ilib, enasi o'lib, kelgan. Endi bu bizniki-da turadi. Senga tayinlaganim — shuning aslo-aslo ko'nglini qoldirmaysan, sira-sira maytarilmasin. Agai buning ko'nglini qoldirguday bo'lsang, ikkimizning o'rtamizdagi do'stlikka g'ovg'a qo'ygan bo'lasan", -deb tayinlab qo'ydi. Go'ro'g'libekka ham: "Jiyanim Go'ro'g'li, men bu Tukman yurtida Xunxorga vakil odamman. Juda ko'p ishlayman. Uyda bo'larimdan bo'lmasligim ko'p. Shu yangangning qoshida bo'lasan Lekin bilib qo'yki, Rayhon arab degan bir saman bo'z otli odam bor. U har zamon-har zamonda shi to'garaklarda ko'rinib qoladi. O'sha odamga ko'z-quloq bo'lib yur. Hech kim yo'q vaqtlarda hovliga yon dashmasin. U bir yomon odam", — deb tayinlab qo'ydi.
Shuytib, Go'ro'g'libek Ahmad sardornikida juda crka bola bo'lib o'sa berdi. "Aytgani o'rol, olgan halol", edi. Boshqa turkmanlar ham Go'ro'g'libekka Ahmad sardorning jiyani deb hurmat yuzasidan qara edi. Boshqaning Go'ro'g'libek bilan, Go'ro'g'libekning boshqa bilan ishi yo'q. Ola baytali halak, o'z halak, har kuni yetaklab yurgani-yurgan edi.
Kunlardan bir kun ko'klam chog'i ola baytalini yetaklab Hovdak ko'lining yonida yursa, baytali damgi kelgan ekan, ko'ldan bir yovvoyi ot chiqib, baytaliga chopib, yana qaytib suvga kirib ketdi. Shuytib Go'ro'g'libekning baytali bo'g'oz bo'lib qoldi. Go'ro'g'libek bo'lsa, quvonib: "Endi baytalim menga o tug'ib beradi", — deb yurar edi. Kunlar, oylar o'tib, baytalning qulinlaydigan vaqti bo'lib qoldi Go'ro'g'libek ham: "Endi baytalim ot tug'ib beradi", — deb har doim ko'z-quloq bo'lib yuradigan bo'ldi Bir kun bomdodda baytali qulunlabdi. Go'ro'g'libek qarasa, xuddi toziday bir narsa, badanda bitta ham rul yo'q, chaqa, o'zi ham urg'ochi ekan. Go'ro'g'libekning birdan kayfi qochib, nash'asi uchib: "Men ser qachonlardan bcri bir ot tug'ib beradi, deb yursam, tug'ib bergan narsang shumi. Tag'i bu ham bo'ls urg'ochi", — deb achchiq ustida baytalini kaltak bilan bir urib o'ldirib qo'ydi. Bir pilla qarasa, baytali o'li qolibdi. Endi Go'ro'g'libekning achchig'i tarqab: "He, jonivor toziginam", — deb haligi toziga o'xshaga chaqa toyni yangasidan so'rab olib sut berib, bir kigizginaning ustida yotqazib, tarbiyat qilaberdi.
Oradan ko'p vaqtlar o'tib, toyga tuk chiqib, yura oladigan bo'ldi-qoldi. Undan keyin Go'ro'g'libcknin ish ermagi shu toy bo'lib qoldi. Toy miskin o'sdi. G'unondan do'non bo'ldi, oylar, yillar o'tib bir sama bo'z bo'lib yetishdi. Shu vaqtgacha Go'ro'g'li ham o'n beshga kirdi. Tog'asi aytgan haligi Rayhon am degan odam ham har zamon, har zamonlarda do'ngdan boshmoqlab Ahmad sardorning hovlisiga qaral qarab, yana yo'q bo'lib ketar edi. Go'ro'g'libek: "Endi baytalim damga kelsa, bir yaxshi otga choptirsan undan keyin baytalim menga bir crkak toy tug'ib bersa, ot qilib olar edim", — deb yurar edi. Shu ko'klai Go'ro'g'libekning aytgani bo'lib, baytali damga kcldi. Lekin Go'ro'g'libek har qanday otni baytaliga cho| tirishni xohlamay, bir yaxshi ot bo'lsa, deb yurib edi. Shu kunlarda Ahmad sardor bir yoqqa ketgan. Ovuk ham yolchitib odam qolmagan edi. Endi so'zni Rayhon arabdan eshiting.
Rayhon arab bergi arablar eliga podsho edi, o'zi juda sayis otboz edi. Bir yaxshi arabi baytalga damj kelgan vaqtida dengiz tulporini choptirib, bir xonazod tulpor tug'dirib olgan edi. Rayhon arabning ol nihoyatda xotinboz bachchag'ar edi. "Shunday tulporim boigandan keyin olamda tengi yo'q qizni izla topish menga oson", — deb bekor vaqtlari dunyoning to'rt tarafiga sayohat qilib ketar edi. Shunday qilil bir martaba turkman yurtiga kelib qolib, Xoljuvonoyga ko'zi tushib, juda yomon xushtor boigan edi. 0' ham xuddi shu vaqtlarda yer yuzida Xoljuvonoyday suluv qiz yo'q edi. Rayhon arab odamlardan: "Bu qi ning boshi bo'shmi?" deb so'raganida, odamlar: "Yaqinda bu qizning to'yi bo'ladi. Bu qizni turkman el ning og'asi Ahmad sardor oladi", — degan edi. Rayhon arab qizni sahal oldin ko'rmaganiga ming-mingli
pushaymon qilib, qo'lga kiritishning ilojini topmay, har zamonlarda qirdan bir boshmoqlab, Xoljuvonoyni E^_-^ uzoqdan bir ko'rib kctar edi. Shuytib, Rayhon arab Xoljuvonoyning hasratini yeb yurar edi. Ana endi bugun
ryjp Rayhon arab ovulda yolchitib odam yo'g'ligini bilib, otini haydab, Ahmad sardor hovlisining yonboshiga
kelib qolganida Rayhon arabni Go'ro'g'libek ko'rib qolib: "Ha, o'g'ri, bu yerda nima qilib yuribsan. Jo'na
bu yerdan, enag'ar", — deb Rayhon arabga qarab, bir so'z dedi:
Chekkasin jun bosgan qanday balosan, Bu ycrlarda yurib nima qilasan, O'g'rimisan, kazzobmisan, enag'ar, Jo"nab qol yo'lingga, yo'qsa o'lasan.
G'ayratim kelganda qaynab jo'shaman, Har nechuk toshingman ko'ksing tcshaman, Dah desam, tog'lardan haklab oshaman, Kim bo'lsang ham, darrov jo'na bu yerdan.
Dev ham tiklay olmas mening ko'zima, Oyoq osti qilgum, kelsang, o'zim-a, Joning kerak bo'lsa, qaytgin izinga, Kim bo'lsang ham, darrov jo'na bu yerdan.
Ko'zga ilmaysanmi meni bola, deb. Aldamoqchidirsan aqli chala, deb, Talon solib kctay birato'la, deb, Kim boisang ham, darrov jo'na bu yerdan.
Bu yerlaming baland yog'i jo'nagar, Xanjar ursa, oq badandan qon oqar.
Chalqayma oldimda, o'g'ri enag'ar,
Kim bo'lsang ham, darrov jo'na bu yerdan.
Quloq sol, haromi, aytgan so'zima, Tushdingmi, bachchag'ar, mening izima, Bezrayib boqa berma yuzima, Kim boisang ham, darrov jo'na bu yerdan.
Ishonma, haromi, mingan otingga, Quvalab o'tkazay mamlakatingga, Obborib topshiray ulug' zotingga, Kim bo'lsang ham, darrov jo'na yurtingga.
Har zamonda boshmoqlaysan, ko'raman.
Ko'pdan beri seni bilib yuraman,
Tura bersang kaltak bilan uraman,
Kim bo'lsang ham, darrov jo'na bu yerdan.
Go'ro'g'libek nortuyaday g'arqirar, Xanjar ursam qizil qoning sharqirar, Sachirab har yoqqa oqib tirqirar, Kim bo'lsang ham, darrov jo'na bu yerdan.
Shunday pallada ko'pni ko'rgan Rayhon arabning Go'ro'giibekning bunday gaplariga achchig'i kelib o'tiradimi? Quv bachchag'ar Go'ro'g'liga sir bermay: "Hov, uka, u qirdan boshmoqlab yuradigan odam mendan boshqa odam. Bir yomon ayyor, har narsaga tayyor odam. men boisam, bir yoi o'tkinchiman. Indamasang, o'tib kctaman, indasang, qaytib ketaman", — deb o'ziga suv yugurtmay, Rayhon arab Go'ro'g'libckka qarab, uzangiga oyog'ini tirab, mo'ylabini burab, bir so'z dedi:
Gapirgan gaplarim uyqash, ulama. Tilla doyra chalgan qo'llar tolama, Ko'cha bog'dan o'tkinchiman, bek bachcha, Bekbachchalar shunday zolim bo'lama?
Meni deb boshqani ko'zing ko'rgandi[r], Biror o'g'ri qirdan tiklab turgandi[r], Bekbachchalar shunday do'qlab berama, O'z tinchida ko'cha bog'man yurgandi.
Bekzodalar shoyi kiysin, shaylansin, Har kim g'anim bo'lsa, qo'li boylansin. Ursang agar bir faqirman, bekbachcha, Senday uldan aziz jonim aylansi
Bahor bo'lsa, ko'lda o'rdak suzadi, O'ylab ko'rsang, deganing menga izzadi[r], Bu odating qila bersang, bekbachcha, O'tkinchilar ko'chabog'dan bezadi.
Indama, jon uka, o'tib ketaman, Manzilimga o'z chog'imda yetaman. Qahr aylasang, men bir faqir yoiovchi, Boz orqamga qaytmay nima ctaman.
Dala-dasht to'ladir rayhon guliga, Sir aytgan sanamning tushlar qo'liga, Javob bcr faqirga endi, bekbachcha, O'z vaqtida ketsin bozor yo'liga. Shunda Go'ro'g'libck Rayhon arabdan bu so'zni eshitdi. "Aldamoqqa bola yaxshi" dcgan. "Bu qirdai hosi boshmoqlaydigan Rayhon arab cmas ekan-da. Odam odamga, ot otga o'xshaydi-da. Bu bir yo'l o'tkinch ketd bo'lsa, buni men bekorga Rayhon arab, deb o'ylab, xafa qilib qo'ydim-ov. Lekin zang'aming oti juda sului ichk ot ekan. O'zi ham yulduzni ko'zlaydi. Otini so'rasam, baytalimga choptirmasmikan", — deb Go'ro'g'libek Rayhon arabga qarab, shu so'zni aytdi:
Yarashiqqa zarrin po'ta urayman, Ko'rganimni yaxshilikka yo'rayman, Bu so'zman, ot mingan ayo yo'lovchi, Shu otingni baytalimga so'rayman.
Shu oting demayin behisht pirog'i, Falakda yulduzni ko'zlar dimog'i, Chaqmoqqa mengzaydi ko'zin chirog'i, Shu otingni baytalimga so'rayman.
Nosqovoq o'xshaydi kumush qoptirsang, Talabgor odamning dilin toptirsang, Bo'z tulporing bo'z biyamga choptirsang, Bir martaga baytalimga so'rayman.
Minganing haddili suluv ot ekan, Bo'z samandan kclgan tulporzod ekan, Sini boshqa, bo'yni uzun, yot ekan, Shu otingni baytalimga so'rayman.
Shu kunlarda biyam damga kelibdi, Bo'g'oz bo'lar vaqti yetib to'libdi, Shu bo'z samaningga tolib bo'libdi, Bir martaga qo'yishingni so'rayman.
Go'ro'g'li deydilar, o'zim bekzoda, Kiyganim ustimda harir ozoda, Bir fasil tushib tur bo'lib piyoda, Shu otingni baytalimga so'rayman.
Rayhon arab Go'ro'g'libekning bu so'zini cshitib, baytaliga Rayhon arabning otini qo'ydirishga juda ishqiboz ekanini bilib, hozir Go'ro'g'libckni aldash payti ckanini qo'ldan bermay, Go'ro'g'libekka qarab: "Otimni baytalingga, mayli, bir qo'yayin, undan awal sen mening bir tashnaligimni qondir", — deb bi so'zni aytdi:
Mayli, qo'yay baytalingga otimni, Awal aytganimni qilsang, Go'ro'g'li, Uzoq yo'ldan kclgan chanqoq, tashnaman, Yaxob suvdan serob etsang, Go'ro'g'li.
Yangangga buyursang, xizmatga tursa, Bir shokosa to'la suv olib bersa, Shundan keyin beray, mayli, otimni, Tashnalikdan serob bo'lsam, Go'ro'g'li.
Yangangga buyursang, dalaga ehiqsa. Qo'lidan suv bersa, labim qoniqsa, Shundan keyin beray mayli otimni, Aytganingga ko'nib so'ngra, Go'ro'g'li.
Dashtda uchratasan rayhon gulini. Yangang kosa tutib, cho'zsa qo'lini, Shundan keyin, mayli, beray otimni, Suv ichib olgandan keyin, Go'ro'g'li.
Ana shunda Go'ro'g'libck Rayhon arabdan bu so'zni cshitib: "Bu zang'ar yangamni suv olib bcrsin. dedi. O'sha tog'am aytgan Rayhon arab yo shumikan. Lekin zang'aming oti juda suluv ekan. Shu otini baytalimga choptirib olsam", — deb o'ylab, Rayhon arabga: "Sen zang'ar Rayhon arab bo'lib, meni aldab, tag'in yangamni olib qochib ketmagin. Awal otingni baytalimga choptir. Keyin men yangamga aytib, senga suv oldirib bergizaman", — desa, Rayhon arabning Xoljuvonga toza hushlari og'ib, o'lik borayotib: "Uka, awal sen yangangga aytib, menga suv oldirib bergizsang, keyin otimni baytalingga choptiraman",— dedi. Go'ro'g'libek bo'lsa, Rayhon arabning otiga juda hushlari og'ib, nima bo'lsa ham baytaliga choptirib qolmoqchi, yana: "Mabodo bu Rayhon arab bo'lsa, meni aldab yangamni olib qochib ketami", — deb ham qo'yadi. Ammo Rayhon arabning otini baytaliga choptira olmay qolishdan yam xavf qiladi. Rayhon arab quv zang'ar hamma gapni bilib turibdi. Shu ahvolda Rayhon arab bilai Go'ro'g'li bir sulhga kelolmagandan keyin Go'ro'g'libekka Rayhon arab: "Bo'lmasa, men ham otimni baytalingga qo'yaberay, sen ham yangangga suv oldirib beraber. Har ikkimizning maqsadimiz bir vaqtda
hosil bo'lsin", — dedi. Go'ro'g'libek rozi bo'lib, yangasiga bir kosa suv olib berdirmakka ichkariga kirib ketdi. Rayhon arab: "Endi bu bolani arbovima tushirdim-ov", — deb aylanib, hovliga kirib, supadan ichkariga rav bo'lib turdi.
