ائلچین ELÇİN

تورک دیلی و ادبیاتی

اؤزبکجه موللا نصرالدین گولمه‌جه‌لری

+0 بگندیم

AFANDI HAQIDA LATIFALAR

     Xo‘ja Nasriddin afandi deyilganda beixtiyor odamlarning yuziga tabassum yoyiladi. Zero, Nasriddin afandi necha asrlardan beri o‘zining topqirligi, hozirjavobligi, aqlu donishmandligi bilan xalqning og‘irini yengil kilib, befahm, andishasiz, johil boyonlarning dodini berib kelyapti.

Ushbu kitobchaga jamlangan latifalar sizlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.

 

Nasriddin afandi nega kuldi

     Nasriddin afandining xotini achchiq garmdorini yaxshi ko‘rar, afandining esa achchiqqa sira toqati yo‘q edi. Shu sababdan tez-tez urishib turishardi. Bir kuni hatto ish qo‘ydi-chiqdigacha boribdi. Qarindoshu qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtaga tushib ularni yarashtirib qo‘yishibdi. Afandining xotini endi ovqatga sira garmdori solmayman, deb tilxat beribdi.

Baribir o‘rgangan ko‘ngil deganlaridek, kunlarning birida Nasriddin afandi yo‘g‘ida xotini achchiqqina qilib osh damlabdi, oshga shunchalik ko‘p garmdori solganidan, beixtiyer ko‘zlari yoshlanibdi.

-Nima bo‘ldi, xotin? Nega yig‘layapsan? - so‘rabdi shu payt uyiga kirib kelgan afandi.

-Quvonganimdan, dadasi, - erkalanibdi xotini osh solingan laganni yashirarkan. — Meni yaxshi ko‘rishingiz rost ekan, bu kun erta qaytibsiz.

Afandi ham anoyi emas, darrov gap nimadaligini paykab, kulib yuboribdi.

-Siz nega kulyapsiz?

-Topqirligingga balli, xotin... Ammo, men xam achchiq ko‘z yosh to‘kamanmi, deb qo‘rqyapman.

-Nega? - so‘rabdi xotin.

-Nega bo‘lardi, tilxatingni yo‘qotib qo‘ydim-da.

Bu gapni eshitgan xotini xandon otib kulib yuboribdi.

 

Xudo xohlasa, bu - men

     Nasridsin afandi ertalab uyidan chiqayotganda xotiniga debdi:

-Bugun albatta ot sotib olaman!

-“Xudo xohlasa”, deng, - eslatibdi xotin.

-Xudo xohlasayam, xohlamasayam, baribir, sotib olaman, - debdi afandi.

     Nasriddin afandi bozorda uzoq yurib, yaxshi ot tanlabdi, bahosini kelishibdi, so‘ng kissaga ko‘lini solsa, puli yo‘q emish.

     Afandi fig‘oni falak bo‘lib uyiga qaytayotganda qarshisidan bir nechta otliq chiqibdi. Ular savol berishsa, u churq etib javob qilmabdi. Achchiqlangan otliqlar uni obdan kaltaklab, oldilariga solib ketishibdi.

     Pul oldirgan, kaltak yegan, o‘lgudek horigan Nasriddin afandi yarim tunda uyiga qaytibdi. Eshik taqillaganini eshitgan xotini so‘rabdi:

-Kim u?

-Xudo xohlasa, eringman! - debdi Nasriddin afandi.

 

G‘oz sho‘rva

      Nasriddin afandi kasal bo‘lib qolganda tabib unga g‘oz sho‘rva ichishini buyuribdi. Lekin uning g‘oz sotib olishga puli yo‘q edi. Shu sababli afandi kamon va o‘q-yoyini olib ovga jo‘nabdi. Ko‘lga kelsa olisda g‘ozlar suzib yurganmish. Ularni mo‘ljalga olib otgan ekan, g‘ozlar qanotlarini qoqib uchib ketibdi. Boshqa ko‘lda ham shu holat takrorlanibdi.

     Shundan so‘ng Nasriddin afandi qirg‘okqa o‘tirgancha, nonni suvda ho‘llab yeya boshlabdi.