Go'ro'g'libek ichkariga kirib, Xoljuvon yangasiga: "Yangajon, shu kelgan odamga bir kosa suv olib ber", — deb iltimos qilsa, yangasi: "U odam — dushman. Agar men suv olib bersam, keyin mendan ayrilib qolasan". — deb ko'nmay oyoq tirab oldi. Go'ro'g'libek ham yangasiga: "Yo'q, yanga, u dushman emas, bir yo'l o'tkinchi. Men uning otiga ishqiboz bo'lib, baytali mga choptiraman, deb uni o'zim qaytarib keldim. Yangang bir kosa suv bersa, otimni baytalingga choptiraman, dedi. Yangajon, bo'lmaydi, bir kosa suv olib bcrasan. Haddi scnga indashga yctmaydi. U mendan qo'rqadi. Hozirginaning o'zida uni do'qlab qo'rqitdim. Bu yog'idan xotirjam bo'I, o'zim bor-ku", dcy berdi. Xoljuvonoy Ahmad sardorning: "Bu bolaning ra'yini hech qaytarma", — deb tayinlaganini cslab, noiloj bir kosa suvni olib, yengini tishlab tortinib, tashqariga chiqdi. Rayhon arabning ko'zi Xoljuvonoyning qaddu qomatiga tushib, ichi shuvillab, bag'ri guvillab, ko'zi chaqchayib, og'zi aqchayib, toza silasi qaytib, og'zining so'lagi qurib, nima bo'lganini bil-may qolib, Go'ro'g'liga: Tut baytalingni, lekin men o'zim otdan tushmayman", — deb yubordi. Go'ro'g'libek baytalini tutdi. Rayhon arab otiga minib turib, otini baytalga qo'ydi. Go'ro'g'libek va'daga muvofiq: "Yanga, hozir kosani bu odamga uzat", — dedi. Xoljuvon kosani tortinib, Rayhon arabga tutdi. Rayhon arabning ko'zlari o'ynab ketdi. Darrov kosani qamchisi bilan bir urib, Xoljuvonoyning bilagidan mahkam ushlab, bir silkib otining sag'risiga olib: "Ey, ahmoq Go'ro'g'li, qoyil bo'ldingmi endi", — deb haydab ketdi. Go'ro'g'li darrov kallapo'shini to'rt buklab: "Nima bo'lsa ham, endi baytalim to'xtamay qol-masin", — deb buklangan kallapo'shini baytalning dumi ostiga tiqib, bir qo'lini kallapo'shdan qo'ymay, baytaliga minib, bir qo'li bilan haydab, Rayhon arabning orqasidan tushdi. Bir pilla baytal jipillab Rayhon arabga yaqinlashib borib qoldi. Rayhon arab arqayin bo'lib ketayotgan edi. Qarasa, Go'ro'g'lining baytali juda yomon jimiyib quvib kelayapti. Rayhon arab ham endi arqayin bo'Imay, katta bir jarga haydab, jardan otini ding etkizib, sakratib o'tib ketdi. Shu yerda Go'ro'g'libekning baytali baytallik qilib, jardan sakray olmay qoldi. Shunda Go'ro'g'libek Rayhon arabning orqasidan qichqirib: "Ukag'ar Rayhon arab, meni aldading. Arqayin bo'lma, har pilla sendan o'chimni olaman", — deb shu so'zni aytdi:
Aldab ketding bugun meni, ukag'ar, Shu marta yuttirdim scnga, enag'ar, Aldading, arbading, aqlim oldirding, Ko'kragi jun bosgan, ko'zlari chag'ir.
Ko'p quvonma. hali bir kun ko'rasan, Arabda halicha davron surasan, Qoshiq boshingga tekkan pilla, enag'ar, Ko'zlaring miltillab navbat bcrasan.
Ostingda bedoving tulpor, o'ynoqi, Xazinangda minglab tuya mo'ynoqi, Navbat kclib bir kun o'tar joningdan, Tizillab lurk manning bcrgan qiynog'i.
Otingga qaratib ko'zim chaldirding, Aldading, arbading, aqlim oldirding, Bo'z samaning bedov ekan, ukag'ar, Haqlab ketding, meni orqa qoldirding.
Sening Rayhon arabliging bilmadim, Yangam qaytarganin qabul qilmadim, Shu martaga yutding meni, ukag'ar. Hay attang-a, senga ustun bo'lmadim.
Shoshma, jonim bo'lsa bunda omonda, Toparman makoning bo'lsa qayonda, Go'ro'g'liga navbat kelsa ko'rasan, Xoh armanda bo'lsa, xohi Eronda.
Go'ro'g'libek og'zi charchaganicha Rayhon arabning orqasidan so'kib-so'kib, nochor jardan nariga o'ta olmay, orqaga qaytdi. Oradan bir-ikki kun o'tib, Ahmad sardor kelib, Go'ro'g'lidan yangasini so'radi. Shunda Go'ro'g'libekning ko'ngli buzilib. Rayhon arabni so'kib, yig'lab, bir so'z dedi:
Chortoqli Chambil
Go'ro'g'libek har zamon tog'asinikiga bir kelib, boshqa vaqtlari o'z mastlik mashg'ulotida G'irotni minib yurar edi. O'ziga o'zi: "Mening Chambil shahrim qayerdan bo'lar ekan", — deb maslahat qilib yurar edi. Taka bilan Yovmitning o'rtasida Xo'jalov dcgan qirsimon tog'chaning ctagida bir changigan bel bo'lib, bu yog'i Urganch, u yog'i Xunxorgacha edi. Bir kun Go'ro'g'libek bir karvon yo'H bor Joyga borib qolib qarasa, belning yo'qorisida Xo'jatovdan bir ozroq suv oqib, bir yayponlikdan o'tib, qumga singib yotibdi. Go'ro'g'libek: "Chambil shahrimni shu ycrdan qilib olsam bo'lar dean", —- deb shu ycrda bir do'lananing tagini o'zicha maskan qilib, yo'lning yoqasidan bir chortoq qildirib olib. har zamonda kel-ganida shu chortoqning tagida oti va o'zi yomg'irdan. qordan saqlanib, yo'ldan o'tgan karvonlami. sav-dogarlarni tutib olib: "Qani, turkman clining xoni Go'ro'g'libekka zakotlaringni to'langlar", — dcydigan bo'ldi. Agar savdogarlar zakot bcrmasa, urib, tortib oladigan bo'ldi. Bir xil savdogarlar Go'ro'g'libekni o'g'ri, deb bilsa, yana bir xillari Ahmad sardorning bu erka o'sgan jiyani emish, dcydi. tag'i bir xil savdogarlar bir tentakolish bola, deydi. Ishqilib, har nima bo'lsa ham, savdogarlar Go'ro'g'libckdan hazar qilib: "Shu chortoqli Changli beldan haligi o'g'ri ko'rmay eson-omon o'tib kcisak. bo'lar edi", — dcyishar edi. Shuytib, tez orada bu yer Chortoqli Chambil deb ataldi.
Ahmad sardor Go'ro'g'lining bu ishlarini eshitsa ham, eshitmamishga solib yurar edi. Ncga desangiz, Ahmad sardor qachon bo'lsa ham Go'ro'g'libek jiyanini o'zining o'rniga turkmanga sardor bo'ladi. deb o'ylar edi. Ko'klam bo'lgandan kcyin Go'ro'g'libek Xo'jatovdan tushib, yayponlikdan o'tib. qumga sin-gayotgan suvga bir bog' qilmoqchi bo'lib, o'tkinchi savdogarlarni ishlatib. yayponning atrofini devor qildirib, Urganchdan, Xunxordan turli xil mevalarning ko'chatini buyurib keltirgizib, yer yuzidagi har xil bog' gullaridan ham ko'chat keltirgizibdi. Bir yog'ini daraxtzor chorbog', bir yog'ini chamanzor gulbog' qildiribdi. Hamma nihollarini pol taxlashib, joy-joyiga ektirdi. Chorbog'ning o'rtasidan bir katta sarhovuz ham qazdirib, atrofini shosupa qildirdi. Undan kcyin Chortoqqa yaqin yo'lning labidan chir aylanib kcla-man deguncha to'rt ming qadamlik qilib Chambil qo'rg'onini soldirdi. Qo'rg'onning ichini o'zi uchun hovli soldirib, hovlisining ichidan to'shanchi jihozga to'lg'izdirdi. Bulaming hammasini savdogarlar zakot o'rniga yo o'zlari, yo bo'lmasa, mardikor solib qilib berar edi. Ahmad sardor o'zicha, Go'ro'g'libek o'zicha shu ycrdan hovli qilib olayotir. "Endi buni uylantirish bo'ynimga qarz. Qani so'rab ko'ray, Go'ro'g'libek jiyanim nima der ekan", — deb bir kun Ahmad sardor Go'ro'g'libekni yo'lda ko'rib qolib: "Jiyanim, endi javob bersang, men seni uylantirib qo'ysam", — deb Go'ro'g'libekka qarab, shu so'zni aytdi:
Hali ko'z ochmagan bir bo'z bolasan,
To'lishmagan, aql-esdan chalasan,
Shu turkmanda kimga mayl qilasan,
Aytgin, qaysi boyning qizin olasan?
Sanamlar zulfini silab taraydi,
Kimning qizi xohishingga yaraydi,
Bilayin deb sendan tog'ang so'raydi,
Ayt-chi, qaysi boyning qizin olasan?
Suluv qizlar ko'pdir turkman elida,
Boshida qasaba. po'ta belida.
Oltin-kumush uzuklari qo'lida,
Moyday erir senday yigit yo'lida,
Ayt-chi, qaysi boyning qizin olasan?
Shahlo ko'z, mehrli taka qizlari.
Boldan totli og'izdagi so'/Jari.
Oyga o'xshar to'la-to'kis yuzlari,
Keng yag'rinli, zo'r boldirli o'zlari.
Yovmiming qizlari qiyiq qosh bo'lar,
Zo'r bilakli, qad-qomatli xush bo'lar,
Bundaylarga baxtli yigit duch bo'lar,
Ayt-chi, qaysi boyning qizin olasan?
Ko'klangning qizlari balandbo'y bo'lar,
Raftori uchquday, suluv ro'y bo'lar,
Baxii ravshan yigitlarga to'y bo'lar,
Ayt-chi, qaysi boyning qizin olasan?
Cboshka bctda uch ming uyli ersan,
Behshtning huriday bar bir qizlari,
Qirg'iyday chaqqondir. qoshi raftori.
Ayl-chi, qaysi boyning qizin olasan?
Turkman elda ko'p bo'Iadi eliboy,
Turkmanning qizlari usta, qo'li boy.
Jamoli barq urar to'lib misli oy,
Ayt-chi, qaysi boyning qizin olasan?
Otim Ahmad Turkman clning sardori,
Qayoqqa moyil etar ko'ngling bahori.
Kimga ishqibozsan, kimning xushtori,
Ayt-chi, qaysi boyning qizin olasan?
Ana shunda Go'ro'g'libek Ahmad sardor tog'asidan bu so'zlarni eshitib, ozroq qizishib, tog'asiga qarab. bir so"z dedi:
Tog'a, menga qiz tanlama Turkmandan,
Men saylagan jonon yo'qdir elingda.
Yunus, Misqol pari dcydi ularni.
Olib bergin, agar bo'lsa qo'Iingda.
Uzoq tog4 tagida bir bor ko'rganman.
Ko"rib turib jonu dilim bcrganman.
Narigi oshuvda bir kech turganman,
Olib bcr ularni, bo'lsa qo'Iingda.
Harbiri xo'blikda jannal lolasi,
Oltindan. kumushdan sochin tolasi,
Tcnglashmas ko'rkiga inson bolasi,
Olib bcr ulardan, bo'lsa qo'Iingda.
Sochlari sumbuldir, tishlari gavhar,
Ko'zlari cho'lpondir, lablari shakar,
Farishta yo jannat huridir magar,
Ko'nglim shunday qo'sha parivash istar,
Olib ber ularni, bo'lsa qo'Iingda.
Go'ro'g'li bo'ylarin bir marta ko'rdi,
Ulardan G'irko'kning daragin so'rdi,
Menga shular suyish sirni bildirdi,
Olib bcr ularni, bo'lsa qo'Iingda.
Go'ro'g'libekning bu so'zini Ahmad sardor eshitib: "Jiyanimning bu so'zlari xuddi arqam mor1 ushla-ganlaming so'ziga o'xshab kctadi. Maboda bu har ycrlarda yurib, jin-ajinani ko'rib, aqlini, hushini ularga berib. qushnoch bo'lay, deb qoldimikan. Muqarrar shunday bo'lsa kcrak. Men bunga nasihat qilib, bum bu yo'ldan qaytaray", — deb Go'ro'g'libckka qarab, bir necha joydan timsol keltirib, bir so'z dedi:
Xo'ja tog'dan karvon o'tar.
Oxir manziliga yctar.
O'ylaringning bari xatar,
Bchudaga aqling eltar.
Pari deysan, lining nima,
Ko'rganning hasratin yema.
Farishta deb har kimsaga.
Bu gaplaring hargiz dema.
Yunus, Misqol kimlar o"zi.
So'zlaringning bormi tuzi.
Ba'zi vaqtlar g'alat kctib.
Chalkashar odamning ko'zi.
Tag'i biror mortu ko'rib,
Yo kctdimi hushing urib.
Beklik aslliging qani,
Nima bo'lding yurib-yurib.
Qushnochlik bastlarning ishi,
Qushnoch bo'lmas senday kishi,
Bu so'zlarni hech kim aylmas,
Bo'lib turib aqli-hushi.
So'z aytadi Ahmad Sardor,
Picha qip yur o'zing hushyor,
Nasihatim ol, Go'ro'g'li,
Aytib yurma yana takror.
Ahmad sardoming Go'ro'g'libekka: "Qushnoch bo'lib qolibsan". — degan so'zlari xush kcmasa ham, "katta odam", — deb indamay tog'asining oldidan tez o'tib ketdi. Shundan keyin Go'ro'g'libek: "Chambil shahrim bo'lsa, qoshimda o'zimdan boshqa hech kim bo'lmasa, qanday qilib Chambil shahrim bo'lar ekan", — deb o'ylaydigan bo'lib qoldi. Savdogarlar Go'ro'g'libek qurgan Chambil qo'rg'onining nomiga Cbortoqii Changbelni almashtirib, endi Chortoqli Chambil deydigan bo'ldilar. Shunday qilib. Go'ro'g'libckning bu makoni olti oydan kcyin Chortoqli Chambil deb ataldi. Bu yerdagi o'zgarish, voqealar turkman cllariga yoyilgan edi. Kunlardan bir kun Xoldor degan yigit o'zi bilan yana to'qqiz yi-gitni olib, Chortoqli Chambilga kelib, Go'ro'g'libek bilan gaplashib qoldi. Shunda Go'ro'g'libek Xoldordan hoi so'rab, bir so'z dedi:
Turlinamo so'z kcladi tilimga,
Senday odam kam-kam tushar qo'limga,
Qay elatdan kclding Chambilbelimga,
Parvoz aylab bunda qaydan kclasan?
Tarzingga qarayman lochin kclbatli,
Turxingga qarayman yo'lbars sifatli,
Sendaylar men uchun qadr-qimmatli,
Parvoz aylab bunda qaydan kelasan?
Yolg'iz otning changi chiqmas, dim bo'lar,
Nomardlaring sag-magasga' yem bo'lar,
Birga kelgan yo'ldoshlaring kim bo'lar,
Parvoz aylab bunda qaydan kelasan?
O'sgan cling Urganjimi, Turkmandan,
Nechun buyon chiqib kclding vatandan,
Parvoz urib qanday bog'u chamandan,
Qanot qoqib bunda qaydan kclasan?
Oshibdirsan Xo'jatovning bclidan,
Yo qochdingmi mo'g'ullarning qo'lidan,
Keldingmi Yomong'ishlovning elidan,
Parvoz aylab bunda qaydan kclasan?
Go'ro'g'li holingni bir-bir so'raydi,
Har na bo'lsa hojatingga yaraydi,
Bu chortoqli Chambil menga qaraydi,
Parvoz aylab bunda qaydan kclasan?
Shunda Xoldorbek Go'ro'g'libekka qarab, o'z holini bildirib, bir so'z dedi:
Men cmasman bir kelgindi begona,
Boshimizga savdo soldi zamona,
Do'stlarimman kezib-kezib har yona,
Ovozang eshitib bunda kelaman.
lndamagan bechoraga tegmadim,
Sababsiz birovning qonin to'kmadim,
Xunxor zolim oldi Turkman elini,
Xohlamadim, unga bo'yin egmadim,
Ovozang eshitib bunda kelaman.
Yoronlarim bilan yurardim qochib,
Tag'i sahrolarda ko'ngilni ochib,
Shikorlar aylashib, har kcch may ichib,
Ovozang eshitib, bunda kelaman.
Bir kecha tushimda menga tur, dedi,
Turkmanning xoniga bundan bor, dedi,
Borib turib Go'ro'g'lini ko'r, dedi,
Ovozang eshitib bunda kelaman.
Xoldorbek bir senga tobe bo'ladi,
Scni shu Turkmanda podsho biladi,
Ne buyursang, buyurganing qiladi,
Bashorat orqali bunda kelaman.
Cio'ro'g'libek Xoldorbckdan bu so'zni eshitib, qayta boshdan quchoqlashib ko'rishdi. Xoldorbek bilan birga kelgan to'qqiz yigit bilan ham ko'rishib, shu yerda Go'ro'g'libek Xoldorbek bilan aka-uka kirishib, shuytib, bular ham chambillik bo'ldilar. Ahmad sardor: " Go'ro'g'libek Chortoqli Chambilda bir to'da'i o'g'rilarni o'ziga jo'ra qilib olibdi", — deb eshitibdi. "Ana bu erka o'sganning oqibati, oxiri jiyanimning nimalar qilishini bilmay qoldim. Men buni o'rnimga sardor bo'ladi, deb yursam, bu qip-qizil o'g'ri bo'lib ketami deyman", — deb ko'p xat'a bo'ldi. Endi Go'ro'g'libekdan eshiting.
Go'ro'g'libek ko'nglida: "Shu Chortoqli Chambil shahrim bo'lsa", — deb o'tgan-ketganlarga hovli-haram soldirar edi. O'n yigitning xotini borlari Chambilga ko'chib kelib, solingan hovlilarning birini egal-lab olar edi. Bo'ydoqlari bo'lsa, Go'ro'g'libekning mehmonxonasida yotar edi. Go'ro'g'libek ko'nglida Chortoqli Chambilda xonlik qilmoqchi edi. Shuytib, hali Go'ro'g'libek uchun juda ko'p odam kerak edi. Chortoqli Chambilda bo'lsa, Xoldorbekning yigitlaridan va ulaming ba'zilarining xotini, bola-chaqalaridan boshqa hech kim yo'q edi.
Bir kun Go'ro'g'libek navkar izlab, Turkman atrofini aylanib kelmakchi bo'lib, Chambildan chiqib ketish oldidan Xoldorbekka yigitlari bilan shu Chambilda Go'ro'g'Iibekning o'mida turishini tayinlab, bir nechajoydan timsol keltirib, shu so'zlarni aytdi:
Yigitlik chog'imda xurram bo'layin,
Xurramlikda yayrab-yayrab kulayin.
Men qaytguncha, Chambilda tur,
Xoldorbek, Turkman elatlarin ko'rib kelayin.
Chambilbclning chir atrofi el bo'lar,
Turkmanga yov qizilboshday qui bo'lar,
Xoldor begim, senga so'zim shul bo'lar.
Men kclgancha, qarab turgin Chambilga.
Har begona odam bunda kelmasin,
Kelib siru asrorimiz bilmasin,
Go'ro'g'libek Chambilbelin qurdi,
deb Tag'i g'ayri yurtga xabar qilmasin,
Men kelgancha, qarab turgin Chambilga.
Chambilbelga navkar kerak, el kerak,
Bir necha navqiron, g'o'chchoq ul kerak,
Mayxonaga soqi, kosagul kerak.
Men kelgancha, qarab turgin Chambilga.
Hizr bilan Badbaxt tog'in ko'zlayin,
Uzoqlarga G'irko'kimni xezlayin,
Chambilning xoniman, navkar izlayin.
Men kelgancha, qarab turgin Chambilga.
Go'ro'g'li sollanib sayrona chiqsin,
Borishinda bo'rilarga yo'liqsin,
Olg'ir bo'rilardan qizilbosh qo'rqsin,
Men kclgancha, qarab turgin Chambilga.
Bu so'zni aytib, Chambilni va Chambilda bo'layotgan tashvishlarni Go'ro'g'libek Xoldorbekka top-shirib, G'irko'kka minib, Xo'jatovdan oshib, uzoq yo'llarga tushib, otiga qamchini bosib, yovmitdan taka-ga, takadan sariga, saridan ko'klangga aylanib, Turkmanning qancha cllarini ko'zdan kechirib, yurib-yurib, oxiri Badbaxt tog'ining kunchiqar tarafidagi bir shaxobchasidan borib qolib, "Qani, qizilboshning yurtiga ham bir qarab ko'ray-chi", — deb toqqa chiqib bora bersin. Endi gapni marhum Jig'alibekning o'g'li Ravshan ko'rning Qirq yigitlaridan eshiting.
O'sha Ravshan ko'r qizilboshga asir bo'lib ketganda, Jig'alibekni qizilboshlar o'ldirganda, qirq yigitlari har tarafga qochib, tarqalib kctgan edi. Xunxorshohning buying'i bilan Turkmanga Ahmadbek sardor qilib layinlanib, Ahmadbek Yovmitga ham bek bo'lib, Takaga Og'abek Zamon, Ko'klangga Safo o'g'li Chaqqon, Ersariga Mamarahim polvon bek bo'lib, hamma beklar zokot, ushurlarini Ahmad sardorga jam-lab bcrib, Ahmad sardor va o'ziga qarashli uch bekdan yig'ilgan xirojni har yili Xunxorshohga yuborib tu-radigan bo'lgandan keyin qirq yigit to'planib, Xunxorga qaram bo'lishni xohlamay, tog'larda qochib yurar edi. Bularning ismlari: Safarboy, Dalliboy, Solliboy, Tolliboy, Serma, Qirma, Mirtik, Sertik, Mutal, Butal, ey, qaysi birini aytay, bari zo'r birday. Bular shu Badbaxt tog'ining shaxobchasida bir kavakda maishatla-rini qilib, nash'asini yeb, chilimini chekib, ikkovini bir do'ngda qorovul qilib qo'yib o'tirgan edi. Bularning koru bori Xunxordan bitta-yarim savdogar shu yerlarga kelib qolsa, talab olar edi. Ammo o'tkinchi turk-man bo'lsa, pusinib qola bcrar cdilar. Bir pilla Turkman tomondan toqqa tarmashib bir ko'k otli chiqib kcla berdi. Qirq yigit qorovullaridan biri yigitning yaqinlab kelayotganini eshitib: "Bu yigit o'g'rimikan, to'g'rimikan. Agar o'g'ri-qochqinchi bo'lsa, buni o'zlarimizga qo'shib olishimiz kerak", — deb maslahat-lashib. gazadan Go'ro'g'Iibekning oldini o'rab chiqib: "To'xta, yaxshi yigit, ayt, o'g'rimisan, to'g'risan-mi", — deb so'radilar. Shunda Go'ro'g'libek achchig'lanib: "Men o'g'ri ham emasman, to'g'ri ham emas-man. Men sizlar bilan kurashmakka talab solib kelgan polvonman", — deb qirq yigitga qarab, mo'ylovini burab, uzangiga oyog'ini tirab, bir so'z dedi:
Qizilboshmi, turkmansanmi bilmayman,
Kim bo'lsang ham pisand-nazar qilmayman,
Men ul aytgan qo'rqog'ingdan bo'lmayman,
Sizni bilib, kurashay, deb kelganman.
Bilaman, sizdirsiz ola ko'z kazzob,
O'g'rilikdan kun ko'rgan makoni xarob,
Netasan, turkmanman, kimligim so'rab,
Hammangizman kurashay, deb kelganman.
G'irko'kimni tog'u toshda yelganman,
Menman yigitlarga talab qilganman,
Shu vaqtlar bir ajab toshib to'lganman,
Polvon bo'lsa, kurashay, deb kelganman.
Badbaxtingday tog' porimas ko'zimga,
Hech kim tiklab boqa bilmas yuzimga,
Arslon tushsa nobud bo'lar izimga,
Talabgorman, kurashay, deb kclganman.
Qattiq toshlar talqon bo'lar zo'rimga,
Talasharman nomusimga, orimga,
Olib kelay Chambilbclday shahnmga,
Shundaylarman tanishay, deb kelganman.
Go'ro'g'lining G'irko'k xonazoti bor,
Manglayida qirq chiltonning oti bor,
Xo'jatovda Chambil dcgan yurti bor,
Shu yurtga borg'uvchi izlab kelganman.
Qirq yigit Go'ro'g'libekning bu so'zlarini cshitib, Go'ro'g'libekning qay tusli yigil ekanligiga aqllaii yetishmay, nima bo'lsa ham bir kurashib, kuch sinashib, ko'rishmak kerak bo'lib qoldi. dcyishib. qirq vigil-ning polvontob birovi Go'ro'g'libek bilan kurashib, agar Go'ro'g'libek yiqilsa-ku yaxshi, agar yiqilmasa. Go'ro'g'libekning oyog'idan boshqalari chalib solib tortib yubormoqchi boMishib, shibiriashib, Safarboj degani maydonga chiqib: "Go'ro'g'li, kurashsang, otingdan tush", — deb maydonda qo'l ko'tarib, aylanib turibdi.
Shunda Go'ro'g'libekka qarab, bir so'z dedi:
G'o'ch bilakli botir bo'lsang,
Go'ro'g'li, kel, olishali.
Daryoday bo'p toshib tursang,
Go'ro'g'li, kel, olishali.
Menam o'zim nomdor polvon,
So'z aytaman alvon-alvon,
Bo'lsang agar mardi maydon,
Kel, Go'ro'g'li, olishali.
Ko'rsatay scnga kuchimni,
Dushmandan oldim o'chimni,
Olmos bilgin qo'llarimni,
Kel, Go'ro'g'li, olishali.
Ko'rganman turkman ullarin,
Barin tutganman qo'llarin.
Mayib etganman bcllarin,
Kel, Go'ro'g'li, olishali.
Yo'lbars bo'lsang, shoshirayin,
Daryo bo'lsang toshirayin,
Scni shardan' tushirayin,
Kel, Go'ro'g'li, olishali.
Tuya bo'lsang, cho'ktirayin.
Biya bo'lsang, bo'ktirayin,
Scni yiqib, tik turayin,
Kel, Go'ro'g'li, olishali.
Bulut bo'lsang, endirayin,
Dustuman qip do'ndirayin,
Shuytib ko'nglim tindirayin.
Kel, Go'ro'g'li, olishali.
Safarboy der, misli Rustam.
To'lib-toshar, bilgin, hardam.
Kuching to'pla, bo'lma beg'am,
Kel, Go'ro'g'li, olishali.
Go'ro'g'li Safarboy polvonning bu so'zini cshitib, G'irotidan irg'ib tushib, darrov G'irko'k otini bir bodomchaga ildirib, kela solib Safarboy polvonni tutib, yerga ko'tarib bir urdi. Qirq yigitlar chalim ham sola olmay qolib, shaddalik qilib, har qaysi har yoqdan Go'ro'g'libekka hujum qila bcrdi. Go'ro'g'libek ham kclgan qirq yigitni silkib otib, sulatib tashlay bcrdi. Shuytib, qirq yigit qatoriga birovi cholqorta. birovi yonbosh, birovi dustuman ayqashib qoldi. Shunda Safarboy Go'ro'g'liga qarab, mo'yiovini burab, o'midan turib, qo'lini biqiniga tirab: "By, barakalla Go'ro'g'li, kuchingga qoyil bo'ldim. O'zim ham senday botir yigitdan bir yiqilsam, deb orzu qilib yurar edim. Kndi ko'nglimda armonim qolmadi", — deb bu so'zni aytdi:
Barakalla, sher yurakli g'o'ch yigit,
Seni ko'rdim, hech armonim qolmadi,
Bir umrga edi shu bir istagim,
Yuzing ko'rdim, hech armonim qolmadi.
Tilar edim bir polvonni xudodan,
Yiqilsam na armon senday barnodan.
Parvoz aylab kelding qanday xonadan.
Seni ko'rdim, hech armonim qolmadi.
Doim bir zo'rini ko'rsam, der edim,
Erlarning sherini ko'rsam, dcr edim,
Sendaylarga jonim bcrsam, der edim,
Yuzing ko'rdim, hech armonim qolmadi.