-Ha, azizim, bu yerda nima qilyapsiz? - so‘rabdi qasrdandir paydo bo‘lgan ovchi.

-Mana, tabib aytganini qilib, g‘oz sho‘rva ichib o‘tiribman, - javob beribdi afandi.

-Bu turib aynib qolgan suv-ku! - ajablanibdi ovchi.

-Nima desam ekan! - e’tiroz bildiribdi u. - G‘oz sotib olish­ga puli yo‘q, ov qilishni bilmaydigan odam uchun bu - haqiqiy sho‘rva, - debdi afandi va nonni suvga botirib maza qilib tanovul qilaveribdi.

 

Qilmish-qidirmish

     Nasriddin afandi boloxonada yonboshlab kitob o‘qib yotgan ekan, kimdir uni chaqirib, pastga hovliga tushishni so‘rabdi. U baland zi- nadan tushib kelsa, gadoy sadaqa so‘rayatganmish. Nasriddin afandi yana yotgan joyiga chiqib ketibdi va gadoyni boloxonaga chaqiribdi. Gadoy tepaga chiqkanda, afandi debdi:

-Xudo bersin! Bor, yo‘lingdan qolma!

Gadoy xafa bo‘libdi:

-Sadaqa qilmas ekansiz, shuni pastdaligimda aytib qo‘yaqolsangiz ham bo‘lardi-ku!

Afandi kulib, javob qilibdi:

-Qilmish-qidirmish, deydilar.

 

Zig‘ir yog‘i

     Xotini Nasriddin afandini qarzga zig‘ir yog‘i olib kelishga do‘konga yuboribdi. Do‘konchi yog‘ bermabdi. Shunda afandi bildirmay do‘konchining mushugini olib ketibdi.

-Sizni yog‘ga yuborsam, menga mushuk olib kelibsiz! - ajablanibdi xotini.

-Shoshma, xotin, sabr qil. Xudo bizga mushuk berdi, yog‘ ham nasib qilib qolar!

Shu payt eshik taqillabdi. Kelgan do‘konchi ekan.

-Bu qanaqa hazil?!' - debdi u. - Mushugimni bering. Bolalar qo‘yningizga berkitib olganingizni ko‘rishibdi.

-Men mushugingizni bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi bo‘lib turuvdim...

-Nega endi?

-U bizning uyga o‘rganib kolibdi, kecha idish to‘la zig‘ir yog‘ini ag‘darib yuboribdi. Mana, qarang, hech vaqo qolmabdi. Hozir bu yaramasni bo‘g‘ib o‘ldiraman!

-Qo‘ying, kechiring. Bir qadoq yog‘ sizdan aylansin, mushugimni bering.

Afandi shu tarzda uyiga yog‘ olib kelibdi.

 

 “Tayyorlash usuli menda-ku”

     Nasriddin afandi bozordan jigar sotib olibdi. Uyga kaytayotganda yo‘lda tanishini uchratibdi.

-Jigar oldingizmi? - so‘rabdi u. - Undan nima ovqat tayyorlamoqchi siz?

-Xotinimga beraman, o‘zi qovuradi, - debdi afandi.

-E, birodar, qovurishdan osoni yo‘q. Ammo jigarni lazzatli qilib pishirishni men bilaman. Hozir sizga tushuntirib bera­man.

-Yo‘q, yaxshisi, qog‘ozga yozib bering, bo‘lmasa unutib qo‘yaman, - iltimos qilibdi afandi.

Tanishi taom tayyorlashdagi o‘z usulini yozib, qog‘ozni afandiga beribdi.

Shu payt birdan qayerdandir paydo bo‘lgan kuchuk yugurib kelib, afandining qo‘lidagi jigarni ilib ketibdi. Anqayib qolgan afandi itning orqasidan gap qotibdi:

-Hoy, hoy! Qayoqqa olib ketyapsan?! Sen baribir jigar pishi­rishni bilmaysan, tayyorlash usuli mening qo‘limda-ku!