Tizmadan tirkovli log'laming toshi,
Har jafoga ko'ngan odamning boshi,
Og'angning oshibdi qirq beshdan yoshi,
Seni ko'rdim, hech armonim qolmadi.
Kurash tushib menga ko'rsatding zo'rni,
Kurashingdan ko'nglim oldi huzurni,
Uchratmadim o'zing kabi jasurni.
Yuzing ko'rdim, hech armonim qolmadi.
Tilagim, doimo oldingda bo'lsam,
Qo'limdan kelgancha xizmating qilsam,
Safarboy der agar o'l desang, o'lsam,
Seni ko'rdim, hech armonim qolmadi.
— Barakalla uka, turkmandan senday botir o'g'lon chiqsa, kclib kurashib meni yiqsa, deb yurar edim. Kcl. cndi tanishayin. Sen turkmanning qaysi urug'idan bo'lasan. Kimning avlodidansan, — deb Safarboy Go'ro'g'libekka qarab bir so'z dcyayotir. Boshqa qirq yigitlar bo'Isa, qo'rqib, o'rinlaridan turib, nar-yoqlarda taysallab yuribdi. Safarboy polvonning Go'ro'g'libekka qarab aytayotgan so'zi:
Aslim turkman, dim turkman, ukajon.
Sen ham turkman bo'lsang, qaydin bo'lasan,
Kim yaxshi, kirn yomon — barin bilaman,
Aytgin, turkman bo'lsang, qaydan bo'lasan?
Takami, Yovmitmi, Ko'klangmi, Sari,
Qay yerda o'sgandir ko'ngling bahori,
Qirq ming uyli bizning turkman ellari,
Aytgin, turkman bo'lsang, qaydin bo'lasan?
Mingan otim tog'u toshga yelaman.
Men ham asli turkmanlardan bo'laman.
Kimni aytsang, tusmol bilan bilaman,
Aytgin, turkman bo'lsang, qaydin bo'lasan?
Bahorda ochilgan bog'ning gulisan,
Balki u sayroqi bulbul tilisan,
Turkman clda qaysi bekning ulisan,
Aytgin, turkman bo'lsang, qaydin bo'lasan?
Takabburlar bino qo'yar o'ziga,
O'zidan boshqani ilmas ko'ziga,
Javob bergin Safarboyning so'ziga,
Aytgin, turkman bo'lsang, qaydin bo'lasan?
Bu so'zni Go'ro'g'libck Safarboydan cshitib, ko'nglida: "Qani, bularga bir asli-zotimni aytay-chi, nima qilar ckan. "Tusi yaxshidan to'nkalma", dcgan. Bular bari tusi yaxshi yigitlar ckan. Menga foydasi teksa ham ajab cmas", — deb bir necha joydan timsol keltirib, Safarboyga qarab, bir so'z dedi:
Aslimni so'rasang, o'zim xonzoda,
Turkmanda avlodim asl-ozoda,
Keldim bunda shikor aylab orada,
Shikordan bo'lgay, deb baxtim kushoda.
Sizday g'o'chchoqlami izlab kelaman,
Maqsadim, murodim ko'zlab kelaman,
G'irko'kimni bunda g'izlab kelaman,
Qay yerda do'st bo'Isa so'zlab kelaman.
Yovmitda Ravshanbek, o'zi xon o'g'li,
Xon o'g'li bo'lsa-da, siynasi dog'li,
Zolimdan jafolar ko'rgan na chog'li,
Xunxorning jabridan ko'zlari dog'li.
Bahorda ochilgan bog'ning lolasi,
Aytay senga hech qolmasin chalasi.
Men bo'laman shu Ravshanning bolasi,
Yuragining payvandi, ko'ngil qalasi.
Gajdum, Hasanbeklar Xunxor elida.
Qolib kctgan ekan uning qo'lida,
Shular tog'am, men Ravshan ko'r uli-da,
Qurbon bo'lgan ozodlikning yo'lida.
Hilol enam meni go'rda tuqqandir,
Shuytib otim Go'ro'g'libek bo'lgandir,
Ravshan otam Xunxor zolim qo'lidan
Yovmit bozoriga qochib kclgandir.
Birga kelib Gajdum tog'am o'lgandir,
Otam yolg'iz darvish bo'lib qolgandir,
Men Xunxordan chiqib Yovmit kelgan so'ng,
Bir quchoqlab Ravshan otam o'lgandir,
Go'ro'g'li undan kay yctim qolgandir.
Keyin bordim Ahmad sardor qo'liga,
Bekbachcha bo'p yurdim turkman cliga,
Tog'am yorin Rayhon arab ob qochib,
Ahmad sardor tugun oldi diliga.
Ulug' dedim, ostonaga bosh urdim,
Qizilboshning ko'kragiga tosh urdim,
Rayhon arab qochib ketdi bachchag'ar,
Uni quvlab Qiziljardan oshirdim.
Qahr aylasam, dushmanlarga zahrim bor,
Kirn do'st bo'lsa, quvonchim bor, bahrim bor,
Yoshim yigirmada, otim Go'ro'g'Ii,
Xo'jatovda Chambil dcgan shahrim bor.
Ot choptirsam, uchar qushdan o'taman,
Osmonda lochinni quvib yetaman,
Agar do'st bo'p ergashsanglar, jo'ralar,
Baringni Chambilga olib ketaman.
Asli Qirq yigit turkmanda bo'layotgan barcha voqealardan xabardor edi. Bu so'zni Go'ro'g'libekda eshitib: "Sen shu Ravshanbek o'lgandan kcyin Ahmad sardornikida yurgan, Rayhon arabni baytal mini; quvgan, Xo'jatog'idan Chambil qo'rg'onini qurgan Go'ro'g'Iibekmisan?" — deb Go'ro'g'libck bik Safarboy quchoqlashib ko'rishib qolib, qirq yigitlarning hammasi birin-birin Go'ro'g'libck bilan ko'rishl Ravshanbek begimizning o'g'li ekansan, deb tanishib, bari bir maydon tog'da choy ichib, nasha qilit chilim chekib, gurunglashib, undan keyin bari maslahat qilib: "Endi bir qizilboshning galasiga dorib ketaj lik", deyishibdi. Shunda turkmanlar daljoq, deb Badbaxt tog'idan nar yoqqa enib, Xunxorning bir qo'rg'oniga hujum qilib, ko'p qizilboshlarni o'ldirib, qancha ot-u anjom, yov-yaroq, mol-u mato o'lja olib. Chambilga muzaffar bo'lib qaytdilar, Xoldorbek o'n yigit bilan peshvoz chiqib, Go'ro'g'libek va Qinj yigitlar bilan ko'rishib, bari Go'ro'g'iibekning mayxonasiga tushib, kayf-safoni qilibdilar. Qirq yigitlarninj bari Chambilga joylashib olgandan kcyin Go'ro'g'libek Ahmad sardor tog'asiga odam yuboribdi. "Em bojini Xunxorga to'lamasin. Menga to'lasin. Endi men turkmanning xonidirman", — deb xabar qildirdi.
Ahmad sardor bu xabarni eshitib, kayfi uchib: "Bu Go'ro'g'libck jiyanimning o'g'ri, kazzob bilan oshno bo'lib, orttirgan tentakligiga qarang. Xunxorday zo'r shahanshohga ko'ndalang bo'lar emish-u. hali Go'ro'g'libek jiyanim Xunxorning mingdan bir bo'lak qo'shinini ko'rgani yo'q. Buning endigi da'vosiga qarang. Xuddi inining og'zidan turib hurpaygan qurqultoyga o'xshaydi", — deb xabarchigi "Go'ro'g'libckka borib ayt. Go'ro'g'libek mening jigarim. Lckin men Xunxorshohdan qo'rqaman. Agar' Go'ro'g'libck elga xon bo'lsa, turkmanga qalqon bo'lsa, hech bo'lmasa, oyog'ining tagida Xunxorninj mingdan bir bo'Iagi talqon bo'lsa, undan kcyin men Go'ro'g'libekni xon deb bilaman. Bo'lmasa, Go'ro'g'libek o'ziga Go'ro'g'libek. Men bo'lsa, Xunxorga vakil odamman. Achchig'im kelsa, Xunxorshohga bildirib, ko'p esda yo'q ishlarni qildirib qo'yishim hech gap emas. Ana Go'ro'g'libekla javob," — deb kelgan xabarchini qaytarib yubordi. Go'ro'g'libek tog'asining bu gaplariga chivincha ham parvo qilmay, ha, deb Chambilni obod qildirta berdi. Chambilning qibla tarafldan bulturgi Chortoq o'rnidan shunday kashtali g'ishtdan ishlatib, qiblaga qaragan qilib, uzunligi ming qadam ayvon, ayvonning kotarma supasi o'n qadam baland, peshayvondan Chambilning ichki hovlilariga o'tadigan eshiklar qildirdi. Chortoj' o'rnida shu peshayvonni Chortoq deb qo'ydi. Chambilga atrofdan faqir-po'staklar ham ko'chib keldi. Chambilda Yovmit bozorining ikkinchi kuni bozor ham bo'ladigan bo'lib qoldi.
Shunday qilib, Chortoqli Chambil kundan kunga obodlashib borar cdi. Lckin Go'ro'g'iibekning har kungi xarajati ko'p bo'lib ketdi. Go'ro'g'libek Qirq yigitlari bilan gohida xarajatdan zoriqib qolar edi. Kunlardan bir kun Qirq yigit nashaning ustidan yegani bir tuyur qand ham, bir bo'lak go'sht ham topmay qolib, oxiri maslahatlashib, Ahmad sardorning mollarini zakot hisobiga, sirtidan yuz cllik qo'y, deb, ym ellik qo'ydan har kuni bittadan olib kelib yey bermakchi bo'libdi. Qirma deganni qo'yga yuboribdi.
— Agar Ahmad sardorning cho'poni: "Qo'y bermayman, deb taqashovlik qilsa, javobini Go'ro'g'libek beradi", deb bir qo'yni olib kela ber, — deb tayinlab yubordilar. Qirman borib Ahmad sardorning qo'yla-n ridan bir qo'yni tutib, otiga o'ngarib, cho'poniga javobini Go'ro'g'Ii beradi, deb, olib qayta berdi. Cho'pon ' borib Ahmad Sardorga: "Go'ro'g'lining odami kclib bir qo'y olib ketdi, javobini sizga o'zi berar emish",— dedi. Ahmad sardor kun sayin intizomlashib, birlashib borayotgan Go'ro'g'iibekning yigitlarining avzog'idan qo'rqar edi. Cho'poniga: "Go'ro'g'iibekning odami kelsa, indama. Qancha qo'y olib ketganini hisoblab yura ber. O'zim bir kun borib Go'ro'g'libck bilan hisoblasharman", — deb qo'ydi.
Rayhon arab
Еy, cho'pon, senga ham rahmat, xo'jayiningga ham, boqqan qo'ylaringdan, o'ylagan o'ylaringda bari
sening, degan ekan. Shuytib, Go'ro'g'Iibekning avji kclib, har kuni zakot hisobidan, deb Ahm. sardoming qo'yidan keltirib, qirq yigit nashaning ustidan qovurdoq, yaxna, deb avval-avval bir qo'ydan yov keyinroq har kuni uch qo'ydan yeb, bir yuz ellik qo'yni yebdi. Endi Ahmad sardor zakotdan qutildi. "End so' xiroj to'lash kerak", — deb yana to'rtta qo'yni Solliboy degani: "Javobini Go'ro'g'libek beradi", — del yon-haydab ketdi. Cho'pon kechqurun Ahmad sardoming oldiga bordi: "Go'ro'g'li qo'yingni kamaytdi. Bund? yesa qishi bilan qo'yingdan qolmas, halidan bir yuz ellik to'rt qo'y kamayibdi. Xo'jayin, agar oldir olmasang, xudoning kuni ko'p, molingdan bitta qolmaydi", — dedi. Ahmad sardor ham shu to'g'rida k xil o'ylami o'ylab yurar cdi. "Mol achchig'i — jon achchig'i". Ahmad sardor birdan qizib, Chortoqi Chambilga qarab jo'nab qoldi. Otiga qamchini bosib urib, Chortoqli Chambilga kirib bordi. Go'ro'g'libek ning mchmonxonasini so'rab, otidan tushib, o'zi otini yakka mixga bog'lab, ichkariga achchiq bilan kiril bordi. Go'ro'g'libek yigitlari bilan go'shtdan keyin urganjining qovunidan yeb o'tirib edi. Ahmad sarda eshikdan kirib, hammaning kayfini uchirib, og'zidan oshirib osmondan tushiribdi. Shunda Go'ro'g'libckL qarab, bir so'z dedi:
Go'ro'g'li, haddingdan toza ketibsan,
O'zingni Xunxorga talab etibsan,
O'z boshingcha qanday yo'riq tutibsan,
Zo'r bo'lsang, zo'ringni ko'rsat, Go'ro'g'li.
Tuyuqsiz tog'larda haddan oshibsan,
O'zligingni bilmay turib toshibsan,
Odam to'plab egri yo'lga tushibsan,
Zo'r bo'lsang, zo'ringni ko'rsat, Go'ro'g'li.
Hech bila bilmadim sening ishingni,
Payg'ambar yo'rasin ko'rgan tushingni,
To'plabsan Chambilga tenggu to'shingni,
Zo'r bo'lsang, zo'ringni ko'rsat, Go'ro'g'li.
Botir bo'Igan yigit shunday bo'lami,
O'z tog'asin molin tortib olami,
Hech bir bek scningday zulm qilami,
Zo'r bo'lsang, zo'ringni ko'rsat, Go'ro'g'li.
Ko'nglim ilimaydi senday botirga,
Zarracha boqmaysan yuzu xotirga,
Multoni botir chopar chodirga,
Zo'r bo'lsang, zo'ringni ko'rsat, Go'ro'g'li.
Zo'r bo'Igan yigit senday bo'lami,
Buytivingda1 tog'angda mol qolami.
Yo bo'lmasa hali aqling chalami,
Zo'r bo'lsang, zo'ringni ko'rsat, Go'ro'g'li.
Yoshligingdan scni jonday asradim,
Ko'ngling qoldirmadim, holing so'radim,
Yomon, qattiq kunlaringda yaradim,
Zo'r bo'lsang, zo'rliging ko'rsat, Go'ro'g'li.
Sen ulg'ayib turib menga boqmading,
Yuragimda qahr o'tin yoqmovding,
O'ylab yurgan va'damdanam chiqmading,
Zo'r bo'lsang, zo'rliging ko'rsat, Go'ro'g'li.
Tog'angga necha bir sitam o'tgandi,
Arabning qilmishi juda botgandi.
Xoljuvon yangangni olib kctgandi,
Zo'r bo'lsang, zo'rliging ko'rsat, Go'ro'g'li
Botir bo'lsang, namoyish et kuchingni,
Arabdan ol oring bilan o'chingni,
Rayhon olib qochgan cdi chechangni,
Zo'r bo'lsang, zo'rliging ko'rsat, Go'ro'g'li.
Undan keyin g'ayratingni bilaman,
Arabdan o'ch olsang, qoyil qolaman,
Shunda scni xon deb qabul qilaman,
Zo'r bo'lsang, zo'rliging ko'rsat, Go'ro'g'li
Ahmad sardor tog'ang ko'rgan alamni,
Arab olib ketgan qoshi qalamni.
Mendan ko'tar undan kclgan sitamni,
Zo'r bo'lsang, zo'rliging ko'rsat, Go'ro'g'Ii.
Ahmad sardor Go'ro'g'libckning dasturxoniga ham o'tirmay, boshqa hech nima demay, mchmonxo-nadan chiqib, otiga minib, Yovmitga qarab, otiga qamchini bosib, o'chini otidan olganday bo'Iib, changitib haydab ketdi. Bu yoqda mehmonxonada Go'ro'g'libek, Xoldorbek va qirq yigitlarning nashasiga suv ketib, bari birday indamay qoldi. Turib-turib Ahmad sardor tog'asining so'zlari Go'ro'g'libekka botdi, o'zi ham: "Endi otim ot bo'ldi. Rayhon arabga borib, Xoljuvon yangamni qaytarib olib keladigan vaqtim keldi-yov",— deb yurar edi. Go'ro'g'libekning o'ylab yurgan o'yiariga Ahmad sardor tog'asining bu achchiq so'zlari qo'shimcha siltov bo'ldi. "Qani, tog'am bir fotiha bersa, Rayhon arabdan orini olib bersam", — deb yon-yog'iga chirpinayotir. Shunda Xoldorbek: "Ahmad sardor tog'ang allaqachon ketib, hozir Yovmitga yetgan", — deb bir necha joydan timsol kcltirib, shu so'zni aytdi:
Quv tog'ang ko'p shumliklarni o'yladi,
Orolmoqni oralikka tayladi,
Undan kcyin bilaman, deb o'zingni,
Shu mazmunda scni ipsiz boyladi.
Arabga bormasak, endi bo'lmaydi,
Yo'qsa bizni tog'ang qabul qilmaydi,
Shu gapni o'rtaga yomon tashladi,
Zakot ham bermaydi, o'zi kelmaydi.
Quviik bilan ko'p shumlikni qilgandi,
Xunxorni bir yengilmas, deb bilgandi.
Bir tomondan ixlos, bir yoqdan qo'rqib,
Shuytib scni sinamoqchi bo'lgandi.
Qirq yigitga buyur, bari choq bo'lsin,
Saf tuzasin, birday tekis tax bo'lsin,
Arabdan o'ch olib bunda kelgan so'ng,
Tog'angdagi ishonchsizlik yo'q bo'lsin.
Yo'l boshla, or uchun yo'lga tushaylik,
Necha darband, bcllaridan oshayik,
Arabdan o'ch olib bunda kelgan so'ng,
Xoljuvonni bck tog'anga qo'shayik.
Necha bir daryo-yu tog'lardan osha,
Xunxordan o'tamiz narmon uvlasha,
Buyuk, bek Go'ro'g'Ii, yo'lga chiqayik,
Ko'rmagan cllarni aylab tomosha.
Yurib-yurib arabiga yctamiz,
Arabini tutib bandi etamiz,
Tog'ang hozir yetib bordi Yovmitga,
Tog'angdan fotiha olib netamiz.
Quloq solgin Xoldorbekning so'ziga.
Tog' ko'rinmas bir kcsakcha ko'ziga,
Rrinsang, Chambilda turgin dam olib,
Qirq yigitni qo'sh do'stingning o'ziga.
Shunda Go'ro'g'libek Xoldorbekka qarab: "Hovliqma, hali bu o'ylagan o'ylaring bo'lmaydi", — deb bir necha joydan timsol keltirib, bir so'z dedi:
Xoldor do'stim, bu o'ylaring bo'lmaydi,
O'ylaringning hargiz ebi kelmaydi,
Arab ham bizdayin mo'min-musulmon,
Hcch mo'min mo'minga harba qilmaydi
.
Faqat undan borib qasos olaman,
Yangamni qaytarib olib kclaman,
Bunday joyga qirq yigitlar na darkor,
Bu safarga bir o'zim ham bo'laman.
Rayhon arab yolg'iz kelib ketgandir,
Yolg'iz kelib maqsudiga yetgandir.
Yoshligimda quvaladim, yetmadim,
Shunda mcnga zo'r alami o'tgandir.
Men ham yolg'iz shu arabni ko'raman,
Ko'ziga ko'rinib javlon uraman,
Chilton boqqan G'irko'kimni, Xoldorjon,
Omon bo'lsam, qaytib sizni ko'raman.
Go'ro'g'Ii yigirma yoshga to'lgandir,
G'ovsul-G'iyos menga xanjar bergandir,
Kclganimcha sizlar bo'Iing Chambilda,
Begingiz arabga talab qilgandir.
Go'ro'g'libek: "Men kelgancha, sizlar Chambilda bo'Iinglar, kayflaringni qilinglar. Lekin hech kimga zulm qilmanglar. Rejadan tashqari birovning molini tortib olmanglar", — deb yigitlarga qarab, G'irko'k otini so'rab, bir so'z dedi:
Dushmanlar dunyoda davron surmasin,
Tez bo'l, yanga, Chambilbclga ketamiz,
Kelganimni Rayhon arab ko'rmasin,
Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz.
Seni izlab keldim turkman elidan,
Xolisning murodi chiqar yo'lidan,
Olib ketay Rayhon arab qo'lidan,
Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz
.
Elingdan ayrilib boiding begona,
Turkmanning ko'pi edi senga dugona,
Boz ko'rishsa, bari bo'lar parvona,
Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz.
Chambilni qurdirdim Xo'jatovidan,
Xalos aylay seni odamovidan, R
ayhon tugul, qo'rqmam jin-u devidan,
Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz.
Dushman yurar mard yigitning qasdinda,
Hzilma, yanchilma arab ostinda,
Tokaygacha band bo'lasan dastinda,
Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz.
Bandi bo'lgan eding Rayhon qo'liga,
Chaqqon min, yangajon, G'irko'k beliga,
Cho'ri bo'lma cndi arab eliga,
Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz.
Arabning tog'lari yaylov joy ekan,
Har yoqqa buralgan adir, soy ekan,
O'tarchilar qo'y, yilqiga boy ekan.
Boy bo'lsa, o'ziga bo'lsin, yangajon,
Sendaychanggi bandilarga voy ekan,
Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz.
Go'ro'g'li bir seni izlab kcladi,
Dushmanidan bugun lotin oladi,
O'zingni arabdan xalos qiladi,
Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz.
Xoljuvonoy Go'ro'g'libekdan bu so'zni eshitib, Go'ro'g'libekning otini va o'zini imtihon qilmoqchi bo'lib, bir necha joydan timsol keltirib, Go'ro'g'libekka qarab, biqiniga qo'lini tirab, bir so'z dedi:
Arabning otidir chaqmoqday ildam,
Juyruk dcsa bo'lar balki undanam,
Qochsa, qutulolmas hatto Buroq' ham,
Mard Go'ro'g'li, qanday olib ketasan?
Arabning jonidan issiq o'tmaymi,
Orqangdan shovullab quvib yetmaymi,
Uch-to'rt qirdan oshmay seni tutmaymi,
Mard Go'ro'g'li, qanday olib ketasan?
Har zamon oshiqib qistov etasan,
Meni olib elga qaytib yetasan,
O'zingni Rustami Doston tutasan,
Mard Go'ro'g'li, qanday olib ketasan?
Qamchi bossang oting choqni olanii.
Yo bo'lmasa ora yo'lda qolami,
Bo'l, deysan, hali ham esing chalami,
Mard Go'ro'g'li, qanday olib ketasan?
Rayhon arab oti tog'lardan oshar,
Yo'lni pisand etmay orqangdan tushar,
Qancha uzoqlashsang, yetib ilgashar
, Mard Go'ro'g'li, qanday olib ketasan?
Arabning podshosi g'ayur, ko'p yomon,
Ko'zi tushsa, tutar seni nogahon,
Mard Go'ro'g'li, qanday olib ketasan?
Bu so'zni Go'ro'g'libek Xoljuvon yangasidan eshitib, yangasiga dildorlik berib, o'z holini bayon qilib, yangasiga qarab, uzangiga oyog'ini tirab, mo'ylovini burab, bir so'z dedi:
Hazil bilma otim bilan o'zimni,
Dushmanlar bosolmas hargiz izimni,
Chiltonlar silagan yuz-u ko'zimni,
G'ovsul-G'iyos xanjar bergan botirman.
Dah desam, daryodan uchib o'tarman,
O'zingni Yovmitga olib yetarman.
Seni deb Turkmandan kelayotirman,
G'ovsul-G'iyos ilhom bergan botirman
.
Ostimda G'irko'kim qirq gazlab uchar,
Ko'ndalang kelganda, olovdan kechar,
Tog'dan toqqa sakrab er Xizir ko'char,
Er Xizirman kurash tushgan botirman.
Oriyat yo'lida jonim qiynayman,
Qabo falak gardishinda o'ynayman.
Qahrimdan muz purkab, bulut chaynayman,
Bulut chaynab, muz purkagan botirman.
Pisand cmas Sardor tog'am tarafi,
Yo'layolmas oldimga Rayhon arabi.
G'irko'kim oldida otidir yobi,
Mardonlardan duo olgan botirman,
Dam bu damdir, o'zga damni dam dema,
Arabning otidan otim kam dema,
Bir chopsak yetamiz Taka-Yovmitga,
Ora yo'lda qolamiz deb g'am yema,
Yanga, ishon, nazar topgan botirman.
Arabing quvsa ham quvib yctolmas,
Quvganda ham G'irko'kimni tutolmas,
Qirq gaz baland uchib kcchsak Hazardan,
Rayhon anda lol bo'p qolib o'tolmas.
Go'ro'g'li g'urillab kuchga to'lgandir,
Arabni bir boblasam deb kelgandir,
Tez choq bo'I, ketamiz, qo'rqma, Xoljuvon,
Shuncha yurding, qaytar vaqting bo'lgandir.
Bu so'zni Xoljuvonoy Go'ro'g'lidan eshitib, Go'ro'g'libekning o'ziga va G'irko'k otiga ishonch hosil qilibdi. Lekin Go'ro'g'libekning ham shu vaqti kuchi, quvvati to'lishgan, Xizir bilan olishgan, G'irko'kj nazarkarda tulpor bo'lsa ham, arabning oti haddili tulpor, toza sinamali ot. Go'ro'hiibek hech shashti qayt-magan bola. Agar hozir Go'ro'g'libekka: "Sen tajriba ko'rmagan, anqov bolasan. Bu arab ko'p purdon-bachcha, oti ham necha martalar sinovdan o'tgan, ehtiyot yaxshi deyman", — desa, Go'ro'g'libekning, bi-rinchidan, shashti qaytadi. Ikkinchidan, o'z urug'doshiga dushmanini ko'tarib ko'rsatgan bo'ladi. Axil ko'p o'ylab, shu narsalarni ko'nglidan kechirib, Go'ro'g'libekka qarab, bir necha joydan timsol kcltirib, Xoljuvonoy bir so'z dedi:
Meni deb kclgansan arab eliga,
So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,
Niyatman mingansan oting beliga,
So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li.
Yillaming kctidan yillar o'tgandir,
Keksarib ko'rgimning1 gali ketgandir,
Arab shuncha yildan bcri tutgandir,
Zo'rlik qilib meni olib yotgandir,
So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,
Yoshim endi o'ttiz beshga yctgandir.
Olib borsang, menga turkman kulmasmi,
Unda yangang malomatga qolmasmi,
So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,
Endi olib kctishing uyat bo'lmasmi?
G'o'ch yigitsan, kuchlaringni kuch demas,
Rustamcha bo'lsang-da, seni g'o'ch demas,
So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,
Arab bu o'chingni hargiz o'ch demas.
Ahmoq deb ishingga arab quvonar,
Dushmanlaring kulib, do'sting o'rtanar,
So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,
Turkmaning nomiga qo'yma qo'sha or.
Tog'larda bo'tako'z gulgun loladi,
Yosh o'g'lonsan, hali fikring chaladi,
So'zimga quloq sol, shoshma,
Go'ro'g'li, O'rnimga qizini olsang, bo'ladi.
Oq yuzida bir nuqtacha xati bor,
Oshiqlarga boqishining o'ti bor,
Zaydin arab degan ismi, oti bor,
So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,
Yarashar shu bo'lsa sendaylarga yor,
Quloqqa yoqimli mayin so'zlari,
Yurakka jaz urar sayyod ko'zlari,
Bamisoli qizil olma yuzlari,
So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,
Na qilursan kulgi qilib bizlardi.
Shu qizni olib ketsang qulay bo'ladi,
Shunda Rayhon arab tirik o'ladi,
So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,
Xoljuvonoy duongni qip qoladi.
Go'ro'g'libek Xoljuvon yangasining bu so'zlarini tinglab, o'ylasa, yangasining so'zlari ma'qul. "Bo'lmasa, yanga, Zaydin arabni ko'rsat, Rayhon arabning qizini olib keta qolayin", — dedi. Shunda Xoljuvonoy Go'ro'g'libekka: "Sen bugun borib, tog'ning bir kamarida pusinib yot. Ertaga kir yuvaman, deb Zaydin arabni aldab, shu buloq boshiga olib chiqaman. Men Zaydin arabni kirga olib chiqqanimni sen tutundan bil. Men buriqsitib qo'yib, tutun chiqargan joyga kela ber. Hozircha bor. Lekin juda ehtiyot bo'l",— deb uqtirib, Go'ro'g'libekni jo'natib yubordi. Ana shuytib, Go'ro'g'libek Zaydin arabni olib qochmoqni qasd qilib qaytib ketib, bir kamarga borib, G'irko'k otidan tushib, otini xashakka qo'yibdi. O'zi qachon Xoljuvon yangam tutun chiqaradi, deb angg'ib yota bersin. Endi gapni Xoljuvonoydan eshiting.