 

 “Qozon o‘ldi”

     Bir kuni afandi qo‘shnisidan qozon qarz olib, ertasiga ichiga kichkina dekcha ham solib qaytarib beribdi.

-Bunisi nima? - so‘rabdi qozon egasi dekchani ko‘rsatib.

-Qozoningiz tug‘di, - debdi afandi.

Qo‘shni xursand bo‘lib ketib dekchani ham olibdi.

     Bir haftadan so‘ng afandi yana qo‘shnisidan qozon so‘rabdi.

     Oradan bir necha kun o‘tsa ham, afandi qozonni qaytarib bermabdi. Qo‘shni afandinikiga kelib, qozonini qaytarishni so‘rabdi.

-Qo‘shnijon, noxush xabar aytmoqchiman: qozoningiz o‘ldi, - debdi afandi.

Ajablangan qo‘shnisi e’tiroz bildiribdi:

-Tavba, qozon ham o‘larkanmi?

Afandi javob qilibdi:

-Qozon tug‘ishiga ishongan edingiz, nahot, uning o‘lishi mumkinligiga ishonmasangiz?

 

G‘avg‘oning boisi

   Bir kuni yarim tunda Nasriddin afandining uyi oldida g‘avg‘o ko‘tarilibdi. Afandi janjalning sababini bilmoqchi bo‘libdi. Xotini e’tiroz bildiribdi:

-Xo‘jayin, aralashib nima qilasiz? Uxlayvermaysizmi, tunda urishsa urishishayotgandir-da.

   Er gapga quloq solmay choponiga o‘ralib, uyidan chiqibdi. Afan­di g‘avg‘o sababini surishtirayotganda, kimdir birov uning yelkasidan choponini olib qo‘yibdi.

    Nasriddin afandi hamma tarqab ketmaguncha, sovuqda dirdirab yupun turaveribdi, keyin uyiga kiribdi.

-Nima gap ekan? - so‘rabdi xotin.

-Hamma g‘avg‘o mening choponim ustida ekan, choponni olishdi-yu, g‘avg‘o ham bosildi, - debdi afandi.

 

Nasriddin afandi ko‘zoynak so‘raydi

    Bir kuni Nasriddin afandi yarim kechada xotinini turtib:

-Xotin, xotin, tur, tezroq ko‘zoynagimni topib ber, - debdi.

-Tunda ko‘zoynakni nima qilasiz? - so‘rabdi ajablangan xoti­ni.

-Chiroyli tush ko‘ryapman, lekin bazi joylarini ko‘zoynaksiz ilg‘ab bo‘lmayapti, - debdi Nasriddin afandi.

 

O‘g‘rilarga pand berdi

   Yarim kechada xotini Nasriddin afandini uyg‘ota boshlabdi.

-Turing, turing! Hovlimizga o‘g‘rilar tushibdi. Qandaydir tugunlarni oshxona yoniga qo‘yib, o‘zlari omborxonamizga kirib ketishdi...

Afandi turib, shoshilib kiyina boshlabdi.

-Qayoqqa? Bormang, sizni o‘ldirib qo‘yishadi!

-Jim, xotin! O‘g‘rilar bo‘m-bo‘sh omborxonamizdaligida, ularni tugunlarini gumdon qilaman! - debdi Nasriddin afandi.

 

Eshak erga tegdi

      Bir kuni kechasi Nasriddin afandi eshagida shaharga qaytayotgan edi. Birdan yo‘lda qaroqchilar paydo bo‘libdi. Afandi qayerga qochishni bilmabdi-da, eshagining tagiga yashirinibdi. Qaroqchilar kelib, eshak ostidagi afandidan so‘rabdilar:

-Kimsan?

Afandi qo‘rquvdan titrab, ingichka ovozda javob qildi.

-Xo‘tikman!

-Bu erkak eshak-ku! - debdi qaroqchilardan biri.

-Nima bo‘libdi! - dedi afandi. - Onam boshqaga erga tegib ketgan, biz otam bilan ikkovimiz qoldik.