Xoljuvonoy Go'ro'g'libekni jo'natib borib, necha bir ayyorlik, mastonliklarni o'ylab, shirin, muloyim so'ylab, Rayhon arabning oldiga borib, qoshini qoqib solib, o'zini har na'maga olib, buralib, sudralib, jo'rtagadan Rayhon arabning oldidan o'ta yotib, qoshining bittasini arabga qarata otib, bir munkib, lozi-mining bolag'idan bosib, surinib ketdi. Xoljuvonoyning Rayhon arabning qo'liga kelganiga besh yil bo'Iib, shu besh yil ichida Rayhon arab bilan bir marta ham ko'nglini ochib suhbat qilmagan edi. Faqat zo'rlik, zumlik bilan nochordan Rayhon arabga xotin bo'Iib yurar edi. O'lguday xotinboz Rayhon arab, zang'ar shu Xoljuvonxon bilan bir ko'ngil ochib, muhabbatlashib suhbat qilsam, deb intiq bo'Iib yurar edi. Rayhon arab Xoljuvonoyning bugungi harakatini ko'rib: "Endi bu turkman yurtidan umidini uzib, menga ko'ngil qo'yay debdi-yov", — deb Xoljuvonoyga qarab, ko'ngli ochilib, bir so'z dedi:
Sira qiya boqmas eding, Xoljuvon,
Ayt-chi, gul qobog'ing qaydan ochildi,
Karashmalar joyida-ku, bo'yidan,
Yuraklar tuguni qaydan ochildi?
Yo turkmandan eshitdingmi bir xabar,
Ahmad sardor ering o'libmi magar,
So'zla qomatingdan sarvu sanobar,
Qoshlaring kamondir, kipriging xanjar,
Yuzlaring jannatdir, lablaring shakar,
Ayt-chi, gul jamoling qaydan ochildi?
Nozlanib gohida o'zdan ketasan,
Buralasan, meni maftun etasan,
Qoshingni qiyodan choqlab otasan,
Ayt-chi, gul yonog'ing qaydan ochildi?
Noz ila shul kecha bo'lay mehmoning,
Oyoq bosishingga bo"lay qurboning,
Yarashur zulfingga qo'nsa rayhoning,
Ayt-chi, bul qobog'ing qaydan ochildi?
Rayhon arabning o'lguday xotinbozligini bilib yurgan Xoljuvon Rayhon arabga: "Juda usti-boshingiz kirlab ketibdi. Ertaga bir kir yuvsak debmiz", — dedi. Rayhon arab: "Burungilar: "Xotin suhbat talab bo'lsa, kir yuvar emish", degan. Xoljuvonxon, sen ham turkmandan umid uzib, bizga talabgor boidingmi? A-ha, hi-him", — deyberdi. Xoljuvonoy Rayhon arabning gijinglay berganidan keyin ming bir ayyorlik, mastonligini o'qib: "Turkman kelsa, shu besh yildan beri izlab kelar edi. Endi turkmanning bu yerlarga yon-dasha olmasligiga ko'zim yetib, sizga toza ko'ngil bergim kelayapti. Endi shu kechasiga sabr qilsangiz, erta oqshom toza kiyimlar kiyib, ikkovimiz bazm-u suhbat qilsak", — deyberdi.
Burungilar qishki mavsumda kirlagan kiyimlarini yechib, to'plab qo'ya berar edi. Kir kiyimlar ko'p bo'Iib ketganidan keyin qishning yarmi o'tib, qantar oqqandan keyin ayoliar buioqqa chiqib, to'plangan kir kiyimlarini yuvar edi, ko'klam chiqqandan keyin ayoliar buioqqa chiqib, ikkinchi marta kir yuvar edilar. Xuddi shu vaqtlar qantar og'ib, ayollarning kir yuvish vaqtlaridan ham ancha o'tib ketsa ham, Xoljuvonoy hali kir yuvganicha yo'q edi. Shuytib, Rayhon arab Xoljuvonoyning ochilib, sochilib qolganini ko'rib, loqati toq, lablari qoq, o'zi ham juda bir mushtoq bo'la berdi. Rayhon arab: "A-ha, ho'y, bo'yidan, o'yidan, turkman ayolining fe'1-xo'yidan. Qachon oqshom o'tib, tong otadi. Xoljuvonoy noz qilib, qoshini qoqib, kulib boqib, biz bilan yotadi", — deb ertasingacha mushtoq bo'Iib chiqdi.
Ana shuytib, gapning qisqasi, tong otib, Xoljuvonoy Rayhon arabning kiyimlarini shilib olib, bir sholi olachaning o'rtasidan teshib, Rayhon arabning bo'ynidan o'tkazib: "Kiyimlar qurigancha, shu olachada o'tira turing", — deb ilmi ayyorliklarni o'qib, kirlarini ko'tarib, Zaydin arabga: "Buloq boshiga yur, kirlar ko'p, yordamlashasan. Mana bu tugunchakni ko'tar", — deb xitob qilib, Zaydin arabni aldab, kirga olib chiqmoqchi bo'la berdi. Shunda Zaydin arab Xoljuvonoyga: "Borsang, o'zing boraver. Men kecha buloqda bir begona otning izini ko'rgan edim. Sen otamni ahmoq qilib aldab, bir begona dushmanga ergashtir-makchisan. Men kirga chiqmayman. Ana otamning oti ham qulog'ini qaychi qilayotir, otamning oti dusb-manning sharpasini bilgandir", — deb Zaydin arab oyog'ini tirab toqoshovlik qila berdi. Xoljuvonoj Zaydin arabni aldab: "Otangning shuncha shon-u shavkati bo'lsa, dushman qayoqdan keladi. Kecha bi marta otangning oti qirdan boshmoqlab ko'ringan asov biyalarga qarab bo'shalib ketgan edi. Sen bo'lsanj o'z otangning otining izini dushmanning otining izi deb, qulog'ini nargi betdagi asov baytallarga qaycbi qilsa, dushmanning shobirini bilib qaychi qilayapti, deysan. Ey, qurg'ur-ey, tushmagur-ey. Bo'y yetibsan shekilli. Qachondan beri sen bunday cho'pdan hadik oladigan bo'lib qolding", — dedi. Zaydin arab: "Yo'ij aldama. Men sening aldaganingga ishonmayman. Buloqdagi iz otamning otining izi emas. Iz yo to'rt, yoi besh yashar otning izi. Qo'riqqa botib-botib ketgan. Otamning otining izi toboqning o'rniday bor. Bormayman", — deb juda qattiq turib to'xtab qoldi. Shunda Xoljuvonoy boshqavotdan ayyorlik ishlatmoq-chi bo'lib, o'zicha so'zlanib: "Qurg'uri, sen bo'y yetib, xayoling ancha tarlon bo'lib qolibdi-yov. Bahona qilib uyda yolg'iz qolib, biror kishi bilan gaplashmakchisan. Men hozir otangga borib, bu gaplami ayta-man", — deb uyga yaqin kelib, Rayhon arabga: "Bu qizingiz ancha hunar chiqarib qolganini bilmaysiz Kechadan beri juda turlanib qoldi. Kecha qirga qarab qo'lini bulg'ayotganini ko'rdim. Bugun bahona qilib uyda yolg'iz qolib, bilmayman, qanday noma'qulchilik qilmoqchi. Kirga bor, deb yubormasangiz, bi yolg'iz uyda qolib, kirn biladi nimalar qiladi. Kirga mening bilan borsa, yorlashib yuborsa, kirlarni tezroi, yuvib kelgan bo'lar edik", — deb Rayhon arabga ma'qullatdi. Rayhon arab o'rnida o'tirib qichqirib, Zaydb arabga: "Bor endi, achchig'imni keltirmasdan bor!" — deb xitob qildi. Zaydin arab Rayhon arabdai qo'rqqanidan Xoljuvonoy bilan ergashib kirga ketdi. Shuytib, Xoljuvonoy Zaydin arabni ergashtirib, do'nglikdan pastga tushib, buramdan aylanib, buloqqa yetib, toshdan o'choq qilib, ovpalak va itsiygaklarni yoqib, burqsitib tutun chiqarib, Zaydin arab bilan kir yuva berdi. Go'ro'g'li kamarda yotgan joyidan turib. tutunni ko'rib, G'irko'kini boshqavatdan abzalini mahkam qilib olib, G'irko'k otining ustiga minib, tutun chiqayotgan yoqqa qarab, asta-asta otini haydab, buloq boshiga yetib boribdi. Qarass, Xoljuvon yangas Rayhon arabning qizini kirga olib chiqibdi. Shunda Go'ro'g'libek buloqqa burilib, otini sug'organ bo'lib, Xoljuvon yangasiga qarab, mo'ylovini burab, uzangiga oyog'ini tirab, bahona qilib: "Hov xola, bir kosa suv olib bering", — deb bir necha joydan timsol keltirib, bir so'z dedi:
Uzoqdan kelaman, qirlardan osha,
Arab ellarini aylab tomosha.
Yo'lingdan o'taman guzarim tusha,
Tashna bo'ldim, suv olib ber, xolalar.
Ko'p yo'l bosib horiganman, tolganman,
Ora yo'lda suvsizlikda qolganman,
Xizmat ham bo'lsa, deb talab qilganman,
Tashna bo'ldim, suv olib ber, xolalar.
Arab vodisida o'sgan lolalar,
Bilmam bu ko'ringan qanday qal'alar,
Bandargoh betlardan karvon kelalar,
Tashna bo'ldim, suv olib ber, xolalar.
Xush yoqmas o'zimga otdan tushmakka,
Holim yo'q bir gaz ham narmon oshmoqqa.
Madorim yo'q adi-badi deyishmoqqa,
Tashna bo'ldim, suv olib ber, xolalar.
Davlatimdan qizil, yashil o'rayman,
Savlatimdan shomurtimni burayman,
Charchab keldim, bir kosa suv so'rayman,
Tashna bo'ldim, suv olib ber, xolalar.
So'zlayman so'zimni aylab maqomdor.
Men ham o'z elimda atoqli nomdor,
Ravshan o'g'li oqin suvga talabgor,
Tashna bo'ldim, suv olib ber, xolalar.
Shunda Xoljuvonoy Zaydin arabga bahona qilib: "Mening qo'lim mag'zava bo'lib yotibdi. Sen u suv so'ragan yigitga bir jom suv olib berib yubor. Odamga savob ham kerak", — deb bir necha joydan timsol keltirib, Zaydin arabga qarab, bir so'z dedi:
Yo'lovchilar katta yo'ldan o'tadi,
Yurib-yurib manziliga yetadi,
Erinib mudirab tashna bo'lganda,
Bizdaylardan xizmat talab etadi.
Ana, suv, deb so'rab turgan yigitga
Bir kosa suv olib bersang, netadi?
Yo'Iovchi yo'llardan har kun keladi,
Yo'lovchiga har kim xizmat qiladi,
Shularga suv bermak savob bo'ladi.
Ana, suv, deb so'rab turgan yigitga
Bir kosa suv olib bersang, netadi?
Erkaklarga ayol xalqi xizmatkor,
Har nima amriga turarlar tayyor,
Shulardan sadag'a senday gajakdor,
Ana, suv, deb so'rab turgan yigitga
Bir kosa suv olib bersang, netadi?
Yuzingda xoling bor ko'kish bo'yama,
Qiz deganing zeb-ziynatga to'yama,
Shundaylarga xizmatingni ayama,
Ana, suv, deb so'rab turgan yigitga
Bir kosa suv olib bersang, netadi?
O'tkinchi yigitni koyib boimaydi,
Bir xizmatman kishi mayib bo'lmaydi,
Shundaychangi oliy barno yigitga
Qancha xizmat etsang, ayib bo'lmaydi.
Ana, suv, deb so'rab turgan yigitga
Bir kosa suv olib bersang, netadi?
Arabning tog'larin cholmishdir tuman,
Ayrilig'i qursin, juda ham yomon,
Boshingdan parvona bo'lsin, Xoljuvon,
Ana, suv, deb so'rab turgan yigitga
Bir kosa suv olib bersang, netadi?
Zaydin arab Xoljuvonoyning bu so'zini eshitib, qayta badtar ro'moliga o'ranib: "Nomahramga suv olib bermayman. O'zing turkmanda kim bo'lsa, shu bilan ochiq gaplashib, o'rganib qolgansan. Qo'ling mag'zava bo'lsa, ayt, arabda nomahramga ayollar suv bermaydi, deb. Kerak bo'lsa, buloqdan tushib, o'zi qo'sh hovchini kosa qilib, suv ichib keta bersin-da", — dedi. Xoljuvonoy qarasa, Zaydin arab aytganiga ko'nmaydiganga o'xshaydi. "Bunga yana ayyorlik ishlatib, bir pishak do'g'i qilib ko'rmasam, bo'l-madi",— deb Xoljuvonoy bir necha joydan timsol keltirib, Zaydin arabga qarab, bir so'z dedi
:
Zaydin arab, endi ketma o'zingdan,
Buzuqlikning isi kelar so'zingdan,
Nomahramga o'g'irincha qaraysan,
Yomonlik anglayman ayyor ko'zingdan.
Ovloq bo'lsa, qiqinglaysan, kulasan,
Er talab bo'libsan, toshib-to'lasan,
O'ynashingmi, bilmam yo'ldan o'tkinchi,
Bunda meni aldamoqchi bo'lasan.
Tushib suv ichsin deysan buloqqa,
Maqsading, tortsa-da seni ovloqqa,
Kir boshida mening ko'zim mo'lartib,
Shu yigitman ketmoqchisan bir yoqqa.
Undan ko'ra u otidan tushmasa,
Oraga har turli gapni qo'shmasa,
Ketadi boradi, olam guliston,
Kumushday qo'lingdan ichib bir kosa.
Xoljuvonoy hamma gapni biladi,
Sen shod bo'lsang, xurram bo'lib kuladi,
Suv bering, deb horib turgan yigitga
Bir jom suv uzat, deb talab qiladi.
Bu so'zni Zaydin arab Xoljuvonoydan eshitib, ko'nglida: "Qiz bo'lmay o'lay, qandayga aylansa, menga malomat o'ralib tushadi. Bu qurg'ur, bilmayman, nega buytib haddan oshadi", — deb noiloj ro'moli bilan yuzini berkitinqirab, iymanib borib, buloqdan bir jom suv olib, Go'ro'g'libekka tortinib tuta berdi. Shunda Go'ro'g'libek imtilib kosani qamchi bilan urib qoqib, Zaydin arabning qo'lidan tushirib yuborib, Zaydin arabning bilagidan ushlab, bir siltab G'irko'kning sag'risiga olmoqchi bo'ldi. Ammo-lekin Zaydin arab og'irligini solib, bir chiranib o'zini halloji qilib yuborgan edi, G'irko'k tizzasigacha yerga botib ketdi. Go'ro'g'libek qarasa, ish qabohat bo'Iadiganday. Shunda Go'ro'g'libek yangasini yordamga chaqirib, bir so'z dedi:
Arabning qizi ko'p polvon zo'r ekan,
Tez kelib ortidan ko'tar, yangajon,
Bir botmon bo'ksali, haddin o'r ekan,
Darrov kelib butidan ko'tar, yangajon.
G'irko'kim tizgacha qo'riqqa botdi,
Qurg'urning badani muncha ham qatti,
Zilday bo'p bilagim qahshatib ketdi,
Tez kelib ortidan ko'tar, yangajon.
Yangi olgan oijam qo'ldan ketmasin,
Dam g'animat.vaqt-fursat o'tmasin,
Tag'ina sengayam ziyon yetmasin,
Darrov kelib butidan ko'tar, yangajon.
Baliqday tipirlab netib to'lg'onar,
Beliga intilsam. qo'lim bulg'anar.
Bu arab qizining kuchi ancha bor,
Tez kelib ortidan ko'tar, yangajon.
O'lmasin yaxshilar, aslo o'lmasin,
Yomonlar yig'lasin, hargiz kulmasin,
Shuncha mehnatlarim zoye ketmasin,
Darrov kelib butidan ko'tar, yangajon.
Endi yongan umidlarim o'chmasin,
Tag'i bu qiz bir sitilib qochmasin,
Qo'lingdan dushmanlar sharob ichmasin,
Tez kelib ortidan ko'tar, yangajon.
Go'ro'g'li taqdiming ishiga hayron,
Hayollab o'tirsam, kelmasin Rayhon,
Bu g'ayri yurtlarda menga ko'makdosh,
Yo'q turur o'zingdan boshqa, Xoljuvon,
Darrov kelib butidan ko'tar, yangajon.
Xoljuvonoy Go'ro'g'libekning bu so'zini eshitib, darrov qo'lidagi kir yuvgich qo'l og'ochini olib, chopib kelib, Zaydin arabning ortidan, balki ikki butidan qo'l og'ochini o'tkazib, bir nuqib itarib, ko'tarij yuborgan edi, Zaydin arabning buti hillanglab, G'irotning sag'risidan oshib ketdi. Shunda Go'ro'g'libd ham bir qimtib, Zaydin arabni egarning sirtiga olib, omon bo'l Xoljuvon yanga, deb G'irko'k otni qaytaribj yo'lga solib, turkman eli qaydasan, deb haydab ketdi. Endi Xoljuvonoydan eshiting.
Xoljuvonoy: "Har nima bo'lsa ham, arabning oti haddili tulpor, Go'ro'g'libek uzayganicha uzab ket> bersin", — deb oshiqmay-netmay kirlarini yuvib-ko'ptirib, undan keyin to'plab, jo'rtagadan Rayhon arabning usti-boshini eng keyin yuvib, ho'iligi holida bir qo'lida ko'tarib, kech bo'lay deb qolganda, qaytili kelibdi. Bir necha ayyorliklarni o'qib, Rayhon arabning oldiga shu so'zlarni aytib, chiqib borayotir:
Ey, sultonim, davlat qochdi o'zingdan,
Dushman tushgan ekan bosgan izingdan,
Ayrilding, ayrilding ko'rar ko'zingdan.
Judo bo'lib Zaydin arab qizingdan.
Ko'ksimon talg'irdir tog'larning toshi,
Ne jafoga ko'nmas odamning boshi,
Bor ekan qurg'urning topgan yo'ldoshi.
Judo bo'lding Zaydin arab qizingdan.
Uzoqdan bir odam qildi ishorat,
Zaydin arab turib chopdi shu fursat,
Ushlashgan so'ng gidirmadi bir muddat.
Judo bo'lib Zaydin arab qizingdan.
Mingashtirdi ha demasdan ortiga,
Qamchi bosdi mingan otin chotiga,
Men chopganman yetarmidim otiga,
Qochib ketdi, shuytib, arab yurtidan.
Judo bo'lding Zaydin arab qizingdan.
Shuytib buzuq ekan bilsang avzoyi,
Kun chiqarga botdi osmonning oyi,
Qayerga yetardi Xoljuvon voyi.
Judo bo'lding Zaydin arab qizingdan.
Shunda Rayhon arab Xoljuvonoydan bu so'zni eshitib, ul odam maboda Go'ro'g'limikan, deb hai murti shopday, og'zi ko'hna qopday bo'lib, bir so'z dedi:
Bu gaplaring sening agar rost bo'lsa,
Lot olgali kelgan hukmin' Go'ro'g'li.
Ko'pdan beri shu yerlarda ko'rinmay,
Qizimni ozdirgan hukmin Go'ro'g'li.
Yoshligida bilgan edim shashtini,
Endi surar yigitlikning gashtini.
Ukag'arni topsam yeyman go'shtini,
Qizim olib ketgan hukmin Go'ro'g'li.
Ukag'ar ko'rmagan qo'lim zarbini,
Choqlaya bilmagan kuch-u qurbini
Darrov keltir menga billur durbini,
Qizim olib ketgan hukmin Go'ro'g'li.
Oldimga hozir et yov-yarog'itn.
Xoljuvon jononim. ko'zim qarog'im,
Asta-asta olib mening daragim,
Qizim olib qochgan hukmin Go'ro'g'li.
Bu yerlarda dev ham qo'rqib turmaydi,
Tirikmen, izimdan dushman yurmaydi.
Yoshligida ko'rgan edim zahrini.
Magar turkman bir marta qo'l sermaydi,
Qizim olib ketgan hukmin Go'ro'g'li.
Arabning tog'larin chalmasin tuman,
Tezroq kiyimim bergin, Xoljuvon,
Bu yerda orqayin qolmasin Rayhon,
Qizim olib qochgan hukmin Go'ro'g'li.
— Darrov kiyimlarimni ber, anjom-aslahalarimni olib keltir, qizimni olib ketgan hukmin Go'ro'g'li, boshqa hech kirn emas. Boshqalar bu yerlarga kelmaydi ham, — deb cherpina berdi. Xoljuvonoy ming bir ayyorlikni o'qib: "Shohim, hali kiyimlaring ho'l", — deyberdi. Rayhon arab Xoljuvonga: "Ho'l bo'lsa, shamolga yelpit. E, yo'q, to'xta, kiyimlarni menga ber, o'zim yelpitaman. Sabil kun chitiq ekan. Kiyimlar oz-moz muzlabdi, kun ham kechki salqinda. Sen darrov otni egarla", — deb shoshib, takbiridan adashib, chirpinayotir. Xoljuvonoy chiqib otni jo'rtagadan imirsilanib, teskari abzallab: "Otni abzallab qo'ydim", — deb adab saqlab turdi. Shunda Rayhon arab hali kiyimlari kepmay' qolganidan zorlanib: "Sabil kun mun-cha chitiq bo'lmasa. Endi kiyimlar kepmabdi-ku. Ma, ol, sen dalaga chiqarib, kiyimlarni shamolga serpib tur. Men aslaha-anjomlarimni choq qilay. Ey sabil, anjom-aslahani kiyimsiz taqib bo'larmi", — deb goh Xoljuvonoyni koyib, goh suyub, shoshib-pishib chirpinib, dalaga chiqib, ichkariga kirib yurib, ko'zi otiga iushib: "Xoljuvonoy otni teskari egarlab qo'yibdi", — dedi. "Ey, Xoljuvonoy, men seni ham bilmay qoldim. Ha-ha, darvoqe, ayolning ishi teskari-da! Shuytib, bular gaj qabirg'adan yaratilgan, deydi-da. Ayolga ish buyur, orqasidan o'zing yugur", — deb so'kinib, Rayhon arab otni boshqatdan abzallab olib kelib. Xoljuvonoyning qo'lidan kiyimlarini olib ko'rsa, hali ham kepmabdi. Rayhon arab shoshib kiyim-larini ham kiymay: "Hay, shu Go'ro'g'li bo'lsa, kiyimsiz ham ushlab kelaman. Imirsilab kayfimni uchir-ding. Hali Go'ro'g'lini ushlab kelay, keyin senga bir salom beraman", — deb yalang'och bo'yniga olacha shol ilingani holda qo'lidagi ho'l kiyimlarni yerga bir urib tashlab, anjom-aslahalarini olib, otiga minib, jilovini bo'shatib, Go'ro'g'libekning izidan tushib, haydab ketdi.
Go'ro'g'libek shu vaqtgacha yigirma toshlar chamasi yo'l bosib, har zamonda orqasiga bir qarab kelayapti. Jonivor G'irko'k ham yulduzday bo'lib kelayapti. Bu kuni choshtgoh vaqtigacha jami yuz ellik tosh yo'l bosib qo'ydi. Bir pilla orqasiga qarasa, bir nima changitib kelayapti. Shunda Go'ro'g'libek: "Bu muqarrar Rayhon arab. Endi qizini bir sinab ko'raychi, ko'ngli qayoqda ekan", — deb Zaydin arabga qarab, bir so'z deb kelayapti:
Zaydin arab, otang kelur orqadan,
Bunda kelib tutib olsa, netasan,
O'z elingga qilib seni sharmanda,
Gardaningga chilbir solsa, netasan?
Otang zo'rdir har ish kelar qo'lidan,
Qaytmaydi sira ham kelgan yo'lidan,
Bilmayman ne kechar hozir dilidan,
Orqamizdan yetib qolsa, netasan?
Menga ham jon kerak, tashlab qochaman,
Zo'r kelgandan keyin sendan kechaman.
Yulduz oqqaniday bo'lib uchaman,
Shuytib Rayhon yetib kelsa, netasan?
Qo'lida o'q-yoyi, otang ko'p g'irrom,
Seni tutib olmay toparmi armon,
Bekor ob qochibman men bir kalla xom.
Ha, qizim, deb suxan qilsa, netasan?
Go'ro'g'li der, hali Chambil uzoqda,
Har zamon qolarmiz bandi tuzoqda
Jon shirin ketaman, tashlayman dog'da,
Shamshir bilan bag'ring tilsa, netasan?
Zaydin arab Go'ro'g'libekning bu so'zini eshitib: "Men sening shariatingni bilmayman. Ammo arabning shariatida qiz birov bilan bir lahza birga bo'ldi degancha, aybga tangildi hisob bo'ladi. Men bo'lsam, sening bilan bir kecha-kunduzdan beri birga kelayotirman. Endi otam meni tutib olsa, avvali o'ldiradi. Agar ichi achib o'ldirmaganida ham, arablar endi meni qiz deb hisoblamaydilar. Meni birov olganda ham yarim qalinga yesir hisobida olib ketadi. Undan ko'ra, endi meni tashlama. Oting yosh, o'zi tulporzod ko'rinadi.O'zing ham yoshsan. Otam bo'lsa, keksa, daydib qolgan odam. Oti ham ancha ko'hnargan. Otamni bir to'xtatib, keyin qochsang, otamning oti qolib ketadi. Sening oting yosh, qaytish deganni bilmaydi", — dedi Go'ro'g'libek Zaydin arabning bu so'zini eshitib, qochishga ko'ngil bog'laganini bildi. Xuddi shu vaqtda Rayhon arab otini qo'yib, bir qo'lida xanjar, bir qo'lida sifar, bo'ynidan olacha o'tkazilgan holda kelayotir. Ot har haprang otganda, o'n gaz, o'n besh gaz yerga tushadi. Shamolmas, yomg'irda ham otning ketish zarbidan olacha yoyilab, Rayhon arab toza shildingday bo'lib, bor avrati ko'rinib, dabdala bo'Iib kelayotir. Shunda Go'ro'g'libek Rayhon arabning sha'niga bu so'zni aytib kelayotir:
Yuqorida objuvoz,
Objuvozning suvi oz,
Olacha ko'ylak shildirboz.
Orangdan Rayhon o'tdimi?
Yomg'ir yog'ar shiva-shiva,
Guldir momom tiva-tiva,
Olacha ko'ylak shildirboz,
Orangdan Rayhon o'tdimi?
Dayrabotning shamoli,
Darbandining qamali,
Olacha ko'ylak shildirboz,
Orangdan Rayhon o'tdimi?
Dayrabotning to'lqini,
Qor-yomg'irning salqini,
lyiqtirding yilqini,
Shu so'zimning talqini.
Olacha ko'ylak shildirboz.
Orangdan Rayhon o'tdimi?
Zaydin qochib ketdimi,
Quvgan bilan yetdimi,
G'irko'kimdan o'tdimi,
Olacha ko'ylak shildirboz,
Orangdan Rayhon o'tdimi?
Tog' betida qo'chqorak,
Tepasida varvarak,
Tomoshasi xo'p kerak,
Olacha ko'ylak shildirboz,
Orangdan Rayhon o'tdimi?
Zaydin qizi dirillar,
Ko'k kaptarday pirillar,
Olacha quvib sharillar,
Ostida ot orillar,
Arslon misol g'orillar,
Olacha ko'ylak shildirboz,
Orangdan Rayhon o'tdimi?
Go'ro'g'libek o'ch oldi,
Arab alamda qoldi,
Har dam senga o'roldi,
Olacha ko'ylak shildirboz,
Orangdan Rayhon o'tdimi?
Ot chopishga haddili usta Rayhon arab zang'ar qimtib G'irko'kka yaqinlab qoldi. Shunda Go'ro'g'libek G'irko'k otini orqaga burib, Rayhon arabga qaratib: "Ha, arab, to'xta, otingni biroz saqla. senga bir-ikki og'iz so'zim bor". - dedi. Rayhon arab: "Qachon bo'lsa, baribir buning orqasidan yeta-man", — deb otini saqlab: "Mana, to'xtadim. Nima so'zing bo'lsa, darrov ayt", — dedi. Shunda Go'ro'g'libek belidan sozini qo'liga olib, Rayhon arabga qarab, senga so'zim shu, deb sozini chertib, bir so'z dedi:
So'zim eshit, Rayhon arab,
Mening bilan bo'lma taraf,
Kelma endi berman qarab,
Hozir bo'l seni otaman.
Ostimda o'ynaydi otim,
Chambil mening mamlakatim,
Qaytib ket qoningdan o'tdim,
Bo'lmasa, seni otaman.
Orqamda kelar Zaydinoy,
Rayhon arab holingga voy,
Qo'limda tayyor parli yoy,
Indashsang, seni otaman.
Oshdim baland tovlaringdan,
O'tib keldim g'ovlaringdan,
Qaytsang o'tarman bahringdan,
Bo'lmasa, seni otaman.
G'irko'kimga oting qo'shma,
Bekorga orqamdan tushma,
Jon shirin bo'lsa, indashma,
Indashsang, seni otaman.
Qaytgin arabning yurtiga,
Jo'na dayrobod sirtiga,
Go'ro'g'li boqmas ortiga,
Indashsang, seni otaman.