 

Dahshatli rafiqa

Nasriddin afandi o‘choqqa o‘t qalagandi, o‘tin ho‘lligi uchunmi yo shamol o‘chirib qo‘yayotganidanmi, har qalay olov yonmabdi. Oxir afandi xotinining arqonga ilig‘liq xalatini olib, olovni u bila yelpiy boshlabdi. O‘t alangalanib, darrov yonib ketibdi.

- E, olovi tushmagur-yey, - debdi afandi alangaga qarab, - sen ham xotinimdan qo‘rqar ekansan!

 

Sokin suhbat

-Rosa momaqaldiroq bo‘ldimi, - deyishdi choyxonada o‘tirgan Nasriddin afandining do‘stlari kechagi voqeani eslashib.

-Momaqaldiroq? Qanaqa momaqaldiroq? - ajablanibdi afandi. - Men eshitganim ham yo‘q.

-Shunaqangi dahshatli bo‘ldiki! Qo‘rqmadingizmi, taqsir?

-Chaqmoq, chaqmoq ham chaqdimi? Payqamabman.

-Nima balo, ko‘r, kar bo‘lib qolganmidingiz?

-Yo‘q, uyimizga kecha qaynonam keluvdi. O‘sha vaqtda u xotinim, qo‘shnilar bilan suhbat qurayotgandi.

 

Afandining sovchilarni kutgani

Nasriddin afandi sigirini sotgani bozorga olib bordi, lekin xaridor chiqmadi.

-Sigiringizni sotmoqchimisiz? - so‘radi tanish dallol.

-Ertalabdan beri yuribman. Nima qilishni bilmay turibman!

-Sotishib beraman, - debdi dallol va sigirni bozor o‘rtasiga olib borib maqtay ketibdi: - Kim govmish sigir oladi, qornida yetti oylik bolasi ham bor!

Bir zumda xaridor topilibdi, sigir katta pulga sotilibdi.

Bu voqeadan bir necha kun o‘tgach, afandiniig uyiga sovchilar kelibdi.

-Molni maqtab sotishni xo‘p o‘rganib oldim! Sovchilar bilan gaplashishni menga qo‘yib ber! - debdi afandi xotiniga.

Sovchilarni hurmat bilan kutib olgan afandiniig xotini ularga eri bilan gaplashishlarini maslahat beribdi. Ayollar yuzlarini berkitib, quloq tutishibdi:

-Nima ham derdim, qizimizning zoti yaxshi, qornida homilasi ham bor, olsangiz afsuslanmaysiz!

Bu so‘zlarni eshitgan sovchilar dik turib uydan chiqib ketibdilar!

 

"Kimning ko‘k marjoni bo‘lsa, o‘shani ko‘proq sevaman"

     Nasriddin afandining ikki qizi bor edi. Ularning qar qaysisiga alohida ko‘k marjon sovga kilarkan, uni bir-birlari- ga aslo ko‘rsatmaslikni tayinladi. Ammo bir kuni opa-singil bahslashib kolishibdi va ogasidan so‘rashibdi:

-Qay birimizni ko‘prok yaxshi ko‘rasiz? Afandi jilmayib javob kilibdi:

-Kimning ko‘k marjoni bo‘lsa, o‘shani ko‘proq yaxshi ko‘raman. Opa-singil xotirjam bo‘lishib har qaysisi o‘zicha: "Meni ko‘proq yaxshi ko‘rarkanlar“, ”Sevikli qizlari men ekanman", degan fikrni ko‘ngildan o‘gkazibdi.

 

Chayqalib, to‘kilib ketaman.

    Nasriddin afandi daladan qaytgach, xotinidan so‘rabdi:

-Bugun kechga nima ovqat tayyorlagansan, xotin?

-Moshxo‘rda. Dasturxonga o‘tiring.

U afandiga bir kosa moshxo‘rda suzib kelibdi. Afandi ishtaha bilan ichib kosani bo‘shatibdi.

-Anchadan beri bunaqangi lazzatli taom ichmagandim. Yana bormi?