Go'ro'g'libek do'mbirasini beliga qistirib, G'irko'k otining boshini burib, jilovini qo'yib yuborib, lo'killatib haydab keta berdi. Rayhon arabning oti shu yerda qotib qoldi. Shunda arab qattiq azoblanib, otiga bir-ikki qamchi bergan edi, oti munkiyib, Rayhon arab otining yolidan ummaga oshib tushib, kallasi bir toshga tegib, yorilib qonab qoldi. Rayhon arab etigidan gartak qirindi olib, belbog'i bilan boshiga tortib, otini sekin haydab kela-kela yana qizdirib olib, jilovini qo'yib yuborib, katta haprak otdirib haydab kela berdi. Ungacha Go'ro'g'libek Gurgon daryosiga yetay deb qolgan edi. Bir pilla qarasa, Rayhon arab bir qo'lida xanjar, bir qo'lida sifar, vang'illatib otini qo'yib kelayotir.
Ana shunda Go'ro'g'libek yana orqaga burilib, Rayhon arabga qarab: "Hoy, Rayhon arab, to'xta. Senga yana boshqa bir gapim bor", — dedi. Rayhon arab: "Yana bu turkmanning nima gapi bor ekan", — deb otining jilovini saqlab, to'xtatib turdi. Go'ro'g'libek belidan sozini olib, Rayhon arabga qarab, soz bilan birso'z dedi:
Rayhon arab, eshit mening so'zimni,
Chambilbelga to'ra deydi o'zimni,
Javob bergin, bosmay endi izimni,
Bek tog'amga berayinmi qizingni?
Yangamning o'rniga oldim o'chimni,
Navbat keldi, bosim qildim kuchimni,
O'zingga tashladim qari chechamni,
Bek tog'amga berayinmi qizingni?
Rayhon arab, oting borda qaytag'ay,
Haloling bo'lsin, deb menga aytag'ay,
Qutuldim, bizniki bo'ldi Zaydinoy,
Bek tog'amga berayinmi qizingni?
Bildir, gapir, necha belingdan oshdim,
Navbat keldi, maqsadimga uloshdim,
Oy Zaydinday gulbadanga yondoshdim,
Bek tog'amga berayinmi qizingni?
Qizingni ob qochdim otga yopshirib,
Oq to'shini ko'k korsonga qopshirib.
El og'asi Ahmadbekka topshirib,
Bek tog'amga berayinmi qizingni?
Javobingni aytgin, yo'qsa, ketayin,
Gurgon daryosidan haqlab o'tayin,
Erta tushga Chambilbelga yetayin,
Bek tog'amga berayinmi qizingni?
Rayhon arab Go'ro'g'libekdan bu so'zni eshitib: "Hali seni tutib, shu gapni aytgan og'zingni muzday qilib, yirtib tashlamasam", — deb achchig'lanib, otini jilovini qo'yib yuborgan edi, oti chopa olmay qoldi. Go'ro'g'libek bo'lsa G'irotni burib, jilovini bo'shatib, Gurgon daryosiga kelib, G'irko'k daryodan jimiyib sakrab o'tib keta berdi. Shunday bo'lmay, Go'ro'g'libekning guzari Hazar dengizidan kelganda ham, G'iroti qirq gaz ko'tarilib uchib o'tib, Rayhon arab dengizning naryog'ida qolib ketgan bo'lar edi. Negaki, Rayhon arabning oti har qancha juyruk tuipor bo'lsa ham, G'irotning hali yoshligini hisobga olmasa, G'irol nazarkarda, Rayhon arabning otidan yuqori edi. Shuytib, bu martaba Rayhon arabning oti chala qotgan ekan. Bir-ikki qamchini tortib, Rayhon arab otini haydab kela berdi. Go'ro'g'libek bo'lsa, Gurgon daryosidan o'tib, bir qirga kelib, G'irko'kni burib, o'zini bir yovvoyi jiydaning panasiga olib: "Qani, Rayhon arab Gurgon daryosidan o'tib, nima qilar ekan?" — deb kuzatib turdi. Rayhon arab Gurgon daryosining narigi. labiga kelib, otini daryoga to'g'rilab, achchiq qamchini bergan edi, asli tuipor emasmi, jonivor shunday Gurgon daryosidan bir hatlab o'taman, deb qimtinib sakrab yuborgan edi, otning chala qotgani sabab bo'lib.
daryoning bergi yog'i mo'ljaliga yeta olmay, Gurgon daryosining o'rtasiga tushib, yaxday suv bilan toa shovshab qolib, o'zini o'ng'ara olmay, suvga g'arq bo'lib keta berdi. Rayhon arab bu holni ko'rib, suvgi irg'inib tushib, otini zo'rg'a o'ng'arib, o'zi ham olacha-polachasi bilan, suvdan chiqqan pishakday ivfttj qolib, otini yetaklab, daryoning naryog'iga chiqardi. Shunda Go'ro'g'Iibek yovvoyi jiydaning panasidai chiqib, Rayhon arabning ko'ziga ko'rindi. Shunda Rayhon arab Go'ro'g'libekka qarab: "Haloling bo'lsin, uka, endi nima bo'lsa ham, qizimni o'zing ol. Tog'angga berma, sen mcni yutding, barakalla Go'ro'g'Iibek", — deb bir necha joydan timsol keltirib, bu so'zlarni dedi:
Bek Go'ro'g'li. eshit endi so'zimni,
Qon yoshga to'ldirma ikki ko'zimni,
G'am bilan sarg'aytma qizil yuzimni.
Gul gulga qo'shilsin jonim. chirog'im,
Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Hech kishini qabo falak urmasin,
Bu ko'rgiligimni boshqa ko'rmasin,
Toza gul bargiga tikon urmasin.
Gul gulga qo'shilsin, jonim, chirog'im,
Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Oltin kosa loyqa suvga to'lmasin,
Hasrat bilan nurli yuzlar so'lmasin.
Novdalikda qizim nobud bo'lmasin,
Gul gulga qo'shilsin jonim, chirog'im,
Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Bek Go'ro'g'li, qoyil bo'ldim o'zingga,
Chibin o'ltirmasin oyday yuzingga,
Qizim tashlab qaytib ketay izimga,
Gul gulga qo'shilsin jonim, chirog'im,
Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Qoyil bo'ldim, ko'k otingni kezdirding,
Chaqmoqdayin tulporimdan o'zdirding,
Ko'nglin topib, qizim yo'ldan ozdirding,
Gul gulga qo'shilsin jonim, chirog'im,
Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Taka Yovmit derlar asli zotingni,
Navbat kelib mendan olding lotingni,
Lekin senga nasihatim, ukaj on,
Uyurga bermagin sira otingni,
Gul gulga qo'shilsin jonim, chirog'im,
Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Bek Go'ro'g'li, omon borgin, men qaytdim,
Senga yov bo'lmasligimga gap aytdim,
Sen ham yov bo'p menga kelmasing lozim,
Gul gulga qo'shilsin jonim, chirog'im,
Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Gul lola yarashar taqsa yoqangga,
Hargiz berma bo'y qizimni tog'angga,
Kashal bo'lmay, qaytib ketay orqamga,
Gul gulga qo'shilsin jonim, chirog'im,
Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Men ham o'z yurtimda qadrli sulton,
Yarashibon gulman o'ralsa rayhon,
Erka o'sgan qizim bo'lsin bearmon,
Gul gulga qo'shilsin jonim, chirog'im,
Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Shunda Go'ro'g'Iibek Rayhon arabga qarab: "Qizingni o'zim sira ham olmayman, kashal bo'lmay, keta ber. Zaydinoyni tog'amga eltib beraman, "— deb bir so'z aytdi:
Kashal bo'lma, arab elning sultoni,
Tog'amga qo'shaman eltib qizingni,
Xoljuvonday suluv yangam o'rniga
Tog'amga beraman eltib qizingni.
Zaydinoyning tugunlari ochilar,
Nikoh oqshomida bodom sochilar.
Bugun-erta qalliq bo'lib quchilar,
Tog'amga beraman eltib qizingni.
Yumuq ko'zi choyday bo'lib ochilar,
Shu kechasi bandi tugun yechilar,
Oltin piyolada sharob ichilar,
Tog'amga qo'shaman eltib qizingni.
Ochilib yayraydi g'uncha tugunchak,
Bugun-erta bo'lar qizing kelinchak.
Kashal bo'lmay, keta bergin ertaroq,
Tog'amga qo'shaman cltib qizingni.
Birga yursang, o'z ko'zingman ko'rasan.
Vakil bo'lib rozilik so'zin berasan,
Arabga ikki, uch kun keyin borasan,
Tog'amga beraman eltib qizingni.
Mard yigitman aytganimdan qolmayman,
Ot chopmoqda hargiz horib-tolmayman,
Niyatim — shu: qizing aslo olmayman,
Tog'amga qo’shaman eltib qizingni
Go'ro'g'li dushmandan lotin olgandi,
U yetolmay suvga shilib qolgandi,
Kuchim endi senga ma'lum bo'lgandi,
Tog'amga beraman eltib qizingni.
Go'ro'g'libek otining boshini burib qayta berdi. Rayhon arab yig'lamsirab: "Ey, Go'ro"g'lijon, qizimni nobud qilma, o'zing ol, o'zing ol!" — deb qola berdi. Go'ro'g'libek: "Qizingni o'zim sira olmayman, tog'amga eltib beraman", — deb keta berdi.
Shuytib, Go'ro'g'libek bunday aylanib, bir do'nglikning panasidan qarasa, Rayhon arab g'o'jinib, yelkasini qisib, asta-asta orqasiga qaytib ketib borayotir. Go'ro'g'libek shuytib dushmanidan qutilib, turk-man yurtiga kelib kirdi. Hazar dengizining yoqasida mol boqib yurgan cho'ponlarning ustidan tushib, cho'ponlar chaylasiga qo'nib, bir qo'yni so'ydirib, qovurdoq qildirib, cho'ponlarning birini Chambilga suyunchi uchun yubordi. Qirq yigit bilan Xoldorbek Go'ro'g'libekning arabning qizini olib kelayotganini eshitib, barchalari Go'ro'g'libekning oldiga peshvoz chiqdilar. Hammalari Go'ro'g'libek bilan ko'rishib, bari shod-u xurram Chambilga kelib, mayxonaga tushib, katta gulxanni qalab, Zaydin arabni bo'lsa, qirq yigitlaming xotinlari ichkariga tushiribdi. Ayollar ham, erkaklar ham shod-u xurram bo'lib o'tirishdilar. Chambildagi odamlarning hammasi qutli bo'lsinga kelib-ketaberdi. Oradan bir-ikki kun o'tsa ham, hali Ahmad sardordan darak yo'q edi. Oxiri Go'ro'g'libek qirq yigitning birovini yubortib, Ahmad sardorni chaqirtdi. Xabarchi Yovmitda Ahmad sardomikiga borib: "Go'ro'g'libek safardan qaytib kelib, sizni bir kelib ketsin, deb chorladi", — dedi. Shunda Ahmad sardor: "Go'ro'g'libek safardan qaytib kelgan bo'lsa, nima olib kelibdi", — deb so'radi. Xabarchi: "Bir qiz olib kelgan", — dedi. Ahmad sardor: "Bo'lmasa, Go'ro'g'libek qizga to'y qilib, o'ziga nikoh qildirib olar", — deb otlanib, xabarchi bilan birga Chambilga kelib, otidan tushib, so'rashib bo'lgandan keyin: "Qani, jiyanim, menga nima sovg'a keltirding", — deb so'rab turibdi. Shunda Go'ro'g'libek tog'asiga qarab, bir necha joydan timsol keltirib, sizga Rayhon arabning qizini keltirdim, deb shu so'zni aytdi:
Ko'rsatdim arabga qudrat-kuchimni,
Qoyil aylab Rayhon shohning qizini.
Sening uchun undan oldim o'chimni.
O'zingga, deb olib keldim qizini.
Hazardan uchirib otim shoshirdim,
Arabning qizini qo'lga tushirdim,
Olib keting, shuni sizga topshirdim,
Yor aylar, deb olib keldim qizini.
Otimni o'ynatib qirlardan oshdim.
Dushmanimning elatiga yondashdim,
Rayhon bilan yo'1-yo'lakay ot qo'shdim,
O'zing uchun olib keldim qizini.
Arab tog'larida sayil ayladim,
Zaydin qizni aldab moyil ayladim,
Ob qochdim, Rayhonni qoyil ayladim,
O'zingga, deb olib keldim qizini.
O'tkaz oy Zaydinning bugun to'yini,
Baxshilar aytishsin terma, kuyini,
Salom solsin, barcha ko'rsin bo'yini,
O'zingga, deb olib keldim qizini.
Go'ro'g'li Takaman Yovmitga sulton,
Rayhon qizin olib ketgin, tog'ajon,
Qiz ana, ko'nglingda qolmasin armon,
Seni deb op keldim arab qizini.
Bu so'zni Ahmad sardor Go'ro'g'li jiyanidan eshitib, quvonib: "Endi, Go'ro'g'libek jiyanim, qoyilmar senga. Turkmanga o'zing xon, o'zing sulton. Xiroj deysanmi, boj deysanmi, faqat bizdan, qulluq-qul-luq",— deb dovdirab qoldi. Qirq yigit chaqchaqlashib: "Endi to'yni Ahmad sardornikida qildik", — deb Yovmitga jo'nab ketdi. Yovmitga yetib, Ahmad sardorning qo'ylaridan so'yib, uchidan kabob qilib, to'yni boshlab yuboribdilar. Bu yoqdan Go'ro'g'libek, Xoldorbek, Ahmad sardor qator bo'lib, Yovmitga yetishdi-lar. Qirq yigitning xotinlari Zaydin arabni yasatib, sochini qirqta qilib o'rdirib, yor-yor aytishib, bular ham Zaydinoyni uzatib, Yovmitga keldilar. Oqshom to'y bo'lib. qirq yigit may ichib kayf qilib, Zaydin arabning nikohini Ahmad sardorga qiyib, Ahmad sardorni chimildiqqa kirgizib, ikkovini qo'shib qo'ydilar. Ertagisin Go'ro'g'libek boshliq Xoldorbek va qirq yigit Ahmad sardorning siylov to'nini kiyishib, Chambilga qayt-dilar.
Kunlar o'tib, bir kun Go'ro'g'libek turkman elining kattalarini chaqirib, bir majlis o'tkazdi. Shundan keyin Go'ro'g'libek turkman eliga sulton, Xoldorbek mahram vazir, Ahmad sardor beklar begi sardor. Og'abegi Zamon takaga, Safo o'g'li Chaqqon ko'klangga, Mamarayim polvon ersariga bek qilib belgi-lanibdi. Bundan tashqari, Turkman elatiga to'qson to'qqiz biy tayinlanib, keyin Go'ro'g'li sulton mayxonada kayfini qilib, ko'k choyni ichib, qirq yigiti bilan hangomasini gurung qilib yota berdi.