Xotini yana bir kosa moshxo‘rda suzib kelgandi, uni ham ichib olibdi. Afandi shu tariqa uchinchi kosani ham bo‘shatibdi. Shu payt bolalari oldiga kelib erkalanishibdi:

-Dadajon, dada, biz bilan o‘ynang.

Nasriddin afandi ularni xafa qilmay o‘zidan chetlatarkan, debdi:

-Nariroq boringlar! Chayqalib, to‘kilay deb turibman...

 

 “Ko‘zani sindirgandan keyin jazolash kech bo‘ladi”

Suv olib keliy uchun qizining qo‘liga ko‘za tutkizayotgan Nas­riddin afandi unga ikki shapaloq urib, debdi:

-Hushyor bo‘l, ko‘zani sindirib qo‘yma!

Bechora kizning yuzlaridan ko‘z yoshlari shashqator oqibdi.

Buni ko‘rgan odamlar afandini koyishibdi:

-Nega hech narsadan hech narsa yo‘q begunoh qizchani uryapsiz?

-Ko‘zapi sindirmasidan avval uni kanday jiddiy jazo kutayot- ganligini qizga ko‘rsatib qo‘yish kerak. Ehtiyot bo‘lsin, ko‘zani sin­dirgandan keyin jazolash kech bo‘ladi, - javob qilibdi afandi.

 

Qapdan qilsang odamlarga yoqasan

Nasriddin afandi o‘g‘lini eshakka mindirib, o‘zi piyoda ketayot- gan ekan. Choyxonada o‘tirganlar uni masxara qilishibdi:

-Afandini ko‘ringlar! Kap-katta o‘g‘lini eshakka mindirib, o‘zi yayov ketyapti!

Afandi o‘g‘lini eshakdan tushirib, o‘zi minib olibdi.

-Buni qarang, buni qarang! - deyishibdi odamlar. - Afandida insof yo‘q ekan-ku! Uzi eshakka minib olibdi, yoshgina bolasi esa changda qolib ketyapti!

Nasriddin afandi o‘g‘lini orkasiga mingashtiribdi-da, yo‘lda davom etibdi. Bekorchi xo‘jalardan biri yana gap topibdi:

-Anavi noinsofni ko‘ringlar! Kichkina bir eshakka o‘zi minib olgani yetmagandek, o‘g‘lini ham mingashtirib olibdi! Voy, eshak sho‘rlik!

Bu gapni eshitgan ota-bola darhol eshakdan tushib, uni jilovdan ushlab piyoda keta boshlashibdi. Shunda ham bekorchilar afandi­ni tinch ko‘yishmabdi:

-Anavini qarang, o‘zi yayov ketayotgani yetmagandek, o‘g‘ilchasini ham qiynab qo‘yibdi! Voy, nodon-yey!

Nasriddin afandi tutaqib ketibdi. Eshagini opichlab, odam­larga qarab:

-Agar mana shunday qilsam, malomatdan kutilamanmi? - debdi.

 

Dehqonga alishardim

Nasriddin afandi o‘zi o‘qimishli bo‘lgani uchun ikkala o‘g‘lini ham shaharga o‘qishga yuboribdi. O‘kishni tugatgan bolalari uyga yaxshi ma’lumotga ega bo‘lib qaytishibdi, lekin xo‘jalikdagi hech bir ishni qilish qo‘llaridan kelmas ekan, uquvlari yo‘q ekan-da. Eshak oldida uymalashib, uni qanday egarlashni bilmayotgan o‘g‘illarini ko‘rgan afandi afsuslanib, debdi:

- Hoy, odamlar, kimga ikki savodxon yigitlar kerak? Ularni bir yaxshi dehqonga almashardim!

 

Афанди хакида латифалар - Анекдоты о ходже Насреддине  тўпловчи ва А 89 муҳаррир А. Муҳамеджанов; мусаввир С. Мирзаев. - Тошкент: АКТ ҒЬЕХ, 2009.- 120 б.

I. Анекдоты о ходже Насреддине.

ББК 82.3 (5Ў)


آچار سؤزلر : موللا نصرالدین, افندی, اؤزبک, اؤزبکجه, تورک دونیاسی, گولمه‌جه,